Imom Faxr Roziy va Xorazm shohi
haqida hikoya
T asaw u f olamining eng zabardast allomalari-
dan bin bolgan olam imomlarining imomi Faxri
din bir mahal Xorazmga mehmon b olib keldi.
Shunda Xorazm shohi uni ko'rishga kelmadi. Ilm
shukuhi bunga ham yo‘l bermadi. Shoh o‘zining
ushbu qilgan ishidan uyatda edi, lekin imom
bunga parvo qilmadi. Voqeaning sababi ham
ochilmaganicha qoldi.
Bir kuni imom hammomda edi, shoh ham noga-
hon yuvinish uchun kelib qoldi. Bir-birlariga duch
kelishganda shoh xijolat chekkan holda unga
savol berdi: «Ey ilming bilan elni bahravor qilgan
zot! Qiyomat ishidan bir savolimga javob bersang.
U1 kuni odamlar ne holda boladilar, kishilaming
ahvoli ne kechadi?». Sohib kamol alloma shunday
javob qaytardi: «Sening maqsading hashr so‘zini
eshitishdir. Bu so‘zga shu hammom juda mos
keladi. Mahshar kuni gado bilan shoh bir xil, bir
ko‘rinishda, ikkovi ham yalang'och bolib, davlat-u
mol egalari sening kabi bor-u yo‘g‘i tashqarida
qoladi. Menga o'xshagan ilm ahli esa yig'ganlari
o ‘zi bilan hammom ichida ham birga hamroh
boladi. Sen sulton bolsang ham, yoningda foydali
biror narsang bolmaydi, lekin menda ilm bilan
foyda, najot juda ko‘p boladi», - dedi.
Dostları ilə paylaş: