206
ega bo‘lib, ishlab chiqarish qonunlari esa abadiy hisoblanadi.
Ko‘pchilik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, iqtisodiy fanning
metodologiyasini
takomillashtirish
J.S.Millning
asosiy
xizmati
hisoblanadi. U nazariy xulosalar faqat muayyan sharoitda to‘g‘ri
bo‘lishidan
kelib chiqqan holda, har qanday nazariy sxemaning
nisbiyligini doimo ta’kidlagan va ko‘p omilli
tahlilning zarurligini
ko‘rsatib bergan. Tadqiqot metodi J.S.Millning tavsiyasiga ko‘ra, ikki
asosiy narsaga asoslanadi: 1) xulosa va yakun, odatda,
faqat muayyan
sharoitda to‘g‘ridir; 2) ular har tomonlama (universal) bo‘lishi mumkin
emas. Iqtisodiy hayotda bitta emas, balki juda ko‘p sabablar amal qiladi.
Ularni anglash, asosini ajratib olish juda qiyin,
shuning uchun ularni
chalkashtirib yubormaslik, sabab va oqibatni
bir-biridan ajrata bilish
lozim.
O‘zgarib turuvchi sharoitlarni va o‘zaro aloqalarni hisobga olgan
holda turli konsepsiya va qarashlarni,
yondashuv va tavsiyalarni
taqqoslash, to‘g‘ri xulosa chiqara bilish iqtisodiy bilimlarning meros
bo‘lib qolishini ta’minlaydi.
J.S.Mill klassik iqtisodiy maktabni yakunlovchilardan biri sifatida
iqtisodiy ta’limotlarning rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdi. Biz
uning asosiy iqtisodiy nazariyalarini quyida ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: