Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari www.pedagoglar.uz 20-to’plam iyul 2023 267 boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirish metodikasini tadqiq qilish maqsad
qilib belgilanganligi sababli masalaning ana shu jihati tahlil qilinadi.
«Ona tili va o‘qish savodxonligi » darsligida berilgan matnlar boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida nutq ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarining asosiy maqsadi o‘quvchilarni matn mazmunini
to‘g‘ri tushunish, ongli va ifodali o‘qiy olish, matnda berilgan axborotni idrok qilish,
matnda ifodalangan voqelikka nisbatan munosabat bildirishga tayyorlashdir. Shunga
ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi metodik tayyorgarlikni darsning maqsadi,
o‘rganilayotgan materialning mazmuni, o‘quvchilarning mavjud bilim, ko‘nikma,
malakalari darajasiga ko‘ra amalga oshiradi. O’quvchilarni asar matnini o‘qishga
tayyorlashda, birinchi navbatda, ularni matn mavzusi, tili, g‘oyaviy mazmuni va badiiy-
estetik qiymati bilan tanishtirish, matn mazmunidan tegishli xulosa chiqarishga e’tibor
qaratiladi. O‘qish faoliyati ham nutqning alohida ko‘rinishi hisoblanadi.
O‘quvchining o‘z fikrini qanchalik mazmunli, aniq va to‘g‘ri ifodalay olishi uning
o‘quv-bilish faolligi darajasini, ko‘nikma va malakalarini aniqlashga imkon beradi.
O’qish darslarida matnni idrok qilish va mazmun-mohiyatini o‘zlashtirish yuzasidan
qo‘yilgan savol va topshiriqlar o‘quvchilarni o‘ylashga majbur qilishi, javob berishda
muallif qo‘llagan iboralardan, badiiy tasvir vositalaridan foydalanishga qaratilishi,
nutqda ko‘proq o‘zi uchun yangi so‘z va iboralarni ishlatishga undashi lozim.
Matnni o‘qish ko‘nikmasiga egalik, o‘z navbatida, o‘quvchi nutqini boyituvchi
muhim omillardan biri sanaladi.
Matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarni ijodiy, mustaqil va mantiqiy mushohada
yuritishga, matnni tahlil qilish va unga o‘z munosabatini bildira olishga o‘rgatish
o‘qituvchidan katta mahorat talab etadi.
7-9 yoshdagi bolalarda “yozma nutq ham shakllana boshlaydi... Yozma nutqni
egallashi asosida ularda turli matnlar haqida ma’lumotlar yuzaga keladi. Bu davrda
yozma nutq endigina shakllana boshlaganligi bois, bolalarda hali o‘zi yozgan fikrlarni,
so‘z va harflarni nazorat etish ko‘nikmasi etarlicha rivojlanmagan bo‘ladi.