O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova


Xom ashyolar tarkibidagi qimmatbaho metall



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

 
6.5.2. Xom ashyolar tarkibidagi qimmatbaho metall 
miqdorini aniqlash 
Bir xil turdagi chiqindilar turli korxonalarda va xar xil miqdorda hosil bo‗lishi 
mumkin, turli korxonalardan kelayotgan chiqindilarning og‗irligi bir necha 
grammdan bir necha tonnagacha bo‗lishi mumkin. 
Barcha sochiluvchan nometall holatdagi chiqindilarni namlik va organik 
birikmalardan tozalash maqsadida 3-4 soat elektr pechlarida kuydirib quriiladi. 
Quritilib sovutilgan xom ashyodan mexanik yoki oddiy usulda namunalar olinadi.
Olingan namunalarning asosiysi qismi maydalanadi, aralashtiriladi va oraliq 
namuna olinadi. Olingan oraliq namuna maydalanib, aralashtirilib 3ta laboratoriya 
- asosiy, nazorat uchun, arbitraj namunalari olinadi. Tahlil qilish uchun barcha 
asosiy namunalar va nazorat uchun olingan namunaning 10% i yuboriladi, arbitraj 
namunalar esa 6 oy saqlanadi.
Metall holatdagi chiqindilardan parmalash usuli bilan qirindilar shaklidagi 3ta -
asosiy, nazorat uchun, arbitraj namunalari olinadi.olinadi.
 
Tarkibida oltin mavjud bo‘lgan qattiq holatdagi chiqindilarni tozalash 
1- Tarkibida oltin mavjud bo‗lgan qattiq holatdagi chiqindilarga 1:2 miqdorda 
mis qo‗shib induksion pechda eritilib maxsus qoliplarga quyiladi. Hosil bo‗lgan 
quyma 0,2-0,4 mm. qalinlikdagi tasma xolatigacha valsovka qilinadi. Xosil bo‗lgan 
metall tasmalarni yog‗ va boshqa qo‗shimchalardan tozalash maqsadida azot 
kislotasi bilan kimyoviy ishlov beriladi.
Kimyoviy ishlov berish jarayoni tugagandan so‗ng metall tasmalar distillangan 


202 
suv bilan yuvib tashlanadi va shoh arog‗i (azot va xlorid kislotasining 1:3 
miqdordagi aralashmasi)da eritiladi. Eritish jarayonida kuchli reaksiya boradi.
Au + HCl – HNO
3
= HAuCl
4
+ NO + 2H
2

Reaksiya tugagach eritma filtrlanadi. eritmadagi oltinni cho‗ktirish uchun 
gidrazin yoki temir sulfididan foydalaniladi.
4HAuCl
4
+ 3N
2
H
4
(HCl)
2
= 4Au + 3N
2
+ 22HCl 
Hosil bo‗lgan cho‗kma distillangan suv bilan yuvilib quritish pechlarida 
quritiladi. Quritilgan cho‗kma induksion pechlarda eritiladi va maxsus qoliplarga 
quyiladi. Hosil bo‗lgan quymaning soflik darajasini aniqlash maqsadida proba 
olinadi va tahlilxonaga yuboriladi. 
3. Tarkibida oltin mavjud bo‗lgan shlak esa issiq disstillangan suvda va
NH
4
OH ning 10% li eritmasida AgCl ning suvda eriydigan kompleks birikmasini 
hosil qilish uchun yuviladi 
AgCl + 2NH
4
OH = Ag(NH
3
)
2
Cl + H
2

Shundan so‗ng temir va mis elementlaridan tozalash maqsadidia sulfat kislotasi 
(H
2
SO
4
) ning 5-10%li eritmasi bilan yuviladi. Tarkibida oltin mavjud bo‗lgan 
shlakni kumushdan, misdan va temirdan tozalash jarayoni ikki marotaba olib 
boriladi. Olingan shlam 150-200ºC da quritiladi, 1250ºC da seletra bilan eritiladi
va maxsus qoliplarga quyilib elektroliz yo‗li bilan tozalashga jo‗natiladi.

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin