O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova


( a,b)-rasm. Kumush tarkibli chiqindi xom ashyolari



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

6.21.( a,b)-rasm. Kumush tarkibli chiqindi xom ashyolari 
Kimyo sanoatining chiqindilari ishlatilib bo‗lingan kontaktlar shaklida (20-
80% Ag); shlamlar shaklida (60% dan 80% gacha Ag); kumushli jihozlar 
chiqindilari (20-25% Ag).
Oynasozlik sanoatida kumush tarkibli chiqindilarning asosiy qismi oynalarni 
kumushlash jaryonida, archa uchun bezakli o‗yinchoqlar yasashda hosil bo‗ladi.
Oynasozlik sanoatida kumush tarkibli quyidagi chiqindilar hosil bo‗ladi: %
-
oyna siniqlari 0,05-0,2;
-
archa uchun bezakli o‗yinchoqlarning siniыlari 0,2-0,5:
-
kumush ko‗zalarning siniqlari 10-25;
-
kumushli idishlarning siniqlari va parchalari 40-60;
-
oynalarni kumushlash jarayoni uchun tayyorlangan eritmalardan cho‗ktirish 
natijasida hosil bo‗lgan kumushning oltingugurtli aralashmasi 40-60.
Poligrafiya sanoatining quyidagi chiqindilari tarkibida ham kumush bo‗ladi: %
-
kumush sulfid 45-64;
-
fotoqog‗oz va fotomahsulotlarning chiqitlari 0,4-4;
-
kumush xlorid < 50. 
Qimmatbaho 
metallarga 
ishlov 
beruvchi 
zargarlik 
ustaxonalari 
va 


200 
zavodlarining chiqindilarini tarkibidagi kumush miqdoriga va hosil bo‗lish 
sharoitiga qarab gruppalarga ajratish mumkin: %
- qimmatbaho metallarni eritish jarayonida 0.5-7.0;
- mexanik ishlov berish jarayonida 0,05-3,0;
- kumushga kimyoviy va elektrokimyoviy ishlov berish natijasida hosil 
bo‗ladigan chiqindilar 0,05-10.
Soatsozlik sanoati tarkibida kumush bo‗lgan quyidagi chiqitlarni qayta 
ishlashga jo‗natadi. %
-
kumush tarkibli kavshvrlash materiallari 15-99;
-
kumush kontaktlar 20-80; qipiq va qirindilar 10-70. 
Davolash muassalaridan kumushni ajratish uchun quyidagi chiqindilar qayta 
ishlashga jo‗natiladi:%
-
rentgen plyonkalari va fotomahsulot qoldiqlari 0.5-50;
-
kumush sulfidi 45-65. 
Qayta ishlanayotgan, tarkibida kumush (30-40%gacha Ag) bo‗lgan xom 
ashyoning katta qismi sanoatning elektronika va elektrotexnika tarmoqlari 
chiqindilariga to‗g‗ri keladi. Bular:
-
ishdan chiqqan kumush - ruxli va kumush - kadmiyli akkumulyatorlar (30-
60%);
-
kontakt-qotishmalar, kumush tarkibli kavsharlash materiallari (5 dan 
99% gacha);
-
metallokeramik kompozitsiyalar (25-30%) 
Qimmatbaho metallarning barcha chiqindilarini ikki turga bo‗lish mumkin: 
1) metall holatdagi – kumush tarkibli chiqindi va kukunlar, kumushning oksidli 
birikmalari, elektroliz yo‗li bilan olingan kumush, tarkibida kumush metali bor 
yaroqsiz qismlar va buyumlar, quyma holidagi yaroqsiz yarim tayyor mahsulotlar, 
prokatlash usuli bilan olingan metallar, simlar, kumushli kukunlar va ularning 
qoldiqlari, yaroqsiz yoki ishdan chiqqan kumush-ruxli yirik va kichik hajmli 
akkumulyatorlar va b. 
2) nometall holatdagi – kumushning bromli, xlorli va sulfidli birikmalari; 


201 
fiksaj eritmasi va oynasozlik sanoati shlamlari; kumush tarkibli chiqindilar, 
shliflar, kino-, rentgen- va fotoplyonkalar kullari; kumush-pemzali katalizatorlar
tarkibida kumush majud bo‗lgan shlaklar.
Yuqorida sanab o‗tilgan chiqindilardan tashqari ximiyaviy va fizikaviy 
xossalariga ko‗ra keskin farqlanadigan xom ashyolar ham qayta ishlash uchun 
kelib tushadi. 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin