Shohki ish adl ila bunyod etar,
Adi buzuq mulkni obod etar.
Ya’ni shoh adolat bilan ish yuritsa, adolat uning
vayron bolgan mamlakatini obod etadi. Adolat
bilan mamlakatni boshqargan podshoning sirot
ko'prigidan o'tishi ham oson boladi.
Koming uchun tuz b o ‘l-u, adl ay la ish,
0 ‘qda agar adl y o ‘q etmas ramsh.
Ya’ni maqsadingga yetish uchun hamisha
adolat bilan ish qil, yoy o‘qi tekis, to‘g‘ri bolmasa
ucholmaydi. Adlki, uch harfdan iborat bolib, har
birida o‘zgacha mazmun bor: «ayn»i uning mehri
erur tobnok, ya’ni «ауп» harfi quyoshga o'xshash
porloqdir, u zulmning qaro shomini yoruglikka
aylantiradi. «Dol»i davlat-u din tojidur, din bila
davlat el muhtoj idir. Tojni kiyib, mehr bilan ko'zni
yorit, so'nggi mustahkam ishni qolingga tut.
Sening oldingda orzu bilan kelgan mazlumning
so‘zi har qancha uzun bolsa ham, uzoq umr
ко “ray desang, gapini to'xtatma. Arz qiluvchi zulm
o'tidan faryod qilayotgan ekan, adling soyasi unga
panoh bolsin. Uni o‘sha soyada ham qayg4ida
qoldirmay, unga sham tubini qorongl qilma.
Mazlum so'zini tugatgach, uning gaplari to‘g‘ri
ekanligi aniqlangach, zolim nafsing bolsa ham,
yuziga qarama, nafski, doimo oshyon istaydi,
senga gunoh, o'ziga maqsad tilaydi. Ganj ustida-
gi ilon bahr topsam deydi, uning aytganini qilib,
azob istama, tavba bilan unga loyiq jazosini bergil.
Gunoh qancha ulug‘ bolsa ham, oh-u nadomat
uni uchirib yuboradi. Jurm opining shulasi maro-
mida bolsa, uzryoshlarining suvidan past boladi.
Lutf-u karam garchi erur dilpazir,
Qahr-u siyosat ham erur noguzir.
Olamdagi kishilaming barchasi yaxshi bola-
vermaydi, har kishining hamma ishi ham ma’qul
bolavermaydi. Agar yaxshilikni barchaga baravar
qilinsa, yaxshilik yomonga ko‘p-u, yaxshiga oz
boladi.
Yaxshilikni tez-tez qilib tursang ham, siyosat
tiglni ham ba’zan o'tkir qilib tur. Necha kasalga
qand foydali bolsa ham, shunday kasallar borki,
ularga zahar foyda beradi. Tanadagi modda mar-
ham yordam bermasa, u fasodni nishtaming uchi
bilan chiqarib bolmasa, badan undan igna bilan
qutula oladi. Zamon shohi aql bilan ish qilar ekan,
yaxshiga - yaxshi-yu, yomonga - yomon bolmog'i
kerak. Ikkisiga bir xil munosabatda bolsa, mam-
lakatda inqilob yuz beradi.
Dostları ilə paylaş: |