№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

 
 
4.
 
 
Amaliyotda qo‘llanilayotgan o‘qitish metodlarining mazmuni 
nimalardan iborat? 
5.
 
Pedagogik fanlarni o‘qitish vositalari haqida ma’lumot bering. 
6.
 
Real ko‘rgazmali vositalarni tavsiflang. 
7.
 
Laboratoriya metodi nima? 
 
 
 
 
 


118 
7-MAVZU. PEDAGOGIK FANLARNI O‘QITISH 
SHAKLLARI 
 
Tayanch so‘zlar:
o‘qitish shallari, individual, 
guruhiy, sinf-dars tizimi, Bell-Lankaster tizimi, 
an’anaviy yondashuv, noan’anaviy yondashuv, 
texnologik yondashuv, monolog, dialog, polelog, 
ma’ruza, kirish ma’ruzasi, mavzular bo‘yicha ma’ruza, 
umumlashtiruvchi 
ma’ruza, 
seminar, 
amaliy 
mashg‘ulot, 
laboratoriya 
mashg‘uloti, 
o‘quv 
konfrensiyasi va munozara mashg‘ulotlari
 
 
7.1. Ta’lim turlari va shakllari tavsifi. Ta’limni tashkil etish 
tizimi 
Ma’lumki, hozirgi oliy ta’lim maktablari oldiga turgan 
vazifalarning bajarilishi ko‘p jihatdan o‘quv fanlarining mazmuni, ular 
mazmunidagi mavzularni o‘qitish metodlari va o‘qitishning tashkiliy 
shakllari kabi didaktik komponentlarning aniq to‘planishi, ularda sifat 
va samaradorlik darajasining ta’minlanganliga bog‘liq. Zero, ular 
yordamida talabalar ilmiy bilimlar bilan qurollanadilar, dunyo-
qarashlari rivojlanadi,o‘quv yurtining ideologik vazifasi bajariladi, 
jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi hal etiladi.Talaba shaxsida g‘oyaviy-
siyosiy, axloqiy-ma’naviy sifatlar tarkib topadi. 
Biz oldingi mavzularda pedagogik fanlarni o‘qitishda ta’limning 
metodlari xususida fikr yuritgan edik. Endi uning tashkiliy shakllarini 
izohlash malakasini ko‘rib chiqishimiz talab etilmoqda. Chunonchi, har 
qanday ta’lim muassasasi kabi, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya 
ishlarini davlat talablari darajasida tashkil etmay turib, jamiyat ehtiyoji-
yuksak ma’naviy–axloqiy salohiyat,yuqori malakaga ega bo‘lgan 
mutaxassisni tarbiyalab bo‘lmaydi. Buning uchun esa o‘quv ishlarini 
davr talablari asosida tashkillashtirish, ularning amaliy yo‘nalishini 
jadallashtirish kerak. Bunga oliy ta’lim maktablari ta’lim–tarbiya 
jarayoning tashkiliy shakllari yordam ko‘rsatadi.
Xo‘sh ta’limning tashkiliy shakllari deganda nima nazarda tutiladi? 
U qanday didaktik hodisa? Shakl (lotincha forma-tashqi ko‘rinish, 
sirtqi qiyofa) ma’nosini anglatib qandaydir mazmunning tashqi 
ko‘rinishi, qiyofasini ifodalaydi. Fanda ta’lim shakllari deyilgan 
o‘qitish,o‘qish jarayonoda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining tashqi 


119 
ko‘rinishi qurilishini ifodalovchi didaktik hodisa tushuniladi. Prafessor 
T.A.Ilina ta’kidlaganidek (u yoki bu) tashkiliy shakl o‘qitishning turli 
jamoaviy va individual ko‘rinishini hamda o‘quvchilarning turli 
darajadagi mustaqilligini va o‘qituvchilarning ta’lim oluvchilar 
o‘qishiga rahbarlik qilishini o‘qitiishini ifodalaydi
1
. Demak, oliy 
ta’limda pedagog va talaba o‘quv munosabatlari o‘qitish- o‘qish 
faoliyatining tashqi ko‘rinishini ifodalashi –ta’limning tashkiliy 
shakllari deb yuritiladi. Ta’lim nazariyasi va amaliyoti o‘z 
taraqqiyotida turli tuman o‘qitish shakllarini kasb etdi, ularning 
ayrimlari o‘z qimmatini yo‘qotmay takomillashib borgan bo‘lsa, 
boshqalari keng tarqalib asta sekinlik bilan o‘z qimmatini yo‘qotib 
tarixga aylanib qoldi. Ta’limni tashkil qilishning tashkiliy shakllaridan 
individual o‘qitish bo‘lib bir o‘qituvchi yakka o‘quvchi bilan o‘qitish 
shularini olib borgan. Jamiyat talablarining o‘sib borishi natijasida 
o‘qitishning individual- guruhiy shakli paydo bo‘lib, o‘qituvchi uncha 
katta bo‘lmagan guruh uchun alohida o‘quvchi bilan o‘qitish ishini olib 
borgan, bunda ko‘proq o‘quvchining topshiriqlarni mustaqil bajarishi 
amalga oshgan. Induvidual-guruhiy o‘qitish ishlarining taraqqiyoti 
sinf-dars tizimining yaratilishiga asos bo‘lgan. Bu ta’lim tizimi aniq 
yoshdagi o‘quvchilar tarkibiga, aniq vaqtda, o‘qituvchi rahbarligida 
mashg‘ulot olib brogan. Uning nomi dars uslubi deyilgan, bu tizimning 
asoschisi va targ‘ibotchisi chex pedagogi Yan Amos Komenskiy edi ( 
XVII asr). 
XVIII oxiri XIX-asr boshlarida paydo bo‘lib,keng tarqalgan 
o‘qitish shakllaridan biri o‘zaro o‘qitish (Bell-Lankaster tizimi )bo‘ldi. 
Bunda o‘qitish ishlari katta tarkibga ega bo‘lgan, o‘quvchilar yaxshi 
o‘zlashtirish mavqeini egallagan o‘quvchining o‘qituvchi rahbarligida 
mashg‘ulotlarni olib borishi bilan xarakterlanadi. O‘quvchilarning 
ko‘proq mustaqil bilim olishlarini ta’minlash yo‘lidagi izlanishlar XIX 
asr oxiri XX asr boshlarida AQSH maktablarida qollanilgan Dalton –
reja o‘qitish shakli hisblanadi. Bunda o‘quv mashg‘uloti yakka 
ko‘rinishda va individual holda kabinetlarda, laboratoriyalarda, 
kutubxonalarda maxsus tayyorlangan topshiriqlarni bajarishga 
yo‘naltirildi. 
1
Ильина Т.А. Педагогика: Курс лекций: Учебное пособие для студентов пед. ин-тов. 
— М.: Просвещение, 1984. - 496 с. 


120 
Barcha qayd qilib o‘tilgan ta’lim shakllaridan hanuzgacha o‘zining 
qimmatini yo‘qotmagan, dunyoning barcha ta’lim muasasalarida keng 
qo‘llaniladigan sinf- dars tizimi hisiblanadi.
Professor N.X.Avliyoqulovning fikriga ko‘ra «sinf-dars tizimi 
o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi. 
-Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo‘lgan talabalar 
sinflarini (guruhini) tashkil etadi. 
- Sinfda (guruh, oqim) yagona o‘quv reja, yagona o‘quv dasturlari 
va yagona mashg‘ulotlar jadvali bilan shug‘ullanadi.
-Mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars bo‘lib, u bitta fanning bitta 
mavzusiga bag‘ishlanadi va o‘qituvchi tomonidan boshqariladi. 
- O‘quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo‘llaniladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichi, jamiyat 
ehtiyojini fan-texnika yutuqlri oliy ta’lim muassasalarda o‘qitishning 
tashkiliy shakillarini mazmunan va tarkibidan o‘zgarishiga olib keldi. 
Ayniqsa, mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun talablarni 
amalda bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlangan “Nizom”ga binoan oliy 
maktablarda o‘quv mashg‘ulotlarining ma’ruza, amalyot, seminar, 
amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi, nazorat ishi, malakaviy bitiruv 
ishi, magistrlik desertatsiyasini tayyorlash kabi shakl-usullar joriy 
etilgan
1
.
Shu o‘rinda e’tirof etish joizkiy, bugungi kunda oliy ta’lim 
muassasalarida o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishda quyidagi 
yondashuvlar ko‘zga tashlanmoqda: 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin