126
Ma'ruza o'tkazishning umumiy metodik talablari
1.
Ma’ruza mavzusini aniq rejalash va ko‘rish;
2.
Ma’ruzani ilmiy informatsiyalarga boyitish;
3.
Ma’ruzada fanning eng yangi yutuqlarini bayon etish;
4.
Ma’ruza uchun o‘quv materialini puxta tayyorlash va uning
mazmunini asosiy tushunchalar
mohiyatini yoritishga qaratish;
5.
Bayon etilayotgan o‘quv materialining darslikdagi izohini
obyektiv baholash va qo‘shimcha ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish
hamda ulardan o‘z o‘rnida foydalanish.
6.
Ma’ruzachi mavqeining aniqligi uning g‘oyaviy va ilmiy
ishonchi hamda bu ishonchning ma’ruza mazmuniga, fikrlar bayonida
ifodalanishi.
7.
Umumiy va ilmiy bilimdonlik, erkin axbarotlarni bayon etishi.
8.
O‘z o‘quv faniga ishtiyoq va ilmiy ijodga qiziqish
9.
Diktorlik mahorati, bilimdonlik va fikrlar boyligi,
bayon etish
malakasiga ega bo‘lish ( ma’ruzada diqqatini turli obyektlarga
taqsimlay olishi va uni butun mashg‘ulot davomida saqlay olishi, aqliy
faoliyatini stimullash va h.k).
10.
Nutq sifati: fikrni til orqali ifodalashi, nutqning yorqinligi,
auditoriyada aniq eshitilishi, ifodali bayon etish.
11.
Ma’ruza o‘qish tizimi: barcha kurs talabalarining o‘quv
ma’lumatlarni to‘liq idrok qilish va ayrim yozuvlarni qayd qilish
imkoniyatining yaratilishi
12.
Talabalarga
xayrixohlik bilan, munosabatda bo‘lish,
munofiqlik, soxta obro‘ga ega bo‘lish izidan quvmaslik va h.k.
13.
Yangi materiallarni o'rganish – bu ma'ruzaning yagona qismi
emas, balki asosdir.
14.
Ma'ruza muayyan mantiq va tempga ega bo‘lishi kerak.
15.
O'quv jarayonining yaxlitligini yaratish uchun har bir ma'ruza
mantiqan avvalgi va keyingi bilan bog'lanishi kerak.
16.
Faqat yangi mavzuni taqdim etish bilan emas, balki uni
o'rganishning har bir bosqichi xulosa bilan yakunlanishi kerak.
17.
O'qituvchi barcha talabalarning fikrini inobatga olishi kerak.
Ularning faoliyatini doimiy ravishda aniqlashi lozim
18.
Ma'ruzani o'qiyotganda, darslikning tegishli sahifalari yoki
xatboshilariga murojaat qilish kerak.
127
19.
Ma’ruza matni, darslik va taqdimotni so‘zma-so‘z o‘qib
bermaslik, balki keltirilgan materialni mazmunini tushuntirib berish.
Seminar va amaliy mashg‘ulotlar
Oliy
o‘quv
yurtlarida,
pedagogik
fanlarini
o‘qitishda
qo‘llaniladigan o‘qitish shakllarining yana bir shakli seminar
mashg‘ulotidir. Agar ma’ruza katta patok (oqim)da o‘tkazilsa, seminar
mashg‘uloti alohida guruhda o‘tkaziladigan o‘quv ishlarining bir shakli
hisoblanib, talabalar o‘quv-biluv faoliyatlari,
mustaqil bilim olishlari,
ijodiy fikr yuritishlarini yo‘lga qo‘ya oladigan o‘qitish shakli
hisoblanadi. Shuning uchun ham u oliy ta’lim maktabida olib
boriladigan o‘qitish shaklining o‘ziga xos bir shakli hisoblanadi.
Seminar (lotincha seminarium) olimlarning muayyan ilmiy soha
bo‘yicha ma’lumotlarni muhokama qilishning dastlabki shakli bo‘lgan.
Keyinchalik
ilmiy
faoliyatlardan
o‘quv jarayoniga ko‘chib,
talabalarning ishchanligi, bilim darajasi fanga qiziquvchanligi,
xarakteri, psixologiyasiga xos tomonlari aniqlash shakliga aylandi,
hozirgi kunda seminar mashg‘uloti suhbat, ma’ruza bo‘yicha fikr
almashish, rolli o‘yinlar shaklida o‘tkazish nazarda tutilgan.
Mashg‘ulotni seminar, ma’ruzada o‘tkazilishining muhim tomoni
shundaki, unda o‘qituvchi ham talaba ham puxta tayyorgarlik ko‘radi.
Har
ikkala faoliyat egasi, manbalar bilan ishlash, seminar rejasida
ko‘rsatlgan savollarga javoblar topishda asosiy va qo‘shimcha
adabiyotlar bilan tanashib chiqishlari lozim bo‘ladi. Seminar
mashg‘ulotida o‘qituvchi va talaba mavzu bo‘yicha aniq rejani, uni hal
qilish manbalarini o‘rganib, matn tayyorlaydilar, so‘zga
chiqib
fikrlarini asoslaydilar. Ma’ruza jarayonida o‘rganilgan nazariy
ma’lumotlarning haqqoniyligini dalillash uchun imkon beradi.
Oliy ta’limda pedagogika turkum fanlaridan o‘tkazilayotgan
seminar mashg‘ulotlari shundan dalolat bradiki, talabalar seminar
mashg‘ulotiga tayyorgarlik kursi jarayonida buyuk pedagoglar
asarlarini, pedagogika nazariyasi va tarixi ma’lumotlarni chuqur va
ongli ravishda o‘zlashtirilishiga majbur bo‘ladilar va shundagina
mavzuga doir masalalarning
aniq egallaydilar, muhokamaga faol
ishtirok etadilar.
Seminar mashg‘ulotlarining yana bir ahamiyatli tomoni shundaki,
unda jonli muloqot amalga oshadi, qarama-qarshi ziddiyatli fikrlar
to‘qnashuvi, ularni talabaga muvofiq hal etish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.
128
Shuning uchun seminar olib boruvchi o‘qituvchi auditoriyaga jonli
muloqotni, bahs-munozara ishlarini, o‘z nuqtai nazarini dalilash,
o‘zgalar
fikrini tinglay olish, muhokamaga kirishish yo‘llarini aniq
tanlashi lozim. Mashg‘ulotning yakunida o‘qituvchi umumiy xulosa
yasab, seminar mashg‘ulotining borishi, ishtirokchilar faolligi yoki
passivligini alohida qayd etib, navbatdagi seminar mashg‘ulotini
o‘tkazish haqida tavsiyalar berish, o‘ylab ko‘rish, fikrlarni yanada
to‘ldirish uchun savollar, masalalarni ilgari surish, maslahatlar berish,
adabiyotlar ro‘yxatini e’lon qilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ma’ruza materiallarini chuqurroq o‘zlashtirish, o‘rganilgan
pdagogik ma’lumotlarni amalda qo‘llay olish malakasini shakllantirish
maqsadida
Dostları ilə paylaş: