mashqlari ham katta aha- miyatga ega. Masalan:
basketbol - atletikachilarga, qisqa masofaga
yugurish - futbolchilar uchun, voleybol - og‘ir atletikachilarga. Qisqa masofaga yugurish -
xokkey kabi sport turlari uchun ham katta ahamiyaga ega. Tezkorlikni
tarbiyalash jarayonida
oddiy va murakkab reaksiyalar mavjud: Oddiy reaksiya - oldindan ma’lum bo‘lgan signallarga
ma’lum bo‘lgan harakat bilan javob berish va ongli ravishda, avtomatlashmagan holdagi faoliyat.
Masalan: ishofaga binoan start olish. Murakkab reaksiya - oldindan ma’lum bo’lmagan signalga
ma’lum harakat bilan javob berish va avtomatlashgan holda faoliyatni bajarish. Oddiy reaksiyani
tarbiyalashda quyidagi metodlar qo‘llaniladi:
1. Ko‘proq qo‘llaniladigan metodlardan biri - takroriy metod. Masalan: startdan takroriy
yugurish, o‘qituvchining signali bo‘yicha harakat yo‘nalishini o‘zgartirish; boksda - sherigining
oldindan ma’lum zarbasiga qarshi himoya harakatlari.
2. Qismlab o‘rgatish metodi - bu metodda reaksiya tezligi yengillashtirilgan sharoitlarda va
keyingi harakatlar tezligini ayrim-ayrim takomillashtiriladi. Masalan:
pastki startdan
yugurishdagi reaksiya vaqti, boshlang‘ich harakatni bajarish qiyinchilik sabablari ancha cho‘zilib
ketadi. Chunki "sprint" qo‘liga anchagina tana og‘irligi bosadi. Uni tayanchdan tez olish qiyin.
Bunday hollarda start signaliga tezlik reaksiyasini oshirish uchun alohida ishlar olib boriladi.
Masalan: startdan biror buyumlarga tayangan holda chiqiladi. 3. Sensor metodi - bu metod mikro
masofalarga yugurish uchun ketgan vaqtni sezish va shu asosda harakat reaksiyasini tarbiyalash.
-Bu mashqlar 3 bosqichda o‘tkaziladi:
I bosqichda shug‘ullanuvchi signalga maksimal tezlik bilan javob berishga intilib, harakat
bajaradi. Har qaysi sinovdan so‘ng o‘qituvchi unga ko‘rsatgan vaqtini aytadi.
II bosqichda - harakat oldindagiga o‘xshab maksimal tezlik bilan bajariladi. Bu yerda
o‘qituvchi o‘quvchidan masofani qancha vaqtda o‘tganligini so‘raydi, so‘ng haqiqiy vaqtini
aytadi.
III bosqichda - endi o‘quvchidan oldindan kelishilgan vaqtda yugurish talab etiladi.
Shunday qilib, o‘quvchi reaksiya tezligini boshqarishni o‘rganadi. Murakkab reaksiyani
tarbiyalash metodikasi. Biz bu yerda murakkab reaksiyaning ikki
hodisasi haqidagi masalani
bayon etishimiz lozim: 1. Harakatdagi obektga bo‘lgan reaksiya. 2. Reaksiyani tanlash.
1. Harakatdagi obektga bo‘lgan reaksiya ko‘proq yakka kurashlar-da, to‘p bilan
o‘ynashda uchraydi. Masalan: darvozabonning to‘p tepish harakatini olaylik. Darvozabon: 1.
To‘pni ko‘rishi kerak. 2. Uning yo‘nalishini va tezligini baholashi; 3. Harakat rejasini tanlash; 4.
Uni amalga oshira boshlash. Bu hodisada reaksiyalarni yashirin davri shu 4 elementdan tuziladi.
Shu 4 elementdan birinchisi asosiy hisoblanadi. Darvozabon reaksiyasining ko‘p vaqti shunga
ketadi. U vaqt 0,95 soniya dan to 1 soniyagacha bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, harakatdagi
obektga bo‘lgan reaksiyada katta tezlik bilan yo‘nalayotgan predmetni ko‘ra bilish asosiy
ahamiyatga ega. Mashg‘ulotlarda darvozabonning ana shu qobiliyatini rivojlantirishga katta
ahamiyat berish kerak. Buning uchun harakatdagi predmet reaksiyasini
oshiravchi mashqlar
qo‘llaniladi. Mashq talabi tezlikni oshirish hisobiga ortadi. Masalan: tennis koptogi bilan
mashqlar bajarish. Reaksiya tanlash - atrofdagi sharoitda yoki raqib harakatining o‘z- garishiga
muvofiq qator harakatlardan kerakli harakat javobini tanlashdan iborat.
Murakkab reaksiyaning tarbiyalashda metodik prinsiplardan oddiydan murakkabga
hamda sharoitni o‘zgartirish imkoniyatlari sonini asta-sekin oshirib borish kerak.
Dostları ilə paylaş: