O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

7.1-jadval. 
Metallarni ishlab chiqarish erituvchilariga ta’siri
Metall 
Erituvchi 
Mis 
HNO
3
, issiq konsentrlangan H
2
SO
4
bilan ta‘sirlashadi, HCl va 
NH
4
OH bilan sekin ta‘sirlashadi. 
Ruh 
Kislota va asoslar bilan ta‘sirlashadi. 
Qo‗rg‗oshin HNO
3
, issiq konsentratsion H
2
SO
4
bilan ta‘sirlashadi. 
Qalay 
HCl, H
2
SO
4
, HNO
3
issiq konsentratsion NaOH bilan 
ta‘sirlashadi. 
Nikel 
HNO
3
bilan ta‘sirlashadi, HCl, H
2
SO
4
bilan sekin ta‘sirlashadi, 
HNO
3
bilan ta‘sirlashmaydi. 
Temir 
Noorganik kislotalar bilan ta‘sirlashadi, asoslarda va HN

eritmalarida erimaydi. 


210 
Ikkilamchi metallar metallurgiyasida xom ashyodan metallarni hammasini ajratib 
olishdagi muammoni echishda, metallurgik korxonalar piro- va gidrometallurgik bosqichli 
komplekslarni yaratish muhim rol o‗ynaydi. Bu holda ikkilamchi xom ashyoni qayta 
ishlashda texnik jihatdan ishonarli sharoit yaratilgan bo‗ladi. 
Ikkilamchi rangli metallurigyada qo‗rg‗oshin, ruh, qalay va bir qancha boshqa rangli 
metallarni ishlab chiqarishda vakuumli rafinirlashni qo‗llash katta istiqbolga ega. Uning 
asosiy yutuqlari quyidagilardan iborat: 
1) tannarhi qimmat hisoblangan reagentlarga hojat qolmaydi; 
2) yuqori ishlab chiqarish unumdorlikka ega; 
3) tayyor mahsulot holda metallarni ajratib olishni yuqoriligi; 
4) ishlash sharoitida yaxshi sanitar normalarga egaligi; 
5) jarayonni butunlay mexanizatsiyalanganligi va avtomatlashtirish imkoniyatiga 
egaligi. 
Ikkilamchi rangli metallar metallurgiyasida vakuumli rafinirlash jarayonlarini 
qo‗llashga hamma nazariy asoslar etarli. Hozirgi vaqtda ularni amaliyotda keng qo‗llash 
birinchi navbatda bajariladigan, kechiktirib bo‗lmaydigan masala hisoblanadi. 
Shu bilan birga ikkilamgi metallurgiya korxonalarini boshqa tarmoqdagi korxonalar 
bilan alohida turdagi xom ashyolarni, ayniqsa tarkib jihatdan rangli metallarga-kambag‗al 
bo‗lgan xom ashyoni qayta ishlashda aloqalarini mustahkamlashga katta e‘tibor qaratish 
kerak. 
Ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlashni ham iqtisodiy jihatdan, ham texnologiya 
jihatdan kerakli optimal variantlarini tanlash lozim bo‗ladi. YAna shuni ham aytib o‗tish 
kerakki, zamonaviy ikkilamchi metallurgiya korxonalari elektron-hisoblash mashinalar va 
kompyuterlar bilan jihozlangan bo‗lish kerak. Bu tarmoqni avtomatik boshqarish masalarini 
echishda ishonchli yordam beradi. Ikkilamchi metallar metallurgiyasi bu jihatdan olib 
qaralganda juda ko‗p ishlatilmayotgan imkoniyatlarga ega. 
Yuqorida ko‗rib o‗tilgan tadbirlar va choralar ikkilamchi metallar metallurgiyasining 
hamma zahiralarini ochib berishga talabgor hisoblanmaydi. Lekin, bular ikkilamchi 
metallar metallurgiyasida ishlatilmayotgan zahiralar ko‗pligini, ularni navbat bilan 


211 
kamaytirish kerakligini anglatadi. Bularning hammasi ikkilamchi metallar metallurgiyasini-
xalq xo‗jaligining eng ilg‗or va istiqbolli tarmog‗iga aylantirishda muhim omil sinaladi. 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin