Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz
20-to’plam iyul 2023
265
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning
O‘zbekiston
Respublikasida umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni
tizimli isloh qilishning
ustuvor yo‘nalishlarini
belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va
intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya
jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va joriy etish maqsadida “O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF-5712 sonli farmoni qabul qilindi
2
.
“O‘qish” (Ona tili va o‘qish savodxonligi) fani boshlang‘ich sinflarda asosiy o‘quv
predmeti hisoblanadi. Zero, mazkur o‘quv predmeti yordamida o‘quvchilarning savodini
chiqarishga erishiladi, harflarni tanish va o‘qitish asosida kitobga, kitob o‘qishga qiziqish
uyg‘otiladi, atrof-muhit haqidagi bilimlari boyitiladi.
O‘quv predmetining asosiy vazifalaridan biri boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida
matn ustida ishlash ko‘nikmasini
shakllantirish, uning malakaga o‘sib o‘tishini
ta’minlashdir. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “matn” (ar. “nutqning yozuvdagi
ifodasi”) tushunchasiga “yozuvda yoki bosma holda shakllantirilgan mualliflik asari yoki
hujjat”
deb ta’rif berilgan.
“Matn” so‘zi rus va ingliz tillarida chop etilgan adabiyotlarda “tekst” (lotincha
“textum” asosida shakllantirilgan “text”) shaklida qo‘llanilib, “bog‘lanish”, “birikish”,
“aloqa”, “birikma” kabi ma’nolarni bildiradi .
Tadqiqotchi L.Losevaning “Matn qanday tuziladi?” nomli tadqiqotida “matn”
tushunchasi “lingvistik tadqiqotning eng murakkab ob’ektlaridan biri” sifatida e’tirof
etilib, uning mohiyatini asoslovchi bir qator belgilar ko‘rsatib o‘tilgan:
1) axborotning yozma shaklda ifodalanishi;
2) mazmun jihatidan o‘ziga xos tugallikka egalik;
3) o‘quvchida voqelikka nisbatan muayyan munosabat uyg‘otish imkoniyatining
mavjudligi[5].
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmoni