Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari


Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix20.11.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#164974
1   2   3   4   5   6   7   8
20-to\'plam removed

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
 
 
20-to’plam iyul 2023 
 
269 
hikoyaning o‘rinli hamda maqsadga muvofiqligi, savollar miqdori, ularning mazmuni va 
qo‘yilish mantiqi, hikoya hajmi o‘qituvchining diqqat markazida bo‘lishi kerak. Odatda, 
o‘quvchilarning hayotiy tajribasiga yaqin mavzularni o‘qishda ko‘pincha suhbatga 
zarurat sezilmaydi. Biroq o‘qituvchining o‘quvchilarni mavzuga yo‘naltiruvchi kirish 
so‘zi, albatta, zarur. Busiz o‘quvchilarning asarni to‘laqonli idrok qilishlariga erishish 
mushkul.
2. Matnni o‘qish va uni tahlil qilish darslari. O‘quvchilar matnni o‘qish jarayonida 
uning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, asarda aks etgan voqealar bilan tanishadilar. Bunda 
asarning janr xususiyatlaridan kelib chiqib, matnni ifodali, sharhlab va rollarga bo‘lib 
o‘qitish mumkin. Badiiy matnni o‘qish muallif tasvirlagan manzaralarni aniq tasavvur 
etishga, asar qahramonlarining xatti-harakatlaridan tegishli xulosalar chiqarishga yordam 
beradi. Tahlil o‘quvchilarni ijodiy va mustaqil fikrlashga yo‘llashning muhim omilidir. 
O’quvchilar tahlil jarayonida asarda tasvirlangan voqealarga o‘z fikrlarini bildiradilar
notanish so‘zlar ma’nosini bilib oladilar, matnning mazmun-mohiyatini to‘liq anglab 
etadilar. Aslida, “adabiy tahlilning bosh masalasi matn ustida ishlash orqali 
o‘tkaziladigan tahlildir. O‘quvchi mutolaa chog‘ida asar mazmuni bilan tanishsa, tahlil 
paytida uning poetikasiga murojaat qiladi. Mutolaa hissiyotni boyitib, aqlni peshlasa, 
tahlil matn tagzaminidagi ma’noni chuqur o‘rganishga yordam beradi”. O‘qish darslarida 
matn ustida ishlash jarayonida asosiy e’tibor uning mazmuniga qaratilsa-da, tuzilishini 
ham nazardan qochirmaslik kerak. Jumladan, voqea kechayotgan sharoit, peyzaj, asar 
qahramonlarining kechmishlari, ruhiyati tasvirida o‘tgan, hozirgi yoki kelasi zamon 
shakllaridan foydalanilishini anglagan o‘quvchi matn mazmunini og‘zaki hikoyalashda 
adashmaydi. O‘quvchilar diqqatini matndagi bir mazmundagi hodisalar tasvirida (peyzaj, 
adabiy qahramonning ruhiy holati, portreti) fe’l-kesimlar, odatda, bitta zamon shaklida 
bo‘lishiga qaratish ularning nafaqat o‘qish va yozuv, balki matn mazmunini idrok etish 
va fikrlash bilan bog‘liq ko‘nikmalarini shakllantirishga ham yordam beradi. Matndagi 
gaplar o‘rtasida kommunikatsiya vazifalari bilan belgilangan munosabatlar, ya’ni 
mazmuniy aloqa mavjud. Bu aloqa uni ifoda etuvchi leksik-grammatik vositalar orqali 



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin