207
7-BOB. METALL CHIQINDILARINI QAYTA ISHLASHNING
PIROMETALLURGIK VA GIDROMETALLURGIK QAYTA ISHLASH
USULLARINI ISTIQBOLLARI VA RIVOJLANISHI
Hozirgi kunda ikkilamchi metallarni qayta ishlash usullaridan pirometallurgik
usul keng tarqalgan. Pirometallurgik usulda xom ashyodagi metallarni toza va
aralashma holda ajratib olish, bundan tashqari kerakli qotishmalar shaklida tayyor
mahsulot olish imkoniyatlari yuqori bo‗ladi.
Pirometallurgik usulda shixtani eritishga tayyorlashda yuqori talablar qo‗yiladi.
Agar birlamchi metallurgiyada yaxshi tayyorlangan shixtani yarim eritilgan
metalga tenglashtirilsa, ikkilamchi metallurgiyada shixta tayyorlash o‗ziga juda
katta yuklanishni (javobgarlikni) oladi. Shixtani tayyorlashdagi asosiy element - bu
belgilangan yiriklikka keltirishdir. Bunga maydalash, parchalash, avtogen va yoyli
qirqish va boshqa metodlar bilan erishiladi. Bundan tashqari bu jarayonga teskari
jarayon bo‗lgan, mayda materiallar (xas cho‗plar, changlar, shlaklar) ni
bo‗laklashga ham, shixta tayyorlashda yuqori ma‘no kasb etadi. Bu masala temir-
tersak va chiqindilarni aglomeratsiyalash, granulyasiyalash va qaynoq namlab
bo‗laklash orqali echiladi. Ikkilamchi xom ashyoni presslashni zarur jarayonlarga
kiritish kerak. Bu jarayon kam hajmli massaga ega materiallar (chiqindilar, mayda
zarralar) ni qayta ishlashda qo‗l keladi.
Temir-tersak va chiqindilarini navlarga ajratish, yuqori aniqlikni talab qiladi.
Bu ikkilamchi metallurgiya korxonalarida qo‗l kuchi va vizual bajarilmokda.
Magnit separatsiya etarlicha ishlatilmayapti. Navlarga ajratishda eng samarali usul
temir-tersak va ularni chiqindilarini og‗ir muhitda ajratish hisoblanadi. Bunda xom
ashyodagi mexanik iflosliklar va xas-cho‗plar ham tozalanadi.
Respublikamizda shixtani eritishga tayyorlashda kriogen (chuqur sovutish)
jarayonlar qo‗llanilmaydi. Bu jarayonni kabel temir-tersak va chiqindilarini
izolyasiyadan tozalashda, elektrodvigatel, radioapparatura, avtomobil temir-
tersaklarini qayta ishlashda yuqori samaradorligi isbotlangan.
Ikkilamchi metallurgiyani asosiy metallurgik agregatlari yallig‗ va minorali
pech hisoblanadi. hozirgi kunda asosiy masala ushbu pechlarni ishlab chiqarish
208
unumdorligi va issiqlik foydali ish koeffitsienti (F.I.K.) ni oshirish hisoblanadi.
Yallig‗ qaytaruvchi pechdagi chiqadigan gazlar 1000
0
C haroratda bo‗ladi, bu
issiqlikni shixtani tayyorlashda yoki havoni isitishda qo‗llash mumkin. Gorizontal
gorilkalarni, gumbaz shaklidagi gorilkalarga almashtirilishi issiqlik va massa
almashinishini yaxshilaydi, issiqlik F.I.K. ini 10-15 foizga oshirdi.
Minorali pechlarni takomillashtirishga-ikkilamchi energiya resurslarini
ishlatishni yaxshilash, pech konstruksiyasini, hamda gaz chiqarish sistemasini
yangi nusxalarini yaratish yo‗li bilan erishiladi. Pechga yuboriladigan havoni
qizdirish eng asosiy, dolzarb vazifa hisoblanadi. Bundan tashqari isitiladigan
rekuperatorlarni qo‗llash iqtisodiy jihatdan o‗zini-o‗zi bemalol oqlaydi. Bundan
tashqari, minorali pechlarda chiqayotgan gazlarni qaytadan pechga yo‗naltirish,
qimmatbaho va hozirda kamyob hisoblanayotgan koksni tejash imkonini beradi.
Dunyoning rivojlanayotgan davlatlarida past sifatli va arzon yoqilg‗ida
ishlaydigan
gidrostansiyalar,
atom
stansiyalari,
hamda
yirik
issiqlik
elektrostansiyalarini qurish ko‗paymoqda. Natijada elektr energiyani tan-narhi
arzonlashmoqda. Bundan tashqari hozirda yoqilg‗i sifatida samon, biogazlarni
ishlatilishi energiyani tannarhini arzonlashishiga zamin yaratmoqda. Bu ko‗rsatib
o‗tilganlar ikkilamchi metallar metallurgiyasida elektr yordamida eritish
imkoniyatini oshiradi.
Elektropechlar yuqori unumdorlikda va kam material sarf qilishi bilan yuqori
sifatdagi tayyor mahsulot olish mumkin. Ayrim hollarda u eritish mumkin bo‗lgan
yagona agregat hisoblanadi. Elektr bilan eritishda ikkilamchi xom ashyo kompleks
ishlanadi, agregatlar soni kamayadi.
Ikkilamchi metallarni eritishda hosil bo‗ladigan shlaklar har doim ham keraksiz
hisoblanmaydi. Ayrim shlaklardagi metallni miqdori, xom ashyodagi metallni
miqdoridan ancha ko‗p. Bu shlaklarni ayrim miqdorigina qayta ishlanmoqda,
qolganlari chiqindixonalarda yig‗ilmoqda. Shlaklar oson maydalanadi. Bularni
gidrometallurgik usul bilan qayta ishlash mumkin. Gidrometallurgiyani yutuqlari
metallni ajratib olish darajasini yuqoriligi, selektivligi va kam fizik kuch
sarflanishidir.
209
Bunga qaramay gidrometallurgiyani ikkilamchi qayta ishlashda miqdori
nisbatan kam. hozirgi kunda bu usul boshqa usul qo‗llanib bo‗lmaydigan
hollardagina, ya‘ni qimmatbaho metallari bor xom ashyoni qayta ishlashda, xom
ashyodan nikel va koboltni ajratishda, qora metallardan rangli metallarni olishda
ishlatilmoqda.
Gidrometallurgik jarayonlarni ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq qilish
natijasida, xom ashyoni kompleks ishlashga, atrof-muhitga zararni kamaytirishga
erishish mumkin. Gidrometallurgik usulda harorat 100
0
C ga yaqin olib boriladi.
Erituvchi sifatida turli xil erituvchilar (tuzli eritmalar, ishqorlar, kuchli va kuchsiz
kislotalar ayrim hollarda, hatto suv ham) ishlatiladi. 7.1-jadvalda bir qancha
metallarga ba‘zi bir erituvchilarni ta‘siri keltirilgan.
Gidrometallurgiyada
rudalarga
mexanik
ishlov
berish
(maydalash,
klassifikatsiyalash, quyuqlashtirish), kimyoviy tarkibini o‗zgartirish (qizdirish,
reagentlar bilan parchalash), tanlab eritish, suvsizlantirish, yuvish, suzish, tindirish,
keraksiz aralashmalardan tozalash, metallar va ularning birikmalarini eritmalardan
cho‗ktirish, cho‗kmalarga ishlov berish kabi jarayonlardan iborat.
Dostları ilə paylaş: |