№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti


 Pedagogik fanlarni o‘qitishning asosiy shakllari



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

 
7.2. Pedagogik fanlarni o‘qitishning asosiy shakllari
Ta’lim islohoti talablariga ko‘ra oliy o‘quv yurtidagi pedagogik 
jarayonning asosiy maqsadi-bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislarda 
bilim, ko‘nikma, malakalar hosil qilish, ularni yuksak ma’naviy-axlo-
qiy salohiyat, yuqori kasbiy mahorat egasi bo‘lishga ko‘maklashish-dir. 
Bundan tarbiyachilik va o‘qituvchilik ixtisosligiga tayyorlanayot-
ganlar ham istisno emas. Bu pedagogik hodisa ta’lim jarayonida 
axborotlar almashinuvi orqali amalga oshadi. 
Psixologiya fanlari doktori, professor V.M. Karimovaning 
ta’kidlashicha, bunday pedagogik muloqot jarayonidagi ma’lumotlar 
almashinuvi va monolog, dialog, polelog ko‘rinishida amalga 
oshiriladi.


122 
Monolog
-ma’ruzadagii oq’ituvchining tinglovchilar yoki o‘quvchi 
talabalar qarshisiga chiqib nutq so‘zlashi, darsni bayon etishidir.
Dialog
- o‘quv mavzusi yoki muammoni guruh sharoitida 
o‘qituvchi bilan birgalikda va hamkorlikda muhokama qilish yo‘lidir.
Polelog-
guruh ichidagi munozaradir. U tinglovchilar yoki 
o‘quvchilarning faolligini yanada oshirish, ulardagi ijodiy qobilyatlarni 
rivojlantirish maqsadida ishlatiladi.
Oliy ta’lim maktablarida ham yuqoridagi shakllar bilan o‘quv 
ishlari tashkil qilinmoqda. 
Ma’ruza
(o‘quv ma’ruzasi)-oliy o‘quv yurti pedagogik jarayonida 
eng ko‘p qo‘llaniladigan shakli bo‘lib unda ta’lim oluvchilarga 
maksimal darajada yangi ilmiy axborotlar berish, o‘quv materialini 
talabalar ongiga yetkazish nazarda tutiladi. Ma’ruzalarda talaba uchun 
zarur bo‘lgan kasbiy, ilmiy-nazariy ma’lumotlar bayon etiladi. 
Oliy ta’limda pedagogika fanlaridan tashkil etiladigan ma’ruzalar 
pedagogik qonuniyatlar, g‘oyalar mazmunini nuqtai nazarlar 
mohiyatini ochib berishga, bilimlarni tizimlash va umumlashtirishga 
qaratiladi. Bunda ma’ruzani tinglay olish, asosiy g‘oyalar va muhim 
sanalar, fikrlarini yozib borish muhim hisoblanadi. 
Ma’ruza jarayonida professor-o‘qituvchi bilan tinglovchi-talaba 
o‘rtasida jonli muloqot yuzaga keladi. Shuning uchun ma’ruzachi o‘z 
o‘quv predmetining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur va mukammal 
bilishi, fandagi ma’lumotlarni qiziqarli, tushunarli, jonli qilib 
talabalarga yetkaza olish mahoratiga ega bo‘lishi talab etiladi. 
Ma’ruzada jonli muloqot tashkillashtirilganligi sababli talabalar ilmiy 
nazariy bilimlar olamiga kiradilar,o‘zlari uchun mavhum bo‘lgan 
pedagogik tushunchalarni mohiyatini tushunib oladilar. Bu hol 
ma’ruzachining o‘quv dasturidagi muhim ma’lumotlar, murakkab 
fikrlar mazmunini aniqlab, ochib berishi, farazlar mohiyatini izohlashi, 
talabalar oldiga muammolar qo‘yishi ularni mustaqil fikrlashga undashi 
yordamida ro‘y beradi. 
Ma’ruzaning afzalligi shundaki u katta hajimdagi materialni qisqa 
mudatda, aniq izoh yordamida tinglovchiga yetkaza oladi va o‘quv 
ma’lumotlarini sistwmali bayon qilishni ta’minlaydi. Ilmiy pedagogik 
nazariya va amaliyot shundan darak beradiki, ma’ruzani ta’limiy va 
tarbiyaviy imkoniyatlarini ijobiy bo‘lishi ko‘p hollarda auditoriyada 
ma’ruzachi bilan tinglovchining aloqa o‘rnatishiga bog‘liq. 
Ma’ruzachi professor- o‘qituvchi va talaba - tinglovchining 


123 
auditoriyadagi hamkorlik va aloqa o‘rnatishning muhim shartlari 
mavjud. Ularni pedagog olim N.V.Savin uch guruhga ajratadi. 
Birinchi guruhga ma’ruza mazmuni va tuzilishi bilan bog‘liq shart 
kiradi. 
1.
Ma’ruza mavzusini aniq rejalash va ko‘rish; 
2.
Ma’ruzani ilmiy informatsiyalarga boyitish; 
3.
Ma’ruzada fanning eng yangi yutuqlarini bayon etish; 
4.
Ma’ruza uchun o‘quv materialini puxta tayyorlash va uning 
mazmunini asosiy tushunchalar mohiyatini yoritishga qaratish; 
5.
Bayon etilayotgan o‘quv materialining darslikdagi izohini 
obyektiv baholash va qo‘shimcha ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish 
hamda ulardan o‘z o‘rnida foydalanish. 
Ma’ruzachining talabalar bilan aloqasining ikkinchi sharti ma’ruza 
sifatiga taa’lluqli: 
1.
Ma’ruzachi mavqeining aniqligi uning g‘oyaviy va ilmiy 
ishonchi hamda bu ishonchning ma’ruza mazmuniga, fikrlar bayonida 
ifodalanishi. 
2.
Umumiy va ilmiy bilimdonlik, erkin axbarotlarni bayon etishi. 
3.
O‘z o‘quv faniga ishtiyoq va ilmiy ijodga qiziqish 
4.
Diktorlik mahorati, bilimdonlik va fikrlar boyligi, bayon etish 
malakasiga ega bo‘lish ( ma’ruzada diqqatini turli obyektlarga 
taqsimlay olishi va uni butun mashg‘ulot davomida saqlay olishi, aqliy 
faoliyatini stimullash va h.k). 
5.
Nutq sifati: fikrni til orqali ifodalashi, nutqning yorqinligi, 
auditoriyada aniq eshitilishi, ifodali bayon etish. 
6.
Ma’ruza o‘qish tizimi: barcha kurs talabalarining o‘quv 
ma’lumatlarni to‘liq idrok qilish va ayrim yozuvlarni qayd qilish 
imkoniyatining yaratilishi 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin