O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Qishloq xo’jalik suv ta’minoti tizimini ishlatish chiqimlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

6.5. Qishloq xo’jalik suv ta’minoti tizimini ishlatish chiqimlari 
 
Suv ta’minoti tizimlaridagi suv olish, yetkazib berish va taqsimlash jarayonlari 
melioratsiya tizimlaridagiga nisbatan ancha murakkab inshootlarini talab qiladi. Bu yerda 
suvni tozalash va sifatini yaxshilashga qo’shimcha sarflar zarur bo’ladi. Shuning uchun 
ishlatish sarflarining shaklanishi o’z xususiyatlariga egadir. 
Qishloq xo’jalik suv ta’minoti tizimining yillik ishlatish xarajatlari tarkibi 
sarflarining quyidagi moddalaridan iborat bo’ladi: Xizmat ko’rsatuvchi xodimlar ish haqi, 
amortizatsiya ajratmalari, joriy ta’mirlash sarflari, materiallar (reagentlar) qiymati, elektr 
energiyasi va yonilg’i moylash materiallari xarajatlari, boshqa bevosita sarflar, ustama 
xarajatlar. 
Ish haqi moddasiga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning sotsial sug’urtaga yozilgan 
asosiy va qo’shimcha ish haqi kiradi. Shtat birliklari soni shtat jadvali bilan aniqladi, oylik 
maoshlari tarif stavkalariga ko’ra belgilanadi. 
Joriy ta’mirlash amortizatsiya ajratmalari va sarflari ishlab chiqarish binolari, 
inshootlari va uskunalari bo’yichagina o’tkaziladi. 
Materiallar xarajatlariga suvni tozalash uchun ximik reagentlar xarajatlarigina 
kiritiladi. Reagentlar qiymati ularni tayyorlash va tashib keltirishning barcha xarajatlaridan 
tarkib topadi. Xarajatlarning ulushli me’yorlari 1 m
3
so’m bilan belgilanadi. 
Elektr energiyasi va yonilg’i sarflari moddasida suv chiqarish hamda tozalash 
inshootlarining texnik ehtiyojlari, sarflanadigan elektr energiyasi va yonilg’i sarflari 
hisobga olinadi. Yoritish va isitishga sarflanadigan elektr energiyasi va yonilg’i bu 
moddada hisobga olinmaydi va umum ishlab chiqarish xarajatlariga kiradi. 
O’rnatilgan elektr dvigatellari ishlashi uchun foydalaniladigan elektr energiyasi 
tannarxi mazkur tashkilot uchun belgilangan tarifga ko’ra aniqlanadi. Qishloq xo’jaligida 
iste’mol qilinadigan energiyaga bir stavkali ta’rifga ko’ra iste’mol qilingan elektr 
energiyasi uchun schetchik bo’yicha haq to’lanadi. 


Boshqa umum ishlab chiqarish xarajatlariga mehnat muhofazasi, binolarni (isitish va 
yoritish) saqlash va inventar xarajatlari, sex transport xarajatlari hamda boshqa sarflar 
kiradi. 
Ustama xarajatlar bevosita sarflarga nisbatan foizlarda belgilanadi. 
Suv ta’minotida realizatsiya qilingan 1 m
3
suv tannarxi kalkulyatsiyalanadi. Suv 
tannarxi hisobot yili oxirida yillik chiqimlarning suv yetkazib berish yillik hajmiga ko’ra 
aniqlanadi 
SqI vi G’W
2
bunda – Ivi–vodaprovodni ishlatish yillik chiqimlar, so’m W
2
-suv yetkazib berish 
yillik hajmi, m
3
: Suv ta’minoti tizimlarida ishlatilgan 1 m
3
suvning tannarxi 
sug’orishdagiga nisbatan bir necha barobar ko’pdir (6.2-jadval). Suv ta’minot tizimi 
bo’yicha suv tannarxi tarkibi. 
6.2-jadval 
Sarf-xarajat turlari 
1 m
3
suvning tannarxi 
so’m 

Ish haqi 
Amortizatsiya ajratmalari 
Joriy ta’mirlash
Elektr energiyasi va yonilg’i tannarxi
Materiallar (reagentlar) sarfi 
Boshqa umumishlab chiqarish xarajatlari 
Ustama xarajatlari 
Barcha sarflar 
1,6 
2,8 
1,2 
1,7 
0,2 
0,3 
1,3 
9,1 
17,0 
31,0 
13,2 
12,7 
2,2 
3,3 
14,0 
100,0 
Suv ta’minoti tizimlarida suv yetkazib berish tannarxidagi eng katta ulushni 
amortizatsiya ajratmalari, ish haqi va elektr energiyasi qiymati tashkil qiladi. 
Suv ta’minoti tizimlarida elektr energiyasini ancha samarali nasos agregatlarini joriy 
qilish va truboprovodlardagi bosimni ko’plab yo’qotishga qarshi kurashish yo’li bilan 
tejash mumkin. Bosim yo’qotilishiga qarshi kurash turli yo’nalishlarda olib borilishi kerak. 
Eng muhim tadbirlardan biri-nasos stantsiyalari bilan vodovodlar birgalikdagi ishni 
tejamli rejimini o’rnatishdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin