121
b) Noan’anaviy yondashuv-
ta’lim tarbiya jarayonida pedagog va
talabalarning hamkorlikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yadigan,ta’lim
oluvchilarning fikrlash qobilyati, ijodiy tafakkurini rivojlantirishga
qaratilgan, o‘quv mashg‘ulotining noan’anaviy (odatdan tashqari,
belgilanmagan) tuzilishini ifodalaydigan o‘quv ishlarini shakli. Bunday
mashg‘ulotlarga hamkorlikda ishlash darslari, musobaqa-tanlov
darslari, mukammallashgan darslar, auksion darslar, matbuot
yangiliklari darsi, dialog darslari, binary darslar, sinov darslar, baxtli
voqea o‘yin darslari, ijodiy hisobot darslari, “Eud” darslari, baholash va
qiyoslash darslari kabilarni kiritish mumkin.
v) Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari yoki
texnologik yondashuv-
ta’lim tarbiya markaziga talaba shaxsi
qo‘yilgan,
uning
aqliy
qobilyatlarini
rivojlantirish,
tabiy
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda shart-sharoitlar yaratishni
(G.K.Selevko) nazarda tutgan o‘quv mashg‘ulotlari. Bunday o‘quv
mashg‘ulotlarda talaba faoliyati o‘quv tarbiya jarayonida yetakchi o‘rin
egallaydi. Ularning faollik, mustaqillik, erkin fikr yuritishlari,
tashabuskorliklari qo‘llab quvvatlanadi. Pedagogning faoliyati esa yo‘l
yo‘riq ko‘rsatish, zarur bo‘lganda maslahat berish, talabalar xatti-
harakatini nazorat qilish va baholashdan iborat bo‘ladi. Bunday
mashg‘ulotlarga muammoli o‘qitish, modulli o‘qitish, kichik
guruhlarda
ishlash,tabaqalashgan,
mujassamlashgam,
individuallashgan o‘qitish texnologiyalari, rivojlantiruvchi, faol,aqliy
hujum, bilts o‘yin va boshqa o‘qitish texnologiyalari kiradi.
Dostları ilə paylaş: