123
yerda asosiy masala va maqsad hamma ishni blokcheynda amalga oshirishdan
iboratdir. Zamonaviy samolyotlar «
saf bo‘lib uchadigan mustaqil elementlar
jamlanmasi
» deb atalishi kabi, kompaniyalar ko‘plab tarmoqlarda ajralish va
hamkorlar tarmog‘iga birlashish tendensiyasini namoyish etadilar.
Individual
buyurtmalar bo‘yicha ommaviy ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish maqsadidahuddi
blokcheyn kabi,
3D
-bosma texnologiyasi ham ishlab chiqarishni foydalanuvchiga
yaqinlashtirmoqda. Tez orada axborot egalari va huquq egalari inson
hujayralaridan boshlab, alyuminiy kukunigacha bo‘lgan har qanday narsa haqidagi
metama’lumotlarni blokcheynda saqlashi mumkin bo‘ladi va bu korporativ ishlab
chiqarish chegaralarini misli ko’rilmagan darajada kengaytiradi.Bu texnologiyalar
tovarlar bilan ta’minlanganlikni va ularning ta’minot tarmog‘i bo‘ylab harakatini
kuzatish uchun ulkan imkoniyatlar beradi. Har bir kishining qalbiga (
va boshqa
tana a’zolariga
) yaqin bo‘lgan tarmoq – oziq-ovqat sanoatini tasavvur qilib
ko‘ramiz. Hozir supermarketda halol sharoitlarda
va yaxshi boqilgan, dori-
darmonlar berilmagan, ekologik tozaqoramol go‘shti sotayotganini ta’kidlash va
hatto bunga chin dildan ishonish ham mumkin. Lekin savdo tarmoqlari buni yuz
foiz kafolatlay olmaydilar. Hech kim har bir molning biografiyasini yozib
o‘tirmaydi,biz esa bu go’shtdan bifshteks pishiramiz, lekin uning «
ishonchli
»
ekanligini tekshirish uchun esa qandaydir vositalarga ega emasmiz. Odatda bunga
ko‘z yumish ham mumkin – axir butun dunyo bo‘ylab milliardlab bifshtekslar
sotiladi va sotilmoqda. Lekin ba’zida qoramol qutirish
kasalligi epidemiyasi ham
uchrab turadi, bu esa sog’lik uchun koni zarar.Oziq-ovqat sanoati blokcheynda
nafaqat har bir buqaning raqamini, balki istiqbolda jonivorning
DNK
ga bog‘lab
qo‘yilgan har bir go‘sht parchasi raqamini saqlashi mumkin. Uch o‘lchamli
qidirish imkoniyatlari foydalanuvchiga jonivor tarixini bilish va parrandalarni
to‘liq miqyosda kuzatish imkonini beradi. Ma’lumotlar to‘plamlarini intellektual
boshqarish
va ularni
DNK
asosida identifikatsiyalashga imkon beradigan
murakkab (
lekin qo‘llash oson bo‘lgan
) texnologiyalar tufayli hatto eng yirik
go‘sht ishlab chiqaruvchilar hamhar bir bo‘lak go‘sht sifati va havfsizligini
kafolatlay oladilar. Tasavvur qiling, bu axborot laboratoriya tadqiqotlarini
124
qanchalik soddalashtiradi va jiddiy vaziyatlarda
sanitariya hizmatlariga
javobgarliklarni tezlashtiradi.
Blokcheyn texnologiyasi firma ichida hamda firmalar va turli tashqi
qatnashchilar o‘rtasida ham teng huquqli qo‘shma faoliyatni ta’minlashga qodir.
Buxgalteriya hisobi uchun, istalgan muhitda raqamli resurslardan foydalanish va
faoliyat yuritish uchun, bular valyutami, ijtimoiy munosabatlarmi
yoki tashkilot
bo‘lishidan qat’i nazar, to‘liq taqsimlangan mexanizmni ishlatishga imkon
beradi.Bugungi kunda birgalikda ishlash uchun turli tijorat vositalari asta-sekinlik
bilan tashkilot ichida boshqaruv va axborot bilan ishlash mohiyatini ancha
o‘zgartirib yuboradi.
Dostları ilə paylaş: