Havzaviy boshqarmalar va irrigatsiya tizimlari ekspluatatsion shtatini saqlash.
Ma’muriy apparat va tizim hodimlarining ish haqi, ish yuzasidan safar xarajatlari hamda
dala uchaskalari, kantselyariya, pochta telegraf va boshqa ma’muriy xo’jalik xarajatlari bu
xarajatlarning asosiy turlari hisoblanadi:
Ekspluatatsion xarajatlar va joriy ta’mirlashlar. Bu guruhda gidro inshootlarni,
gidropastlarni, grajdan va ishlab-chiqarish binolarini, aloqa vositalarini, yo’llarni nasos
stantsiyalarini, transport vositalarini saqlash va ta’mir qilish xarajatlari, himoyalash, tartibga
solish hamda toshqinga qarshi ishlar va hisobga olinmagan boshqa ish turlari xarajatlari
birlashtiriladi.
Ishga tushurish sozlash xarajatlari–sug’orish tizimini ishga tushurish bilan bog’liq
sarflar:
Boshqa xarajatlar-ekilgan daraxtlarni parvarish qilish xarajatlari, sanitariya va toshqinga
qarshi tadbirlar, materiallar, avariya zahiralarini tayyorlash, muhofaza xarajatlari.
Irrigatsiya tizimlarida sarflarni rejalashtirish va hisobga olishning mavjud shakli joriy
ta’mirlash xarajatlrini sarflarning mustaqil turiga ajratish imkonini beradi. Shuning uchun
sug’oruv suvi tannarxni kalkulyatsiyalashda joriy ta’mirlash sarflarini alohida moddaga ajratish
maqsadga muvofiqdir. Bu moddiy va pul mablag’larini rejalashtirish hamda hisobga olishni
135
yaxshilaydi. Xo’jalik hisobidagi korxonalarda amortizatsiya ajratmalari ishlab chiqarish
sarflariga kiradi, kapital ta’mirlash esa kapital qo’yilmalar hisobidan amalga oshiriladi va
mahsulot tannarxiga ta’sir ko’rsatmaydi. Byudjet tashkilotlari bo’lgan Irrigatsiya tizimlarida
kapital ta’mirlash xarajatlari ishlab chiqarish chiqimlariga qo’shiladi hamda mahsulot
tannarxiga kiritiladi. Ular asosiy vositalar kapital ta’mirlashiga ishlatiladigan amortizatsiya
ajratmalari qismini xarakterlaydi.
Ishlab chiqarish sarflarining yuqorida keltirilgan klassifikatsiyasida xarajatlarning
bevosita va bilvosita xarajatlarga bo’linishi yo’q. KG’SXT mahsulotining bir turi bo’lgan
sug’oruv suvi va har qanday shakldagi barcha sarflar suvga talluqli bo’ladi. Sug’oruv
tizimlarida sug’orish manbaidan olingan suvning 1 m
3
i tannarxi, xo’jalik cheklari nuqtalarida
berilgan 1 m
3
tannarxi sug’oriladigan maydon 1 gektari hisobidagi suvning tannarxi
kalkulyatsiyalanadi.
Suvdan foydalanuvchi xo’jaliklarga berilgan suv tannarxi sug’orish manbaidan suv
olish, uni magistral va xo’jaliklararo kanallardan xo’jaliklarga chek nuqtalariga berish uchun
oqizish jami sarflari darajasini xarakterlaydi.
Melioratsiya tizimlarini ishlatish bo’yicha ko’p ishlar mavsumiy xarakterda bo’lgani
uchun suv tannarxini faqat yil oxiridagina aniqlab bo’ladi. 1 m
3
suvning tannarxi sug’orish
tizimi yillik ekspluatatsion sarflar summasining (Imx) xo’jalik chek (W) nuqtasida berilgan suv
hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi.
SqImx G’ W
Sug’orish suvi tannarxi xo’jalik cheki nuqtasida o’rtacha 3-5 so’mG’m
3
ni tashkil etadi.
Mexanik suv ko’targichi bo’ladigan tizimlarda, tannarx 7-9 so’mG’m
3
gacha oshadi.
Sug’oruv suvi sarflari tarkibi va tannarxi ayrim KG’SXTlari misolida 6.1-jadvalda
keltirilgan.
Sug’orish shaxobchasi va inshootlarini ishlatish va saqlash xarajatlari ekspluatatsion
sarflarning asosiy turini tashkil etadi. Ular umumiy sarflarning 40-50% ini tashkil etadi. Bu
xarajatlarning ancha qismi melioratsiya shaxobchasini tozalashga mo’ljallanadi. Ko’p sarflar
suv chiqarib beradigan nasos stantsiyalarini ishlatish bilan bog’liqdir.
Havzaviy boshqarmalar va irrigatsiya tizimlari ekspluatatsion shtatini saqlash moddasida
xarajatlarning asosiy ulushi shtat hodimlarining asosiy va qo’shimcha ish haqiga to’g’ri keladi.
Sug’orish tizimlaridagi shtat hodimlari soni har 1000 gektar yer maydoniga 3-6 kishini tashkil etadi.
136
Sug’orish tizimlarini ishlatishning haqiqatdagi sarflarining o’rtacha 20% i kapital
ta’mirlash xarajatlaridir. Lekin ayrim KG’SXT lar bo’yicha ular 7% idan 40% gacha bo’lgan
doirasida tebratib turadi.
Sug’orish tizimlarini ishlatish xarajatlari ko’p jihatdan mahalliy sharoitlar va tizimlar
tipiga, ularning texnikaviy holatiga bog’liq bo’ladi. 1 gektar sug’oriladigan yer maydoni
hisobidagi ekspluatatsion xarajatlar hajmlari O’zbekiston sug’orish tizimlari bo’yicha 20 dan
70 so’mgacha, bo’lgan doira tebratib turadi.
6.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |