124
tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.Buning uchun ma’ruza
jarayonida talabalar oldiga muammoli savollar qo‘yish
ularning
fikrlarini tinglash,javoblarni izohlash, faktlar, misollardan foydalanish
darkor.
Professor M.Ochilovning ta’kidlashicha oliy ta’lim maktablarida
o‘qiladigan ma’ruzalar kirish ma’ruzasi, mavzular bo‘yicha ma’ruza,
umumlashtiruvchi ma’ruzalardan iborat. Mualliflarning fikriga ko‘ra
kirish ma’ruzasida o‘rganilayotgan oliy o‘quv yurtidagi fanlar
tizimidagi o‘rni ya’ni agar “Umumiy pedagogika” fani bo‘yicha
ikkinchi kursda ma’ruza o‘qilayotgan bo‘lsa, uning umumkasbiy fanlar
tarkibidagi o‘rni, boshqa turdosh bo‘lmagan fanlar bilan aloqadorligi,
bog‘liqligi, fan o‘rganadigan
asosiy muammolar, kursning maqsadi,
vazifalari,mutaxassislikda tutgan mavqei,metodik
asoslari, tadqiqot
metodlari, manbalari hamda fanning o‘ziga xos xususiyatlari bayon
etiladi.
Mavzular bo‘yicha ma’ruzalarda o‘quv
va ishchi dasturda
ko‘rsatilgan vaqt doirasida o‘tkaziladi. Unga har bir mavzu bo‘yicha
ma’lumotlar,
ushbu
mashg‘ulotlarning
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotidagi o‘rni, munozarali masalalar, qonunlar,
muammoning
mohiyati, tarixi, erishilganlik darajasi, nazariy va amaliy ahamiyati
bayon etiladi.
Umumlashtiruvchi,
yakuniy
ma’ruzalar,
fanni
o‘rganishning
yakunida, yakuniy davlat attestatsiyasi oldidan
o‘tkaziladi. Bunda fan bo‘yicha mavzulardagi ma’lumotlar
umumlashtirilib, mavzular bo‘yicha sodir bo‘layotgan voqealar,
yangiliklar, o‘zgarishlar, erishilgan yutuqlar to‘grisidagi
axbarot
beriladi. Shunday qilib, ma’ruza bugungi kunda oliy ta’lim
maktablarida o‘qitishning asosiy shakllaridan biri edi va shunday
bo‘lib
qoladi. U ma’lumotlarni bayon qilishga katta hajmdagi axbarotni
qamrab
olganligi, vaqtni tejasi ko‘p sonli tinglovchilarni qamrab
olganligi jihatlari bilan oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish shakllarining
muhim shakllari bo‘lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: