168
namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish ko‘lamini yanada
kengaytirish alohida o‘rin tutishi zarurligi alohida ta’kidlandi.
Qabul qilingan Davlat dasturi asosan quyidagilarga yo‘naltirilgan:
qishloq aholi punktlarining arxitekturaviy rejalashtirilishini tashkil etish,
qishloqda turar-joy va ijtimoiy soha ob’ektlari barpo etilishini loyihalashtirish
tizimini tubdan takomillashtirish;
qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada
rivojlantirish asosida qishloqdagi turmush sifatini oshirish;
mamlakatimizning o‘zida qurilish materiallari
ishlab chiqarishni
kengaytirish, yig‘ma konstruksiyalar va mahalliy materiallardan foydalangan holda,
qishloqda ob’ektlar qurilishining industrial va yig‘ma texnologiyalarini joriy etish va
boshqalar.
"Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" Davlat dasturiga muvofiq qishloq
qiyofasini va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifat jihatidan yaxshilash,
qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy
qurilishida uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida
2009 yil 30 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1083-sonli
qarori
bilan “Qishloq qurilish bank”i tashkil etildi.
Namunaviy loyihalar asosida uy-joy qurilishiga oid normativ-huquqiy hujjatlar
quyidagilar hisoblanadi:
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi PQ-1046-sonli
qarori;
«Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi PQ-1083-sonli qarori;
«Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankining faoliyatini tashkil
etish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 31 martdagi 90-sonli
qarori;
«Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 3
avgustdagi PQ-1167-sonli qarori;
«Tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy
qurilishi uchun «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan
imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 25 maydagi 148-son
qarori;
«Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida «Qishloq qurilish invest»
injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joylar qurishni tashkil
etish chora-tadbirlari
169
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 26
oktyabrdagi 280-sonli qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida
"Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasini ko‘p martalik transh
bo‘yicha moliyalashtirish dasturini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar to‘g‘risida" gi 2012 yil 11 yanvardagi PQ-1683-sonli qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 14 yanvardagi “2012 yilda
qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish
dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1687-sonli qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 12 oktyabrdagi
“2013 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibda uy-joylar
qurilishi bo‘yicha dasturni tayyorlash choralari” to‘g‘risidagi 291-sonli qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 4 yanvardagi “2013 yilda
qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha individual uy-joy qurilishi bo‘yicha
dastur to‘g‘risida”gi PQ-1902-sonli qarori.
Mamlakatimizdagi "Qishloq qurilish invest“ injiniring kompaniyasi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2009 yil 3 avgustdagi PQ-1167-sonli qaroriga muvofiq
qishloq joylarda uy-joy qurilishini tashkil etish bo‘yicha
yagona buyurtmachi
tashkilot hisoblanadi.
"Qishloqqurilishloyiha" MCHJ esa qishloq aholi punktlarini arxitekturaviy
jihatdan rejalashtirishni tashkil etish va qishloq qurilishini loyihalashtirish tizimini
tubdan yaxshilash, shu asosda qishloq qiyofasini tubdan o‘zgartirish maqsadida
tashkil qilingan korxona hisoblanadi.
O‘zbekistonda namunaviy uy-joy qurilishini tashkil
qilishning namunaviy
loyihasi "Qishloqqurilishloyiha" loyiha instituti tomonidan ishlab chiqilgan va
tasdiqlangan uy-joy loyihasi bo‘lib, zamonaviy qurilish materiallari va
texnologiyalarini yurtimiz mintaqalarining tabiiy iqlim sharoitlarini va joylarning
relefini, ijtimoiy demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda tayyorlanadi.
Namunaviy uy-joy qurilishi fuqarolarga kredit berish yo‘li bilan iste’molchilarga
sotiladi va fuqarolarga kredit ajratish shartlari quyidagicha:
murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan;
kreditga layoqatli qishloq fuqarolariga;
namunaviy loyiha bo‘yicha uy-joy qiymatining 25 foizdan kam bo‘lmagan
miqdorda boshlang‘ich badalini to‘plaganlaridan so‘ng;
eng kam ish haqining 1000 barobarigacha (shuningdek,
uy-joy smeta
qiymatining 75 foizigacha);
imtiyozli foiz stavkasi bilan;
asosiyqarzniqaytarishbo‘yichabiryilmuddatgaimtiyozlidavrbilan;
15 yil muddatgacha kredit ajratiladi.
170
Aholi tomonidan kredit olish esa quyidagicha belgilangan:
1.
Qishloq qurilish injiniring kompaniyasining tegishli filialiga murojaat qilib,
namunaviy loyihani tanlaydi va dastlabki shartnomani tuzadi.
2. Loyiha qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi mablag‘ni omonatga qo‘yib,
kredit olish uchun tegishli hujjatlarni bankka taqdim etadi.
3. Bank tomonidan dastlabki badal qo‘yilgani va kredit ajratishga ijobiy xulosa
berilganidan so‘ng QQI IK xududiy filiali bilan uy-joy qurilishi uchun asosiy
shartnoma imzolanadi.
4. QQI IK bilan tuzilgan shartnoma asosida qurilish bosqichma-bosqich
moliyalashtiriladi. Bunda avval 25 foiz avans to‘lovlari, ular moliyalashtirilganidan
so‘ng kredit, keyin yakuniy to‘lov amalga oshiriladi.
5. Ob’ekt davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va uy-joy egasiga
topshiriladi.
Dostları ilə paylaş: