Nazorat ishlari
bu talabalar tomonidan bajariladigan va ular
egallagan bilim va ko'nikmalarni tekshirishga qaratilgan yozma ish. Bu
berilgan savollarga javob berishni yoki ba'zi amaliy vazifalarni
bajarishni o'z ichiga oladi. Nazorat ishlarida turli xil xarakterdagi
savollar va topshiriqlardan foydalanish mumkin, ammo ular har doim
baholash mezonlari mavjudligini (to'g'ri yoki noto'g'ri) taxmin
qilishadi.
Bunday ish uchun ajratilgan vaqt o'quvchilar va talabalarning
alohida e'tiborini hisobga olishi kerak. Talabalar qanchalik yosh bo'lsa,
ularda ortiqcha charchoqni keltirib chiqarmaslik uchun ish shuncha
kam vaqt talab qilishi kerak.
Nazorat ishlari o'quvchilarning (talabalarning) kurs yoki
mavzuning ma'lum bir qismi bo'yicha bilim va ko'nikmalarini sinab
ko'rishga qaratilgan bo'lishi mumkin.
288
Dars asosida baholash
maktablarda ham, universitetlarda ham
qo'llaniladi. Bu o'quvchilarning (talabalarning) sinfdagi bilim
faoliyatining har xil turlarini har tomonlama baholashni ta'minlaydi.
Bunday baholash tarkibiy qismlari o'qituvchining savollariga javoblar,
boshqa talabalarning javoblariga qo'shimchalar, yozma va amaliy
topshiriqlarni bajarish bo'lishi mumkin. Kerakli tirishqoqlik natijasida
dars punkti berilishi mumkin. Shunday qilib, darssiz baholash
o'quvchilar va talabalarning bilimlari va faolligini joriy baholash
turidir. To'g'ri tashkil etilgan va baholash uchun aniq belgilangan
mezon bo'lsa, bu muhim rag'batlantiruvchi rolga ega. O'qituvchilar
darslarga asoslangan baholashdan seminarlarda, mashg'ulotlarda va
darslarda foydalanishga moyildirlar, chunki ular buni o'quvchilar uchun
doimiy o'quv faoliyatini rag'batlantirishning yagona usuli deb bilishadi.
Adolatli baholash shundan iboratki, har xil talabalar
taqqoslanadigan javoblar va topshiriqlar uchun taqqoslanadigan
baholarni olishadi. Bunga darssiz baho berish orqali erishish juda qiyin.
Shuning uchun dars nuqtalari rag'batlantiruvchi funksiyani bajaradi,
ammo attestatsiya funksiyasida etarlicha ob'ektiv emas.
Test.
“Test” inglizcha so‘z bo‘lib, sinab ko‘rish, tekshirish
ma`nolarini anglatadi. Testning eng asosiy, bosh xususiyati uning o‘quv
materiallarini o‘zlashtirish darajasiga validligidir. Validlik ham
inglizcha “valid” so‘zidan olingan bo‘lib, “haqiqiy”, “yaroqlik degan
ma`nolarni anglatadi. Ma`nosidan ko‘rinib turganidek, o‘quv
materiallarini o‘zlashtirish 1-darajasiga — dastlabki natijaga (ko‘nikma
darajasida o‘zlashtirishga) o‘zlashtirishning shu xususiyatini hisobga
olib tuzilgan testlargina to‘g‘ri keladi. Malaka yoki tushuncha dara-
jasida o‘zlashtirishga yaroqli testlar o‘zlashtirishning aynan shu
darajalarini hisobga olib tuziladi. Bulardan ko‘rinadiki, test tuzish va
ular vositasida o‘quvchilarning bilimini tekshirishda qator
psixodidaktik talablarga rioya qilinadi. Testning validligi — testda
berilgan topshiriqning mazmuni o‘quv materialini o‘zlashtirishning
birinchi darajasi va birinchi darajadagi faoliyat — ko‘nikma
darajasidagi xatti-harakatlar, ikkinchi darajasi va ikkinchi darajadagi
faoliyat — malaka darajasidagi xatti-harakatlarga, uchinchi darajasi va
uchinchi darajadagi faoliyat tushuncha darajasidagi hatgi-
harakatlarga mos bo‘lishi lozim. O‘zlashtirishning bu uch darajasi va
ularga oid faoliyatlarni aniq chegaralash imkoniyatlari ham mavjud:
289
birinchi daraja va unga oid faoliyat paytida bolalar o‘ylab, qoida-
ta`riflarni eslab, ayrim hollarda xatolar qilib, tuzatishlar kiritib,
sekinlik bilan faoliyat ko‘rsatishadi. Shu sabablarga ko‘ra u yoki bu
testlarni bajarishga nisbatan ko‘proq vaqt sarflanadi; ikkinchi daraja va
unga oid faoliyat paytida qoida-ta`riflar zudlik bilan esga tushiriladi,
o‘quv ishlarida tezkorlik boshlanadi, kamchilik va xatolar kamayadi,
bilimlarni o‘quv holatlariga tatbiq etish avtomatlasha boshlaydi.
Shularga ko‘ra test yoki testlar tizimini bajarishga oldingiga nisbatan
kamroq vaqt sarflanadi; uchinchi daraja va unga oid faoliyatda xatolar
bo‘lmasligi shart. Ammo bolalarning faoliyatida kamchilik, xatolar
uchrashi ham tabiiy. Shuni hisobga olib, past o‘zlashtirgan
o‘quvchilarni guruhlarga ajratish, har bir guruhga yoki alohida
o‘quvchilarga qo‘shimcha topshiriqlar berilib, yana bir bor sinovdan
o‘tkaziladi. O‘zlashtirishning eng oxirgi darajasida erishilgan natija
etalon darajasida bo‘lishi, to‘liq o‘zlashtirish talablariga mutlaqo mos
kelishi lozim.
O‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajalari, faoliyatining uzluksiz
rivojlanib borishini hisobga olib, testlarni ham uch toifaga ajratsa
bo‘ladi: birinchi darajadagi test. Bu toifadagi test joriy nazoratga mos
keladi; ikkinchi darajadagi test. Bunday test oraliq nazorat uchun
vosita bo‘la oladi; uchinchi darajadagi test. Undan yakuniy nazorat
paytida foydalanish mumkin.
Birinchi, ikkinchi darajadagi testlarning natijasi ballar bilan qayd
etiladi baho quyilmaydi. Zero, ular ta`limni davom ettirish, binobarin,
ta`lim berish, bolalarni ogohlantirish (o‘zlari etib kelgan nuqtani
fahmlash, o‘z bilimlari chegarasini anglash), rag‘batlantirish (yana o‘z
ustimda ishlashim zarur) kabi ichki effektlarga ega bo‘ladi. Uchinchi
darajadagi testlarning natijasi baholanadi.
Testning aniqligi uning yana bir belgisidir. Test uni bajaradigan
o‘quvchi uchun tushunarli bo‘lishi, unda bolaning bilimi, tayyorgarlik
darajasi, real bilish imkoniyati hisobga olinishi zarur. Testning
aniqligiga ko‘ra boshlang‘ich sinflarda foydalaniladigan testlar yuqori
sinflarda bajariladigan testlardan farq qiladi.
Testning bir xil qimmatga egaligi ham alohida o‘rganishni (tadqiq
qilishni) taqozo etadi. O‘qituvchi test vositasida bir xil natija, kelgan
komissiya testdan foydalanib yana boshqacha natija olsa, bolalarning
test sinoviga ishonchi ham, qarashi ham o‘zgaradi. Testning bir xil
290
qimmatga egaligi bola uchun ruhiy ahamiyat kasb etib, unga rioya qilish
asosiy pedagogik shartlardan sanaladi.
Testning ishonchliligini ham uning yana bir xususiyati sifatida
ajratsa bo‘ladi. Agar testning bir xil qimmatga egaligi uni bajaruvchi
shaxs bilan, uning ruhiyati bilan bog‘liq bo‘lsa, testning ishonchliligi
uning o‘ziga (testga) daxldordir. Bir xil qimmatga, qiyinlik va
murakkablikka ega test vositasida aniqlangan natija shu tipdagi, ,
qiyinlikdagi, murakkablikdagi boshqa bir test vositasida Xuddi shunday
(oldingidan) natija olinsa, ularning ikkalasi ham ishonchli test
hisoblanadi.
O‘
QUV
materiallarini o‘zlashtirishning barcha darajalariga
(birinchi daraja+ikkinchi daraja+uchinchi daraja) mos keladigan uch xil
testlar to‘plami tuzildi deb tasavvur qiling. Uch xil darajaga moslab
tuzilgan testlar to‘plamini “zinapoya testlar to‘plami” deb qaraymiz.
Zinapoya shaklidagi testlar quyidagicha tartibda bajarildi deylik: oldin
birinchi darajaga, keyin ikkinchi darajaga sungra uchinchi darajaga oid
testlar. Shu tartibda bajarilgan test to‘plamlarining oldingisi keyingi
to‘plamni bajarish uchun vosita bo‘ladi. Shu sababli, qiyinligi
o‘zlashtirish darajasiga qarab oshirib borilgan test to‘plamlarini bir
paytning o‘zida ketma-ket bajarishni “test ustida mashq o‘tkazish” deb
qaraymiz.
Agar o‘quv materiali birinchi darajada o‘zlashtirilgach, testlar
to‘plami shu darajani mo‘ljallab tuzilgan bo‘lsa, to‘plam faqat va faqat
shu darajadagi natijalarni tekshirish omili bo‘la oladi. Joriy nazoratda
Xuddi shunday testlar to‘plamidan foydalaniladi. Shunga o‘xshash
ikkinchi darajaga ko‘tarilgan bilimlarga mo‘ljallab tuzilgan testlar
to‘plami oraliq nazoratga, uchinchi darajaga ko‘tarilgan bilimlarga
mo‘ljallab tuzilgan testlar to‘plami yakuniy nazoratga mos keladi. Test
nazorati natijalarining barchasi qabul qilingan etalonga muhoyasa qilib
qayd etiladi. Testlar tuplamining qachon mashq qilish qachon nazorat
qilish omili bo‘la olishini quyidagi chizma vositasida tasavvur etish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |