Yolg'onchi Durroj haqida hikoya
Bir o'rmonda yovuz bir ona sher yashardi. U
vahshatda osmon yolbarsidan qo'rqmas edi. Bola
ko'rganida zavqqa to lib xursand bolar, ammo
ko'pincha ularni chumolilar talab tashlashar,
shu tufayli sher o ‘z farzandini og'zida ko'tarib
olib yurardi.
0 ‘sha o'rmonda bir durroj (qirg'ovul) ham
yashab, hamisha g‘azabkor sherdan qo'rqib hayot
kechirardi. Sher dam-badam bolasini tishlaganicha
o'rmonda har yonga qadam qo^ar ekan, nogahon
durroj yotgan yerga borib qolsa, u parr etib uchib,
sherni seskantirib yuborar,
shunda u tishini
qattiqroq siqib bolasiga azob berardi. O'z jigariga
motam tutgandek bolardi. Ko'ngli bu ishdan ozor
chekib, durroj bilan do'stlik chorasini izlay bosh-
ladi. Unga dediki: «Senda mening zarracha qasdim
yo‘q, bu so'zlarimga ishonch bilan qara. Mendan
vahm qilmay, do‘stim-u sirdoshim bolgin. Xur-
sandchilik choglarimda esa shodligimga sherik
bolgin. Men ham sening ovozingni eshitib xur
sand bolay. Shart shuki, senga biron hayvondan
zarar yetsa, ovchining to'riga tushib qolsang, yor-
dam uchun darhol qolim ni cho'zay, dushmanni
bir panjam bilan yo‘q qilay. Va’damga sodiq bolib,
seni dushman tuzogldan xalos qilay!».
Sher ko‘p
tushuntirib, o'z muddaosini bayon
qilgach, durroj ham u bilan yurakdan ahd-
lashdi. Shundan keyin ikkovlarining o'rtalarida
mehr-muhabbat paydo b olib , ko'rganlarning
havasi keladigan darajaga yetishdi. Sher qayerda
orom
olib yotgan bolsa, atrofida durroj qo'rq-
may parvoz etar, xuddi sulton boshida humoy
aylanib uchib turgandek,
sher boshi atrofida
parvozda bolardi. Sher uning sayrashini eshi-
tar ekan, ba’zan yolg'ondan yordam so'raganini
eshitib qolib, unga: «Yolg'ondan meni
yordamga
chaqirma, yaxshi bolm aydi, to‘g‘ri so‘z
oldida
yolg'on yomon qiliq sanaladi», - deb nasihat qilar-
di. Ammo hech qaysi hayvondan qo'rqmaydigan
bo lib qolgan durroj yolg'onchiligini tashlamay,
hazillashgani-hazillashgan edi.
Bir kuni bir ovchi uni ushlash maqsadida o‘z
to'rini yoydi. Durroj donalarni yeb,
suv tomon
yurgan ham ediki, ovchi to‘rini tortdi. Qush ovozi
boricha o'zining tuzoqqa tushib qolganidan sher-
ni: «Dod! Meni tutib olishdi!» - deb ogohlantirsa
ham, sher uning so‘zlarini har doimgidek aldam-
chiligi, hazili deb o'yladi. U durrojning bunday
hazillarini, yolg'onchiligini ko‘p eshitib aldangan
edi. Shuning uchun bu safargi chin so'zlarini ham
oldingi qiliqlaridan biri deb bildi-da, yordamga
kelmadi. Oqibatda yolg'onchi qush ovchi qolida
halok boldi.
Har kishikim biron so‘zni bexosdan yolg'on
so'zlab yuborsa ham, xalq uni rost deb biladi.
Dostları ilə paylaş: