Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz
20-to’plam iyul 2023
264
ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA MATN USTIDA
ISHLASH - PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Guliston davlat universiteti Pedagogika fakulteti o‘qituvchisi
Turanova Iroda Egamberdi qizi
irodaturonova867@gmail.com
Annotatsiya:
ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matn tushunchasi, ona tili va
o‘qish savodxonligi darslarida matn ustida ishlash, matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarni
ijodiy, mustaqil va mantiqiy mushohada yuritishga, matnni tahlil qilish va unga o‘z
munosabatini bildira olishga o‘rgatish tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
matn, matn ustida ishlash, ijodiy va tanqidiy fikrlash, matn ustida
ishlashga yo‘naltirilgan dars.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, iqtisodiyot, xalqaro aloqalar,
ishlab chiqarish sohalari bilan bir qatorda ta’lim sohasiga ham katta e’tibor qaratila
boshlandi. Zero, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk
qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Xususan, yangi tahrirdagi “Ta’lim
to‘g‘risda”gi Qonunning qabul qilinishi
1
, yurtimizda o‘qituvchilarning o‘z ustida
muntazam ishlashlari uchun sharoitlarning yaratilishi, chekka hududlarda faoliyat olib
borayotgan o‘qituvchilarga beriladigan imtiyozlar, darslik va o‘quv qo‘llanlamalarning
jahon andozalariga mos ravishda yangidan nashr etilishi, o‘quvchilarning bilim olishlari
uchun yaratilayotgan sharoitlar fikrimizning yaqqol dalilidir. O‘quvchilarning xalqaro
baholash dasturlarida qatnashishi, bilimlarining baholanishi esa ta’lim sifatini yanada
oshirish uchun qo‘yilgan muhim qadamlardan biridir.
1
Dostları ilə paylaş: