154
g‗ishtlar bilan zich qoplanadi yoki yotqiziladi. Pechni aylanishidagi aralashtirish
darajasini
tezlashtirish uchun, pech futerovkasini ko‗ndalang kesimi (ichki
tomoni) ko‗pburchak yoki oval shaklida qilinadi. Pech gaz yordamida isitiladi.
Pechga shixtani yuklash, pechni yon yuza tomonidagi
teshiklar yordamida
bajariladi. Letka (quyuvchi qism) barabanni yon tomonida joylashgan. YOqilg‗ini
yonishi natijasida hosil bo‗lgan gaz oqimini issiqligi ta‘sirida pechni olov bardosh
g‗ishtlari va u qoplangan tuzli qatlam qiziydi. Pechni aylanishi natijasida, qizigan
olov bardosh futerovka erishi kerak bo‗lgan metalni tag tomoniga o‗tadi va o‗zini
issiqlikligini metallga beradi.
Bunday usulda issiqlik berish, erish kamerasini juda tez muddatlarda qizishini
va agregatni ishlab chiqarish unumdorligini yuqori darajaga ko‗tarishini
ta‘minlaydi. Aylanuvchan pechlarda eritishda metallni yonishi yuqori darajada
bo‗lmaydi, chunki yuklangan shixta
barabanni aylanishi natijasida, eritma uning
ustiga tushadi, natijada oksidlanishga ulgurmaydi. Kalta barabanli pechlar 0,5-20 t
hajmga ega. Ularni ishlab chiqarish unumdorligi 7 t/soat ni tashkil qiladi.
6.1.3. Alyuminiy tarkibli temir-tersak va chiqindilarni
yallig‘-qaytaruvchi va elektropechlarda pechlarda qayta ishlash
Alyuminiy tarkibli temir-tersak va chiqindilarni qayta
ishlashda ikki kamerali
yallig‗-qaytaruvchi pechlar keng tarqalgan (6.4-rasm).
Alyuminiy tarkibli temir-tersak va chiqindilarni yallig‗-qaytaruvchi pechlarda
qayta ishlashda gorelkalar alangasi va chiqindi gazlarni
harakati - shixtani eritish
bilan birga, pechni shipini va devorlarini qizdiradi. Buni natijasida suyuq vannada
eritish ushlab turiladi, qattiq shixta eriydi. Eritish kamerasini
tubi qiya shaklda
qilingan bo‗ladi. Metall butunlay erigandan so‗ng, erish kamerasidan maxsus kanal
orqali kopilnikka o‗tadi. Tayyor metall letka orqali quyish mashinalariga yoki
kovshga chiqariladi.
Gorelka va forsunkalar eritish kamerasining yon yuza devoriga o‗rnatilgan.
Futerovkasi (qoplamasi), ya‘ni pechni ikki olovbardosh
qoplamasi shamot
g‗ishtlaridan qilingan. Bu g‗ishtlar kam issiqlik o‗tkazadi, alyuminiy bilan erigan
155
flyus va pech atmosferasini ta‘sirlanishi juda kam. Futerovka alyuminiy tarkibli
temir-tersaklar va chiqindilarni eritishdan oldin 80 foizi NaCl va 20 foizi Na
3
AlF
6
dan tashkil topgan eritma bilan ishlanadi. Bu eritma g‗isht
oralariga kirib
futerovkani ishlash muddatini oshiruvchi qatlam hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: