68
qo’llanmada blokcheynning asosiy tamoillari va uning turli
sohalarda ishlatilishi
masalalari ko‘rib chiqiladi. Blokcheynni ko‘pincha ko‘p maqsadli loyiha turiga
mansub deb ham tushuniladi. Chunki siz kim yoki qaysi sohada
ishlayotganingizdan qat’i-nazar, blokcheyndan
foydalangan xolda nimadir
qilishingiz mumkin. Masalan, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarga blokcheyn
qiziqarli va perspektiv bir muhit bo‘lib hizmat qilishi mumkin. Tadbirkor uchun
esa blokcheyn mexanizmi biznes operatsiyalarni va tashqi aloqalarni qayta ko‘rib
chiqish va loyihalash uchun juda qulay vosita sifatida hizmat qilishi mumkin.
Tadbirkorlar blokcheyn vositasida ko‘p mablag sarf qilmasdan turib, kam
miqdordagi mijozlar bilan ham startap (
yangi loyiha
)larni qo‘rqmasdan
boshlashlari mumkin. Blokcheyn oddiy ob’ekt ham,
maxsulot ham, tendensiya
ham yoki qandaydir imkoniyat ham emas. Balki u bir necha qismlardan iborat
bo‘lib, ularning ba’zilari
birgalikda ishlaydilar, boshqalari esa mustaqil va bir-
biriga bog’liq bo‘lmagan xolda faoliyat ko‘rsatadilar. Xuddi shuning uchun ham,
ya’ni, modullilik tufayli blokcheyn texnologiyasi juda ko‘p yo‘nalishlarda va
sohalarda ishlatilishi mumkin. Umuman aytganda,
blokcheyn texnologiyasining
rivojlanishi juda katta novatorlik potensialiga ega. Xuddi internet iqtisodiyoti
singari, blokcheyn texnologiyasi ham yangi turdagi iqtisod yaratadi va xuddi
shuning uchun ham biz ushbu imkoniyatdan foydalanish imkoniyatlarini nazardan
qochirishimiz kerak emas. Kriptotexnologik raqamli
iqtisodiyot siyosiy nuqtai-
nazardan ham, raqamli arxitektura nuqtai-nazaridan ham, markazlashmagan
ishonchga asoslangan iqtisodiyot bo‘ladi. Blokcheyn
barchaga bir xildagi imkon
berib, ishtirokchilarning imkoniyatlarini qandaydir ma’noda tenglashtiradi. Avval
boshdanoq internetning asosiy vazifasi ma’lumotlarni tarqatish va uning
almashinuvini ta’minlash bo‘lsa, blokcheynning funksiyasi
qandaydir qiymatga
ega bo‘lgan ma’lumotlarni uzatishdir. Shunday qilib, blokcheyn, perspektiv hamda
kelajak innovatsion texnologiyasidir. Masalan, 2015 yil oktyabr oyida
Dostları ilə paylaş: