Ulki vale gavhari yaktodurur,
Barchasidinpoyada a ’lodurur.
Uning poklikda zoti parilar singari, bunday pok
sifatli biron zotni farishtadan, balki sifati bilan zoti
farishtadan topib bolmaydi. Soflikda,
muloyim-
likda yaratilgan zot u, jahon xalqi ahliga Haqning
rahmati u. Nutq ila vasfingni aytish oson emas,
har qanday so‘zamol ham sifatlaringni sanashda
gung-u lol bolib qoladi.
Quyoshni xalq maqta-
gani-maqtagan, lekin bu uning uchun qanchalik
ta’rif bo la oladi? Oyni yorug‘, osmonni baland deb
ta’riflasang, bu xil maqtovni el pisand qilmaydi.
Seni har qancha maqtasam ham, madhingni
aytib
tugallashim qiyin, shuning uchun senga
boshqa jihatdan xizmat qilay.
0 ‘zing voqifsanki, shahi komkorga ko‘p maxfiy
sirlar oshkor.
Bugun bir narsa xayoliga kelsa,
ertaga hammasi ro^obga chiqadi, erta emas, in
din boladigan ishlar ham unga bugundan ayon.
Muncha kamolot bilan, ko'nglingga neki yaxshi
narsa kelsa ayt, deb hukm qilibdi. Shohga mening
so'zim ham e’tiborlidir. Senga bir necha nasihat
aytsam joizdir.
Dostları ilə paylaş: