F.Kidlan va E.Preskottlarning makroiqtisodiy dinamika
nazariyasi.
2004-yili Shved Qirollik akademiyasi
“makroiqtisodiy dinamikaning rivojlanishiga qo‘shgan
hissasi va iqtisodiy siyosatni biznes sikllari bilan
bog‘laganlari uchun” ikki Amerikalik Finn I.Kidland
va Edvard S.Preskottga makroiqtisodiy sohasidagi
tadqiqoti uchun Nobel mukofotini topshirdi.
Kidland
Finn
Irling
(1943-yil
tug‘ilgan)
Norvegiya fuqarosi, AQSHda doimiy yashaydi,
Karnegi-Mellon
universiteti
iqtisodiyot
bo‘yicha
professori (Pitsburg, AQSH) va Santa-Barbara universiteti (Kaliforniya,
AQSH), Dallas va Klivland federal rezerv banklarining maslahatchisi.
F.Kidland (1943 y)
382
1968-yili Norvegiya iqtisodiyot va menedjment maktabida taxsil
olgan. 1973-yili falsafa doktori unvonini olgan. AQSH va turli
davlatlarda 50 dan ortiq iqtisodiy jurnallarda maqolalari mavjud, 1966-
yildan “Macroeconomic Dynamics” jurnalining hay’at a’zosi, 1992-
yildan AQSH davlatining Ekonometrik jamiyati a’zosi, 1982–1983-
yillarda Guver instituti tadqiqot grantini olgan, 1973-yili Aleksandr
Xenderson mukofoti sovrindori.
F.Kidland dinamik makroiqtisodiyot, iqtisodiy siyosat, biznes-sikl
nazariyasi, iqtisodiy o‘sishga, moliya, pul-kredit va soliq siyosatiga o‘z
xissasini qo‘shgan.
Preskott Edvard
(1940-yil tug‘ilgan) AQSH fuqarosi, Arizona
universiteti iqtisodiyot bo‘yicha professori, Minniapolis federal rezerv
bank yetakchi tahlilchisi.
Keys universitetida ta’lim olgan (1963), falsafa doktorligini 1967
yil yoqlagan. AQSH va boshqa davlatlarning etakchi jurnallarida 80
dan ortiq maqolalar muallifi, “Boylik topish yo‘lida chegaralar”
monografiyasi
hammuallifi,
1991-yildan
“Economic
theory”
jurnalining muharriri, 1976–1990-yillar orasida bir necha ilmiy jurnallar
muxarrirlar a’zosi, 1980-yildn AQSH iqtisodiyot jamiyati a’zosi, 1992
yildan esa Amerika fanlar akademiyasi a’zosi, 1969–1970- yillar va
1974–1975-yillarda Bruklin fondi va Guggenzaym fondidan tadqiqot
grantlarini olgan, 2002-yil Yervin Pleyn Nammers nomidagi iqtisodiyot
bo‘yicha mukofot sohibi, 2002-yildan Rim (Italiya) universiteti
iqtisodiyot bo‘yicha professori sifatida tan olingan.
E.Preskot makroiqtisodiyot muammolari tadqiqotiga fundamental
hissa qo‘shgan: ular qatorida iqtisodiy sikllarni vujudga kelishi tahlili,
iqtisodiy siyosat, moliyaviy, pul-kredit va soliq siyosatidagi ishlanmalar.
Kidland va Preskot ilmiy yangiliklarini umumiy ko‘rinishi
quyidagicha:
−
makroiqtisodiyot fan sifatida shakllanishida iqtisodiy siyosat va
iqtisodiy sikllar genezisi (kelib chiqishi) ishlanmasi;
−
ishbilarmon sikllar nazariyasining iqtisodiy o‘sish nazariyasi
ta’siri ostida o‘zgarishi;
−
davlat amalga oshirayotgan iqtisodiy siyosat asosida aholi va
iqtisodiy subyektlarning kafolati mavjud bo‘lishi tezisini asoslanishi;
383
−
texnologiyalarni notekis rivojlanishi tufayli iqtisodiyotda qiqsa
muddatli turg‘unlikllar mavjud bo‘lishini asoslanishi;
−
mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga tayangan davlatning iqtisodiy
siyosatining yuritish algoritmini yaratilishi;
−
nazariy va amaliy makroiqtisodiy siyosatning bog‘liqligini
aniqlash;
−
iqtisodiy subyektlarning kutishini iqtisodiy siyosatning ko‘p
omillarini qo‘llagan holda prognozlash;
−
ratsional
kutishlar
konsepsiyasini
rivojlantirish
orqali
makroiqtisodiy darajada yechimlarni topishga yordamlashish.
E.Preskot va F.Kidlandning mazkur konsepsiyalari ularni birgalikda
yozgan ikkita maqolalari asosiy tayanch bo‘ldi. Ular “Ehtiyotkorlik
o‘rniga qoidalar: maqbul rejalarning nomuvofiqligi” (1977) maqolasida
iqtisodiy siyosatning turli ko‘rinishlari (moliyaviy, pul-kredit, soliq va
boshqalar) ko‘rib chiqdilar. Bu maqolaning asosiy mohiyati davlatning
iqtisodiy qarori vaqt omili bilan qarama- qarshilikda rivojlanishida
ekanligida. Davlatning samaradorlikni ko‘tarishga bo‘lgan intilishi,
mualliflarning fikricha, real vaziyatni yanada yomonlashishiga, davlat
va aholi o‘rtasidagi munosabatni shikastlanishiga, xususiy sektor
faoliyatini to‘xtatib turishiga sababchi bo‘ladi. Aholiga davlat
tomonidan berilgan va‘dalari va real holat o‘rtasidagi tafovut iqtisodiy
subyektlarning ishonch holatini yanada qiyinlashtiradi. Buni yechimi
sifatida mualliflar, subyektlarning erkin harakatiga asoslangan modelni
tashkil etishni taklif qilishadi. Bu o‘rinda o‘yin ishtirokchisi boshqa
ishtirokchilarning mumkin bo‘lgan harakatini aniqlab, o‘zini faoliyatini
shunga mos harakat qilinishini ko‘rsatadi. Kidland va Preskot fikricha
agar davlat faqat makroiqtisodiy ko‘rsatkichga tayanib ishni amalga
oshirsa, unda hech qanday natijaga erisha olmaydi, ammo agar iqtisodiy
subyektlar bilan hamkorlikda amalga oshirilsa, unda natija yuqori
bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatishadi.
Aytish lozimki, ularning ishlari makroiqtisodiy nazariyaga yaxshi
ta’sir ko‘rsatdi, jumladan, stagflyasiya kabi yangi atamani kirib kelishiga
sabab bo‘ldi. Mualliflar, yuqori darajadagi inflyatsiya pul- kredit
siyosatining noto‘g‘ri qo‘llanilishidan deb bilishdi. Bu o‘rinda qarorlani
qabul qilishni emas, balki iqtisodiy siyosat ta’siri ostida bo‘lgan
iqtisodiy institutlar faoliyati bilan muvofiq harakat qilish
384
lozimligini aytishadi. Kidland va Preskot g‘oyalari XX asrning 90-
yillarida markaziy bank islohotlarida keng qo‘llanildi, va natijada
Yevropa va Shimoliy Amerikada inflatsiya darajasi pasayishiga sabab
bo‘ldi.
Kidland va Preskotning ikkinchi maqolasi bu “Tebranishlarni
yaratish va qurish uchun vaqt” (1982) bo‘lib, u iqtisodiy sikllar
konsepsiyasiga bag‘ishlangan. Bu konsepsiyaning ajralib turuvchi
xususiyati bu uzoq muddatli va qisqa muddatli makroiqtisodiy inqiroz
va o‘sishlarni tahlilida bo‘ldi. Ular tomonidan ilgari surilgan asosiy
g‘oya shunda bo‘ldiki, unga ko‘ra ilmiy-texnik taraqqiyot aholini
yashash darajasini oshishiga sabab bo‘ladigan omil deb baholanildi.
Lekin, ular o‘z qarashlarida ijtimoiy omillardan yiroq bo‘ldilar. Ularning
nazariyasi nafaqat talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat, balki
mikroiqtisodiy mexanizmlar (narx, oylk maosh, iste’mol talabi)ni ham
chetga chiqaradilar, bu bilan bozor muvozanatini ta’minlash holatini
o‘ylamasligini ko‘rsatdilar. Ularning fikricha, iqtisodiyotning o‘sishini
pasayishi – bu bozor muammosi emas, balki ishlab chiqarishning
texnologik o‘zgarishlari pastligidir. Mualliflar fikricha makroiqtisodiy
o‘zgarishlarni faqat texnologik shoklarni amalga oshiribgina erishish
mumkin.
F.Kidland va E.Preskotning mazkur ishi metodologik nuqtayi
nazardan judayam muhimdir. Ularning tadqiqotida iqtisodiy sikllar
holatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan makroiqtisodiy omillarni
qamrab oladi. Ularning yondashuvi bozor jarayonlarida yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan savolga, yani kutilayotgan inflyatsiya holatida
iste’molchilar, savdogarlar iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda davlatning
iqtisodiy siyosatida maqbul bo‘ladimi degan savolga javob bermadilar.
Kidland va Preskot tadqiqotlari iqtisodiy sikllar haqida yangi ilmiy
metodologik ishlanmalarni yaratilishiga turtki bo‘ldi. Ularning
tadqiqotlari Amerika va Yevropa kabi rivojlangan bozor holati asosida
yaratilgan bo‘lsa ham, rivojlanayotgan mamlakatlar ham ulardan
foydalanish ehtimoli kuchlidir.
Har ikkala maqolada makroiqtisodiyot dinamik tizim sifatida
qaralib, xususiy sektor va davlat ratsional iqtisodiy tanlovni amalga
oshiradi deb olingan. Mualliflar davlat institutlarining iqtisodiy
385
E.Rot (1951)
siyosatini qayta ko‘rib chiqishni va o‘z ishiga mas’uliyatning oshishiga
undaydi.
Bu maqolalardan tashqari iqtisodiy sikllar, iqtisodiy o‘sish,
iqtisodiy siyosat (moliyaviy, pul kredit va soliq) ga doir 130 dan ortiq
ishlar mavjud. Ular ichida asosiy o‘rinni, shuningdek, E.Preskot va
S.Parente bilan birgalikda yozilgan “Boylik topish yo‘lidagi chegaralar”
monografiyasi ham o‘ynaydi.
Mazkur monografiyada mualliflar AQSH kabi boshqa davlatlar
nimaga boy emas? degan savolga javob izlashga urinishadi. Bu savolga
javob, ularning fikricha kapital qo‘yilmalarni to‘g‘ri yo‘naltira
olmaganligida. Ularning fikricha iqtisodiy o‘sish va aholi turmush
darajasi o‘rtasidagi nomuvofiqlik ishlab chiqarishda texnologik
samaradorlikni ishlata olmaganligida, bunday korxonalar tashqi
raqobatdan o‘zini himoyalayman deb qayta texnologiyalashtirishni
unitib qo‘yganligida. Agar ularni ishlata olganlarida unda hatto kam
rivojlangan davlatlar ham boy bo‘lishi ehtimoli mavjud bo‘lar edi.
F.Kidland va E.Preskot makroiqtisodiy fandagi yutug‘i birinchi
navbatda iqtisodiy va moliyaviy siyosat sohasida, qilgan ishlarida deb
bilsak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |