89
e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish,
madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish
layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor
bo‘lish hamda foydalanish kompetentsiyasi —
aniq hisob-kitoblarga
asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza
olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy
olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini
oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib
keladigan fan va texnika
yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda
tutadi.
Mazkur
kompetentsiyalar
umumta’lim
fanlari
orqali
o‘quvchilarda shakllantiriladi.
Shuningdek, har bir umumta’lim fanining mazmunidan kelib
chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetentsiyalar ham
shakllantiriladi.
Darslik —
davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi
asosida didaktik, metodik,
pedagogik-psixologik, estetik va gigienik
talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan,
uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv
fanining
maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarning
yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab
chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov
mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri.
Mashq daftari —
darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan,
davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilar tomonidan egallangan
bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda o‘quv fanining
mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni
rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy
fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo)
topshiriqlardan iborat
bo‘lgan didaktik vosita.
Dostları ilə paylaş: