104
o‘quv imkoniyatiga muvofiq kelsa, yani u shu mavzu yuzasidan
qandaydir tushunchalarni egallagan bo‘lsalar, yoxud avvalgi o‘qish
bosqichlarida o‘rganilayotgan o‘quv ma’lumoti yuzasidan muayyan
tasavvurga ega bo‘lsalar, reproduktiv metodlar bilan muammoli bayon
qilish metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Pedagogik
turkum fanlardan,
ayniqsa umumiy pedagogika, pedagogika tarixi,
ijtimoiy pedagogika, oila pedagogikasi fanlarining ayrim mavzularini
o‘tishda bu metodlardan foydalanish ma’qul. Talabalar yuqorida tilga
olingan fanlarning qaysi bir bo‘limlari yuzasidan quyi bosqichlarida
ayrim ma’lumotga ega bo‘lganlar. Masalan, 1-bosqichda “Pedagogika
nazariyasi va tarixi” fanidagi “Shaxsning rivojlanishi, ijtimoiylashuvi
va tarbiya”, 3-bosqichda “Oila pedagogikasi” fanidagi “Ota onaning
tarbiyachilik faoliyati” 3-bosqichda “Ijtimoiy pedagogika” fanidagi
“Bolaning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi faktor” bo‘limidagi
ma’lumotlar bir-biriga yaqin va bir-birini to‘ldiradi. Shu singari
bo‘limlardagi mavzular bog‘lanishini ta’minlash zarur.
2.
Qo‘llaniladigan ta’lim metodlari ta’lim prinsiplariga muvofiq
kelishi lozim. Bunda tanlanadigan o‘qitish
metodlari pedagogika
fanlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, ta’lim prinsiplarini
amalga oshirishda real imkoniyat vujudga keltirilmog‘i darkor.
Pedagogik fanlarni o‘qitishda talabalarga ta’lim-tarbiya berish,
tarbiyalash, talaba shaxsini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi bunda
nazariyaning amaliyot bilan, ilmiylikning puxtalik bilan mustaqillik va
izchillik prinsiplariga bog‘liqlikda olb borilishi ta’lim metodi
muvaffaqiyatini
ta’minlaydi
va
o‘zlashtirishni
kuchaytiradi.
Shuningdek real o‘quv imkoniyatlarini inobatga olgan holda pedagogik
ma’lumotlar-shaxs ta’lim, tarbiya, bilim oluvchilarning ijtimoiy kelib
chiqishlari pedagogik jarayonning xos xususiyatlarini hamda bolaning
rivojlanishiga ta’sir qiluvchi faktorlar, ota-onaning tarbiyachilik sanati;
tarbiya va ma’naviyat, bolaning rivojlanishi, tarbiyaning nazariy ilmiy
va milliy asoslari to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni o‘zaro bog‘liqlikda
o‘rgatish, pedagogika turkum fanlarini o‘qitishda tarixiylik va
milliylikka asoslanishda re
produktiv, tadqiqiy-ijodiy,
tadqiqot,
muammoli o‘qitish, maqsadga muvofiq bo‘ladi
3.
Ta’lim metodi mashg‘ulot turi, maqsadi va vazifalariga muvofiq
bo‘lishi shart. Pedagogika fanlari ta’limiy, tarbiyaviy rivojlantiruvchi
funksiyalar bilan ruhiy-ijtimoiy malakalar, aqliy qobiliyat, ijodiy
tafakkur, o‘zini anglash, shaxs, faoliyat, ijtimoiylashuv, jamiyat, o‘zini
105
boshqarish, ma’naviy yuksalish kabilarni amalga oshirish pedagogika
darslarining muhim vazifalaridan hisoblanadi. Buning uchun
pedagogik turkum fanlar mashg‘ulotlarida bu funksiyalarni amalga
oshirishga yaxlit bir tizim sifatida yondashishga
yordam beradigan
metodlarni qo‘llash kerak. Bu funksiya va maqsadlar yaxlitligini
ta’minlashda namoyish-kuzatish, ma’ruza, suhbat metodlari bilan birga
nazorat, o‘z-o‘zini nazorat metodlarini qo‘shib olib borish tavsiya
etiladi.
4.
Talabalarning o‘quv materialini o‘zlashtirish va qayta
shug‘ullanishdagi faoliyatlarini faollashtiruvchi o‘qish motivlarini
shakllantiruvchi, o‘quv axborotini egallashga qiziqish, tashabbusni,
mustaqillikni va o‘z faoliyatidan qoniqish hosil qilishga undovchi
metodlarni qo‘llash. Bunga uchun ta’limning
muammoli, qisman
izlanish va evristik, tadqiqotlilik, rag‘batlantirish metodlaridan
foydalanish orqali erishiladi.
5.
Qo‘llaniladigan metod o‘qituvchining o‘quv ishi sharoitlari va
imkoniyatlari-mashg‘ulot o‘tkaziladigan xona va uning jihozlanishi,
o‘quv asboblari, gigiyenik sharoitlar mavjudligi,
yil fasli, kunning
tarkibiy qismi, o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishga
tayyorligi va shu kabilarni inobatga olib tanlanishi lozim.
6.
Qo‘llaniladigan metod o‘rganilayotgan mavzu xususiyatlariga
muvofiq bo‘lgan taqdirda samarali bo‘lishni nazardan qoldirmaslik
darkor. Masalan, “Pedagogikaning umumiy asoslari” bo‘limini
o‘tishda, ko‘proq pedagogika fanining predmeti, metodologiyasi,
drektiv va normativ hujjat (“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Ta’lim
sohasida davlat ta’lim standarti” vazirliklar, rektorat tomonidan fanni
o‘qitishga qo‘yilgan talablar)ni inobatga
olgan holda metod tanlash
lozim.
Buning
uchun
o‘qitishning tushuntirish-illyustrastsiya,
muammoli bayon qilish, hikoya, suhbat, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish kabi metodlardan foydalanish maqul hisoblanadi.
7.
Qo‘llaniladigan metod talabalarning real o‘quv imkoniyatlari
o‘zlashtirish darajali, yosh va individual xususiyatlarni hisobga olgan
holda tavsiya etiladi. Talabalarning real o‘quv imkoniyatlaridan kelib
chiqib bir mashg‘ulotning o‘zida bir necha metoddan foydalanish
mumkin. Masalan, o‘quvchi-talabalar tomonidan bilimlarni mustaqil
o‘zlashtirishi bo‘sh bo‘lgan talabalar uchun reproduktiv, produktiv,
qisman izlanish (evristik) metodlardan foydalanilssa yaxshi bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: