Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

15.7.
 
POL KRUGMANNING MEGAIQTISODIYOT 
BILAN BOG‘LIQ MODELI 
 
Oltmish birinchi sonli Nobel mukofoti laureati Priston universiteti 
professori 
Pol Krugman 
(1953-yil 28-fevral) ga “savdo tarkibining 
tahlili va iqtisodiy faollikning geografik taqsimoti” uchun oldi. Uning 
mukofotlanishi jahon moliyaviy tizimida yirik inqiroz bilan barobar 
keldi. U iqtisodiy georafiya kashfiyoti bilan tanilgan Nobelchilar 
orasidagi eng yosh olimdir. 1991-yili u Klark nomidagi iqtisodiy unvon 
sohibi. 1995-yil Adam Smit mukofoti laureatiyati. 2000-yil 
Rektenvald, 2004-yil Austriya shahzodasi mukofotlari sovrindori. 
1997-yildan beri Myunxen iqtisodiy tadqiqotlar 
Markazining doimiy a’zosi. Iqtisodiy va moliyaviy 
masalalarni tadqiq qiluvchi “O‘ttizlik guruhi” 
a’zosi. 2000-yildan beri “New York times” 
jurnalida doimiy iqtisodiy maqolalari bilan 
qatnashuvchi kolumnist hisoblanadi. 
Massachuset texnologiya universitetida yigirma 
to‘rt yoshida filosofiya doktorligini (PhD) 
olgan Pol 1979-yili “o‘sib boruvchi qaytim, monopolistik raqobat va 
xalqaro savdo” (“Increasing Returns, Monopolistic Competition and 
Intyernational Trade”) katta hajmga ega bo‘lmagan maqolasida nima 
sababdan mamlakatlar bir xil tovarlarni eksporti bilan, bir xil tovarlarni 
importi bilan shug‘ullanishini oddiy model orqali tushuntirib bergan. 
Uning mulohazalariga ko‘ra, bir-biriga o‘xshash tovarlar bilan 
almashuvni amalga oshirganda, sekin astalik bilan iste’molchilar 
o‘zlarining 
bu 
boradagi 
mutaxassisliklarini 
oshirib 
boradi. 
Iste’molchilar turli ko‘rinishdagi tovarlarni sotib olishni xohlaydi, shu 
jumladan maxalliy tovarlarga o‘xshab ketadigan import tovaralarini ham. 
Masalan, Amerikaliklarning ba’zilari “Audi”, ba’zilari nemislarni 
“Ford” moshinalarini sotib olishni xohlaydi. Polning qarashlari David 
Rikardo, Eli Xeksher va Bertil Olinlarning xalqaro mehnat taqsimoti 
haqidagi g‘oylarining davomiy ko‘rinishidir. Chunki XX asr o‘rtalariga 


388 
kelib, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda yangicha yondashuv olimlar 
o‘rtasida izlanshlarga sabab bo‘lmoqda bo‘ldi. 
Krugman tomonidan taklif qilingan model oddiy, ammo yirik 
hajmdagi murakkablikka egadir. Uning bu yutug‘i The New York Times 
gazetasida kolumnist (doimo bir kolonkada o‘z maqolalari bilan 
qatnashuvchi) sifatida olib borayotgan ilmiy qarashlari sabab bo‘ldi. 
Priston universiteti professori Krugman siyosiy fikrlarda liberal
iqtisodiy fikrlarlarda esa keynschidir. Umuman sotsial-demokratdir. Pol 
Djord Bushni tanqidga olgan eng ashaddiy tahlilchidir. Gazeta, jurnal va 
o‘z kitoblarida Bushni iqtisodiy siyosatini tanqidga olib, iqtisodiy 
taraqqiyotga qanday erishish mumkin bo‘lgan yo‘lni ko‘rsatib bergan. 
Krugman 1930–31-yillardagi inqiroz holati yana takrorlanishi 
mumkinligi, ammo sug‘urta va FRS bunga oldindan tayyor bo‘lishi 
lozimligi aytganligi uning 2008-yildagi inqirozini oldindan ko‘ra 
olganligida deb aytishimiz mumkin. 
Prinston universiteti professori bo‘lgan Pol Krugmanning eng 
asosiy modeli bu ikkinchi jahon urishidan keyin AQSH, Yaponiya va 
Yevropa kabi rivojlangan davlatlar o‘rtasida xalqaro aloqalarning 
kuchayishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Xeksher-Olin nazariyalari 
1920- 
yillarda yaratilgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faqat ishlab 
chiqarish omillari ustun bo‘lishi ta’kidlangan. Ularning nazariyasida bir 
xil omillarga ega mamlakatlar o‘rtasida xalqaro iqtisodiy munosabat 
bo‘lmasligi aytilgan. Ammo o‘tgan asrning oltmishinchi- yetmishinchi 
yillarda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda bir xil ko‘rinishdagi tovarlar 
ishlab chiqaruvchi mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar yanada kuchaya 
bordi. Bu esa Xeksher – Olin nazariyasini yo‘qqa chiqardi. Bu davrda 
bir xil omillarga ega AQSH va Kanada, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya 
kabi mamlakatlar o‘rtasida aloqa kuchaya boshladi. Bir xil ko‘rinishdagi 
tovarlar ham eksport qilinardi, ham import qilinardi. Bu nazariya va 
amaliyot o‘rtasidagi tafovutni keltirib chiqardi. 
Pol Krugmanning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi modeli ayni 
vaqtda yaratildi. Uning nazariyasi quyidagi takliflarga asoslandi: hajm 
orqali tejamkorlikka erishish (unga ko‘ra yirik korxonalar tovarlarni 
yirik xajmda chiqarishi oqibatida tovar arzonga tushadi); monopolistik 
raqobat (har bir raqobatchi korxona boshqasidan sal o‘zgarish bilan 


389 
tovar ishlab chiqaradi) iste’molchilarni ehtiyoji uchun zarur tovar 
assortimentini ko‘paytiradi. Bu takliflardan shu ma’lum bo‘ladiki har 
qanday mamlakatda turli davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlar 
assortimentiga talabi kuchli, bu o‘rinda ishlab chiqaruvchi ham o‘z 
tovarini boshqa davlatlarga sotishga intiladi, bunda iste’molchi o‘z 
didiga mos tovarni sotib olishga haqli bo‘lib chiqadi. Demak, jahon 
bozorida o‘xshash xususiyatga ega tovarlar bilan turli mamlakatlar 
savdo qilishga haqli. 
Krugman tomonidan taklif qilingan model oddiy, egiluvchan va 
asosan bugungi kun amaliyotiga to‘la mos keladi. Bu model jahonda 
turli soha vakillariga to‘g‘ri kelib, uni to‘ldirishga, kengaytirshga har 
qanday mamlakat ishlab chiqaruvchisi yoki xizmat ko‘rsatuvchisi intila 
boshladi. Demak, xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi g‘oyasi uchun Pol 
Krugman to‘liq haqlidir. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin