291
tayyorlangan ish kvalifikatsiyaga ega, ya'ni bu baholash ob'ekti
hisoblanadi.
Malakaviy ishlarning baholashda
quyidagi mezonlar tavsiya
etiladi:
1. Muammo bo'yicha o'rganilgan ilmiy va o'quv adabiyotlarning
hajmi.
2. Adabiyotni ko'rib chiqishda mavzuning asosiy jihatlarini ochib
berishning to'liqligi.
3. Berilgan mavzu uchun zarur bo'lgan
materialni tanlash, uni
ikkinchi darajali manbadan ajratish.
4. Mavzuni ochib berishda izchillik va mantiqiylik.
5. Materialning analitik taqdimoti.
6. Turli xil qarashlarni taqqoslash qobiliyati.
7. Ilmiy adabiyotlarni ko'rib chiqishda umumlashtirish va
xulosalarni shakllantirish qobiliyati.
8. Referativ tipdagi ilmiy fikrni stilistik jihatdan to'g'ri loyihalash.
9. Referativ tipdagi ilmiy matnni grammatik jihatda to‘g‘ri tuzish.
10. Ilmiy ishlarning talab darajasida rasmiylashtirish.
Malaka ishining empirik qismini baholashda
quyidagi mezonlar
tavsiya etiladi:
1. Ishning apparat qismini to‘g‘ri tavsiflash: dolzarbligi, maqsadi,
vazifalari, farazlari, empirik tadqiqotlarning yangiligi.
2. Tadqiqot usullarining tadqiqot maqsadlariga muvofiqligi.
3. Belgilanadigan empirik materiallarni yig'ish bo'yicha qilingan
ishlar hajmi.
4. Tadqiqot rejasi, tashkil etilishi va usullari tavsifining to'liqligi.
5. Tadqiqot natijalarini taqdim etishning to'liqligi.
6. Tadqiqot ma'lumotlarini miqdoriy va sifat jihatidan qayta ishlash
usullarini
taqdim etish, matematik ma'lumotlarni qayta ishlash
usullaridan foydalanish.
7. Tadqiqot dalillarining ishonuvchanligi.
8. Tadqiqot natijalarining to'liqligi.
9. Tadqiqot natijalarini talqin qilish sifati.
10. Empirik tadqiqotlarni tavsiflashda
va ilmiy ishlarni malakali
loyihalashda ilmiy stilistikadan to'g'ri foydalanish.
Amaliy psixologiya sohasidagi tadqiqotlarni baholashda quyidagi
mezonlar tavsiya etiladi:
292
1. Amaliy psixologiya sohasida tadqiqotlarning metodik apparatini
to'g'ri tavsifi: uning dolzarbligi, maqsadlari, vazifalari, yangiligi.
2. Amaliy psixologiya metodlari va usullarining o'rganish
maqsadlariga muvofiqligi.
3. Amaliy psixologik ish metodikasini ishlab chiqish (yoki
moslashtirish).
4.
Psixodiagnostika, maslahat berish,
psixoterapiya, korreksion,
rivojlanish psixologik ish yoki psixoprofilaktika va psixologik tarbiya
bo'yicha bilimlarga ega bo'lish.
5. Talaba tomonidan amalga oshiriladigan
amaliy psixologik
ishlarning hajmi.
6. Amaliy ishlarni tashkil etish va amalga oshirishni tavsiflashning
to'liqligi, ishlab chiqilgan amaliy psixologik metodikaning yangiligi va
o'ziga xos xususiyatlari.
7. Amaliy psixologik ish natijalarini tavsiflashning to'liqligi.
8. Natijalarni miqdoriy va sifatli qayta ishlash.
9. O'tkazilgan amaliy psixologik ish samaradorligi tahlili, uni
aprobatsiya qilish bo'yicha xulosalarning to'liqligi, argumentatsiyaning
ishonarli bo'lishi, qo'llanilishdagi imkoniyatlar va cheklovlarning
tavsifi, foydalanish bo'yicha tavsiyalar.
10. Ishning grammatik jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirish.
Dostları ilə paylaş: