109
Mehnat unumdorligi darajasi mahsulot (ish) birligini ishlab chiqarishga sarflangan ish
vaqti miqdori bilan o’lchanadi.
Iqtisodiy kategoriya bo’lgan mehnat unumdorligi ishlab chiqarish hajmi bilan mehnat
sarfi o’rtasidagi aloqani xarakterlaydi. Bu nisbatni quyidagi formulalarda ifodalash mumkin:
V A / T yoki Tr T / A,
Bunda: V-mehnat unumdorligi;
Tr-mahsulot birligiga sarflangan mehnat (sermexnatlilik);
A-ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori;
T-mahsulot ishlab chiqarishga ketgan vaqt.
Ish vaqti birligida mahsulot qancha ko’p ishlab chiqarilgan bo’lsa, mehnat unumdorligi
shuncha yuqori bo’ladi.
Mehnat unumdorligining to’xtovsiz o’sib borishi jamiyatning har qanday iqtisodiy
taraqqiyot asosini tashkil etadi. Mehnat unumdorligining o’sishi mehnat jarayonidagi mahsulot
birligiga ish vaqtini qisqartirishga yoki ish vaqti birligida mahsulot chiqishini ko’paytirishga
qaratilgan har qanday o’zgarishni nazarda tutadi.
Mehnat unumdorligi yangi ijtimoiy tuzumning g’alabasi uchun eng muhim, eng asosiy
narsa ekanligi to’g’risidagi ma’lum qoidasida ishlab chiqarish taraqqiyotida mehnat
unumdorligi rolining chuqur ilmiy taxlili mujassamlangandir.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti taraqqiyotida mehnat unumdorligini
oshirish masalalari
hamma vaqt hukumatning diqqat markazida bo’lib keldi. Ishlab chiqarish samaradorligiga
alohida e’tibor berilayetgan xozirgi davrda bu masalalar katta ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o’sishi asosan mehnat unumdorligining
o’sishi hisobiga yuz bermoqda.
Oliy Majlis materiallarida mehnat unumdorligi o’sishini jadallashtirishga alohida
e’tibor berish zarurligi ko’rsatilgan. Shuning hisobiga milliy daromad o’sishining kamida 90%
i sanoat mahsuloti o’sishining tahminan 90% i, qishloq xo’jalik
va qurilish-montaj ishlari
mahsulotining butun o’sishi olinishi kerak. Mehnat unumdorligi o’sishi muammosining halq
xo’jalik ahamiyati mamlakatda oziq-ovqat bazasini yaratish sur’atlarini jadallashtirishdan,
aholi jon boshiga mahsulot olinishini ko’paytirishdan, narxlarni pasaytirish va ish kuni
uzunligini qisqartirishdan iboratdir.
Mehnat unumdorligini oshirish muammosini ichki
nuqtai nazardan birinchidan, mahsulot
birligiga jonli mehnat sarfini tejash nuqtai nazaridan, ikkinchidan, mahsulot birligiga jonli va o’tmish
mehnat sarfini tejash, ya’ni ijtimoiy mehnat nuqtai nazaridan ko’rib chiqmoq kerak.
110
Jonli mehnat ish vaqti bilangina emas, balki mehnatning intensivligi bilan ham, optimal
intensivlikda esa vaqt bilangina o’lchanadi. Mehnatni intensivlash–ishlab chiqarish
jarayonidagi mehnat keskinligi darajasi bo’lib, u odam sarf qilgan jismoniy va asab energiyasi
bilan o’lchanadi. Mehnat intensivligi har qanday mehnat jarayonining muqarrar shartidir, u
mehnat unumdorligini o’sishiga olib keladi. Mehnat intensivligining optimal darajasidan oshib
ketishi ham mehnat miqdori ko’payishiga, ham mahsulot
qiymati oshishiga olib keladi,
mahsulot birligi qiymati esa o’zgarmay kolaveradi. Ishlab chiqarishning ko’payishi mehnat
intesivligi oshmasdan yuz bersa (sermehnatlilik kamayishi hisobiga) mahsulotning yalpi
qiymati oshmasdan qolaveradi, uning birligi qiymati esa tegishli ravishda kamayadi.
Ishlab
chiqarilgan mahsulot qiymatining bu turli xil o’zgarishida uni mehnat intensivligi hisobiga
ishlab chiqarishning ko’payishi bilan mahsulot sermehnatligi kamayishi hisobiga ko’payishi
o’rtasidagi printsipial tafovut mavjuddir.
Mahsulot ishlab chiqarishga jonli mehnatgina emas, balki ishlab chiqarish vositalarida
buyumlashgan o’tmish mehnat ham sarflanadi. Shuning uchun ijtimoiy (jami) mehnat
unumdorligi quyidagicha ifodalanishi mumkin.
;
Тпр
Тж
А
В
bu yerda: Tj – jonli mehnat miqdori.
Tpr – o’tmish (buyumlashgan) mehnat miqdori.
Yer va beton ishlari suv xo’jaligi qurilishidagi ishlarining asosiy turlaridir. Sug’orish
tizimlarini qurishda yer ishlariga qurilish butun qiymatining 40%idan ko’prog’i, beton ishlariga
esa 45% igachasi to’g’ri keladi. Zax qochirish tizimlarida asosan yer ishlari bajariladi. Suv
xo’jaligi qurilishini industirlashtirish jarayonida mehnat unumdorligini qurilish-montaj ishlarini
mexanizatsiyalash darajasi bilan aniqlanadi. 1980 yilda mexanizatsiyalashgan ishlar darajasi
53,2% ni tashkil etgan bo’lsa, 1990 yilda 99,6% ni, 2002 yilda esa 99,8% ni tashkil etdi. Beton
va temir-beton ishlarida mexanizatsiyalash foizi 93% ni tashkil etadi. Suv xo’jaligi tashkilotlari
texnika bilan qurolanganligining o’sishi mehnat unumdorligi oshishiga yerdam beradi.
Suv-melioratsiya ishlab chiqarishi va qishloq xo’jaligidagi melioratsiyalangan yerlarda
avvalgi mehnat yalpi sarfi jonli mehnat sarfidan 5-6 baravar ko’pdir.
Fan-texnika taraqqiyoti rivojlangani sari suv-melioratsiya
qurilishida va qishloq
xo’jaligini industriyalashda mehnat unumdorligi doimo oshib bormoqda. Bunda jonli va
o’tmish mehnat o’rtasidagi nisbat utmish mehnat foyidasiga o’zgarmoqda. ―Mehnat
unumdorligining oshishi‖,-deb yezgan edi. K.Marks-aynan jonli mehnat ulushi kamayishi,
111
avvalgi mehnat ulushi esa ko’payishidan iboratdir, lyokin ko’payganda
ham shunday
ko’payadiki, mehnatning tovarda jam bo’lgan umumiy summasi kamayadi.
Ijtimoiy mehnat unumdorligi oshganda jonli va avvalgi mehnat sarflari nisbatidan sodir
bo’ladigan o’zgarishlarni 5.1-jadvalda keltirilgan shartli misolda ko’rib chiqamiz.
5.1-jadval
Dostları ilə paylaş: