139
Shunday qilib, zamonaviy o‘qitish texnologiyalari o‘zlashtirishni
faollashtirib,maqsadga erishishni ta’minlaydigan, natijani kafolatlovchi
texnologiya ekan, avvalo, uning nazariy va amaliy asoslarini yorituvchi
tushunchalar “Texnologiya”, “Zamonaviy texnologiya”, “Zamonaviy
o‘qitish texnologiyalar”ning mazmun-mohiyatini anglash, tushunib
olish talab etiladi. Bu tushunchalarning mazmun-mohiyati, birinchidan
bu tushunchalarga berilgan lug‘aviy izohlarda, ikkinchidan bu
tushunchalarga berilgan ta’riflarda namoyon bo‘ladi.
“Texnologiya” so‘zi 1872 yilda fanga kiritildi va u yunoncha
“texne” – mahorat, san’at hamda “logos”-fan, ta’limot tarzida ishlatila
boshlandi va unga quyidagicha izoh berildi:
“-bu fan taklif etgan algoritm, vosita va yo‘llar tizimi bo‘lib,
ishlatilganda oldindan belgilangan faoliyat natijalariga olib kelib, sifatli
va miqdoriy mahsulot chiqishini ta’minlovchi jarayondir”
1
.
Texnologiya tushuncha asosan ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Bundan texnololigik jarayon, texnologik operatsita, texnologik harita,
texnologik rejim tushunchalari “Texnologiya” so‘zining mohiyatini
yaratishda kalit rolini o‘ynaydi. Shundan
Dostları ilə paylaş: