texnologik jarayon–
ishlab
chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil
qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig‘indisidan iborat bo‘lsa,
texnologik operatsiya
– ishchi yomonidan o‘zining ish joyida
bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko‘rinishidagi jarayonning
bir qismi deb ta’kidlaniladi.
Texnologik rejim
esa texnologik operatsiyalarni amalga
oshirishni belgilovchi tartib bo‘lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab
chiqarishda
bajariladigan
opertatsiyalarning
vaqti,
shartlarini
belgilaydi
2
deb qayd etiladi. Bu moddiy ishlab chiqarishni yaxshilash,
takomillashtirish uchun texnologik jarayonni mukammallashtirish
lozimligini uqtiradi. Bu jarayonni mukammallashtirish ilm-fan, texnika
yutuqlariga tayanish, yuksak malakali mutaxasislarga ega bo‘lish, yirik
1
Ibragimov X.I. Pedagogika-psixologiya – Toshkent, O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2007, 27-bet
2
Qarang: Ta’lim samaradorligni oshirish yo’llari seminar-trening materiallari – Toshkent, 2002, 34-bet
Texnologik xarita
- ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish
texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik
hujjatdir.
140
moddiy mablag‘ mavjudligi bilan amalga oshishini tajriba
ko‘rsatmoqda.
Xuddi shuningdek, bugungi taraqqiyot, fan-texnika rivoji kasbga
tayyorlanayotgan bo‘lajak mutaxassislarning ham yuksak mahorat va
malakaga ega bo‘lishi taqozo etadi.Buning uchun esa mutaxassislar
tayyorlaydigan o‘quv yurtlari, umuman, uzluksiz ta’lim tizimidagi
o‘quv-tarbiya jarayoning
pedagogik texnologiyalarga
tayanib tashkil
etish zarurati tug‘ilmoqda. Chunki, bugungi kunda murakkab va
serqirra texnika bilan ishlay oladigan, fanni va ishlab chiqarish
jarayonini mufassal rivojlantira oladigan malakali kadrlar lozim
bo‘lmoqda.
Buning
yagona
sharti
ta’lim
tizimini
texnologiyalashtirishdir. Bu deganimiz o‘qituvchi-pedgogning o‘qitish
jarayonining unsurlari(shakl, metod, usul, vositalari)ni yaxlitligi,
izchilligi, natijaviyligini ta’minlash yordamida o‘quvchi-talabalarga
jamiyat uchun zarur bo‘lgan va oldindan loyihalashgan, ularda
zamonaviy bilim, ko‘nikma, malakalarni singdirish demakdir.
Ma’lumki, ilmiy pedagogik nashrlarda qayd qilinishicha ta’lim
jarayonini texnologiyalashtirish g‘oyasi XX asrning 30-50 yillarida
G‘arbiy Yevropa va AQSH da o‘qitish uchun zaruriy vositalar va
sharoitlardan foydalangan holda didaktik amallarni muayyan izchillik
hamda tizimlik asosida qo‘llash lozimligi tarzida talqin etilib, ular shaxs
uchun zaruriy ijtimoiy sifatlarni tarkib toptirishga xizmat qiladi deb
izohlandi. Shu tariqa dastlab, ta’limning texnik vositalarini qo‘llash
“ta’lim texnologiyasi” sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, so‘ngra XX
asrning 60 yillarida ta’limni dasturlash “ta’lim texnologiyasi”
mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida qarala boshlandi.
Shunday qilib, “Ta’lim texnologiyasi” nazariyasi XX asrning 30
yillarida, o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etuvchi usul
va vositalar vositasi XX asrning 50 yillarida ta’lim jarayoniga texnik
vositalarni qo‘llash tarzida, XX asrning 60 yillarida dasturiy ta’lim
ko‘rinishida tashkil etildi. Shu yillarda ta’lim texnologiyasi
masalalarini taqiq etuvchi tashkilotlar hamda ilmiy jurnallar chop etila
boshlandi
1
.
Keyinchalik bu muammo MDH da, mamlakatimizda pedagog-
olimlar tomonidan rivojlantirilib “Pedagogik texnologiya” atamasi
1
Qarang: Tolipov O’.Q, Usmonova M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari –
Toshkent, “Fan” 2006, 9-10 betlar.
141
bilan ta’lim va tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish masalasiga
bag‘ishlandi va bu olimlar tomonidan “Pedagogik texnologiya”
atamasiga berilgan ta’riflar yordamida zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning mazmun mohiyatini yoritishga harakat qilindi.
Shu o‘rinda e’tirof etish joizki, har qanday natijaga, yutuqqa inson
faoliyati orqali erishiladi. Zero, V.P.Bespalko ta’kidlaganidek “Har
qanday aoliyat yoki texnika san’atdir. San’at intuitsiyaga, texnologiya-
fanga asoslanadi. Hamma narsa san’at bilan boshlanib, texnologiya
bilan tugaydi va ana shunday boshlanadi”
1
. Demak, faoliyat samarali
bo‘lishi, o‘qitish-o‘qish ko‘zlangan natijaga erishishi uchun ta’lim
beruvchi va ta’lim o‘rganuvchi texnologiya bilan qurollanishi va uni
san’at darajasida egallashi lozim. Shundagina ko‘zlangan marraga
yetish, maqsadga erishish mumkin bo‘ladi.
Qayd etib o‘tilganidek ta’lim jarayoniga texnologik yondashish
AQSH va G‘arbiy Yevropa pedagog olimlari hamda psixologlari
B.Blum, J.Blok, N.G.Gronlund, D.Kratvol, J.Kerrol, L.Anderson,
V.Gerlax, R.Gens va boshalar tomonidan kashf etildi. Bu muammo
MDH mamlakatlari pedagog-olimlari tomonidan ta’lim jarayonining
samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning muayyan sharoit va
ajratilgan vaqtda aniq bilim olishlariga imkoniyat yaratish,
mashg‘ulotni loyihalash hamda natijani oldindan kafolatlashga
yo‘naltirilgan, qayta tiklanadigan pedagogik siklni o‘z mazmunicha
qamrab olgan pedagogik texnologiyalarga asos solindi.
O‘.Q.Tolipov va M.Usmonboyevalarning ta’kidlashlaricha AQSH
va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining oliy ta’lim maktablarida
“Pedagogika” fani o‘qitilmaydi. Shu bois “Pedagogik faoliyat”,
“pedagogik tizim”, shuningdek, ularga bog‘liq ravishda yuzaga
keluvchi “Pedagogik texnologiya” tushunchasi ham iste’molda yo‘q.
Ammo MDH (shu jumladan O‘zbekiston mamlakati)da o‘qituvchi-
tarbiyachilar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida shaxsni
shakllantirish, uning kamolotini ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’limiy
hamda tarbiyaviy jarayonni qamrab oluvchi “Pedagogika” fani
o‘qitiladi. Shu nuqtai nazardan shaxsning yetuk kamoloti ikki faoliyat
- ta’limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining samarasi sifatida namoyon
bo‘lganligi inobatga olinib muammoga “Pedagogik texnologiya”
tushunchasi qo‘llanilmoqda.
1
Беспалко В.П. Слагаемые педагогической технологии. М, педагогика 1999, 5 бет
142
MDH mamlakatlari pedagog-olimlari V.P.Bespolko, V.M.Klarin,
Yu.K.Babanskiy,
V.A.Slastyonin,
N.H.Avliyoqulov,
N.S.Saidahmedov, I.F.Xarlamov, B.T.Pikachyov, S.K.Islamchulova,
K.Z.Zaripov,
T.K.Selevko,
U.N.Nishonaliyev,
B.L.Farberman,
B.M.Monaxov, M.A.Choshanov, P.A.Yusyabichens, N.E.Shurnova,
I.Ya.Lerner, B.G‘.Ziyomuhammadov, B.Q.Xo‘jayev, T.S.Nazarova,
Sh.Sh.Olimov, T.Sokomoto, J.G‘.Yo‘ldoshev, M.Usmonboyeva va
boshqalar tomonidan “Pedagogik texnologiya” nazariyasi hamda
amaliyotiga asos solindi va rivojlantirildi. Bu pedagog-olimlar
tomonidan pedagogik texnologiyalarga berilgan ta’riflar zamonaviy
o‘qitish texnologiyalarining mazmun-mohiyatini ochib bera oladi.
MDH mamlakatlaridan o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiya
qo‘llash bo‘yicha birinchi harahat Rossiyada amalga oshirildi. Uning
hayotda qo‘llanihi zarurligini V.P.Bespalko ilmiy asoslab berdi va
pedagogik texnologiyani shunday ta’rifladi: “Pedagogik texnologiya –
o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik faoliyat
muvaffaqqiyatini kafolatlay oladigan hamda o‘quvchi shaxsini
shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayonning loyihasidir”. Bu ta’rifda
pedagog o‘qitish jarayoni unsurlari(maqsad, vazifa, mazmun, shakllar,
metodlar va h.k.)ni shunday loyihalaydiki, bunda bilim oluvchilar
ta’lim vazifalarini mustaqil yechish imkoniyatiga ega bo‘lishlari qayd
etiladi.
Akademik Yu.K.Babanskiyning ta’rifiga ko‘ra pedagogik
texnologiya “O‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro bog‘langan va
ta’lim maqsadini hal etishga yo‘naltirilgan faoliyatini tartibga soluvchi
usul”
deb
qayd
etilsa,
akademik
B.T.Lixachyov
“O‘qitish(ta’lim)jarayonining shakl, metod, usul, yo‘l hamda tarbiyaviy
vositalarining maxsus yig‘indisi va joylarini belgilab beruvchi
psixologik
tartiblar
majmui,
tashkiliy-uslubiy
vositalari”-deb
ta’riflanadi.
I.Ya. Lerner “Pedagogik texnologiya – o‘quvchilar harakatlarida
aks etgan o‘qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan
aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi” deb pedagogik texnologiya
mohiyatini ochib beradi.
M.B.Klarinning fikriga ko‘ra pedagogik texnologiya “Pedagogik
maqsadlarga erishish yo‘lida foydalaniladigan barcha shaxsiy, uskunali
143
va metodologik vositalarning tizimli yig‘indisi va ularning amal qilish
tartibi” deb ko‘rsatiladi.
Pedagogik adabiyotlarda pedagogik texnologiya berilgan boshqa
ta’riflarda (I.L. Volkov, I.P.Pidkasenkiy, V.V.Yudin,M. CHashanov)
ham mavjud bo‘lib, fikrimizga ularning birortasi BMT huzuridagi
nufuzli tashkilot YUNESKOning ta’rificha “Pedagogik texnologiya
mazmun mohiyatini yoritish darajasida emas, mazkur xalqaro tashkilot
YUNESKOning ta’rifiga ko‘ra, “Ta’lim texnologiyasi – ta’lim
modelarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va
ularning o‘zaro tasirini hisobga olgan holda, butun o‘qitish va
bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yaratish, qo‘llash va aniqlash
tizimidir“
1
. Bu ta’rifda pedagogik texnologiya ta’limga tizimli
yondashuvi ta’moyili asosida izohlanadi. Qolgan barcha keltirilgan
ta’riflar
pedagogik
texnologiyaning
mazmun-mohiyati
o‘quv
jarayonini loyihalash, tashkiliy –uslubiy vosita yig‘indisi sifatida qayd
etiladi.
Respublika pedagog-olimlari oldida o‘qitish–o‘qish ishlarini
jadallashtiradigan samarali va tejamli o‘quv –tarbiya jarayonini tashkil
etishga ko‘maklashuvchi, qayta takrorlanadi, bilim oluvchilarning
o‘quv – biluv faoliyatlarini ijodiy – texnikaviy tafakkur asosida
tashkillashtiriladigan pedagogik jarayoni yaratish vazifasi qo‘yildi. Bu
vazifani hal etishning yagona yo‘li pedagogik texnologiya deb e’tirof
etildi va u respublikamiz ta’lim muassasalarida qo‘llanila boshlandi.
Xorijiy hamda MDH mamlakatlari pedagog- olimlari tomonidan
ilmiy -nazariy va ilmiy-metodik jihatdan asoslangan pedagogik
texnologiyalar o‘rganilib, unga e’tirof bildirish boshlandi .
Natijada mamlakatimizning pedagogik matbuotida “Yangi
pedagogik texnologiya (Ochilov M.O., Sayidahmedov M.S.), “Ilg‘or
pedagogik texnologiya” (Farberman B.R., Ziyomuhammedov B.)
“Zamonaviy
o‘qitish
texnologiyalari”
(Avliyoqulov
N.H.,
Abdukarimov H.) “Pedagogik texnologiya”(Azizxo‘jayeva N.N.,
Tolipov O‘.Q.,Usmonboyeva M.) va boshqa shu kabi nomlar bilan
risolalar, o‘quv qo‘llanmalar chop etila boshlandi .
Bu risolalar va o‘quv qo‘llanmalardagi “Pedagogik texnologiya”
tushunchasiga ta’riflar berilganki ular muayyan tarzda pedagogik
texnologiya mazmun – mohiyatini ocha oladi. Jumladan, N.S.
Sayidahmedov ta’rifiga ko‘ra “Pedagogik texnologiya- bu o‘qituvchi
144
(tarbiyachining o‘qitishi (tarbiya ) vositalari yordamida o‘quvchi
(talaba) larga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va aks ta’sir mahsuli
sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini jadal
shakllantirishni kafolatlaydigan jarayondir”. Bu ta’rifda texnologik
jarayon asos qilib olinib, bunda ishlab chiqarish jarayoni uchun kerakli
bo‘lgan usul va vositalar muhim bo‘lgani kabi o‘qitish va tarbiyalashda
ham bu vositalarning roli beqiyos bo‘lib, ularni o‘qituvchi (tarbiyachi)
oldindan tanlay olishi va qo‘llashi, ta’lim – tarbiya unsurlaridan
mukammal foydalana olishi talab etiladi .
B.L.Farberman fikriga ko‘ra, “Pedagogik texnologiya – ata’lim
jarayoniga yangicha jarayon bo‘lib pedagogikada ijtimoiy muhandislik
ong ifodasidir. Upedagogik jarayoni texnika vositalari va insonning
texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, unig optimal
loyhasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy hodisadir”. Ushbu ta’rifda
pedagogik texnologiya o‘qituvchi – pedagogning mahorati va texnik
tafakkur uyg‘unligida ta’lim- tarbiya vazifalarini hal etadigan ijtimoiy
hodisa sifatida e’tirof etiladi.
M.Ochilov “Pedagogik texnologiyani tizimli texnologik
yondashuvlar asosida ta’lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini
kafolatlash va obyektiv baholash hamda texnik vositalarining o‘zaro
ta’sirini inobatga olib, ta’lim maqsadlarini oydinlashtirib, o‘qitish va
bilim o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llanadigan usul va metodlar
majmuasidir”, - deb ta’riflaydi. Bu ta’rifda pedagogik texnologiya
ta’lim maqsadlarida erishishda o‘qitishning tashkiliy shaklarining eng
muhimini faoliyatga qo‘llab, ta’limning metod va usullarini tanlab,
o‘quvchi-talabalarni bilim bilan qurollantirish o‘zlashtirish sifatini
yaxshilashga qaratilgan malum yondashuv deb qaraladi. Bunda ta’lim
shakllari, metodlari va usullari yaxlit bir yig‘indisi keltirilib, faoliyatda
qo‘llaniladigan ta’lim unsurlariga tizimli, mazmunli yondashuv
tushuniladi.
Bunday qarash yapon olimi T.Sakomatoda ham ko‘zga tashlanadi.
“Pedagogik texnologiya –bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga
singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayoni muayyan bir
tizimga keltirishdir”.
B.Ziyomuxammedov, Sh.Abdullayevalar ham o‘quv jarayoniga
tizimli yondashish nuqtayi nazridan qarab pedagogik texnologiya
shunday ta’rif bergan “Pedagogik texnologiya – bu millat extiyojidan
145
kelib chiqan kishi ijtimoiy shartlarni samarali shakllantiruvchi va aniq
maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini mazmuni sifatida ko‘rib,
o‘qitishni tashkil qiluvchi qismlari bo‘lgach o‘qituvchi ( pedagog)ning
o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchi (talaba )larga ma’lum bir
sharoitda muayyan ketma –ketlikda ko‘rsatgan ta’rifini nazoratda
tutuvchi va ta’lim natijasini baholab beruvchi texnologiyalashgan
ta’limiy tadbirdir”.
Bulardan tashqari, o‘zbekistonlik yana bir guruh pedagok-olimlari
(N.N.Azizxo‘jayeva, K.Z.Zaripov, O‘.Q.Tolipov, M.Usmonboyeva,
B.Q.Xo‘jayev, Sh.Sh.Olimovlar)ning pedagogik texnologiya atamasiga
bergan ta’riflari mavjudki, ularda pedagogik texnologiyalarning
muayyan xususiyatlari, ta’lim-tarbiyaning o‘ziga xos jihatlari,
pedagogik jarayon belgilari o‘z ifodasini pedagogik texnologiya
nazariyasi va amaliyotidan topgan.
Pedagogik texnologiya – pedagogik faoliyatni bosqichma-bosqich
amalga oshirib, ta’lim va shaxsning barkamol bo‘lishi, taraqqiy etishiga
qaratilgan
maqsadga
erishishning
tizimli
loyihasidir
(N.N.Azizxo‘jayeva).
-
Pedagogik texnologiya izchil va ketma- ket amaliy faoliyatga,
ta’lim – tarbiya jarayoniga avvalgi rejalashtirilgan maqsadni amalga
oshirishga hamda ma’lum loyihani pedagogik tizim amaliyotiga
qo‘llashdir (K.Zaripov );
-
Pedagogik texnologiya muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan,
aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini
kafolotlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir (
O‘.Tolipov, M.Usmonboyeva)
1
.
-
Pedagogik texnologiya – muayyan maqsad natijaviyligini
ta’minlashga qaratilgan ta’lim – tarbiya jarayonining qoidalari,
usullari, shakllari, vositalarining mukammaligini anglatuvchi bilimlar
yig‘indisi yoki san’atdir (B.Xo‘jayev, Sh.Olimov).
Xorijiy davlatlar, MDH mamlakatlari, o‘zbekistonlik pedagog -
olimlar tomonidan keltirilgan ta’riflarni ilmiy – pedagogik jihatdan
tahlil qilish shu xulosaga olib keldiki, ularda pedagogik
1
Pedagogika texnologiya mazmun mohiyatini ochish uchun keltirilgan ta’riflar quydagi manbalardan olindi : 1)
Tolipov O’.Q Usmonboyeva M. Pedagogik texnologik tadbiqiy asoslari T. Fan , 2006, 2) Ta’lim
samarodorligini oshirish yo’lari mavzusida seminar trening materiallari. Toshkent ,2002. 3) Saidaxmadov N.
Yangi pedagogik texnologiyalar: nazarya va amalyot T- ‘’ Moliya ‘’ ,2003 , 6- bet
146
texnalogiyaning mazmun mohiyatini anglata oladi va ular hozirgi
taraqqiyot bosqichida demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyat
asoslarini rivojlantirish sharoitida ta’lim islohotlarini amalga
oshirishning harakatlantiruvchi kuchi bo‘la oladi .
Shunday qilib, zamonaviy o‘qitishning texnologiyalarning,
ijtimoiy-iqtisodiy taraqiyot ehtiyojlarni kelib chiqib, oliy ta’lim
muassasalarning maktabdagi ta’limda pedagogika fanlarni o‘qitish va
o‘rgatish jarayonini tartiblangan, o‘zaro uzviy bog‘langan yaxlitlikka
keltirib, yuksak pedagogik malaka, bilim, ko‘nikma, malakaga ega
bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qila oladigan e’tirofga
qilish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |