286
19.2.
Psixologiyani o‘qitishda bilimlarni nazorat qilish shakllari
O'quvchilar va talabalar bilimlarini tekshirishning asosiy
shakllariga quyidagilar kiradi: kollokvium, imtihon,
nazorat ishlari,
darsda baholash, testlar, reyting baholash, malaka ishlarini bajarish.
Kollokvium
(lot. colloqium — suhbat) — ta’lim tizimida
talabalarning bilim darajasini aniqlash va oshirish maqsadida
o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘uloti shakllaridan biri,
talabaning
o‘qituvchi bilan suhbati. Kollokviumda o‘rganilayotgan kursning,
odatda, seminar va b. amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tematikasiga
kirmagan ayrim qism, bo‘lim, mavzu, masalalari hamda ta’lim
oluvchilarning referat, loyiha va b. ishlari muhokama qilinadi;
Imtihon
— o‘quvchi va talabalar bilimini tekshirish usullaridan
biri. Imtihonlar davlat imtihoni, kirish, sinfdan sinfga (kursdan kursga)
ko‘chirish, tanlov imtihon va b. turlarga bo‘linadi. Dastlab Xitoyda Xan
sulolasi hukmronligi davri (mil. av. 206 — mil. 220 y.)
da paydo
bo‘lgan. Imtihon o‘qimishli kishilar orasidan amaldor buladiganlarni
ajratib olish zaruriyatidan kelib chiqqan. Amal talabgorlari Konfutsiy
kitoblari buyicha bilimdonliklarini ko‘rsatuvchi davlat imtihonni
topshirish va ilmiy daraja olishlari zarur bo‘lgan. O‘rta asrdan Yevropa
untlarida bakalavr yoki magistrlik darajasini olish da’vogarlarining
bilimini sinash uchun kiritilgan. 19-a. boshlariga kelib,
Yevropaning
barcha mamlakatlariga yoyildi.
O‘zbekistondagi umumiy ta’lim maktablarida sinfdan sinfga
ko‘chirish va bitirish imtihonlari topshiriladi. Ko‘chirish imtihonlari
ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan va tegishli tashkilotlar
tasdiqlagan Nizomga muvofiq o‘qishning muayyan bosqichida olinadi.
Bitirish imtihonlari esa, ta’lim tizimining biror bo‘g‘inida o‘qiyotgan
o‘quvchi tomonidan o‘quv yurtini tugatish paytida topshiriladi. Bitirish
imtihonlarini imtihon komissiyalari qabul qiladilar.
Imtihonlarning
qaysi fanlardan topshirilishi, qachon, qay tarzda o‘tkazilishi muayyan
huquqiy hujjatlar orqali belgilanadi. Imtihonda yozma ish mavzulari va
og‘zaki imtihon savollari ta’lim tizimi faoliyatini tashkil etuvchi va
yo‘naltiruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi. Maktablarda
imtihonga qo‘yilgan yillik va imtihon baholaridan pedagogik jamoa
yakuniy baho chiqaradi. Bu baho o‘rta
maktabni tugatganlik
to‘g‘risidagi guvohnomaga qo‘yiladi.
287
Oliy ta’lim talabalari har bir semestr yoki kurs oxirida imtihon
topshiradilar. Ularni bitiruvchilar esa davlat imtihoni topshiradilar. Oliy
o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichida davlat imtihonlari bilan birga
bitiruv ishi ham himoya qilinadi. Ijodiy yondashuv va alohida
tayyorgarlik talab etiladigan oliy ta’limda qo‘shimcha imtihon joriy
etiladi. Milliy ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida
reyting joriy
etilishi munosabati bilan oliy o‘quv yurtlaridagi kursdan kursga
ko‘chirish imtihonlarida jiddiy o‘zgarish sodir buldi.
Talabalarning imtihonda baholashda imtihonchi odatda quyidagi
mezonlarga amal qiladi:
1) savollarga javoblarning to'liqligi va mazmunliligi;
2) qo'yilgan savollarni ochib berish uchun muhim materiallarni
tanlash qobiliyati;
3) savollarni ochishda
izchillik va uzluksizlik;
4)
faktlarni
tavsiflash,
nazariyalarni
taqdim
etish
va
tushunchalarni shakllantirishda aniqlik;
5) taqdim etilgan materialni aks ettiruvchi misollar keltirish
qobiliyati (o'zidan tanlangan misollar ayniqsa qadrlanadi);
6) xulosa chiqarish qobiliyati;
7) javobni stilistik va grammatik jihatdan to'g'irlash qobiliyati;
8) belgilangan vaqt ichida
saqlash qobiliyati;
9) tekshiruvchi tomonidan berilgan savollarga javob berish
qobiliyati.
Dostları ilə paylaş: