Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


-rasm. L.Valrasning “Takror ishlab chiqarish jadvali”



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

8-rasm. L.Valrasning “Takror ishlab chiqarish jadvali” 
 
Umumiy iqtisodiy muvozanatlilik ishlab chiqarish omillari va 
tayyor tovarlar narxi mos kelganda yerishiladi. Narxlar o‘zgarishidagi 
nomuvozanatsizlikni olib tashlash uchun ma’lum turdagi tovarlarning 
narxi bir xil bo‘lishi talab etiladi; ishlab chiqarish omillari va iste’mol 
tovarlariga bo‘lgan talab va taklif teng bo‘lishi; mahsulot narxi unga 
sarflangan xarajatlarga teng bo‘lishi lozim deb hisoblaydi Valras. 
Valrasning modelidagi bozor muvozanati to‘liq bandlik sharoitiga 
mos tushadi, ya’ni bu aholining barcha ishchi kuchi ish bilan 
ta’minlangan holatidir. Ammo bu model juda abstraktdir, u real 
iqtisodda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni (ishsizlik kabi) o‘z 
ichiga olmaydi. Shu bilan birga iqtisodiyotdagi jamg‘arishni, 
mahsulotlar zaxirasini, erkin raqobat sharoitidagi taklifni ham inobatga 
olmagan. 
Tovar va xizmatlar bozori 
Korxonalar 
Uy ho’jaliklar 


271 
Vilfredo Paretto (1848–1923) 
Valras g‘oyalarini italiyalik iqtisodchi 
Vilfredo Paretto 
(1848- 
1923) tomonidan rivojlantirildi. Uning asosiy asarlari “Siyosiy iqtisod 
yo‘nalishi” (1896–1897) va “Siyosiy iqtisod darsligi” (1900) 
hisoblanadi. Logik-tajriba usuli uning asosiy g‘oyasini tashkil qildi. 
Valrasning nazariyalaridagi “qimmatlilik” mohiyatini Paretto “afzallik” 
tushunchasi bilan almashtirdi. Uningcha ba’zi tovarlarning emas, balki 
ularning yig‘indisining afzalligini solishtirish lozim. Bu g‘oya 
keyinchalik Frensis Isidro Edjuor (1845–1926) tomonidan befarqlilik 
egri chizig‘ini ilgari surilishiga sabab bo‘ldi. Paretto fikricha, 
iste’molchi uchun iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan ikki befarq buyum 
mavjuddir, ularning iste’moli iste’molchi uchun ehtiyojini qondirishiga 
olib kelsa bas. Zamonaviy iste’molchi xatti-harakati nazariyasi ham 
aynan Parettoning mazkur g‘oyasiga asoslanadi. 
Parettoning optimallik tamoyili Parettoga (“Paretto bo‘yicha 
optimallik”, “Paretto – samaradorligi” g‘oyalari) mashhurlikni olib 
keldi. Unga ko‘ra, iqtisodning shunday 
optimal holat mavjudki, bunda bir tarafda 
turgan iqtisodiy subyektlarning farovonligi 
ikkinchi 
tarafda 
turgan 
iqtisodiy 
subyektlarning 
hisobiga 
yaxshilanishi 
mumkin. 
Iste’molchi 
uchun 
bu 
iste’molchilik 
buyumlaridan 
oladigan 
foydaliligining maksimal holati, korxonalar 
uchun esa qilingan xarajat va daromad 
orasidagi farqdan maksimal olishi mumkin 
bo‘lgan foydadir. 
Paretto modellari abstrakt, chunki undagi vaziyatlar prognoz 
ko‘rinishidagi aniq ma’lumotni chiqarmaydi, ammo iqtisodiy tahlil 
asosida tadqiq qilinadi. Hozirgi kunda Paretto yutuqlaridan biri bo‘lgan 
logik tajriba usuli amaliy iqtisodiy nazariyada ishlatiladi
164

164
История экономической мысли/ Под ред.В.В.Круглова, Е.В.Балахоновой. – СПб.: Питер, 2008. 
146–147-стр 


272 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin