«Key turfa yigit, ne holating bor,
Ne nav’ g ‘am-u malolating bor?
Kim shodlig‘ing y o ‘q o'zgalardek,
Obodlig‘ing y o ‘q o'zgalardek.
A s ’hobg‘a mayli bog‘-u gulzor,
Ham tan sanga resh-u, ham ko‘ngu.1 zor.
Sen nola qilib g ‘amin nedin sen?
Ashking oqizib hazin nedin sen?
Ishrat chog‘i mehnating ne y a ’ni?
Shoeroba-vu hasrating ne y a ’ni?
Bu g ‘am senga qaydin o ‘ldi hodis,
Kim bo4di bu shiddatingg'a bois?»
Qays bu go'zal dilbar o‘z ahvoli sababini
so‘ragach, kuchli bir oh tortdi-yu, uning shirin
so'zlaridan lol bolganicha, yuziga o‘z holatini qon
yoshlari bilan yozdi. Yo‘q, yo‘q, tili bilan shunday
sharh ayladi:
«Ey jonimga hayrat otini solib, bir kotishdayoq
ko'nglimni olgan, jamolidan chaqmoq sochib, vu-
judimni o t ichiga g'arq qilgan, zulfini ochish bilan
qarorimni olib, ro'zgorimni qora qilgan, awal afso
na aytib ko'nglimni xarob aylagan parivash! Qilgan
ishlaringni yashirib, mendan so'rashing nimasi?
Boshqalar sezib qolmasligi uchun bu xil о “yin
qilmog‘ing nimasi? Bu azob-uqubatlami menga
yetkazgan o'zingsan-ku! Bu tuhmatni kimga qilay?
Kotiglimni yashirincha olding-u, men uni sendan
qaytarib ololmayapman. Sen esa o'zingni soddalikka
olib, lablaring afsona so‘zlayapti. Jonimni otgayoq-
qaning yetmaganidek, bunday so'zlar aytishingga
hojat yo‘q edi. O t ustiga yog‘ quymoglng, kuygan
varamga dog‘ qo'yishing ne edi?» Shu so‘zlami aytgan
Qays behol bolib hushidan ketdi.
Layli esa oshiq yigit boshini qo^niga olib,
uning yuziga ko‘z yoshlarini sochib, sevgilisiga
achinganicha, Qays yuziga ba’zan gulob sepib,
uni oldirib qoldim, deya yiglab, motam tutardi.
Laylini qidirib bu yerga kelib qolgan bir-ikki
dugonasi bu voqeani ko'rgach, olam ko'zlariga
qorongn bolib: «Bu qanday hoi boldi?» - deb
qoVquvga tushdilar. Go‘zal dilbar o‘ziga kelgach,
bolib otgan voqeadan ulami xabardor qildi-da, o‘z
dardiga chora so'radi. Kanizaklardan biri Layliga
hamdardlik bildirib: «G‘am yemasang ham boladi,
hech kim ishq otidan halok bolgan emas. Sen
bu yigitni bizga topshirgin-da, tezlik bila qabilaga
qayt. Toki odamlar bu ishdan ogoh bolishmasin.
Biz biron chorani otylab toparmiz», - dedi. Layli
ular aytganicha ko‘nglini o‘sha yerda qoldirib, uyi
tomon yol oldi. Kanizaklar Qaysning do‘stlarini to-
pishib, ularning mehribonlik ko‘rsatishiga ishonch
hosil qilgach, o'zlari ham uy tomon y ol olishdi.
Bu qorongti kechani yulduz gullari go“yo bir
gulistonga aylantirgach, bahor go‘zali bolgan
Layli ichi qonga to lib tez-tez yurib o‘z qabilasiga
yetib bordi, lekin gHinchadek qalbi oshiq yigit
ahvolidan tashvishda edi. Bu payt Qays hushi-
dan judo bolganicha tuproq misoli yerda yotar
ekan, jismida ruhdan asar ham yo‘q edi. Yarim
kechasi yoqimli shamol chamanzor bo^ylab sayr
etar ekan, gullar atri dimoglga yetib, g'arib yigit
ko'zini ochdi-yu, o‘zining chaman ichida, sarv-u
gul-u yosumanlar orasida yotganini ko‘rdi. Bulbul
uning ahvolini ko‘rib boshi ustida sayrab turar,
gul holatiga nazar tashlab gulrang yoqasini pora
qilgan, nargis shabnamdan ko‘z yoshini tolcib
tinmay yiglar, ayriliq dardi doglni ko‘rib turgan
lola kolcsida qora dog‘ paydo bolgandi. Dili yara-
langan binafsha g‘am chekib ustiga motam libosi
- ko*k kiyim kiyib olgan, bu azadan xabar topgan
daraxtlar osmonga bo'ylarini cho'zib, motam bay-
rog‘ini tikkan kabi g‘am chekishar, suv motam
tutib oqar ekan, ovoz chiqarib yiglab borardi.
Sarv-u shamshodlar ham yigit holiga chiday ol-
may iztirobda qolishgan, «Ishq uni bejon qildi» deb
bilgan chirmovuq gul o‘z-o‘ziga chirmanib olgan,
sabza-kolcatlar o'zlarini tilga aylantirishib, Qays
g‘ami haqida afsona to'qishardi.
Oshiq yigit bularning ahvoliga nazar tashlar
ekan, olishdan boshqa chora topolmasdi. Atrofida
biron do'sti ko'rinmas, ichidagi o‘t uni azoblar,
qoshida sevgili yorini, do'stlarini topolmay dilida
dard tola edi. Quyosh botib, oqshom tushganda
ham hajr o'tida o‘rtanib, g‘am-alam chekar, lekin
dardiga davo topolmasdi. Shunda ko‘z yoshlarini
tinmay toldb, koyiaklarini pora qilib, faiyod urdi,
ohidan osmon qorong4i bolib, falak ко‘z yoshlarini
to lea boshladi...
Liboslari qizil qonga bo“yalgach, osmonga uning
ohidan quyuq tutun yetishdi. Yo‘q, yo‘q, bu uning
o‘rtanayotgan jismi somonining tutuni edi. Bu oh
yetgan osmonda goh shula, goh tutun paydo bolar
ekan, undan jahonni somon o‘ti tutuni qoplab,
falakkacha yetib borar va osmonlar ko'zini yoshga
toldirardi.
Qays o‘z yuzlariga shuncha shapaloq urdiki,
za’faronmisol chehrasi kolearib ketdi. Bundan
ko'ngli ozor topib, kulish o'miga yiglay boshladi.
Kolesiga firoqdan tosh urib, yoriga mushtoqlikdan
boshini yerga urardi. Dard-u alamlar uning ko'ngli-
ga sipohlardek hujum qilar ekan, ohi oti ularning
bayroqlaridek ко Idea kotarilardi. Bu sipohlar Qays
ichiga ot solib, ko'ngli mamlakatini payxon qilib
tepMlar, bu sipohlar sal uzoqlashgach esa yangi bir
balo askarlari yetishib, u mamlakatni yer bilan yak-
son etardi. Oshiq hajrga mubtalolik tufayli shunday
azoblar chekar ekan, tong quyosh olini pufladi.
Dostları ilə paylaş: |