O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova


Tarkibida oltin bo‘lgan sochiluvchan chiqindilarni tozalash



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

Tarkibida oltin bo‘lgan sochiluvchan chiqindilarni tozalash. 
Zargarlik buyumlariga sayqallab ishlov berish natijasida hosil bo‗ladigan 
chiqindilar (xom ashyo) tahlil uchun namuna olingandan so‗ng, oltinni eritmaga 
o‗tkazish uchun reaktorlarga solinadi. Xom ashyoni sochilib ketishini oldini olish 
uchun distillangan suv bilan namlanilib azot va sulshfat kislotalarining 1:5 
miqdordagi aralashmasi yordamida 3-4 soat 80-100
0
C da eritiladi. Eritish jarayoni 
tugagach eritma filtrlanadi. Filtrlangan oltin tarkibli eritma gidrazin (N
2
H
4
-HC1) 
eritimasi yordamida cho‗ktiriladi. Teskari jarayon ketmasligi, eritmaning 
kislotaligini kamaytirish va eritma tarkibidan azot kislotasini yo‗qotish uchun 
gidrazin eritmasiga mis kukuni qo‗shiladi: 
Cu + 4HNO
3
= Cu(NO
3
)
2
+ 2NO
2
↑+ 2H
2



203 
Cho‗ktirish va tindirish jarayoni 5 soat davomida olib boriladi, so‗ngra pulpa 
filtrlanadi. Cho‗kma issiq suvda 3-4 marta chayilib elektr pechlarida 100-300 °C 
da quritiladi va induksion pechlarda eritish uchun jo‗natiladi. Olingan metall 
quymasi affinaj jarayoniga, shlak esa mis eritish zavodiga yuboriladi.
 
6.22-rasm. Kukunsimon materiallarni qayta ishlashning texnologik 
sxemasi
Rangli metallardan va ularning qotishmalaridan yasalgan va oltin suvi 
yugurtirilgan buyumlarni qayta ishlash. 
Radiotexnika va elektronika sanoatida rangli metallardan, ularning 
qotishmalaridan yasalgan va oltin suvi yugurtirilgan buyumlarning chiqin-dilari 
hosil bo‗ladi. 
Bunday chiqindilarni qayta ishlashning istiqbolli yunalishlaridan biri bu, tanlab 


204 
eritishdir. Oltin suvi yugurtirilgan buyumlarning asosiga ta‘sir qilmaydigan 
erituvchilar sifatida tiomochevina, ammoniy rodanit eritmalaridan yoki kaliy 
yodidning suvli eritmasidan foydalanish mumkin. Kaliy yodidning suvli
eritmasida oltinnig kaliyli kompleks birikmasi K[AuJ] yoki K[AuJ
2
] hosil bo‗ladi. 
Oltinni ajratib olish uchun tarkibida 180-250 g/l KJ yoki 200 g/l J

bo‗lgan 
eritmaga elektrokimyoviy ishlov beriladi. 
Au
+
+
 ē
→ Au ; J
2
+ 2
ē
→ 2J ; 
2H
+

ē
→ H
2
; 2J - 2
ē
→ J

2OH
¯
- 2
ē
→ 1/2O
2
+ H
2

Elektrolitik usul bilan oltinni ajratib olish 2-3 soat davomida 4-5 V 
kuchlanishli, 20-30 A/m

da olib boriladi. 1 gr oltin olish uchun 0.2-0.4 kVt/soat 
elektr energiyasi sarflanadi. Oltinni ajratib olish 99-99,8 % gacha etadi. 
Oltinsizlantirilgan chiqindilar rangli metall olishga, filtrlangan oltinli shlam 
eritishga yuboriladi, tindirilgan katolit eritmasi esa elektroli jarayoniga qaytariladi.

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin