116
sohalaridagi ayrim lavhalarni aks ettiradi. Ulardan o‘rinli foydalanish
o‘quv predmetining
mazmunini qiziqarli, o‘quv ma’lumotlarini
ta’sirchan, o‘quvchilar o‘zlashtirish jarayonini samarali qiladi. O‘quv-
ko‘rgazmali vositalarini tor ma’noda ko‘rgazmali vositalar, kengroq
ma’noda o‘qitishning didaktik vositalari deb atash qabul qilingan.
Uning o‘ziga
xos xususiyatlari, o‘quvchilarning ko‘rish organlariga
ta’siri, ko‘rinish qoidalari, ma’lumotlarni
bayon eta olish imkoniyati,
axborotlar etkazish turi bo‘yicha quyidagicha guruhlash mumkin.
Jadvalda aks ettirilgan o‘quv-ko‘rgazmali vositalar, didaktik
vositalar majmuidan o‘rin olgan muhim o‘quv vositalari hisoblanadi.
Axborotni uzatish, muayyan ko‘rinishda
izohlash nuqtai nazaridan
natural o‘quv-ko‘rgazmali vositalar eng qulay va ko‘p qo‘llaniladigan
vosita hisoblanadi. Chunki, ularni tabiiy holda ko‘rsatish imkoniyatlari
katta. Ularni pechatli (chop etilgan) ko‘rsatmali vositalar to‘ldiradi.
Ular mavjud va ularni ta’lim muassasasi sharoitida ham yasash
mumkin. O‘qitishning hajmli ko‘rgazmali vositalari ko‘p tarqalgani
hamda ularni yaratish imkoniyati mavjudligi uchun ham ular eng qulay
o‘quv-ko‘rgazmali vosita sanaladi. Bugungi
bozor iqtisodi sharoitida
ulardan foydalanish faoliyat uchun samarali bo‘ladi. Proektsion
ko‘rgazmali vositalar garchi texnika bilan bog‘liqlik tomoni bo‘lsada,
ular ovozsiz namoyish etilganligi sababli ular ushbu guruhga kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: