276
baholar nisbatini tenglashtirsa; 3) muayyan bozor narxida sotib olingan
har bir tovarni pul qiymatining me’yoriy foydaliligini tenglashtirsa.
Iste’molchi muvozanatga erishdi, Rx bahosi esa pasaymoqda, deb
faraz qilaylik. Unda MUx>PxMUe va muvozanatni
qaytadan tiklash
uchun, MUx miqdorini kamaytirish maqsadida x tovarni ko‘proq sotib
olish kerak bo‘ladi. Haqiqatan ham, tovarning bahosi pasaysa,
iste’molchi uni sotib olishni ko‘paytiradi,
negaki bunday tovarning
bahosi pasayganda iste’molchi bir so‘mga har qanday boshqa tovarga
qaraganda ushbu x tovardan ko‘proq foydalilik oladi. X tovarning xaridi
ko‘paygan sari me’yorli foydalilikning
pasayishi MUx pasayishini
kafolatlaydi. Demak, iste’molchi o‘zining cheklangan daromadlari va
joriy narx doirasida o‘z ehtiyojini doimo maksimal darajada qondirishga
intilgan sharoitda talab egri chizig‘ining teskari nishabligi kelib chiqadi.
Bu dalil – isbotlar shu narsani ko‘zda tutadiki,
x tovarning narxi
pasayishi natijasida individning daromadi ko‘paymaydi, buning
natijasida MUxning miqdori uyg‘unlashish jarayoni davomida
doimiyligi saqlanib qoladi. Lekin individ o‘zining barcha xarajatlarining
me’yorli foydaliligini yana tenglashtirishi bilanoq, uning real daromadi
oshadi. Bu saqlanayotgan pul mablag‘larining me’yorli
foydaliligini
pasaytiradi va shu bilan barcha tovarlarning, jumladan x tovarning ham
xaridining ko‘payishga olib keladi. Bunda daromad samarasi ijobiy
hisoblanadi va biz x ga teskari nishabli talab egri chizig‘iga va
daromadga bog‘liq bo‘lgan ijobiy talabga ega bo‘lamiz.
Bundan tashqari, bu yerda foydalilik funksiyalarining additivligi
166
taqozo etiladi: individ sotib olayotgan har bir tovarning foydaliligi
boshqa tovarlarning foydaliligiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Haqiqatda esa
ularning o‘rtasida bog‘liqlik amal qilishi mumkin, bunday bog‘liqlik
natijasida U – miqdori ko‘payganda MUx ko‘payadi yoki kamayadi.
Bu tahlilni yana ham murakkablashtiradi.
166
Addiktivlik (lat), obyektning miqdor xossasi: uni qanday bo
‘
lishidan qat’iy nazar, bir necha bo
‘
lakka
bo
‘
lganda, shu bo
‘
laklar yig
‘
indisiga
teng bo
‘
ladi. Masalan, A ning hajmi uning bo
‘
laklari hajmi
yig
‘
indisiga teng.