114
bo‘lib qolgan bo‘lsa unda muddaoga erishish qiyin kechadi. Shuning
uchun ta’lim-tarbiyada o‘qitish vositalari aniq maqsadga yo‘naltirilgan
hodisadir. Ma’lumki, tabiat hodisalari, jamiyatda ro‘y beradigan
voqealar inson ongi orqali o‘zlashtirilganda odam va tabiat, jamiyat
o‘rtasida qandaydir aloqa o‘rnatiladi. Mana shu aloqa rolini ta’limda
o‘qitishning didaktik vositalari bajaradi. Shunga asosan o‘qish, o‘qitish
jarayonini «inson–o‘qitish vositalari –muhit (obyekt)» kontekstida
izohlash pedagogikada qabul qilingan. O‘quv-tarbiya jarayonida bu
vositalardan
keng
foydalanish
o‘qitishning mukammalligini,
ishonchliligini kuchaytirib, o‘rganuvchilarning obyekt voqealarini
tushunib etishini oshiradi va bilim sifatini yaxshilaydi.
Dostları ilə paylaş: