«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


So‘zda, Navoiy, ne desang, chin degil



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

So‘zda, Navoiy, ne desang, chin degil,
Rost navo, nag‘maga tahsin degil.


0*11
 birinchi maqolat 
ILM VA OLIMLAR HAQIDA
Olamning ishi xalq bilan dushmanlik ekan, olim 
xor-u, johil (bilimsiz, nodon) aziz bolaveradi. Toki 
jahon zulmdan voz kechmas ekan, daraxt baland 
bolib, mevayergatushaveradi. Nokaslarga baland 
martabalar-u, bilim ahliga - azob-uqubat, toshlar 
tog‘ ustida-yu, boylik, konlar uning ostida b ola­
veradi. Feli yomonlar yuksak mavqelami egallab, 
olamni hukmiga bo ^sundiraveradi. Xuddi baxt- 
sizlik manbayi bolgan Kayvon (Zuhal) yulduzi 
osmonning yuqori qismida o'mashib olgandek, 
«Sa’di Akbar» bolgan Mushtariy undan quyida, 
oltinchi osmonda joylashibdi. Falak hamisha 
yaxshini yomondan quyiga qoVadi, bolmasa, yax­
shi yomondan g‘am-u ozor tortib, bog'da gulning 
hamnafasi tikan bolarmidi? Qanchadan qancha 
sof, pok durlami yashirgan sadafning qornini ol- 
mos bilan yorib, bag‘rini chok qilisharmidi?
Baglr yormoq maqsadi bolgan qush shoh bilagi 
ustida orom oladi, chiroyli, dilkash navolar chekuv- 
chi qush - bulbul esa kul ichida xor bolib yashaydi.
Bir notavon yigit shahridan ilm istab yo lga
tushadi, qashshoqligidan oyoglda kovushi ham 
yo‘q, to‘ni ham yo‘qligidan tanasi yalang. Oyoqla- 
rini tikanlar ilma-teshik qilib yuborgan, boshida 
ikki-uch o'ralgan salla. Hayvonlar terisi kabi 
kiyimining boshidan oyogl tilik-tilik. Maqsadi 
qushini qidirib ko'zda yoshi bilan shahar kezadi. 
Egnida kitob-u daftar, ilm olishga shoshiladi.
Qorni muhtojlik tufayli hamisha och. Jismi 
shunchalik zaiflashganki, savol berishga ham 
madori qolmagan.


Xalq ko‘p bolgani bilan biron kishi unga do‘stlik 
JdO*rsatib, madad qilishni istamaydi. Bechorayigit 
o‘z 
shahr-u diyorini yodiga olib, bu yerda qayerga 
borishni bilmaydi. Ko'cha, uy, bozor ko‘p, lekin 
bu yigit qayerga borish, qayoqqa qadam urishdan 
ojiz. Oqshomgacha shu tarzda tentirab qorong‘i 
tushgach, biron burchakni topib uxlab qoladi, 
lekin tonggacha uyqu kelmay behol yotaveradi.
Tong otishi bilan madrasama-madrasa yurib, 
o‘z holini aytib, necha kunini bekorga o'tkazadi. 
Uning istagini eshitgan ba’zilar uni hazil-mazax 
qiladilar. Kunduz maskan, kechasi yotadigan bir 
joy topolmay, g4irbatda iztirob chekib, shuncha 
alam ko‘radiki, til bilan ham bayon qilib bolmaydi.
Xullas, madrasalar burchagida o‘n-o‘n besh 
yil alam chekib, ham ishlab, ham bilim olishga 
tirishib, oxiri o‘ziga bir-ikki sohib kamol do‘st 
topib, turli bilimlami, ibriy, yunon, suryoni tillari- 
ni, hind tilini ham puxta egallaydi. Uning ko‘ngil 
uyi bir daiyo boldiki, uning har qatrasida bir 
dard nihon edi. Falak ilmlarini shunchalik keng 
va chuqur egalladiki, Abu Ali fikrlarini osongina 
yechib berardi.
Lekin uning dushmanlari, hasadgo^lari ham 
yo‘q emasdi. Ayrim johil, ilmsiz zolimlar uning 
to‘g ‘ri ko'rgan narsasini egri deb, aytganlarini 
noto‘g‘ri, yoqimsiz deb ko‘rsatishardi. Uni din-u 
diyonatsiz qilib ко‘r satuvchilar ham topilardi.
Hisobsiz boylikka ega bolgan , kiyim-u as- 
boblari zarkash, yomonlikda itdan ham battar bir 
johil unga yomonlikni ravo ко‘rib, olimning fazl-u 
fasohatli so‘z va ishlariga qabohat va razolat bilan 
javob berardi.


Amir degan nomga ega bolgan bu johil xalqqa o‘z 
aytganlarini qildira olardi. Unga haligi bilimli olimning 
xizmati kerak bolib, uni xizmatga olmoqchi boldi.
Olim esa iltimos qila-qila, zo‘rg‘a bir marotaba- 
gina ruxsat olib, amir qabuliga kira oldi...

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin