1. Markaziy Osiyo insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


MARKAZIY OSIYO XALQLARI HAYOTIDA IX-XII ASRLARDA YUZ



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#165540
1   2   3
2-3=4 Mavzu

MARKAZIY OSIYO XALQLARI HAYOTIDA IX-XII ASRLARDA YUZ 
BERGAN BUYUK UYG‘ONISH (RENESSANS) DAVRI
. Uyg‘onish davrining 
jahon sivilizatsiyasiga ta’siri Milliy davlatchiligimiz tarixida juda katta ahamiyatga 
ega bo‘lgan davr-Uyg‘onish davridir (IX-XII asrlar). Ma’lumki, qadimiy madaniyat 
o‘chog‘i bo‘lgan Markaziy Osiyoning qulay geografik joylashuvi, tabiati, iqlimi 
mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning avvalroq boshlanishini ta’minladi va 
Sharq bilan Farb, Mesopotamiya, Eron, Misr, keyinchalik Yunoniston va Rimni 
Xitoy va Hindiston bilan bog‘lovchi, turli xalqlar madaniyatining chatishuvini 
ta’minlovchi halqa vazifasini o‘tadi. Movarounnahrda mustaqil davlatlarning tashkil 
topishi ularda siyosiy barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish va madaniy hayotning 
ravnaqiga katta ta’sir ko‘rsata boshladi. Buxoro, Samarqand, Urganch va Marv kabi 
shaharlar ilm-fan va madaniyat markazlari sifatida shakllanib, rivojlana boshladi. 
Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa, Basra va boshqa shu singari katta shaharlarda 
Markaziy Osiyodan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan avlod-
ajdodlarimiz bu davrga kelib ko‘paya bordi. Bag‘dod shahri Sharqning ilm-fan 
markazi sifatida olamga tanildi, chunki IX asrda bu yerda «Bayt ul-hikma» 
(«Donishmandlar uyi») – Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi. Bunga 
monand holda X asr oxirlarida Xorazmda ham xalifa Ma’mun davrida (995-997 
yillar) «Donishmandlar uyi» – «Bayt ul-Hikma» – «Ma’mun Akademiyasi» 
(Xorazm akademiyasi) tashkil topdi. «Ma’mun Akademiyasi»da yaratilgan shart-
sharoitdan Abu Rayhon Beruniy, Ibn-Sino, Abu Sahl Masihiy, Abulxayr Hammor, 
Nasr Iroq, Ibn Miskavayh kabi buyuk daholar bahramand bo‘lib, ilmu ijod bilan 
shug‘ullanganlar. Xivaning 2500 yilligi nishonlangan 1997 yilda Islom Karimov 
farmoni bilan Xorazmda Ma’mun Akademiyasi qaytadan tiklandi. – «Bundan ming 
yil muqaddam odamzod tarixidagi ilk Akademiyalardan bo‘lmish – Ma’mun 
Akademiyasi Xorazm zaminida tashkil topgani bilan har qancha faxrlansak arziydi 
Xorazm va Xiva zaminida yashagan Pahlavon Mahmud, Sulton Vays, Nosiriddin 


Rabg‘uziy, Sulaymon Baqirg‘oniy, Bahouddin Valad va uning buyuk farzandi 
Jaloliddin Rumiy, Abulqosim 70 Al-Xorazmiy, Ismoil Jurjoniy kabi o‘nlab va 
yuzlab allomalar, shoirlar va san’atkorlar nomini biz, bugungi avlod vakillari 
cheksiz ehtirom bilan tilga olamiz va boshimizga ko‘taramiz» 1 . Oradan ming yil 
o‘tib tarixiy adolat qaror topdi va bu hol shubhasiz, o‘zbek davlatchiligi tarixini 
tiklashda katta ahamiyat kasb etadi. IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda faoliyat 
ko‘rsatgan markazlashgan davlatlarda yaratilgan siyosiy hamjihatlik, iqtisodiy-
ma’naviy ehtiyojlar, shuningdek Buyuk Ipak yo‘li orqali xorijiy mamlakatlar bilan 
savdoiqtisodiy va madaniy aloqalarning keng rivojlanishi o‘lkamizda qurilish, 
me’morchilik, adabiyot va san’at, hunarmandchilik, ilm-fan va dinning 
rivojlanishiga qulay shart-sharoit yaratdi. Demak: –Markaziy Osiyoda ishlab 
chiqarish munosabatlari qadimdan tarkib topgan Osiyocha ishlab chiqarish usuli 
asosiga qurilgan edi. Unda davlat hokimiyati xal qiluvchi rol o‘ynar edi. IX-XII 
asrlarda davlat mavqyeining o‘sishi iqtisodiy ahvolning yaxshilanishiga turtki berdi. 
Ko‘chmanchilar xavfining tugatilishi, barqarorlik, yuksak dehqonchilik madaniyati, 
hunarmandchilik va boshqa sohalar iqtisodning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. –
Markaziy Osiyoning geografik joylashuvi va Buyuk Ipak yo‘lidagi savdo aloqalari 
nafaqat iqtisodiy, balki (Sharq va G‘arb o‘rtasida) o‘zaro ilmiy va madaniy tajriba 
almashuviga katta ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk Ipak yo‘li orqali xalqaro aloqalarning 
rivojlanishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. – Markazlashgan davlatlarning vujudga 
kelishi – qadimdan asrlar davomida shakllangan milliy davlatchilik tajribasi 
mavjudligida (Xorazm, Kushon, Eftalitlar, Turk hoqonligi va boshqalar) edi. Chunki 
milliy davlatchilik an’analari o‘lkamizda markazlashgan davlat tashkil topishiga 
turtki bo‘ldi. Shu nuqtai nazardan Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar va 
Horazmshohlar davlatlari haqida gapirish mumkin. – Markaziy Osiyoda tarixan 
yuksak ma’naviy madaniyat shakllandi. Ming yillar davomida vujudga kelgan 
ma’naviy qadriyatlar turli xil dinlar va xalqlar o‘rtasidagi aloqalar zamirida 
rivojlandi. Markaziy Osiyo barcha jahon dinlari (zardo‘shtiylik, buddizm, 
nasroniylik, islom) tarqalgan yagona hudud hisoblanadi. Biz o‘rganayotgan davrda 
islom dinining davlat va jamiyat mafkurasi darajasiga ko‘tarilishiga, Vatanimizning 
islom dini va madaniyati markaziga aylanishi, o‘lkamizda fikhshunoslik, tafsir, 
tasavvuf ilmlarining rivoji shundan dalolat beradi. Islom dini davlat tayanchiga 
aylandi. Markaziy Osiyo davlatlarida hukmdorlar islom dini, ilm-fan va madaniyat 
namoyandalariga homiylik va rahnamolik qildilar. Albatta (hamma hukmdorlar ham 
emas) ba’zi hukmdorlar davrida saroyda olimu fuzalolar, din peshvolarining 
faoliyati uchun yaxshi sharoit yaratildi. O‘z navbatida, ular davlatda ilm-fan va 
madaniyat ravnaqiga xizmat qilganlar. Xulosa qiladigan bo‘lsak, yuqorida 
keltirilgan omillar IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda Uyg‘onish davri yuzaga 
kelishiga turtki bo‘ldi. IX–XII asrlarda Markaziy Osiyoda ilm-fan ravnaqi IX-XII 
asrlarda Markaziy Osiyoda fan, madaniyat va diniy ilmlar yuqori darajaga erishdi va 
olamshumul tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu davrga kelib arab, fors, turkiy va 
uyg‘ur tillarida nodir ilmiy asarlar yozgan mashhur olimlar yetishib chiqdilar. 
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850-yillar) qadimgi Xorazm diyorida 
tug‘ilib, voyaga yetadi. Al-Xorazmiy yoshlik chog‘idan boshlab aniq va tabiiy 
fanlarni o‘rganishga qiziqadi, arab, fors, hind va yunon tillarini egalladi, bu tillarda 


yozilgan kitoblarni qunt bilan o‘qib, mutolaa qildi. U dastlabki ta’limni xususiy 
muallimlardan oldi va so‘ngra o‘sha davrning yirik ma’rifat markazlaridan biri 
bo‘lgan Marv madrasasida o‘qidi. Xalifa Xorun ar-Rashidning o‘g‘li Ma’mun 
xalifalik taxtiga o‘tirgach (813- yil) u Muhammad Muso al-Xorazmiyni o‘zi bilan 
birga Bag‘dodga olib ketadi va u yerda tashkil etilgan «Bayt ul-Hikma»ga boshliq 
etib tayinladi. Bag‘dodda u Suriya, Iroq, Eron, Xuroson va Movarounnahr olimlari 
bilan ijod qiladi. Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, geografiya, tarix 
ilmi va boshqa fanlar sohasida barkamol ijod qilgan. Uning «Al Jabr val muqobala» 
(«Tenglamalar va qarshilantirish»), «Hisob al-Hind» («Hind hisobi»), «Kitab surat 
al-Arz» («Yer surati haqida kitob»), «Kitab at-Tarix» («Tarix kitobi»), «Kitab al-
Amal Bil Usturlabat» («Usturlob bilan ishlash haqida kitob») kabi asarlari olimga 
jahonshumul shuhrat keltirdi. Xorazmiy yaratgan 20 tadan ortiq asardan bizning 
davrimizgacha faqat 10 tasigina yetib kelgan1 . Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad 
ibn Nosir al-Farg‘oniy 797- 865 yillarida yashab ijod qiladi. Ahmad Farg‘oniy 
matematika, geografiya, astronomiya, tarix sohalarida ijod qildi. Ahmad 
Farg‘oniyning ijodiy faoliyati Bag‘dodda ulug‘ mutafakkir olim Al-Xorazmiy 
rahbarligidagi «Bayt-ul-Hikma» bilan bog‘liqdir. U arab atamashunosligining 
bo‘lishi va ilmiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan. Bag‘dod va Damashqda 
rasadxonalar qurilishida shaxsan qatnashgan. Ahmad Farg‘oniyning kitoblari 
dunyoga ma’lum va mashhurdir. «Kitob fi Usul ilm an-Nujum» («Falakiyot ilmining 
usullari haqida kitob»), «Falakiyot risolasi», «Falak asarlari sababiyati», «Al-
Majistiy», «Ilm-xayya», «Al Farg‘oniy jadvallari», «Usturlob bilan amal qilish 
haqida», «Oy, yerning ustida va ostida bo‘lganida vaqtni aniqlash risolasi», «Yetti 
iqlim hisobi», «Usturlob yasash haqida kitob» asarlarining qo‘lyozmalari Angliya, 
Fransiya, Germaniya, Misr, Hindiston, AQSH va Rossiyada saqlanmoqda1 . Olim 
o‘zining ilmiy kashfiyotlari butun jahon ilm-fani va madaniyatiga ulkan va munosib 
hissa qo‘shdi. U 812-yilda quyosh tutilishini oldidan bashorat qilib berdi, yerning 
dumaloq ekanligini ilmiy dalillar bilan isbotlab, bir xil fazo yoritgichlarini har xil 
vaqtda ko‘rilishini, tutilishini hamma joyda har xil kuzatish mumkinligini izohlab 
berdi. XII asrdayoq olimning asarlari lotin tiliga tarjima qilinadi va Yevropaga 
tarqaladi. Yevropaliklar Ahmad Farg‘oniyni «Al Fraganus» deb ataganlar. Uning 
asarlarini lotin, nemis, ingliz, fransuz, rus va boshqa tillarga tarjima qilganlar. Abu 
Nasr Muhammad ibn Muhammad Farobiy 873-yilda Forob (O‘tror) yaqinidagi Vasij 
shaharchasida tug‘ilgan va 951-yilda Damashqda vafot etgan. Farobiy Markaziy 
Osiyoning yirik qomusiy olimlaridan biri, Sharq uyg‘onish davrining eng ko‘zga 
ko‘ringan arbobi, Sharq falsafasining otasi hisoblanadi. Farobiy avval Forob, 
Buxoro va Samarqandda bilim oldi va turli tillarni o‘rgandi. Bag‘dodga kelgach, 
fanning turli sohalari bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishda davom etdi. U ilmiy 
darajasini oshirgach, fanning deyarli barcha sohalarini egallab, 160 dan ortiq asar 
yozdi. Forobiyning riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, falsafa, tilshunoslik va 
adabiyotga oid asarlari butun olamga mashhur bo‘ldi. U yozgan «Aristotelning 
«Metafizika» asari maqsadlari haqida», «Tirik mavjudot a’zolari haqida», «Musiqa 
kitobi», «Baht-saodatga erishuv haqida», «Siyosat al Madaniya» («Shaharlar ustida 
siyosat yurgizish»), «Fozil odamlar shahri», «Masalalar mohiyati», «Qonunlar 
haqida kitob», «Tafakkur yurgizish mazmuni haqida», «Mantiqqa kirish haqida 


kitob», «Falsafaning mohiyati haqida kitob» va boshqa asarlari buyuk olimning ilm 
va dunyoqarash doirasining beqiyos darajada kengligi va chuqurligidan. Farobiy 
«Al-muallim as-Soniy – «Ikkinchi muallim», «Sharq Aristoteli» degan mu’tabar 
unvonga sazovor bo‘ldi. Abu Rayhon Beruniy (973-1048-y.) o‘z zamonasining 
barcha fanlari – fizika, matematika, astronomiya, geodeziya, tarix, geografiya va bir 
necha boshqa fanlarni puxta egallagan olim bo‘lgan. U 362-xijriy yili (973-yil) 
Xorazmning qadimgi Kat shahrida tug‘ildi. O‘sha davrda Kat shahri Xorazmshohlar 
– Afrig‘iylar sulolasining poytaxti bo‘lib, Markaziy Osiyoning Xitoy, Hindiston, 
Yaqin Sharq davlatlari, Kavkaz va Sharqiy Yevropa davlatlari bilan bog‘lab turuvchi 
savdo va madaniy markazlaridan biri edi. Beruniy bir qancha tillarni – so‘g‘diy, fors, 
hind, yunon va qadimgi yaxudiy tillarni ham o‘rgangan. U Hindistonda bo‘lar ekan, 
tez orada nafaqat Hindiston tarixi, madaniyati, hatto sanskrit tilini ham o‘rganadi. 
Xorazmdagi 
Ma’mun 
Akademiyasining 
eng 
ko‘zga 
ko‘ringan 
faol 
ishtirokchilaridan biriga aylanadi. Shu bilan birga u shoh Ma’mun II ning eng yaqin 
maslahatchisi sifatida mamlakat siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi. Beruniy 
Urganchda yashagan davrda Ibn Sino bilan yozishma olib borgan. Ularning savol-
javoblaridan 18 tasi bizgacha yetib kelgan. Bu yozishmalar Beruniyning tabiat 
falsafasi va fizika masalalari bilan qanchalik qiziqqanligidan guvohlik beradi. 
Beruniy Kat shahrida muhim astronomik kuzatishlar o‘tkazgan. Bu kuzatishlar 
uchun o‘zi asboblar ixtiro qilgan. Beruniy 22 yoshida oldiniga Rayga, keyin 
Jurjonga keladi. Bu yerda mashhur tabib, astronom, faylasuf Abu Saxl Iso al-
Masixiy bilan tanishadi va undan ta’lim oladi. Beruniy o‘zining mashhur asarlaridan 
biri bo‘lmish «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini Jurjonda yoza 
boshlagan2 . Keyinchalik, Beruniy G‘azna shahrida 1017-yildan 1048-yilgacha 
hayot kechirgani ma’lum. Bu yillar Beruniy ilmiy faoliyatida juda ham mahsuldor 
davr bo‘lgan. Beruniy tabiat fanlarining rivojiga bebaho hissa qo‘shgan olimdir. U 
o‘zining ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishi haqida fikr yuritganda Ptolemey fikriga 
suyansa ham, amalda yerning harakati haqida Ptolemey tartibiga zid keluvchi 
fikrlarni bayon qiladi. U «Geodeziya» asarida geotsentrizm bilan bog‘liq bo‘lgan 
ba’zi nazariyalarning to‘g‘riligiga shubha bilan qaraganligini ochiqdan-ochiq bayon 
etadi. Bu bilan u dunyoning geliotsentristik tuzilishi haqidagi nazariyani ishlab 
chiqishga hissa qo‘shgan. Beruniy o‘z davrining katta matematigi ham bo‘lgan. U 
matematika masalalariga bag‘ishlangan asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, 
sonlar nazariyasi, trigonometriya tushunchalarini ma’lum tartib bilan ta’riflaydi. 
Hozirgi zamon tadqiqotchilarining ko‘pchiligi Beruniyning trigonometriya fanining 
rivojiga qo‘shgan hissasini juda ham yuksak baholashadi. Ular Beruniyning 
trigonometriyaning matematikada mustaqil fan sifatida qaragan olim sifatida 
ko‘rsatmoqdalar. Abu Ali ibn Sino (980-1037-yillar) Buxoro yaqinida joylashgan 
Afshona qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi ziyoli, o‘qimishli, bilimdon kishi bo‘lib, 
asli Balxdan bo‘lgan. Ibn Sino «Qur’oni Karim»ni yoshlik chog‘idan yod ola 
boshlagan va bu bilan kifoyalanib qolmay, otasi unga falsafa, hind hisobi kabi 
sohalarni ham o‘qita boshlagan. Ibn Sino 17 yoshidayoq olim sifatida shakllanib, 
tabib degan nom chiqara boshlaydi. Somoniy amir Nuh ibn Mansurni og‘ir kasaldan 
davolaydi. Mukofot sifatida somoniylarning saroy kutubxonasidan foydalanish 
imkoniyatiga sazovor bo‘ladi. Ibn Sino haqiqiy ensiklopedik olim bo‘lib, o‘z 


davrining deyarli barcha fanlari bilan muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullangan va 
ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd 
qilingan bo‘lsa ham, zamonlar o‘tishi bilan ularning ko‘pi yo‘qolib ketgan va 
bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan1 . Buyuk qomusiy olimdan juda katta meros 
qolgan. Jumladan, uning asarlaridan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga, 43 tasi 
tabobatga, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi ruhshunoslikka, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi 
falakiyotga, 1 tasi riyoziyotga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi odob ilmiga, 
4 tasi adabiyotga, 8 tasi boshqa olimlar bilan bo‘lgan yozishmalarga tegishlidir2 . 
Ulug‘ hakimning tabobatga oid shoh asari albatta «Kitob al-Qonun fi-t-tib» («Tib 
qonunlari kitobi»)dir. Ibn Sino «Tib qonun»larini besh kitobga bo‘lgan, bu kitobning 
jahonshumul ahamiyati shundaki, u XVIII asrning oxirlariga qadar Yevropaning 
tibbiyot o‘quv yurtlarida asosiy o‘quv qo‘llanmasi bo‘lib xizmat qilgan. 
Bobokalonimiz ham G‘arbda, ham Sharqda «Avitsenna» va «Shayxur-Rais» nomi 
bilan shuhrat qozongan. Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy (899-959-yillar) 
Buxoro yaqinidagi Narshax (hozirgi Vobkent tumanida) qishlog‘ida 899 yilda 
tavallud topgan. Narshaxiyning ilmiy asarlari to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam. 
Uning faqat «Tarixi Buxoro» («Buxoro tarixi») asari bizgacha kelgan. Asar 
qo‘lyozma nusxalarda va hozirgi zamon ilmiy tarixiy adabiyotlarda «Tarixi 
Narshaxiy», «Taxqiq ul-Viloyat» («Viloyat haqiqatini aniqlash»), «Axbori Buxoro» 
(«Buxoro haqida xabarlar»)kabi nomlar bilan atalib kelingan. Narshaxiy «Buxoro 
tarixi» asarida Movarounnahr va Xorazm yerlarining arablar tomonidan bosib 
olinishi, mahalliy xalqning qo‘zg‘olonlari, xalqning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
hayotiga oid masalalar to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Asarda Somoniylar davlatining 
siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hayotiga oid ma’lumotlar keltirilgan. 
Movarounnahr va Xuroson aholisining arab bosqinchilariga qarshi Muqanna 
boshchiligidagi qo‘zg‘oloni bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar ham bu asarda 
ma’lum darajada o‘z ifodasini topgan. Narshaxiy saroy tarixchisi bo‘lganligi sababli 
hukmron tabaqa siyosatini yoqlab, xalqning hokimiyatga qarshi chiqishini 
qoralagan. Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy (960-1041-yillar) taxminan 960-yilda 
Samarqand yaqinida joylashgan Panjrudak qishlog‘ida tug‘ilgan. Shuning uchun 
ham shoirning taxallusi shu tug‘ilgan qishlog‘ining nomidan kelib chiqib Rudakiy 
deyiladi. Yana boshqa manbalarda aytilishicha, o‘sha davrda xalq cholg‘u asboblari 
orasida «rud» nomli musiqa asbobi bo‘lib, shoir uni chalishni juda yaxshi o‘rgangan, 
shuning uchun ham shoir taxallusini shu asbobdan olgan deb ham hisoblaydilar. 
Rudakiy fors-tojik she’riyatining asoschilaridan biri hisoblanadi. Bizgacha Rudakiy 
qalamiga mansub «Kalila va Dimna», «Davroni oftob», «Sindnoma», «Nafis 
kurtaklar» kabi poemalardan parchalar yetib kelgan1 . Rudakiyning asarlari haqida 
gap yuritar ekanmiz, uning tili sodda, xalqqa juda ham tushunarli bo‘lganligini 
ko‘ramiz. Shuning uchun ham u xalq orasida shuhrat topgan. Uning asarlari hozirgi 
o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan. Mavlono Jaloliddin Rumiy (1207-1273-yillar) 
Markaziy Osiyolik mutafakkir olim, faylasuf, buyuk shoir. Jaloliddin Rumiyning 
she’riy ijodi Fariduddin Attor (1151-1221-yillar)ning ta’sirida shakllangan. Uning 
Shams Tabriziyga bag‘ishlab yozgan she’riy devoni o‘sha zamonda «Devoni Shams 
Tabriziy» nomi bilan mashhur bo‘lgan. Devon 30 ming baytdan iborat. Jaloliddin 
Rumiyning 27 ming baytdan iborat «Masnaviyi Rumiy»si qariyib o‘n yil davomida 


yozilgan bo‘lib, Alisher Navoiy bu asarga juda katta baho bergan. Shoir o‘z 
masnaviysida halq hikoyalari asosida mazmunli yumorga, badiiyatga boy jonli 
novellalar yaratgan. Jaloliddin Rumiy faqat shoirgina bo‘lib qolmay, mashhur 
faylasuf hamdir. U «Mavlaviy» nomli tasavvuf maktabiga asos solgan. Rumiyni
«Masnaviyi-ma’naviy» va «Fihi mo fihi» (Ichingdagi ichingdadur) nomli asarlari 
uni butun islom olamiga mashhur qilgan1 . Pahlavon Mahmud (1247-1326-yillar) 
shoir va mutafakkir olim. U asli Ko‘xna Urganchlik bo‘lib, keyinchalik Xivada 
yashagan. U po‘stindo‘zlik va telpakdo‘zlik bilan shug‘ullangan. U nafaqat shoir, 
mutafakkir bo‘libgina qolmay, Hindiston, Sheroz, Rumda beli yerga tegmagan 
kurashchi polvon ham edi. Xuddi shu ma’noda unga haqli ravishda «Pahlavon» 
taxallusi berilgan. Xalq ichida esa uni yana behad saxovatli, bag‘rikeng, adolatli 
inson sifatida hurmati katta edi. U g‘oliblikdan tushgan mukofotlarni yetimyesir, 
nogironlarga hadya etar, po‘stindo‘zlik hunaridan kelgan daromadini atrofidagi 
kambag‘allar bilan baham ko‘rar edi. O‘z yonidan hatto Xiva yaqinida maqbara 
barpo etgan. Shamsiddin Somiyning «Qomus ul-a’lom», Lutf Alibek Ozarning 
«Otashkadai Oraziy» asarlaridagi ma’lumotlarga qaraganda, u «Kanz ul-haqoiq» 
nomli masnaviy yaratgan. Bundan tashqari Pahlavon Mahmudning bizgacha 
ruboiylari yetib kelgan. Keyinchalik Pahlavon Mahmud daxmasi (1664-yil) ustiga 
1810-1835-yillarda gumbazli xonaqoh, maqbara va ziyoratxona quriladi. U xalq 
orasida Polvon ota maqbarasi nomi bilan mashhur. Turkiy tilda ijod qilgan yana bir 
olim Nosiriddin Burhonuddin Rabg‘uziydir. U XIII asr oxiri- XIV asr boshlarida 
yashab, ijod qilgan. Bizgacha uning birgina «Qissai Rabg‘uziy» (Qissasul anbiyo) 
asari yetib kelgan. Bu asarda muallif o‘zini «Rabot o‘g‘uzining qozisi Burhon o‘g‘li 
Nosiriddin» deb tanishtiradi. Ushbu asar islom dinini qabul qilgan mo‘g‘ul 
beklaridan biri bo‘lmish Nosiriddin To‘qbug‘aning iltimosiga ko‘ra hijriy 709-
(milodiy 1309-1310) yilda yozilgan. Asarda bayon etilgan ahloqiy fazilatlar, ta’lim-
tarbiya, ma’rifat xususidagi fikrlar hozirgi kunga qadar o‘zining dolzarb ahamiyatini 
yo‘qotmagan bo‘lib, juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega . Turkiy xalqlar tarixi, tili, 
madaniyati, urf-odatlarining bilimdoni, butun Markaziy Osiyoni kezib, xalqlar jonli 
tilidagi so‘z va iboralarni, maqollarini qunt bilan o‘rgangan olim Mahmud 
Koshg‘ariydir . U ko‘p yillik izlanishlari natijasida «Devoni lug‘atit turk» va 
«Javohiri-nahv», «Turk tili sintaksisi asoslari» asarlarini yozadi. Ming afsuski 
uning, oxirgi asari hanuzgacha topilmagan. Mahmud Qoshg‘ariy juda ko‘p 
safarlarda bo‘ladi va o‘zining asarlari uchun boy ma’lumotlar to‘playdi.
Qoshg‘ariyni butun ilm olamiga tanitgan asari uning «Devoni lug‘atit turk» asaridir. 
Bu kitob arab tilida yozilgan. Bu nodir qo‘lyozma asar 1914-yilda Turkiyaning 
Diyorbakir shahrida topilgan va hozir Istambul shahrida saqlanadi. «Devoni lug‘atit 
turk» asarida olim ko‘p yillar davomida turkiy qabilalar orasida olib borilgan 
kuzatishlar asosida turkiy tillarni qiyosiy va tarixiy usullar bilan tahlil etib, bu 
tillarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga harakat qilgan. Olimlarning 
fikricha, muallif ushbu tadqiqotida juda ko‘p so‘zlarning etimologiyasini ham juda 
aniq va to‘g‘ri izohlab bergan. Kitobda turkiy yozuv to‘g‘risida aniq ma’lumotlar 
berilib, 18 harfdan iborat turk (uyg‘ur) alifbosi ham ko‘rsatib o‘tilgan. XI asrda 
yashab ijod etgan yana bir buyuk olim, adib Yusuf Xos Xojibdir (Taxminan1019-
1020-yillarda tug‘ilgan). Uning tarjimai holi, tug‘ilgan yili va hayoti to‘g‘risida 


yozilgan biron-bir asar saqlanib qolmagan. U Qoraxoniylar sulolasining poytaxti 
Balasog‘unda tug‘ilgan va shu yerda ijod etgan. Hozirgi kunda Yusuf Xos Hojibning 
«Qutadg‘u bilik» – «Saodatga eltuvchi bilim» deb nomlangan didaktik, badiiy-
falsafiy asari bizgacha yetib kelgan bo‘lib, boshqa asarlari ma’lum emas. Shoirning 
o‘zi bu ishga roppa-rosa 18 oy sarflagan va unga puxta tayyorgarlik ko‘rgan1 . 
Dunyodagi juda ko‘p xalqlarning tillariga tarjima qilingan «Qutadg‘u bilik» dostoni 
xalqimiz ma’naviy boyligining eng muhim durdonalaridan hisoblanadi. Turkiy 
adabiyotning yana bir yirik vakili Ahmad Yugnakiydir (XII asrning ikkinchi yarmi 
– XIII asrning boshi). Uning hayoti va ijodiy yo‘li to‘g‘risida hech qanday ma’lumot 
saqlanib qolmagan. Adibning bizgacha yetib kelgan yagona merosi «Hibatul-
haqoyiq» («Haqiqatlar armug‘oni»)dir . Ana shu asarning faqat bir joyida shoir o‘z 
nomini tilga olgan. Bu asar Alisher Navoiy ijodidan ham munosib o‘rin oldi. Doston 
dunyo xalqlarining bir necha tillariga tarjima qilingan bo‘lib, 1480-yilda 
ko‘chirilgan nusxasida uning 254 bayt va bir bobdan iborat ekanligi aytiladi. Doston 
turli boblarda payg‘ambar va to‘rt halifaga, sipohlarga bag‘ishlangan va ularni 
xalqparvar, zakovatli va adolatli ulug‘lar deb hisoblaydi. IX-XII asrlarda Markaziy 
Osiyoda islom madaniyati ham rivojlandi. Xalifalikdan ajralib chiqqan mustaqil 
davlatlar Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, G‘aznaviylar va Xorazmshohlar 
davrida bu mustaqil markazlashgan davlatlarni yanada mustahkamlash uchun islom 
diniga, uning ta’limotiga, tarixiy ahkomlariga e’tibor bir necha bor kuchaya 
boshlaydi. Shaharlarda masjidlar-madrasalar qurilishiga e’tibor berila boshladi. 
Masalan, manbalarning darak berishicha, Buxoroda dastlabki madrasa 
Kovushdo‘zlar timi yaqinida barpo qilinadi. Hatto qonunshunoslar uchun ham 
maxsus»Faqihlar madrasasi» degan ixtisoslashtirilgan madrasa qurdirilgan. Bunday 
bilim maskanlarida Qur’oni Karim, Hadis ilmi va shariat asoslari har tomonlama 
mukammal o‘rganilgan. Buxoro shu davrdan boshlab «Qubbatul islom»– «Islom 
dinining gumbazi» nomi bilan shuhrat topa boshlaydi. Sekin-asta markazlashgan 
davlatning asosiy mafkurasiga aylangan islom dini boshqa diniy qarashlarni siqib 
chiqarib, xalqni itoatda ushlab turish uchun qurol vositasini ham bajara boshlaydi. 
Jamiyatda islom diniga, Qur’oni Karimga ehtiyoj kuchaydi. Ammo hamma ham 
Qur’oni Karimni o‘qiy olmas, uning mazmunini chaqa olmas edi. Bu esa Qur’onning 
mazmunini sharhlash va tafsiriga talabni oshirdi. Natijada o‘lkamizda Qur’oni 
Karimni sharhlovchi va uning tafsirini bayon qiluvchi asarlar yozgan ulug‘ 
islomshunos allomalar yetishib chiqdi. Imom Abu Mansur Moturidiy, Imom Abu 
Lays ibn Muhammad Samarqandiy, Imom Zamahshariy, shayx Najmiddin Kubro, 
Burhonuddin al-Marg‘inoniy, Imom Nasafiylar ana shular jumlasidandir. 
Hadischilikning rivojlanishida IX asr oltin davr hisoblanadi. Chunki Islom 
dunyosida eng nufuzli deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to‘plamining 
mualliflari ham xuddi shu asrda yashab ijod qilganlar va yana ularning hammasi 
Markaziy Osiyo tuprog‘ida yetishib chiqqanlar. Ular Abu Abdulloh Muhammad ibn 
Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj, Abu Iso Muhammad at-Termiziy, 
Imom Abu Dovud Sulaymon, Imom Ahmad An-Nasoniy, Imom Abu Abdullo 
Muhammad ibn Yazitlardir. Имом Бухорий (809-870-йиллар) Бухорода туғилиб, 
шу yerda dastlabki bilimlarni oladi. So‘ngra bilimini yanada chuqurlashtirish 
maqsadida Makka, Madina, Bag‘dod, Damashq, Kufa, Nishopur kabi shaharlarga 


boradi. Imom Buxoriy hazrat1 lari jami 600 ming hadislarni to‘plaganlar. Shulardan 
100 ming «sahiyh» hadislarni va 200 ming «g‘ayri sahiyh» hadislarni yoddan 
bilganlar. Hadislar ilmi bobida imom Buxoriyga teng keladigan biror kishi 
musulmon olamida bo‘lmagan. Bu haqda 1998- yilda o‘tkazilgan tantanalarda 
ko‘plab ma’lumotlar keltirildi. AlBuxoriyning 1225 yillik tavalludi munosabati 
bilan Samarqand yaqinidagi Xartang (hozirgi Chelak tumani) qishlog‘ida juda katta 
ziyoratgoh majmui bunyod etildiki, bu O‘zbekiston davlatining buyuk 
vatandoshimizga va 1 Абу Абдуллох Мухаммад ибн Исмоил ал-Бухорий. Хадис 
o‘tmish ma’naviyatiga, islom dini ta’limotiga bo‘lgan yuksak ehtiromli izzat-
hurmati nishonasidir. Imom Buxoriydan ulkan va boy meros qolgan. Manbalarga 
ko‘ra, Imom Buxoriy islom dini masalalariga bag‘ishlangan 20 ga yaqin asar 
yozgan. Olimning «Al Adab al-Mufrad», «At-Ta’rix as-Sag‘ir», «At-ta’rix al-
Kabiyr», «Kitob al-Ilal», «Asomi us-Sahoba», «Kitob al-Kuna» va boshqa asarlari 
orasida shoh asar hisoblanmish «Al-Jomi’ as-sahiyh» («Ishonarli to‘plam») nomli 
hadislar kitobining tarixda birinchi marta to‘liq holdagi to‘rt jildi o‘zbek tilida 
bosilib chiqdi1 . Islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda 
turadigan muqaddas kitob mana shu asar hisoblanadi. Imom at-Termiziy (824-892-
yillar) Termizdan uncha uzoq bo‘lmagan Bug‘ qishlog‘ida tug‘ilgan. U ham Buxoriy 
singari Sharqning juda ko‘p shaharlarida bo‘lib, o‘z bilimini oshirishga harakat 
qiladi. At-Termiziy hadislardan tashqari filologiya, tarixga oid asarlar ham yozdi. 
Uning 10 dan ortiq asarlari bo‘lib,ular orasida «Jome at-Termiziy» yoki «Sunan 
atTermiziy» (Ishonchli to‘plam), «Ash-Shamoyil an-nabaviya» (Payg‘ambarning 
alohida fazilatlari) kabi asarlari alohida ahamiyatga sazovordir. At-Termiziyning 
kamolotida Al-Buxoriyning o‘rni bebahodir. IX-XIII asrlarda Markaziy Osiyoda 
tafsir ilmi ham rivoj topdi. Xorazmlik allomalar Qur’oni Karim tafsiri bo‘yicha 
muhim asarlar yozganlar. Qomusiy olim az-Zamahshariyning shoh asari bo‘lgan va 
musulmon dunyosida keng tanilgan «Al-Kashshof» asari Quroni Karimga yozilgan 
mashhur tafsirdir. Asarning to‘liq nomi «Al-Kashshof an haqoiq ittanziyl va uyun 
il-ahoviyl fi vujuya it-ta’viyl» («Qur’ondagi berk haqiqatlarni va uni sharhlash 
orqali rivoyatlar ko‘zlarini ochish»)dir. AzZamahshariy bu asarni yozishda mashhur 
bo‘lgan tafsir, hadis, fiqx, ilm alhoriat, nahvu sarf, adab va boshqa shariat ilmlariga 
oid ko‘plab manbalardan keng foydalangan. Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn 
Ahmad Jorulloh (taxallusAllohning qo‘shnisi ma’nosida) Zamahshariy (hozir 
Turkmanistondagi – Izmixshar qishlog‘i 1075-1144-yillar)dan juda ko‘p ilmiy 
meros qolgan. «Al-mufassal» – arab grammatikasiga oid «Asos al-balog‘a» 
(«Notiqlik asoslari») arab tilining izohli lug‘ati bo‘lib, «Muqaddimat al-arab» 
(«Adabiyotga kirish») asari esa arab tilining so‘z boyligiga bag‘ishlanadi va butun 
islom dunyosida qo‘llanilgan arab tilining ravnaqiga ulkan hissa qo‘shdi. Az-
Zamahshariy tafsir, hadis, ilm al-qiroat, tilshunoslik, adabiyot, 1 Hadisning birinchi 
jildi 1991, to‘rtinchi jildi 1992, uchinchi jildi 1995, ikkinchi jildi 1996 yilda chop 
etilgan. Jug‘rofiyaga oid 50 dan ortiq asarlar yozgan. Shu bilan birga fiqhga taalluqli 
«Ruus al-masoiya fi-l-fikh» («Fiqh turli masalalarning muhimi (boshi)»), «Ar-Roiz 
fi-i’lm il-faroiz» («Meros huquqi ilmi bo‘yicha mashq») nomli asarlar yozganligi 
uchun ham az-Zamahshariy Xorazm fiqh maktabining asoschisidir, deb aytishga 
haqli asoslar bor1 . Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abd ul-Jalil al-Farg‘oniy 


arRishtoniy al-Marg‘inoniy 1123-yil 23-sentabrda tug‘ilgan. U Qur’onni, hadis 
ilmlarini mukammal egallab, fiqh- islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur 
ilmga ega bo‘lganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burhon 
ud-din val-l-milla va Burhoniddin alMarg‘inoniy nomlari bilan mashhurdir. 
Marg‘inoniydan boy meros qolgan. Uning bizgacha yetib kelgan asarlaridan, Kitob 
ul-Mashoyih (Shayhlar haqidagi kitob), Bidoyat almuntaqiy (Boshlovchilar uchun 
dastlabki ta’lim), Kifoyat al-muntahiy (Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim), Nashr 
ul-mazhab (Mazhabning yoyilishi), Kitob ul-mazid (Ilmni ziyoda qiluvchi kitob), 
Manosik ul-haj (Haj marosimlari), Majma ul-navozil (Nozil bo‘lgan narsalar 
to‘plami), Kitob ul-faroiz (Farzlar kitobi) va al-Hidoya asaridir. Marg‘inoniyning 
alHidoya asari fiqh bo‘yicha eng aniq, izchil, mukammal asar sifatida tan olindi. 
Hidoya bir necha asrlar davomida ko‘p musulmon mamlakatlarida, jumladan, 
Markaziy Osiyoda ham huquqshunoslik bo‘yicha eng asosiy qo‘llanma hisoblanib 
keldi. X-XIII asrlarda Markaziy Osiyo davlatlarida tasavvuf-so‘fiylik ta’limoti rivoj 
topdi. So‘fiylik (tasavvuf) islomdagi falsafiy-diniy oqimdir. Tasavvuf, ya’ni sufiylik 
islom dini asosida shakllangan diniy-falsafiy oqim bo‘lib, poklangan, zohid, 
taqvodorlik ma’nosini anglatadi. IX-X asrlardayoq Iroq va Eronda uning yirik 
vakillari vujudga keladi. Movarounnahrda esa tasavvuf ta’limoti X asrdan boshlab 
yoyila boshladi. Hozirgi O‘zbekiston hududida tasavvufning rivojlanishida Yusuf 
Hamadoniy ta’limoti muhim rol o‘ynaydi.Manbalarda qayd etilishicha, Yusuf 
Hamadoniy 1043-1049- yilda Eronning Hamadon shahrida tug‘iladi. Dastlabki 
bilimlarini Hamadon va Bag‘dodda oladi. Imom G‘azzoliy kabi buyuk allomalarni 
tarbiyalab voyaga yetkazgan shayx Abu Ali Farsadiyga shogirdlikka tushadi. Yusuf 
Hamadoniy umrining katta qismini Markaziy Osiyoda o‘tkazgan. Hamadoniy 
ta’limotida vatanparvarlik g‘oyalari o‘z ifodasini topgan. Uni pir deb bilgan 
shogirdlaridan 213 nafari mashhur shayxlar bo‘lib yetishgan ekan. Hamadoniy 
ta’limotidan Markaziy Osiyoda ikki tasavvuf maktabi – Yassaviylik va 
Naqshbandiylik kelib chiqadi. Markaziy Osiyo hududida birinchi vujudga kelgan 
so‘fiylik oqimi Yassaviylikdir. Bu oqimga 1105-yilda Yassa (Turkiston) shahrida 
tug‘ilgan Ahmad Yassaviy asos solgan. Ahmad Yassaviy Buxoroda Yusuf 
Hamadoniydan ta’lim olgach, yana ona shahri Turkistonga qaytib keladi va 
shogirdlar tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Madrasa va xonaqolar qurdiradi. Yassaviy 
ta’limotining asoslari turkiy tilda yozilgan «Devoni Hikmat» asarida bayon etilgan. 
U o‘troq va ko‘chmanchi turkiy xalqlar orasida so‘fiylik ta’limotini targ‘ib qilishda 
muhim ahamiyat kasb etgan. Yusuf Hamadoniyning yana bir shogirdi Abduxoliq 
G‘ijduvoniy bo‘lgan. Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy Sharq falsafa tarixida o‘ziga xos 
o‘rin egallaydi. Uning falsafiy dunyoqarashi tasavvufdagi Xojagon (Xojalar) 
xalqasida shakllandi. Agar bizgacha Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar»i meros 
bo‘lib qolgan bo‘lsa, Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniydan «Risolai Sohibiya» «Risolai 
Shayxshuyuk Xazrati Abu Yusuf Hamadoni» kabi asarlar meros bo‘lib qolgan. Xoja 
Abduxoliq G‘ijduvoniy ustozidan ko‘p narsalarni o‘rganar ekan, o‘zi ham ko‘p 
hollarda mustaqil fikr yuritib, ba’zi masalalarda o‘z yo‘lini shakllantirishga harakat 
qilgan Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy yuqorida qayd etilganidek, «Xojagon» 
(Naqshbandiya) tariqatining asosiy qonun-qoidalarini ishlab chiqqan buyuk 
allomadir. Markaziy Osiyoda tasavvuf falsafasining rivojlanishida xorazmlik buyuk 


alloma, sarkarda, dinshunos olim, shoir Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Abdul 
Janob Najmiddin Kubro al-Xivakiy o‘ziga xos munosib o‘rin tutadi . Najmiddin 
Kubro (1145-1221-yillar) – tasavvuf ta’limotining Markaziy Osiyodagi yirik 
vakillaridan biri. So‘fiylikdagi Kubraviya oqimining asoschisidir. Xivada tug‘ilib, 
Misr, Tabriz va Hamadonda ilm olgan. Ko‘hna Urganchga qaytib, o‘z ta’limotini 
rivojlantirib, shu yerda yangi sufiylik oqimiga asos soladi. U «Favoix al-Jamol va 
fovotix al-Jalol» («Jamolining muattarligi va kamolotning egalari»), «As-usul al-
ashara» («O‘nta qonun va qoidalar») nomli qator risola va asarlar yozib, o‘z 
ta’limotini takomillashtirishga erishdi. Shunday qilib, tasavvuf Movarounnahr 
aholisining ma’naviy hayoti bilan chambarchas bog‘langan ta’limot bo‘lib, o‘rta 
asrning xalqparvar adib va mashoyixlari uni chuqur bilishga va u orqali ommaga 
ziyo va ma’rifat tarqatishga intilganlar. IX-XII asrlarda Samarqand, Buxoro, 
Urganch, Termiz, Uzgan va Marv kabi shaharlarda saroylar, masjid, madrasalar, 
minoralar, maqbaralar, tim va karvonsaroylar ko‘plab qurila boshladi. X asrlarga 
kelib binokorlikda tomi gumbaz bilan yopilgan kub shaklidagi binolar muhim 
ahamiyatga ega bo‘la boshladi. Buxoroda Ismoil Somoniy qabri ustiga pishiq g‘isht 
bilan qurilgan go‘zal maqbara (Somoniylar maqbarasi) fikrimizga misol bo‘la oladi. 
Bu davrga oid masjidlar to‘g‘risida so‘z yuritilganda, Buxorodagi Mag‘oki Attoron, 
Poykand masjidi, Termizdagi Chorustun, Shahristondagi Childuxtaron masjidlarini 
qayd qilish mumkin. Somoniylar davridayoq yirik shaharlar bo‘lgan Samarqand, 
Buxoro, Termiz, Marv, Qoraxoniylar davrida yanada kengaydi. Qoraxoniy 
hukmdori Shams-ul-Mulk Buxoro yaqinida saroy barpo etadi va bundan tashqari 
Hazara qishlog‘i yaqinida Dingaron masjidini va uning yonida Barat-i-Malik nomi 
bilan mashhur bo‘lgan karvonsaroy qurdiradi. Buxoro shahrida 1127-yilda 
Qoraxoniy Arslonxon tomonidan mashhur imorat – Minorai Kalon barpo etildi. 
Vobkentda XII asrning oxirida Buxoro sadri Abdulaziz II tomonidan qurilgan 
minorani, Jarqo‘rg‘onda (Surxondaryo viloyati) Qoraxoniylar tomonidan 1108-
1109- yillarda barpo etgan minorani, shuningdek Buxorodagi Nomozgohni va 
Attoriy masjidini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. XI-XII asr boshlarida Xorazmda 
ham ko‘pgina binolar qad ko‘tardi, jumladan, Urganchdagi Faxriddin Roziy va 
Shayx Sharif maqbarasini, ko‘plab karvon saroylarni, Bo‘ronqal’a, Naifqal’a va 
boshqalarni aytib o‘tish mumkin. Shu bilan birga, bu davrda bir necha suv 
inshootlari – bandlar, novlar, ko‘priklar, sardobalar va korizlar qurilgan. Xulosa 
qiladigan bo‘lsak, ajdodlarimiz qoldirgan buyuk merosni, IXXII asrlarda 
mamlakatimiz hududida yuz bergan chuqur ijobiy o‘zgarishlar, ilm-fan, madaniyatni 
rivojlanishini o‘rganar ekanmiz, ularning yaratilishida o‘zlarining buyuk hissalarini 
qo‘shgan buyuk allomalar, olimu fuzalolarning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida 
tutgan o‘rinlarini alohida ta’kidlashimiz kerak. Bularning hammasi mustaqil 
O‘zbekistonda yosh avlodni milliy g‘oya, milliy mafkura, Vatanga muhabbat, 
sadoqat, g‘urur ruhida tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Mo‘g‘ullar davlatinig 
vujudga kelishi XIII asrning boshlarida ko‘chmanchi turkiy va tungus-manjur 
qabilalari mo‘g‘ullar tomonidan birlashtirildi. Mo‘g‘ullar hukmdori Temuchin 
(1155-1227-yillar) (mo‘g‘ulcha, temir ustasi) – kuchli va tadbirkor, mohir sarkarda 
– qabilalarni o‘z qo‘li ostida birlashtirgan shaxs edi. Temuchin 1206-yili 
mo‘g‘ullarning umum qurultoyi (qurultoy halq xohishi degan ma’noni anglatgan) ni 


chaqiradi. Qurultoyda u xon deb e’lon qilinib, unga Teb-Tangriy «Chingizxon» 
degan faxriy nom beriladi. Chingiz so‘zi kuchli, buyuk degan ma’nolarni anglatadi. 
Qoraqurum shahri yangi davlatning poytaxti sifatida tanlandi. Mo‘g‘ul davlati – 
Yeke Mo‘ng‘ol ulus (buyuk mo‘g‘ul davlati) deb atalgan. Bu davlat harbiylashgan 
tizimga asoslangan. Qo‘shinlar o‘nlik, yuzlik, minglik va o‘n minglik (tuman)ka 
bo‘lingan. O‘nlikka o‘nboshi, yuzlikka yuzboshi, minglikka mingboshi va o‘n 
minglikka tumanboshilar boshchilik qilgan. Tuman deganda harbiy qism bilan birga, 
qo‘shinni doimiy to‘ldirishi kerak bo‘lgan besh–o‘n ming o‘tovli yoki 50 mingga 
yaqin aholisi bo‘lgan hudud tushunilgan. Tumanboshi o‘n ming jangchining 
qo‘mondoni bo‘lishi bilan birga, o‘z tasarrufidagi fuqarolarni boshqaruvchi hokim 
hisoblangan. Tumandagi barcha sudlov, jinoiy javobgarlik va fuqarolik ishlari uning 
tasarrufida edi. Mo‘g‘ullar davlatining asosiy qonunlar to‘plami «Yasoq» deb 
atalgan. Uning asosida butun mamlakatda qattiq tartib o‘rnatildi. «Yasoq» 
qonunlarining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘lgan: 1. Saylangan xon, 
«Yasoq»ga rioya qilishi to‘g‘risida qasam ichgan. Xalqqa «Yasoq»qa xiyonat qilgan 
xonni taxtdan ag‘darish va umrbod qamoq jazosiga hukm qilish huquqi berilgan. 2. 
Yagona Xudo (Tangri)ni tan olish belgilangan. 3. Turli din peshvolari, darveshlar, 
qozilar, tabiblar soliq to‘lashdan va og‘ir ishlardan ozod qilingan. 4. Buyruqsiz 
dushmanni talon-taroj qilganlik uchun o‘lim jazosi belgilangan. 5. Urush davrida 
ayollarning gunohlarini afv etish lozimligi qayd etilgan. 84 6. O‘g‘rilarga nisbatan 
qattiq jazo belgilangan. 7. «Yasoq»da askarga yalpi qirg‘in uslubi faxrli ish ekanligi 
alohida uqtirilgan. Harbiylashtirilgan tizimga asoslangan davlat to‘xtovsiz 
istilochilik urushlarini olib bordi. 1206-yilga qadar G‘o‘bi sahrosida yashovchi 
qabilalar bo‘ysundirildi. 1206–1211-yillar davomida Sibir va Sharqiy Turkiston 
hududlari bosib olindi. Yettisuvning shimoliy hududlari egallanganidan keyin davlat 
chegarasi bevosita Xorazmshohlar davlati bilan tutashgan. 1211-yilda Chingizxon 
Xitoyga hujum boshlaydi. 1215-yil boshlariga kelib Shimoliy Xitoy poytaxti Pekin 
ishg‘ol etiladi. 1217-yilda Xuanxe daryosining shimolidagi barcha yerlar mo‘g‘ullar 
tasarrufiga o‘tadi. 1218-yilga kelib G‘arb tomonda Yettisuv hududining qolgan 
qismi ham bo‘ysundiriladi. Mo‘g‘ullar davlati qudratining tobora ortib borishi 
Chingizxonni jahonga hukmron bo‘lish maqsadini amalga oshirish uchun shart-
sharoit yaratdi. Buning uchun jiddiy to‘siqlardan biri bu Xorazmshohlar davlati 
bo‘lgan. Mo‘g‘ullar hujumi arafasida Xorazmshohlar davlati XIII asrning 
boshlarida Xorazmshohlar davlati chetdan qudratli saltanat tarzida ko‘rinsa-da, 
ichdan tanazzulga yuz tutib tobora zaiflashib borayotgan edi. Sulton Muhammad 
Xorazmshoh (1200-1220) davrida mamlakat sarhadlarining kengaytirilishida 
erishilgan yutuqlar ham bu jarayonni to‘xtata olmadi. Sulton Muhammad 
boshchiligida 1203-yili G‘ur davlati, 1204-yili Hirot, 1207-yili Buxoro egallandi. 
1210-yil sentabr oyida Sirdaryo bo‘yidagi Ilamish dashtida qoraxitoylar tor-mor 
qilindi. Mamlakat hududiga Movarounnahr, Xuroson, Mozandaron, Kirmon, Iroqi 
Ajam, Ozarboyjon, Seyiston, G‘azna, Balx, va Qandahor o‘lkalari kiritildi. Sulton 
Muhammad Xorazmshoh davrida aholining ma’murlar tomonidan tahqirlanishi, 
adolatsizliklar, soliq va majburiyatlarning ko‘pligi natijasida noroziliklar va 
qo‘zg‘olonlar boshlandi. 1212-yili Samarqandda qoraxoniy Usmonxon 
boshchiligida isyon ko‘tarildi. Isyon qattiqqo‘llik bilan bostirildi. O‘zgangacha 


bo‘lgan hududda yashayotgan barcha qoraxoniylar qirg‘in qilindi. Mamlakatda ichki 
vaziyat og‘ir bo‘lib turgan bir vaqtda mamlakat chegaralari mo‘g‘ullar davlati bilan 
tutashdi. 
1215-yili 
Dashti qipchoq yurishida Xorazmshoh qo‘shinlari 
mo‘g‘ullarning Jo‘chi qo‘mondonligidagi qismlar bilan jang qildi. Jo‘chi qo‘shinlari 
Chingizxondan Muhammad Xorazmshoh qo‘shini bilan jang qilish to‘g‘risida 
buyruq olmagan bo‘lib, qisqa vaqt davom etgan jangda raqibiga sezilarli zarba 
bersa-da, chekinadi. Shu vaqtdan boshlab Muhammad Xorazmshoh havfli raqibga 
duch kelganini anglaydi. U mo‘g‘ullar davlatidagi vaziyatni o‘rganish maqsadida 
Bahovuddin Roziyni elchi sifatida Chingizxon huzuriga jo‘natadi. Elchilar Pekinda 
qabul qilinadi. Chingizxon ularga iltifot ko‘rsatib, ikki davlat o‘rtasida tinchlik va 
hamkorlikka asoslangan aloqalarning saqlanib qolishi tarafdori ekanini aytadi. 
O‘zini «Sharq hukmdori», Xorazmshoh Muhammadni «G‘arb yerlarining egasi» 
deb ta’kidlaydi. 1217-yilda mamlakat hududlarini g‘arbga tomon kengaytirishga 
intilgan Muhammad Xorazmshoh Arab xalifaligiga qarshi yurish qiladi. Bu urushda 
qo‘shin tabiiy to‘siqlar va yuqumli kasalliklar sababli katta talafot ko‘rganligi bois 
to‘xtatiladi. Xalifalikka qarshi urush tashqi siyosatda yo‘l qo‘yilgan katta hato 
bo‘ldi. Chunki, u ko‘pchilik ulamolar va din peshvolari tomonidan ma’qullanmaydi. 
Bu voqyealardan keyin Muhammadga qarshi muxolif kuchlarning saflari yanada 
kengaydi. 1218-yili Muhammad Xorazmshoh o‘zaro nizolarni bartaraf etish 
maqsadida poytaxtni Samarqandga ko‘chirdi. Yangi poytaxtdan Mo‘g‘ulistonga 
yuborilgan elchilarga javoban Chingizxon Mahmud Yalavoch (Mahmud al-Aromiy) 
rahbarligida o‘z elchilarini jo‘natadi. Sulton Muhammad Xorazmshoh elchilarni 
1218-yilning bahorida Buxoro shahrida qabul qiladi. Elchilar Muhammad 
Xorazmshohni Chingizxon «o‘zining eng ardoqli o‘g‘illari qatorida» ko‘rishini 
bayon etishadi. Xorazmshox bunday bahoni o‘zi uchun haqorat deb qabul qilgan 
bo‘lsa-da, davlatlar o‘rtasida shartnoma tuzishga rozilik beradi. Shu yili Chingizxon 
Sulton Muhammadga o‘zaro shartnoma tuzish maqsadida katta savdo va elchilar 
karvonini jo‘natadi. Savdo karvoni 450 ta savdogar va 500 ta tuyaga ortilgan 
qimmatbaho mollardan iborat edi. Karvon O‘trorda Inalxonning buyrug‘i bilan 
talanib, savdogarlari qirib tashlanadi. O‘tror fojeasi to‘g‘risida xabar topgan 
Chingizxon Ibn Kafrojiy Bug‘roni Xoarzmshox huzuriga elchilikka jo‘natadi. Elchi 
Chingizxonning O‘tror voqyeasiga aloqador bo‘lgan kishilar jazolanishini talab 
qilganligini yetkazadi. Lekin Sultonning buyrug‘i bilan Ibn Kafroj Bug‘ro o‘ldirildi. 
Shu asnoda, Chingizxon elchilar kurashida g‘olib bo‘ldi. Urushdan ko‘proq 
manfaatdor bo‘lgan Chingizxon o‘zini xalqaro jamoatchilikka Xorazmshohning 
zo‘ravonligidan aziyat chekkan taraf sifatida ko‘rsata oldi. Ikkinchi tomondan 
musulmon dunyosini g‘ayridinlar bosqiniga qarshi kurashda birlashuviga yo‘l 
qo‘ymadi. Urush arafasida Xorazmshohlar davlatining yollanma qo‘shini son 
jihatdan mo‘g‘ullarnikidan ko‘proq, lekin jangovarlik darajasi past bo‘lib, istilo, 
talon-taroj, o‘lja olishga mo‘ljallangan edi. Siyosiy tajriba borasida 86 ham 
Xorazmshoh Muhammad mo‘g‘ullarga qadar kuchli raqibga duch kelmagan. 
Xorazmshoh Muhammad o‘z harbiy salohiyatiga haddan ortiq baho bergan. 
Chingizxon Xorazmshohlar davlatidagi ichki vaziyat to‘g‘risida aniq ma’lumotlar 
to‘play oldi. Ayni vaqtda qadimiy madaniyatga ega davlatni osonlik bilan yengib 
bo‘lmasligini ham tushunar edi. Shu bois, bo‘lajak urushga jiddiy tayyorgarlik 


ko‘rib, unda g‘alaba qilishga to‘liq ishonch hosil qilganidan keyingina urush 
boshlashga qaror qilgan. Mo‘g‘ullar 1219-yil kuz faslida Xorazmshohlar davlatiga 
bostirib kirdi. Mo‘g‘ullar bosqiniga qarshi kurash Urush arafasida mo‘g‘ullarga 
qarshi kurash rejasini ishlab chiqish uchun Urganchda harbiy kengash chaqirildi. 
Kengashda davlat arbobi Shahobiddin al-Xivaqiy qo‘shinni Sirdaryo bo‘yiga 
to‘plab, mo‘g‘ullarga hal qiluvchi zarba berishni taklif etdi. Shahzoda Jaloliddin 
ham shunga o‘xshash taklifi bilan chiqadi. Lekin, Xorazmshoh mudofaa usulini 
tanladi. Bu usul har bir shahar va viloyatni dushmanga qarshi o‘z kuchlari bilan 
kurash olib borishini nazarda tutar edi. Dushmanga qarshi kurash rejasini amalga 
oshirilishi sababli chegarada jiddiy to‘siqqa uchramagan Chingizxon O‘tror shahri 
yaqinida qo‘shinni 4 qismga bo‘ldi. Chig‘atoy va O‘qtoy qo‘mondonligidagi 
qo‘shinning bir qismiga O‘trorni egallash vazifasi yuklatildi. Ikkinchi qism Jo‘chi 
boshchiligida Sirdaryoning yuqori oqimidagi Jand, Yangikent, Borchig‘lig‘kent, 
Sig‘noq shaharlarni bosib olish uchun yuborildi. Uchinchi qismga Uloq no‘yon va 
Suketu cherbi qo‘mondonligida Xo‘jand va Banokatni egallash vazifasi topshirildi. 
Chingizxon boshchiligidagi qo‘shinning asosiy qismi Zarafshon vohasiga Buxoro 
hamda Samarqandga yurishni davom ettirdi. O‘tror mustahkam shahar-qal’a bo‘lib, 
uning himoyachilari mo‘g‘ullarga qarshi olti oy davomida kurash olib bordi. O‘tror 
hokimi Inalxon (G‘oyirxon) 20 ming suvoriyga va Xorazmshoh yordam tariqasida 
yuborgan 50 ming kishilik «lashkari birun» qo‘shinlariga boshchilik qildi. Shahar 
himoyachilariga yana Qoracha Hojib boshchiligidagi 10 ming kishilik qism 
yordamga keldi. Mo‘g‘ullar uzoq davom etgan qamaldan keyin shaharni egallab, uni 
vayron qildilar. Buxoro yo‘nalishida Chingizxon qo‘shinlari Zarnuq (Zerinuh) va 
Nur qal’alarini jangsiz qo‘lga oldi. 1220-yilning fevral oyi boshlarida Buxoro shahri 
qamal qilindi. Buxoroda 12 ming kishilik shahar garnizoni va 20 ming kishilik 
«lashkari birun» qo‘shinlari joylashtirilgan edi. Qo‘shinga sarkardalar Ixtiyoriddin 
Qo‘shlu, Inanchxon Og‘ulhojib, Hamid Pura Qoraxitoy, Suyunchxon, 
mo‘g‘ullardan qochib o‘tgan uyg‘ur sarkardasi Ko‘kxon (Go‘rxon) boshchilik 
qildilar. Sarkarda Inanchxon qo‘shini bilan dushman qurshovini yorib o‘tib 
Amudaryoning chap qirg‘og‘iga o‘tib ketdi. Hamid Pura Qoraxitoy jangida halok 
bo‘ldi. Qo‘shinning qolgan qismi Buxoroga chekindi. Kam sonli qo‘shin bilan 
qolgan shahar aholisi dushman bilan taslim bo‘lish to‘g‘risida muzokara boshlashga 
qaror qiladi. Badriddin qozi boshchiligidagi bir guruh oqsoqollar dushman bilan 
muzokara olib borish uchun vakil etib yuborildi. Chingizxon oqsoqollarga shaharni 
taslim bo‘lish shartini qo‘ydi. Dushman sharti qabul qilingandan keyin 10 fevralda 
mo‘g‘ullar shahriga kirdi. Shahar garnizonining Ko‘kxon boshchiligidagi 400 
nafardan iborat vatanparvarlari Buxoro arkida dushmanga qattiq qarshilik ko‘rsatdi. 
Qo‘shinning bir qismi mo‘g‘ullarga qarshi matonat bilan kurashganligi uchun 
shaharliklardan 30 ming kishi qirib tashlandi. Buxoro yoqib yuborilib, tirik qolgan 
shaharliklar qullikka hukm qilingan. 1220-yil mart oyi boshlarida Samarqand qamal 
qilindi. Shahar himoyachilari 110 ming kishilik harbiy garnizondan iborat edi. 
Shaharda mudofaa uchun barcha shart-sharoit mavjud edi. Biroq olib borilgan besh 
kunlik shiddatli janglardan keyin shahar ma’muriyati dushmanga taslim bo‘lishga 
qaror qiladi. Chingizxon xuzuriga elchilar yuborilgan. Mo‘g‘ullar Samarqand bosh 
suv inshooti – «Jo‘yi arziz – «Qo‘rg‘oshli novasi» ni buzib tashlab, shaharning suv 


ta’minotini to‘xtatib qo‘ygan. Shaharning jomye masjidida kam sonli vatanparvarlar 
dushmanga taslim bo‘lishni istamadilar va kurashni davom ettirdilar. Bundan 
g‘azablangan Chingizxon shaharni talon-taroj qilishga buyurdi. Shahar qozisi va 
shayxulislom vakolati bilan olib chiqib ketilgan 50 ming kishidan tashqari barcha 
shaharliklar talandi, ko‘pchilik qismi qirib tashlandi. Shahar to‘liq vayron qilindi. 
Muhammad Xorazmshoh mo‘g‘ullarning shiddatli hujumlari sababli qarorgohini 
tez-tez o‘zgartirib turishga majbur bo‘ldi. Buxoro va Samarqand shaharlari taslim 
bo‘lganidan keyin hukmdor Balhdan Iroqqa qochadi. Ammo dushmanning 
ta’qibidan qutula olmadi. Iroqda ta’qibchilarni chalg‘itishni uddalagan Muhammad 
Xorazmshoh Kaspiy dengizining janubidagi Ashuradi oroliga kelib o‘rnashadi. Bu 
yerda og‘ir kasallikka chalingan Xorazmshoh 1220-yilning dekabr oyida vafot etdi. 
Muhammad Xorazmshohning vasiyatiga binoan Jalolitdin Manguberdi valiahd deb 
e’lon qilinadi. Tashabbusni qo‘lga olgan mo‘g‘ullar mamlakat ichkarisiga kirib 
bordi. Uloq no‘yon va Suketu cherbi qo‘mondonligidagi 20 ming kishilik qo‘shin 
Xo‘jand shahrini qamal qilgan. Ho‘jand himoyasiga shahar hokimi Temur Malik 
qo‘mondonlik qildi. U shahar himoyasini mukammal tashkil eta oldi. Shu bois, 
mo‘g‘ullar Ho‘jand uchun 5 oy davomida jang olib borishga majbur bo‘ldilar. 
Shaharni dushman bosqinidan himoya qilishning iloji qolmaganidan keyin, 
mudofaachilar uning yaqinida joylashgan orolga ko‘chib o‘tib kurashni davom 
ettirdilar. Temur Malik uzoq davom etgan kurashdan keyin, qo‘shinning qolgan 
qismini saqlab qolish uchun, ularni 70 ta kemaga joylashtirib, Sirdaryoning qo‘yi 
qismiga chekinishga qaror qiladi. Borchilig‘kent va Jand yaqinida mo‘g‘ullar 
qayiqlarni to‘xtatdilar. Temur Malik mo‘g‘ullar qurshovini yorib o‘tib, kam sonli 
vatanparvarlar bilan Urganchga yetib oladi. Chingizxon 1220-yilning yozini jangsiz 
taslim bo‘lgan Naqshob shahrida o‘tkazadi. 1220-yilning kuzida Chingizxon 
mamlakat janubiga yurishni davom ettirib, Termiz shahrini qamal qiladi. Shahar 
mustahkam qal’aga ega edi. Shahar aholisi o‘n bir kun davomida dushmanga 
qarshilik ko‘rsatdi. Son jihatdan ustun dushman shaharni bosib olib, aholisini qirib 
tashladi. 1220-yilning kuzida mo‘g‘ullar Amudaryoning chap qirg‘og‘idagi yerlar 
va Xorazmni bosib olish uchun yurishni davom ettirdi. Asosiy e’tibor mamlakatning 
markazi Xorazmga qaratildi. Xorazmda joylashgan Urganch shahri musulmon 
Sharqida katta nufuzga ega edi. Shahar mo‘g‘ul bosqinchilari tomonidan 1221-
yilning boshlarida qamal qilindi. Urganch qamalidan oldin Jaloliddin Manguberdi 
shaharga keladi. Jaloliddinga qarshi muxolif kuchlar uyushtirgan fitna va boshqa 
nizolar sababli Jaloliddin Manguberdi shaharni tashlab ketishga majbur bo‘ladi. 
Qipchoq sarkardalariga tayangan Xumortegin (Turkon xotunning jiyani) sulton deb 
e’lon qilinadi. Mo‘g‘ullar shaharni qamal qilish uchun 100 mindan ortiq qo‘shin 
to‘playdi. Dushman shaharni bosib olish uchun qancha harakat qilmasin qamal 7 oy 
davom etdi. Mudofaa janglarida 100 mingdan ortiq vatanparvarlar halok bo‘ldi. 
Himoyachilar saflarida birlikning yo‘qligi, bosqinchilarning shafqatsizligi 
vatanparvarlarning g‘alabaga ishonchini yo‘qolishiga olib keldi. Himoyachilar 
qatorida sarosima boshlandi. Tahlikali vaziyatda Xumortegin tashabbusni o‘z 
qo‘liga olib, qo‘shinning jangovar qobiliyatini mustahkamlash o‘rniga, jonini saqlab 
qolish uchun shahar darvozalarini ochishni buyurdi va dushmanga taslim bo‘ldi. 
Shaharga yorib kirgan dushman har bir ko‘cha va uyni katta talafotlar evaziga 


ishg‘ol etib, shahar ichkarisiga kirib bordi. Himoya janglari befoyda ekanligini 
anglagan shaharliklar qolgan aholining hayotini saqlab qolish uchun taslim bo‘ldilar. 
Lekin dushman taslim bo‘lganlarni ayab o‘tirmadi. Shaharliklardan 100 ming 
hunarmand ajratib olinib, qolgan aholi qirg‘in qilindi. Vayron bo‘lgan shaharni yo‘q 
qilish maqsadida mo‘g‘ullar Amudaryo to‘g‘onini buzib, suvga bostirdilar. 1221-
yilning bahorida mo‘g‘ullar Amudaryodan janubda joylashgan yirik madaniyat 
markazlari bo‘lgan Balx, Hirot, G‘azna, Qandahor, Nishopur va boshqa shaharlarni 
egallash uchun yurishlarni davom ettirdi. Chingizxon Balx shahrini bosib olib
aholisini qirib tashladi. Bamiyon, G‘azna, Qandahor, Gardiz, Valiyon va boshqa 
shaharlar qattiq janglar bilan ishg‘ol qilindi. Mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi 
kurashda Jaloliddin Manguberdi qahramonlik ko‘rsatdi. Jaloliddinga G‘azna, 
Bamiyon, al-G‘ur, Bo‘st, Takinobod, Zamin-Davora va Hindiston bilan chegaradosh 
yerlar mulk etib berilgan edi. Jaloliddinning mo‘g‘ullar bilan ilk to‘qnashuvi Jand 
viloyatidagi Irg‘iz dashtida bo‘lgan. U Niso yaqinida 300 nafar askarlari bilan 
mo‘g‘ullarning 700 kishilik otradini tor-mor qiladi. Jaloliddinning ukalari 
O‘zloqshoh va Oqshohlar Xurosonning Xabushan shahri yaqinida mo‘g‘ullarga 
qarshi jangda qo‘lga tushib, qatl etiladi. Jaloliddin Hirot hokimi Amin Malik bilan 
birgalikda Qandahor qal’asini qamal qilayotgan mo‘g‘ullar ustiga yurish qiladi. Uch 
kunlik jangdan so‘ng mo‘g‘ullar tor-mor etiladi. 1221-yilning fevralida Jaloliddin 
G‘aznaga keladi. Uning tarafdorlari soni kun sayin ko‘payib 90-130 ming kishiga 
yetadi. 1221-yilning kuzida Jaloliddin mo‘g‘ullarning Tekechuk va Molgor 
boshchiligida Valiyon qo‘rg‘onini qamal qilayotgan qismini tormor etadi. 1221-
yilning kuzida shimoliy Afg‘onistonning Lagar daryosi bo‘yidagi Parvona dashtida 
Jaloliddining mo‘g‘ullarga qarshi muhim janglaridan biri bo‘lib o‘tgan. Unda 
sarkarda Shiki Xutuxuning 40 ming nafardan ortiq harbiy bo‘linmasiga qaqshatqich 
zarba berildi. Parvona jangidan so‘ng qo‘lga kiritilgan o‘ljani bo‘lishda sarkardalar 
o‘rtasida ixtilof chiqadi. Sayfiddin O‘g‘roq va undan keyin boshqa ayrim 
lashkarboshilar qo‘shini bilan ajralib chiqadi. Jaloliddin nihoyatda og‘ir ahvolda 
qoldi va Sind (Hind) daryosi bo‘yiga chekinadi. Daryo bo‘yida Chingizxon bilan hal 
qiluvchi jang 1221-yilning 25-noyabrida bo‘lib o‘tgan. Unda kam sonli Jaloliddin 
qo‘shini qahramonlik ko‘rsatsa-da mag‘lubiyatga uchradi. Jaloliddin tirik qolgan 
jangchilari bilan Sind daryosining narigi qirg‘og‘iga suzib o‘tib mo‘g‘ullar 
ta’qibidan qutulib qoladi. 1223-yilning oxirlarida Jaloliddin Iroq va Eronda 
mo‘g‘ullarga qarshi kurashni davom ettirdi. Lekin uning ixtiyorida yirik harbiy qism 
bo‘lmagan, mahalliy hokimlar mo‘g‘ullarga qarshi kurashdan voz kechib o‘z 
hokimiyatini saqlab qolishga harakat qilar edi. Shu bois, ular Jaloliddinning 
mo‘g‘ullarga qarshi kurashini qo‘llamadi. Jaloliddin mo‘g‘ullar bilan hamkorlik 
qilgan viloyat va o‘lkalarga qarshi kurash olib borishga majbur bo‘ladi. Ana shu 
sababdan u 1226-1228-yillarda Gurjistonga yurishlar qilgan edi. 1227-yilda 
Jaloliddin Eronga yurish boshlagan mo‘g‘ullarga qarshi kurashda faollik ko‘rsatdi. 
1228-yil 25-avgustida Eronni zabt etish uchun kelgan Taynal no‘yon boshchiligidagi 
mo‘g‘ul istilochilari tor-mor qilindi. Dushman mamlakat hududidan quvib 
chiqarildi. Lekin Jaloliddin bilan mahalliy hukmdorlar o‘rtasidagi munosabatlar 
keskinlashdi. Bunga Jaloliddinning murosasizligi ham sabab bo‘lgan. 1230-yil 10-
avgustida mahalliy hokimlarning birlashgan kuchlari Jaloliddinning lashkariga 


zarba berdi. Qo‘shinidan ajralib yolg‘iz qolgan Jaloliddin 1231-yil 17-20-avgust 
oralig‘ida qarindoshi xunini olmoqchi bo‘lgan qurd tomonidan o‘ldiriladi. 
Movarounnahr Chig‘atoy ulusi tarkibida Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng 
Movarounnahr, Xorazm, Xuroson vohalarida ishlab chiqarish izdan chiqdi. 
Samarqand, Buxoro, Urganch, Xo‘jand, Marv, Termiz, Balx, Nishopur va boshqa 
yirik shaharlar vayron qilinib, uzoq vaqt qayta tiklanmadi. Yirik sun’iy sug‘orish 
shaxobchalari buzib tashlanganligi sababli, vohalarda suv ta’minotida keskinlik 
yuzaga keldi. Yuqori sifati bilan shuhrat qozongan zargarlik buyumlari va 
qurolaslaha yasash, nafis matolar to‘qish va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish 
to‘xtab qoldi. Karvon savdo yo‘llari izdan chiqdi. Ilm-fan, madaniyat namoyandalari 
yurtni tashlab keta boshladilar. Mehnat ahli zulm va zo‘ravonlikka, ochlik va 
qashshoqlikka mahkum etildi. Chingizxon bosib olingan yerlarni o‘g‘illariga mulk 
sifatida bo‘lib berdi. Bu mulklar ulus deb atalgan. Ulus boshqaruvchisiga xon unvoni 
berilgan. Saltanat tarkibidagi Janubiy Sibirdan Xorazm va Darbandgacha bo‘lgan 
yerlar Jo‘chiga, Oltoy tog‘larining janubiy sarhadlaridan Amudaryo va Sindgacha 
bo‘lgan yerlar Chig‘atoyga, Xitoy va Mo‘g‘uliston taxt vorisi O‘qtoyga, Eron va 
Xuroson Tuliga bo‘lib berildi. Mo‘g‘ullar ishlab chiqarish kuchlari rivojlanganligi 
darajasi jihatidan ancha ustun bo‘lgan xalqlarni bo‘ysundirishga erishdi. Lekin bu 
holat ularning ijtimoiy turmushida keskin o‘zgarishlarga olib kelmadi. 
Mo‘g‘ullarning mahalliy aholi madaniyatini qabul qilish (assimilatsiya) jarayoni 
uzoq vaqt davom etdi. Davlat boshqaruvida o‘troq dehqonchilik hududlarida 
mo‘g‘ul ma’murlari bilan birga mahalliy zodagonlar keng jalb qilingan. Masalan, 
Chig‘atoy ulusining Movarounnahr o‘lkasiga noib etib Mahmud Yalavoch 
tayinlangan. Uning ixtiyorida mo‘g‘ullarning tayanchi bo‘lgan soliq yig‘uvchi 
davlat xizmatchisi bosqoqlar, mahalliy hokimlar, dorug‘alar – harbiy ma’murlar 
hamda mo‘g‘ul harbiy otradlari bor edi. Mahmud Yalavochga soliqlar tushumini 
muntazam nazorat etish va mo‘g‘ullarga qarshi g‘alayonlarga yo‘l qo‘ymaslik 
vazifasi yuklatilgan. Mo‘g‘ullar istibdodi davrida xalq ikki tomonlama ezilar edi. 
Ayniqsa, bosqinchilar joriy etgan soliq va majburiyatlar og‘ir yuk bo‘lib tushdi. 
Mahalliy soliqlar saqlab qolingan holda dehqonlar yer solig‘i «kalon» hosilning 
o‘ndan bir miqdorida to‘lagan. Chorva mol boshidan «qopchur» solig‘i olingan. 
Qopchur 100 bosh chorvadan bir bosh miqdorida olinar edi. Davlat xazinasi uchun 
oziq-ovqat solig‘i «shulen» joriy qilingan. Shulen har bir podadan ikki yashar qo‘y, 
qimiz uchun har mingta otdan bir biya hisobidan olingan. Soliqlar asosan barot 
(ijara) tarzida mahalliy hukmdorlar tomonidan oldindan to‘langan, so‘ngra aholidan 
oshirilgan miqdorda undirilar edi. Hunarmandlar «tamg‘a» solig‘ini to‘lagan. Yer 
egaligining davlat, mulk (xususiy yerlar), jamoa va vaqf (diniy idoralar ixtiyoridagi 
yerlar) kabi turlari mavjud edi. Davlat va mulk yerlarida chorakor dehqonlar mehnat 
qilishgan. Ijarador-o‘rtahol dehqonlar esa muzoriylar deb yuritilgan. Qullar 
mehnatidan ham foydalanilar edi. Mo‘g‘ullar tomonidan in’om etilgan yerlar 
suyurg‘ol (suv havzalari, dashtyaylovlardan tashkil topgan yer maydonlari) nomini 
olgan. Mo‘g‘ullar muayyan xizmati uchun kishilarga turli yorliq va payzalar bergan. 
Payza qimmatbaho metall (oltin, kumush), jez yoki yog‘och taxtalardan ishlangan 
buyumlar bo‘lgan. Bunday payzaga ega bo‘lgan kishilar aholidan turli yig‘im, 
to‘lovlarni talab qilib olish huquqiga ega edilar. Savdo yo‘llarida bekatlar, «yom» 


(jom)lar qurilgan, ularga xizmat ko‘rsatish va sarf-xarajat mahalliy aholi zimmasiga 
yuklatilgan. Mahalliy aholi umumiy hashar ishlarida qatnashishi va tekinga ishlab 
berishi shart edi. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida savdo-sotiqni jonlantirish uchun 
past qiymatli tangalar muomalaga chiqarildi. Lekin aholi tomonidan ular qabul 
qilinmadi. Shu bois, savdo-sotiq mol ayriboshlov darajasiga tushib qoldi. 
Mo‘g‘ullarning zo‘ravonligi va zulmi, soliqlarning ko‘pligi aholi turmushini yanada 
og‘irlashtirdi. Zo‘ravonlikka asoslangan tuzumga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘payib 
boradi. Ularning eng yirigi 1238 yilda Buxoro yaqinidagi Tarob qishlog‘ida 
Mahmud 
Tarobiy 
boshchiligida 
bo‘lib 
o‘tgan 
edi. 
Qo‘zg‘olonning 
harakatlantiruvchi kuchlari hunarmandlar, dehqonlar va kambag‘al aholi vakillari 
bo‘lgan. Ular mo‘g‘ullar istibdodi va mahalliy hukmdorlarning zulmiga qarshi 
ozodlik kurashi olib borgan. Qo‘zg‘olonchilar Buxoroga yurish qiladi. Buxorolik 
shayx Shamsiddin Mahbubiy qo‘zg‘olonchilar safiga qo‘shiladi. Mo‘g‘ul harbiylari 
va buxorolik zodagonlar qo‘zg‘olonchilar ta’qibi sababli Karmanaga qochgan. 
Karmanada mo‘g‘ullar katta kuch to‘plab qo‘zg‘olonchilarga qarshi yurish 
boshlaydi. Lekin qo‘zg‘olonchilar bilan bo‘lgan jangda mo‘g‘ullar 10 ming 
jangchisini yo‘qotib chekinadi. Jangda qo‘zg‘olonchilar ham katta talafot ko‘radi. 
Halok bo‘lganlar orasida Mahmud Tarobiy va Shamsiddin Mahbubiylar bor edi. 
Mahmud Tarobiyning o‘rniga saylangan ukalari Muhammad va Ali 
qo‘zg‘olonchilar orasida nufuzga ega emas edilar. Shu bois, ko‘p o‘tmay qo‘zg‘olon 
bostirildi. Mahmud Tarobiy boshchiligidagi qo‘zg‘olon istibdodga asoslangan 
tuzumga qarshi xalqning kurashga tayyor ekanligi va o‘z ona Vatanini himoya 
qilishini ko‘rsatdi. Qo‘zg‘olondan keyin soliq va o‘lponlar tartibga keltirildi. 
Xalqning hukumatga qarshi qo‘zg‘oloniga yo‘l qo‘ygan va uni bostirishda 
sustkashlik ko‘rsatgan Mahmud Yalavoch amalidan chetlashtirildi. Movarounnahr 
noibi lavozimiga Mahmud Yalavochning o‘g‘li Mas’udbek tayinlandi. XIII asrning 
o‘rtalaridan boshlab mo‘g‘ullar saltanatida siyosiy kurash keskinlashdi. 1251-yili 
ulug‘ xon lavozimiga saylangan Munqa (1251-1259- yillar) Chig‘atoy ulusini 
tugatib Botuxon bilan uning hududini bo‘lib oladi. Chig‘atoyning nevarasi Olg‘uxon 
(1261-1266-yillar) Oltin O‘rdaga qarshi kurashib, Chig‘atoy ulusini qayta tiklashga 
erishadi. XIII asrning 60-70-yillariga qadar rasman saqlanib qolgan mo‘g‘ullar 
saltanati parchalandi. Har bir ulus mustaqil bo‘lib, o‘lja olish uchun qo‘shnilariga 
qarshi yurishlar olib borgan. O‘zaro urushlarda Chig‘atoy ulusi ko‘p marta talanadi. 
Movarounnahr hukmdorlari qo‘shni uluslarning hujumini to‘xtatish uchun markaziy 
hokimiyatni kuchaytirib, xo‘jalikni rivojlantirishga harakat qilgan. Movarounnahr 
noibi Mas’udbek xo‘jalikni jonlantirish, qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq va 
madaniy aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. Mas’udbekning tashabbusi 
bilan 1271- yili pul (moliyaviy) islohoti o‘tkazildi. Unga ko‘ra, har qanday kishi 
zarbxonalarda o‘ziga kerakli tangalarni bir xil hajm, qiymat, vaznda zarb etishi 
mumkin edi. 16 ta yirik shahar va viloyatlarda bir xil vazn va yuqori qiymatga ega 
sof kumush tangalar zarb etilib, muomalaga kiritildi. Uning tashabbusi bilan 1273-
1276-yillarda Buxoroni qayta tiklash ishlari amalga oshirildi. Chig‘atoy xoni 
Duvaxon (1291-1306-yillar) davrida Andijon shahriga asos solindi. XIV asrning 
boshlarida mo‘g‘ul hukmron doiralarida o‘troqlashuv va mahalliy aholi 
madaniyatini qabul qilishga bo‘lgan intilish kuchayadi. Shunday xonlardan biri 


bo‘lgan Kebekxon (1309, 1318-1326-yillar) o‘z qarorgohini Movarounnahrga 
ko‘chiradi. Nasaf shahri yonida qurilgan saroy o‘rnida yangi Qarshi shahri yuzaga 
keldi. Kebekxon davlatni idora etish, iqtisodiy hayotni tartibga solish maqsadida 
ma’muriy va moliyaviy islohot o‘tkazdi. Ma’muriy islohotga ko‘ra, mahalliy 
tuzilmalar tumanlarga, viloyatlarga aylantirildi. Xulagiylar va Oltin O‘rda tangalari 
namunasida 2 xil pul: yirik kumush tanga – «dinor» (8 gr. atroflarida) va mayda 
kumush tanga – «dirham» (6 dirham bir dinor) pullar zarb etildi. Kebekxoning ukasi 
Oloviddin Tarmashirin (1326-133- yillar) o‘troq hayot an’analarini qattiq turib 
himoya qiladi. U islom dinini qabul qilib, islom dinini Chig‘atoy ulusining rasmiy 
diniga aylantiradi. Tarmashirin siyosatidan norozi bo‘lgan mo‘g‘ul zodagonlari 
isyon ko‘tarib, 1334-yilda uni o‘ldirishadi. Tarmashirindan so‘ng hukmdorlar tez-
tez almashib turdi. Bu davrda mahalliy qabilalar hokimiyati yanada kuchayib bordi. 
XIV asrning 40-yillariga kelib ulusda yuz bergan siyosiy inqirozning yanada 
keskinlashuvi sababli mamlakatda bo‘linish yuz berdi. Yettisuv, Farg‘onaning bir 
qismi, Sharqiy Turkiston Mo‘g‘uliston (Sharqiy) ulusi va Movarounnahr (G‘arbiy ) 
ulusiga bo‘lindi. Mo‘g‘ulistonda kuchli markaziy hokimiyat qaror topdi. Yurt 
tinchligi saqlanib qoldi. Movarounnahrda mo‘g‘ul zodagonlarining nufuzi pasayishi 
sababli, hokimiyat uchun kurash keskinlashdi. Xon xonadoni vakillarining qudratli 
mahalliy amirlarni itoatda tutib turishi qiyinlashdi. Chig‘atoy sulolasining so‘nggi 
vakillaridan biri Qozonxon (1343-1346) markaziy hokimiyatni kuchaytirishga 
harakat qildi. Lekin bu siyosat viloyat amirlarining keskin qarshiligiga duch keladi. 
Qozag‘on boshchiligida mahalliy amirlar fitna uyushtirishi natijasida xon o‘ldirildi. 
Hokimiyatni qo‘lga olgan amir Qozag‘on davrida Movarounnahr bir necha yarim 
mustaqil qismlarga bo‘linib ketdi. Mamlakatda siyosiy tarqoqlik avj olib, o‘zaro 
nizolar yanada kuchaydi. Madaniy hayot. XIII asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy-
iqtisodiy hayotda ro‘y bergan o‘zgarishlar natijasida tanazzulga yuz tutgan madaniy 
hayotda nisbatan jonlanish boshlandi. Me’morchilikda alohida o‘rin tutgan 
ganchkorlik, g‘isht o‘ymakorligi, koshinpazlik, me’moriy xattotlik qayta tiklandi. 
Shu davrlarda barpo etilgan Buxorodagi Sayfiddin Boharziy, Samarqanddagi Qusam 
ibn Abbos maqbarasi ziyoratxonasi, Xo‘ja Ahmad maqbarasi, Qo‘hna Urganchdagi 
Najmiddin Qubro va To‘rabekxonim maqbarasi, Buxoroda barpo etilgan 
«Ma’sudiya», «Xoniya» madrasalari va boshqalarni misol keltirish mumkin. 
Me’morchilikda pishiq g‘isht, koshin, parchin, me’moriy o‘ymakor g‘ishtlar hamda 
ganch, ohak, pista ko‘mir va qumdan tayyorlangan maxsus qorishmalardan keng 
foydalanildi. Naqshlarning mukammalligi, turlitumanligi va bezaklarning boyligi 
o‘ymakor amaliy san’at qayta tiklanganligidan dalolat beradi. XIII asr – XIV asrning 
ikkinchi yarmida fors-tojik adabiyotida ayniqsa Jaloliddin Rumiy (1207-1272) 
she’riyatda so‘fiy-falsafiy janrni rivojlantirib, 36 ming baytdan iborat «Masnaviyi-
ma’naviy» degan doston yaratdi. Sa’diy Sheroziy islom olamida o‘zining 
«Guliston» va «Bo‘ston» asarlari, g‘azallari bilan shuhrat qozondi. Uning asarlarida 
Ona Vatanga muhabbat, insonparvarlik, mehr-oqibat g‘oyalari targ‘ibot qilinadi. 
Xusrav Dehlaviy «Xamsa» dostoni ijod qilindi. Tarix ilmida Abu Umar Minhojiddin 
Juzjoniyning «Tabaqoti Nosiriy» (Nosirga atalgan tabaqalar), Oloviddin Ota Malik 
Juvayniyning «Tarixi jahongo‘shaiy» (Jahon fotihi tarixi), Fayzulloh Rashididdin 
Hamadoniyning «Jome at-tavorix» (Tarixlarning jamlanishi), Shahobiddin an-


Nasaviyning «Siyrat as-sulton Jaloliddin Mankburni» (sulton Jaloliddin 
Mankburning hayot faoliyati) kabi nodir tarixiy asarlari ham ijod qilingan. Turkiy 
tildagi adabiyot rivojlandi, uning yirik vakillaridan biri faylasuf shoir va mutafakkir 
Pahlavon Mahmud (1247-1326) hisoblanadi. Pahlavon Mahmud ruboiylarida inson 
aql-zakovati, axloqiy kamoloti va pokligi qadrlanadi. Nosiriddin Burhonuddin 
Rabg‘uziy «Qissai Rabg‘uziy» (Qissasul anbiyo) diniy-falsafiy, tarixiy, axloqiy 
asari bilan nom qozondi. Markaziy Osiyo tasavvuf va din ilmlarida sharqning yirik 
markazi sifatidagi nufuzini saqlab qoldi. Bahovuddin Naqshband (Said Muhammad 
ibn Jaloliddin) tasavvuf ilmiga katta hissa qo‘shdi. O‘z ta’limotida asketizmga 
(tarkidunyochilikka), boy-zodagonlarning zulm va istibdodiga qarshi chiqadi, 
odamlarni o‘z kuchi, peshona teri bilan halol mehnat qilib kun kechirishga chaqirdi.
AMIR TEMUR DAVRIDA O‘ZBEK DAVLATCHILIGINING YUKSALISHI. 
IJTIMOIY-SIYOSIY, IQTISODIY VA MADANIY HAYOT .
Movarounnahrda markazlashgan davlatning vujudga kelishi XIV asrning 50-
yillarida Movarounnahr ulusida hokimiyat mahalliy zodagonlarning qo‘liga o‘tdi. 
Mamlakat deyarli mustaqil bo‘lgan bekliklarga bo‘lindi. Siyosiy tarqoqlik 
iqtisodiyotni izdan chiqardi. Aholi moddiy talafotlar va kulfatlarga duchor qilindi. 
1360-yilda Mo‘g‘uliston hukmdori Tug‘luq Temur Movarounnahrdagi siyosiy 
tarqoqlikdan foydalanib, uni bosib oldi. Tug‘luq Temurning Movarounnahrga 
hujumi davrida Amir Temurning siyosiy faoliyati boshlandi. Amir Temur 1336-yili 
Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida, barlos qabilasi begi Tarag‘ay 
ibn Barqal oilasida tavallud topgan. U qudratli dushman bilan murosa qilib, 
mamlakatga keltiradigan kulfatlari va vayronagarchiliklarini kamaytirish maqsadida 
davlat xizmatiga kirgan. 1361-yilda Amir Temur Hoji Barlos o‘rniga Shahrisabz 
hokimi lavozimiga tayinlandi. U dushmanga qarshi kurash boshlash uchun qulay 
fursat kelishini kutadi. Yurt ozodligi uchun kurash maqsadida 1362-yilda Balx 
hokimi Amir Husayn bilan yaqinlashadi. Ular bosqinchilarga qarshi birgalikda 
kurashadi. 
1362-1364-yillarda 
ittifoqchilar 
Mo‘g‘uliston 
qo‘shinlarini 
Movarounnahrdan quvib yubordi. 1365-yilda Ilyosxo‘ja Movarounnahrni 
bo‘ysundirish uchun yana bir marta urinib ko‘rdi. Amir Husayn va Amir Temur 
boshchiligidagi quchlar bilan Ilyosxo‘ja lashkari o‘rtasida Chinoz bilan Toshkent 
oralig‘ida jang bo‘ldi. Jang boshlangan vaqtda kuchli jala yoqqanligi sababli tarixda 
bu «loy jangi» yoki «jangi loy» deb ataladi. Jangda Temur qo‘shini jiddiy 
muvaffaqiyatga erishgan bir paytda Amir Husayn jangchilari dushman siquviga 
bardosh beraolmay chekinadi. Oqibatda jangda Ilyosxo‘ja qo‘shini g‘alaba qildi. 
Amir Temur va Amir Husayn avval Samarqandga chekingan, keyinchalik 
Amudaryoning chap qirg‘og‘iga o‘tib ketadi. Mo‘g‘ullar Ho‘ndni bosib olgandan 


keyin Samarqandga hujum qiladi. Samarqand shahrida mudofaa devori yo‘q edi. 
Shaharliklardan xalq lashkari tuzildi. Lashkarga sarbadorlar boshchilik qilgan. 
Movarounnahrda sarbadorlar harakati mo‘g‘ul bosqinchilari va mahalliy 
hukmdorlarning 96 zulmiga qarshi yuzaga kelgan. XIV asrning 30-yillarida 
sarbadorlar harakati Eronda boshlanib, keyinchalik Xuroson va Movarounnahrga 
(50-60- yillarda) yoyilgan. Samarqand himoyasiga sarbadorlardan kalava yigiruvchi 
Abu Bakr, madrasa mullasi Mavlonzoda va mergan Xo‘rdak Buxoriy rahbarlik 
qilgan. Shaharni osonlik bilan qo‘lga kiritishni rejalashtirgan Ilyos’ho‘ja 
kutilmaganda qattiq qarshilikka duch keldi. Samarqand shahri uchun bo‘lgan 
janglarda Ilyosxo‘ja mag‘lubiyatga uchradi va Movarounnahrdan chiqib ketishga 
majbur bo‘ldi1 . Sarbadorlar shaharda hokimiyatni qo‘lga olgandan keyin mulkni 
cheklash, soliq va majburiyatlarni kamaytirish, kambag‘allarga imtiyoz va 
yengilliklar beruvchi islohotlar o‘tkazdi. Lekin hokimiyatni uzoq vaqt saqlab qola 
olmadi. 1366-yilning bahorida Amir Temur va Amir Husayn Samarqandni egallab 
hokimiyatni qayta tikladi. Movarounnahrga tahdid solgan tashqi havf bartaraf 
etilganidan keyin ikki amir o‘rtasida siyosiy hokimiyat uchun kurash boshlandi. 60-
yillar oxirida Husayn Balx shahrini mustahkamlab, istehkomlar qurishga kirishdi. 
Amir Temur bu harakatlarning unga qarshi qaratilganini tushunar edi. 1370-yilda 
Amir Temur Balxga yurish qilib shaharni egalladi. Ikki amir o‘rtasidagi hokimiyat 
uchun kurash Amir Temurning g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Amir Husayn tor-
mor qilinganidan keyin Amir Temur Movarounnahrning yakka hukmdori bo‘lib 
qoldi. Uning hokimligiga rasmiy tus berish maqsadida qurultoy chaqirilgan edi. 
Qurultoyda Amir Temur Movarounnahrning amiri deb e’lon qilindi. Keyinchalik 
unga «asr imperatori», «jahon fotihi» (sohibqironi), «sohibi qur’on» va «falakiyot 
hukmdori» unvonlari berildi. Amir Temurdek buyuk shaxsning Turonzaminda 
yetishib chiqishi bejiz emas edi. Uning dahosining shakllanishida Prezident Islom 
Karimov quyidagi shart-sharoitlar ta’sir etganini qayd etgan: birinchidan, Amir 
Temurdek tarixiy shaxslarni, sarkarda va sohibqironlarni zamon talablari, zamon 
ehtiyoji hayotga olib keladi va ularning fazilat – xususiyatlarini namoyon qilishiga 
zamin yaratadi; ikkinchidan, Amir Temur dahosi mana shu zaminda yuzaga kelgan 
muhitning hosilasi bo‘ldi; uchinchidan, Amir Temur tuzgan davlat va uning butun 
dunyo e’tiborini o‘ziga jalb qilgan olamshumul faoliyati, uni o‘stirgan yurtga va 
mana shu hududda undan ko‘p asr oldin o‘tgan buyuk allomalarning ijodiy merosini, 
ularning tabarruk nomlarini ham yana bir bor kashf etish va keng o‘rganishiga zamin 
va sharoit tug‘ildi; to‘rtinchidan, biz Amir Temur tarixini har tomonlama chuqur 
o‘rganishimiz va tadqiq qilishimiz kerak, chunki mustabid tuzum tufayli ulug‘ 
ajdodimizning tarixi va faoliyatini, bashariyat rivojiga qo‘shgan hissasini bugungi 
kunda xorijda bizning o‘zimizdan ko‘ra yaxshiroq bilishadi1 . Amir Temur davrida 
davlatni idora etish tizimi takomillashtirildi, hududlarni birlashtirish va tashqi 
tahdidlarni bartaraf etish uchun kurash olib borildi. Amir Temur shimoli-sharqdan 
saqlanib qolgan tahdidni bartaraf etish va mamlakat sarhadlarini yanada kengaytirish 
maqsadida 1370-yilning oxiri 1371-yil boshida Sharqiy Turkiston tomon yurish 
qilib, mo‘g‘ul xoni Kepak Temurga zarba berdi. 1370-1371-yillarda Farg‘ona, 
O‘tror, Yassi, Toshkent, Hisor, Badaxshon, Qunduz bo‘ysundirildi. Amir Temur 
Xorazmni Movarounnahr tarkibiga kiritishga harakat qildi. 1372 – 1388-yillarda 


Amir Temur Xorazmga besh marta yurish qilib hududni mamlakat tarkibiga qo‘shib 
oldi. Shunday qilib, Yettisuvdagi va Sirdaryo etaklaridagi yerlardan tashqari, 
Turkiston yerlarining hammasi Temuriylar davlati tarkibiga kiritildi. Buyuk 
saltanatning tashkil topishi Amir Temurning mamlakat sarhadlarini kengaytirish va 
buyuk saltanat tuzish uchun olib borgan harbiy yurishlari tarixda «uch yillik» (1386-
1388) «besh yillik» (1392-1396) «yetti yillik» (1399-1405) urushlar deb nomlagan. 
«Uch yillik» urush davrida Amir Temur Ozarbayjon, Tabriz, Mozandaron, G‘ilonni 
bo‘ysundiradi. Shundan keyin u Kavkazga yurish boshlab, Tiflis, Arzirum va Van 
qal’asini egallaydi. Uch yillik urush davrida mamlakatning shimoli-g‘arbiy 
hududlari xavfsizligini ta’minlash uchun kurashda Amir Temur davlati qudratli 
Oltin O‘rda xonligi bilan to‘qnashdi. Har ikki davlat o‘rtasidagi kurash shiddatli tus 
olib, unga katta kuchlar safarbar etildi. Oltin O‘rdaga qarshi urush 1389, 1391 va 
1394-1395-yillarda uch marta shiddatli to‘qnashuvlar bilan izohlanadi. 1391-yil 18-
iyunda hozirgi Samara shahri bilan Chistopol o‘rtasidagi Qundurcha daryosi bo‘yida 
bo‘lgan ikkinchi yurishda Amir Temur qo‘shinini yetti qo‘l-korpusga bo‘lib, 
hujumga piyodalarni tashladi. Shiddatli hujumda jang taqdiri Amir Temur 
qo‘shinlari foydasiga hal bo‘ldi. Qundurcha jangida katta talafot ko‘rgan Oltin O‘rda 
davlati qisqa vaqt davomida o‘z qudratini qayta tiklab oldi. Shu bois, Amir Temur 
Oltin O‘rda davlatini uzil-kesil tor-mor keltirish maqsadida 1394-1395-yillarda 
uchinchi marta yurish qilgan. 1395-yil 14-aprelda Shimoliy Kavkazda, Terek 
daryosi bo‘yida ikkala qo‘shin o‘rtasida hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tgan edi. Jang 
oldidan To‘xtamish qo‘shinlarida nizo chiqadi va u kuchsizlanib qoladi. Son 
jihatdan ustunlikka erishgan Amir Temur jang taqdirini o‘z foydasiga hal eta oldi. 
To‘xtamish qo‘shinlariga qaqshatqich zarba berildi. Oltin O‘rda taxtiga amir 
Qutlug‘ Temur o‘tkaziladi, Eduhud amirlashkar lavozimiga tayinlanadi. 
Movarounnahrning mustaqil bekliklari, Xorazm va Oltin O‘rdaga yurishlar 
Markaziy Osiyoda markazlashgan davlatni qaror toptirish maqsadida amalga 
oshirildi. Kavkaz, Eron, Hindiston, Kichik va Old Osiyoga harbiy yurishlar 
mamlakatning jahon miqyosidagi mavqyeini yanada mustahkamlash, xalqaro 
iqtisodiy va madaniy aloqalarini kengaytirishga qaratildi. Besh yillik urush 
davomida Eron, Iroq, Kichik Osiyo yerlarini egallash uchun kurash olib borildi. 
Eron to‘liq bosib olinganidan keyin Kavkazorti davlatlarini bo‘ysundirish uchun 
yurishlar davom ettirilgan. 1392-yilda Armaniston va Gurjiston bo‘ysundirildi. 
1397-yilda Ozayrbayjon zabt etildi. 1398-1399-yillarda Hindistonning shimoliy va 
markaziy qismi ishg‘ol qilindi. 1399-1404-yillardagi yetti yillik urushda Shomning 
Halab (Aleppo), Xums, Baalbek (Ba’albak), Dimishq (Damashq) kabi yirik 
shaharlari, Ubuluston o‘lkasi (qadimgi Kappadokiya), Bag‘dod va Turkiyaning katta 
qismi bosib olindi. Amir Temurning Kichik Osiyo va Suriyadagi hududlarni 
egallashi uning Usmonli Turklar va Misr davlatlari bilan to‘qnashuviga sabab bo‘di. 
1401-yilda Suriya zabt etildi. Usmonli turk davlati bilan urush muqarrar bo‘lib, 
qolgan edi. Turk sultoni Boyazid I Yildirim ham Temuriylar davlatini zabt etish 
maqsadini yashirmagan. Har ikki tomon qo‘shinlari o‘rtasidagi hal qiluvchi jang 
1402-yilda Anqara yaqinidagi Oyqarada bo‘lib o‘tdi. Jangda har ikki tomondan 200 
mingdan ortiq lashkar qatnashdi. Usmonli turk sultoni Boyazid qo‘shinlari batamom 
tor-mor etildi va sulton asir olindi. Bu g‘alaba natijasida Konstantinopolning 


usmonli turklar tomonidan bosib olinishi 50 yildan ortiq orqaga surildi. Bu g‘alaba 
Yevropadagi yirik mamlakatlarda temuriylar saltanatiga qiziqish uyg‘otdi u bilan 
aloqalarini kengaytirishga sabab bo‘ldi. Angliya, Fransiya, Ispaniya va boshqa 
mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar faollashdi. Amir Temurning savdo aloqalarini 
kengaytirishni taklif etib yozgan maktubiga javoban Fransiya qiroli Karl VI 1403-
yil 15-iyunda yozgan javob xatida uning taklifini qabul qiladi. 99 Amir Temur 
Kichik Osiyodan Samarqandga qaytganidan keyin ko‘p vaqt o‘tmasdan Xitoyga 
yurish boshlashga qaror qiladi. 1404-yil 27- noyabrida Amir Temurning 200 ming 
qo‘shin bilan Xitoyga safari boshlanadi. Qahraton qish sababli O‘tororga to‘xtagan 
Amir Temur 1405- yilda qattiq betob bo‘lib, 18-fevralda vafot etdi. Shunday qilib, 
Amir Temur hukmronligi davrida jahondagi eng yirik imperiyalardan biri tashkil 
topdi. Mamlakatda iqtisod, savdo-sotiq, fan va madaniyatning rivoji uchun qulay 
shart-sharoit yaratildi. Prezident Islom Karimov Amir Temurning shaxsiyati va 
merosini o‘rganish masalasiga to‘xtalib uning quyidagi fazilatlarini qayd etgan: 
birinchidan, Amir Temur qudratli davlat qurgan shaxs hisoblanadi; ikkinchidan, 
Amir Temur qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro aloqa o‘rnatmasdan, ya’ni hamkorliksiz 
mamlakat istiqboli bo‘lmasligini teran va yaxshi anglagan; uchinchidan, 
sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari undan ham beqiyos; 
to‘rtinchidan, Amir Temur har qanday jamiyat taraqqiyotini ilmma’rifatsiz tasavvur 
qilib bo‘lmasligini yaxshi tushungan; beshinchidan, Amir Temur o‘z millati va el-
yurtining taqdiri haqida ko‘p o‘ylagan va g‘amxo‘rlik qilgan; oltinchidan, Amir 
Temur jamiyat e’tiqodsiz yashay olmasligini yaxshi anglagan1 . Amir Temur shaxsi 
va uning el-yurt oldidagi xizmatlari O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritganidan 
keyin adolatli baholandi. 1996-yilda Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan 
Amir Temurning 660- yilligiga bag‘ishlab Toshkent, Samarqand va Shahrisabz 
shaharlarida bayram tantanalari o‘tkazildi. Toshkentda tashkil etilgan Xalqaro ilmiy 
anjuman bobomiz Amir Temur dahosini teran anglashimiz va xizmatlarini munosib 
baholashimizga mustahkam asos yaratdi. Temuriylar davrida siyosiy hokimiyat 
uchun kurash Amir Temur vafoti oldidan valiahd etib nevarasi Pirmuhammad 
Jahongirni vasiyat qilgan. Ammo mamlakatda murakkab vaziyat vujudga keldi. 
Amir Temurning Movarounnahrdan tashqari mulklarini suyurg‘ol tariqasida 
farzandlari va a’yonlariga bo‘lib berib shart-sharoit yaratgan. Shuningdek, saltanat 
tarkibiga kirgan viloyat va o‘lkalar iqtisodiy jihatdan o‘zaro bog‘lanmagan edi. 
Ularda yashovchi xalqlar tili, urf-odati va madaniyati bilan farq qilgan va 
mustaqillikni qo‘lga kiritish uchun qulay vaqt kelishini kutgan. Amir Temur vafot 
etganidan keyin taxt uchun kurash avj oldi. Kobul va shimoliy Hind mulklarining 
hokimi Pirmuhammadning vorisligiga ko‘pchilik a’yonlar qarshi edi. Shu bois, 
Movarounnahr, Xuroson, Eron, Ozarbayjon, Iroq va boshqa yerlarda notinchlik 
boshlandi. Saltanatning bo‘linib ketishi xavfi kuchaydi. Amir Temurga sodiq 
amirlarning ko‘pchiligi Shohruh Mirzoni taxtni egallashi tarafdori edilar. Lekin 
Mironshoh Mirzoning o‘g‘li, shimoliy yerlar (Toshkent, Sayram, Turkiston) hokimi 
Xalil Sulton (1384-1409) 1405-yil 18-martda Samarqandni egallab, o‘zini 
Movarounnahr hukmdori deb e’lon qildi. Movarounnahr amirlari va harbiy 
sarkardalar saltanatni saqlab qolish uchun uning hokimiyatini tan oladi. Tez orada 
Xalil Sulton olib borayotgan siyosatdan norozilik kuchayadi. Farg‘ona hokimi Amir 


Xudoydod, O‘tror hokimi Shayx Nuriddin, Amudaryo bo‘ylarida Mirzo Sulton 
Husayn Xalil Sulton hokimiyatiga qarshi isyon ko‘taradi. Mamlakat Xuroson yerlari 
hukmdori Shohruh, Balxdan Hindgacha bo‘lgan yerlar hukmdori Pirmuhammad, 
G‘arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq tasarrufida bo‘lgan yerlar Mironshoh va uning 
avlodlari (Umar Mirzo, Abu Bakr) o‘rtasida taqsimlanadi. Siyosiy hokimiyat uchun 
kurashning avj olishi natijasida mamlakat parchalanishi bilan birga, temuriylar 
sulolasi katta talafot ko‘rdi. 1407-yil 22-fevralda Pirmuhammad o‘zining vaziri 
Pirali Toz tomonidan uyushtirilgan suiqasd natijasida o‘ldiriladi. 1408-yil 22-
aprelda Ozarbayjon va Iroq uchun bo‘lgan jangda Amir Temurning o‘g‘li 
Mironshoh halok bo‘ladi. Natijada Ozarbayjon va Iroq temuriylar tasarrufidan 
chiqib ketadi. Temuriylarning hokimiyat uchun uzoq davom etgan kurashida 
Shohruh g‘alaba qildi. U Mozandaron, Mashhad, Seyiston va Kirmonda o‘z 
hokimiyatini mustahkamladi. Movarounnahrni qo‘shib olish maqsadida 1409-yil 
25-aprelda Amudaryodan o‘tib Samarqandni egallaydi. Shundan keyin 
Movarounnahrda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatiladi. Shohruh temuriylar 
davlatining oliy hukmdori (1409-1447) sifatida tan olinadi. O‘zaro urushlardan 
charchagan xalq Shohruh Mirzoni qo‘llab-quvvatladi. Chunki faqat kuchli, 
markazlashgan davlat osoyishtalik va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi mumkin 
edi. Shohruh Temur davlati o‘zagini saqlab qoldi. O‘ziga sodiq kishilarni o‘lka va 
viloyat noiblari lavozimlariga tayinlab, siyosiy barqarorlikni ta’minladi. Shohruh 
Xuroson va Eronni o‘z tasarrufiga olib, Movarounnahr boshqaruvini Ulug‘bekka 
topshirgan. Davlatda yuzaga kelgan qo‘sh markazlik siyosiy parokandalikni keltirib 
chiqarmadi. Shohruh hokimiyat jilovini qo‘lda tutib Ulug‘bek olib borayotgan 
siyosatni nazorat qilib turgan. 101 Mamlakatning ikkala qismida ham davlat 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlari mamlakat hududlarini kengaytirish hamda 
markaziy hokimiyatni mustahkamlash bo‘lgan. Shohruhning madadiga tayangan 
Ulug‘bek 1413- yili Xorazmni, 1415-yilda Farg‘onani bo‘ysundirdi. 1416-yilda 
Qoshg‘ar hokimi Shayx Ali To‘g‘ay Ulug‘bekka ixtiyoriy ravishda bo‘ysunadi. 
Ulug‘bek tashqi siyosatda chegaralar daxlsizligini saqlab qolish uchun qo‘shni 
davlatlarning ichki ishlariga faol aralashgan. Dashti Qipchoq va Mo‘g‘ulistondagi 
siyosiy hokimiyat uchun kurashda temuriylar davlatiga hayrixox sulola vakillarini 
hokimiyatni egallashiga ko‘maklashdi. Lekin ularning aksariyat qismi keyinchalik 
yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini buzgan edi. Ulug‘bek shunday hukmdorlardan biri 
bo‘lgan Mo‘g‘uliston xoni Shermuhammadxonga qarshi 1424-yil noyabr oyida 
yurish qiladi. 1425-yil bahorda Issiqko‘l yaqinida mo‘g‘ullar tor-mor keltiriladi. 
Dashti Qipchoq hukmdori Baroqxon ham Sirdaryo bo‘yidagi yerlarga (O‘tror, 
Sabron, Sig‘noq) hujum qilib turar edi. 1427-yilning boshlarida Ulug‘bek Dashti 
Qipchoqqa yurish qiladi. Lekin Baroqxon qo‘shinidan mag‘lubiyatga uchrab 
Toshkentga chekingan. Bu mag‘lubiyatdan keyin Ulug‘bek mustaqil harbiy 
yurishlar tashkil etmagan. U ichki siyosatga asosiy e’tibor qaratadi. Mamlakatda 
dehqonchilik, hunarmandchilik va sado-sotiqni rivojlanishga qulay shart-sharoit 
yaratildi. Qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishini kengaytirish maqsadida, keng 
ko‘lamda sun’iy sug‘orish inshootlari qurilishi olib borilgan. Iqtisodiyotni 
rivojlantirish maqsadida 1428-yilda pul islohoti o‘tkazadi. Muomalaga yangi vaznda 
mis tanga (fuluslar) muomalaga chiqarildi. Mis tangalar aholi tomonidan munosib 


baholanib «fulusi adl» deb atalgan. Mehnatkash aholining turmushini yaxshilash 
maqsadida soliqlar miqdori kamaytirildi. Davlat xizmatchilari, harbiylar va 
ruhoniylarning imtiyozlari saqlanib qolgan edi. Ruhoniylar katta miqdordagi yer va 
boyliklarga egalik qilib siyosiy hokimiyat uchun kurashga faol aralashgan. 
Movarounnahrda Ulug‘bek davrida iqtisodiyot jonlandi, fuqarolar tinchligi 
ta’minlandi lekin siyosiy hokimiyat uchun yashirin kurash davom etdi. Shohruhning 
keksayishi jarayonida siyosiy qarama-qarshiliklar keskinlashib bordi. Taxtga 
Ulug‘bekdan tashqari Shoxruhning nevarasi Alouddavla, ukasi Muhammad Jo‘ki 
(1402-1444) da’vogarlik qilgan. Shohrux Fors va Iroqi Ajamda nevarasi Sulton 
Muhammad qo‘zg‘olonini bostirish uchun olib borgan urushlardan keyin 1447-yil 
12-martda Ray viloyatida vafot etdi. Bu voqyea Xuroson va Movarounnahrda 
temuriy shahzodalar o‘rtasida hokimiyat uchun ochiq kurash boshlanishiga sabab 
bo‘ldi. Mirzo Ulug‘bek oliy hokimiyatga qonuniy voris bo‘lsa-da, Boysunqur 
Mirzoning o‘g‘illari Alouddavla va Abulqosim Bobur unga 102 muxolifatda bo‘ldi. 
Xurosonda Alouddavla, Mozandaron va Jurjonda Abulqosim Bobur, G‘arbiy Eron 
va Forsda Sulton Muhammad mustaqilligini e’lon qiladi. Muhammad Jo‘kining 
o‘g‘li Abu Bakr Balx, Shibirg‘on, Qunduz va Bag‘lonni bosib oldi. Mirzo Ulug‘bek 
nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish uchun Alouddavla bilan muzokaralar olib bordi. 
Alouddavla Ulug‘bekni yon bosishga majbur qilish maqsadida asrga olingan 
Abdullatifdan foydalangan. Muzokaralar natijasida ikki o‘rtadagi chegara Murg‘ob 
vohasi deb belgilangan. Balx viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan Abdullatif 
o‘zboshimchalik bilan shartnomani buzib, Hirotga yurish qiladi. Lekin jiddiy 
qarshilikka uchraydi va Ulug‘bekdan yordam so‘rashga majbur bo‘ladi. 1448-
yilning bahorida Ulug‘bek Hirot yaqinidagi Tarnob jangida Alouddavla qo‘shinini 
tor-mor keltiradi. Bu g‘alabadan keyin Xuroson taxti Abdullatifga topshiriladi. 
Lekin Ulug‘bek Xirotni yagona davlatning bir bo‘lagi deb hisoblagan. 
Hokimiyatparst Abdullatifga otasining bunday munosabati yoqmaydi, mustaqil 
hukmdor bo‘lishni xohlaydi. Abdullatif Xuroson taxtini egallashi bilan hokimiyat 
uchun kurash to‘xtamadi. Abulqosim Bobur katta qo‘shin bilan Hirotga yurish 
qiladi. Abdullatif sarosimaga tushib 15 kunlik hukmronlikdan keyin 
Movarounnahrga qochadi. Ulug‘bek Abdullatifni yana Balxga noib etib tayinlaydi. 
Balxda Abdullatif otasiga qarshi ochiq kurash boshlagan. Mavjud siyosiy vaziyat 
Ulug‘bek uchun nihoyatda noqulay edi. Dashti qipchoqda Abulxayrxon mamlakat 
shimoliga tahdid qilgan. Yorali boshchiligida turkmanlar qo‘zg‘oloniga qarshi 
kurashishga to‘g‘ri kelgan. Temuriy shahzodalardan Abusaid Samarqand atrofida 
Ulug‘bekka qarshi harakat boshladi. Samarqand hokimi Abdulazizga qarshi 
«amirlar xonadoniga tazyiq o‘tkazyapti» degan ovoza tarqalib, amirlarning 
noroziligi kuchayadi. Shunday vaziyatda Abdullatif Amudaryodan kechib o‘tib, 
Termiz, Kesh, Hisorni egallaydi. 1449-yil oktabr oyida Samarqand yaqinidagi 
Damashq qishlog‘idagi jangda Mirzo Ulug‘bek mag‘lubiyatga uchraydi. Ulug‘bek 
Samarqand va Shohruhiya qal’alariga kiritilmaganidan keyin taslim bo‘ldi. 1449-
yilning 27-oktabrida haj safariga ketayotgan Mirzo Ulug‘bek Samarqand yaqinida 
fojiali tarzda o‘ldirilgan. Ulug‘bek vafot etganidan keyin hokimiyat uchun kurash 
yanada keskinlashdi. Samarqand taxtiga o‘tirgan Mirzo Abdullo markaziy 
hokimiyatni kuchaytirishga harakat qiladi. Lekin, Abu Said (1451-1469) Dashti 


Qipchoq xoni Abulxayrxonning (1428-1468) yordamida 1451-yil yozida 
Samarqand yaqinidagi Sheroz jangida Mirzo Abdulloni yengib taxtni egallaydi. 
Xurosonda Abulqosim Bobur (1457) taxtni o‘z qo‘lida saqlab 103 qolsada, siyosiy 
tarqoqlikni bartaraf eta olmadi. Xuroson o‘ndan ortiq qismga bo‘linib ketdi. 
Abulqosim Bobur vafot etganidan so‘ng Abu Said Mirzo 1457-yili Xurosonga 
yurish qilib Hirotni egallaydi. Sulton Abu Said Mirzoning (1451-1469) hukmronlik 
davrida davlat hududlari kengayib, uning chegaralari Sharqiy Turkistondan 
Iroqqacha, Sirdaryodan Hindiston chegaralarigacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga oldi. 
Abu Said hukmronligi davrida hokimiyatni mustahkamlash, isyonkor amaldor-
noiblarni jazolash siyosatini olib bordi. Lekin, siyosiy tarqoqlikni butkul tugata 
olmadi. 1469- yili G‘arbiy Eron yerlarini qaytarib olish uchun oqqo‘yunlo‘ 
turkmanlariga qarshi olib borilgan janglarning birida u o‘ldiriladi. Xorazm hukmdori 
Sulton Husayn bu vaziyatdan foydalanib Hirotni egallaydi. Temuriylar saltanati 
yana Xuroson va Movarounnahrga bo‘linib ketdi. Movarounnahr sulton Abu 
Saidning o‘g‘illari Sulton Ahmad (1469-1494), Sulton Mahmud (1494-1496) hamda 
Mahmudning o‘g‘li Sulton Ali Mirzo (1496-1501)lar tomonidan mustaqil ravishda 
boshqarildi. Ushbu hukmdorlar davrida Movarounnahrda ayrim viloyat noiblari, 
amirlarning ta’siri o‘sib, ko‘pincha ular mustaqil faoliyat yo‘liga o‘tgan. Siyosiy 
hayot, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda ruhoniylarning, ayniqsa so‘fiylarning 
ta’siri yanada kuchayadi. Xurosonda vaziyat boshqacha edi. Sulton Husayn 
(Boyqaro) (1469- 1506) temuriylar tarixida mamlakatni boshqargan oxirgi yirik 
davlat arbobi bo‘lib qoldi. Uning ko‘p yillik hukmronlik davrida mamlakatda 
iqtisodiy va madaniy hayot yuksaldi. Amir Temur va Temuriylar davrida davlat 
boshqaruvi va ishlab chiqarishning rivojlanishi Amir Temur hokimiyatni qo‘lga 
kiritganidan keyin davlatning poytaxti etib Samarqand shahrini tanlagan. Shaharda 
keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilgan. 1370-yilda Markaziy davlat 
mahkamalari shaharga ko‘chiriladi. Davlat ishlarida birinchi navbatda, ichki ishlarni 
yo‘lga qo‘yish, hokimiyatni mustahkamlash va rivojlantirishga harakat qilingan. 
Davlat ma’muriy-hududiy jihatdan ulus va tumanlarga bo‘lingan. Mahalliy 104 
hokimiyat idoralari hokimlar (sultonlar, beklar) tomonidan boshqarilar edi. 
Hokimlarning asosiy vazifasi soliqlarni markazga o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash 
va urush vaqtida qo‘l ostidagi qo‘shinga bosh bo‘lib hukmdorga xizmat qilishdan 
iborat edi. Davlat xizmatida iqtidorli kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga qo‘yishga 
alohida e’tibor berilgan. Nomzodlarni davlat xizmatiga tayinlashda iqtidori, kasbiy 
layoqati, bilimi va nasl-nasabiga qaralgan. Amir Temur Movarounnahrdan tashqari 
davlat tarkibiga kiritilgan hududlarni to‘rt qism (ulus)ga bo‘lib, ularni farzandlari va 
nevaralariga bo‘lib beradi. Markazi Xirot bo‘lgan Xuroson, Jurjon, Mozandoron va 
Seyiston hududlari Shohruhga; Markazi Tabriz bo‘lgan G‘arbiy Eron, Ozarboyjon, 
Iroq va Armaniston hududlari Mironshoxga; markazi Sheroz bo‘lgan Eronning 
janubiy qismi hududi Umarshayx Mirzoga; Markazi G‘azna keyinchalik Balx 
bo‘lgan Afg‘oniston va Shimoliy Hindiston Pirmuxammadga bo‘lib berilgan. Amir 
Temur davrida davlat tuzumi, hokimiyatning tashkil etilishi, davlat xizmatiga 
munosib nomzodlarni tanlash va boshqa masalalar uning «Tuzuki Temuriy» 
(«Temur tuzuklari») asarida bayon etilgan. Prezident Islom Karimov «Temur 
tuzuklari» asariga yuksak baho berdi. «O‘z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror 


murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan, inson ma’naviyati uchun bugun 
ham oziq bo‘ladigan hikmatli fikrlarning qanchalik hayotiy ekaniga ko‘p bor 
ishonch hosil qilganman» , deydi davlat rahbari. «Tuzuklar»da kuchli davlat barpo 
etishdagi muhim qonun-qoidalar buyuk davlatni boshqarishning barcha asosiy 
tamoyillari, yo‘l-yo‘riqlari to‘liq bayon etilgan. Iqtisodiy hayotda qishloq xo‘jaligi 
katta ahamiyatga ega ekanligi sababli, uni rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. 
Qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirishning samarali vositasi yangi yerlarni 
o‘zlashtirish edi. Buning uchun irrigatsiya inshootlari qurilgan. Amir Temur davrida 
barpo etilgan Obirahmat, Mazdahin, Bozor, Korand, Nahri jadid kabi suv tarmoqlari 
atrofida ko‘plab yangi qishloqlar barpo etilgan. Shohruh va Ulug‘bek davrida ham 
sun’iy sug‘orish inshootlarini qurish keng ko‘lamda davom ettirildi. Dashtlarga suv 
chiqarilib, bo‘z yerlar o‘zlashtiriladi. Xususiy sohibkorlar qo‘riq yerlarni 
o‘zlashtirsa, soliqlardan ma’lum muddatga ozod qilingan. Samarqand, 
Qashqadaryo, Marv vohalari va Hirotda yirik sug‘orish inshootlari barpo etilib, suv 
ta’minoti yaxshilandi. Amir Temur va temuriylar davrida yer egaligining mulki 
devon (davlat yerlari), mulk (xususiy yerlar), vaqf yerlari (masjidllar va madrasalar 
tasarrufidagi yerlar) va jamoa yerlari kabi shakllari bo‘lgan. Davlat yerlarini 
suyurg‘ol yoki tarxon tarzida in’om etish tartibi keng qo‘llanilgan. Suyurg‘ol mulki 
egasi markazdan deyarli mustaqil edi. Tarxonlik yorlig‘ini olgan mulkdorlar soliq 
va majburiyatlardan ozod etilgan. Soliqlarning asosiy turi xiroj edi. Xiroj 
yetishtirilgan hosilga qarab mahsulot yoki pul shaklida olingan. Sug‘oriladigan 
yerlardan yana «mol» solig‘i yig‘ilgan. Mulk yerlardan ushr solig‘i to‘plangan. 
Bog‘lardan tanobona solig‘i yig‘ilar edi. Soliqlardan tashqari soliq yig‘uvchiga 
«muhassilona», hosilni belgilovchiga «sohib jamona», suv taqsimlovchiga 
«mirobona» va boshqa ko‘plab to‘lovlar mavjud edi. Amir Temur iqtisodiyotni 
jonlantirish maqsadida pul muomalasini tartibga solgan. Mamlakatda yagona pul 
birligi joriy etilgan. Vazni 6 grammli «tanga» va 1,5 grammli «miri» deb yuritilgan 
kumush tangalar muomalaga kiritilgan. Keyinchalik Mirzo Ulug‘bek pul islohotini 
o‘tkazgan. Ichki savdoni rivojlantirish maqsadida 1428-yilda bir xil vazndagi fulusiy 
(mis) tangalar zarb etilishi yo‘lga qo‘yilgan. Ulug‘bekning tangalari «fulusi adliya» 
nomi bilan shuhrat qozonadi. Davlat xazinasiga tushumlarni ko‘paytirish maqsadida 
savdo boji «tamg‘a» ham oshirilgan. Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati 
XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tasarrufida Markaziy Osiyoda temuriylar 
hukmronligi davri sharq renessansining yangi bir bosqichi bo‘ldi. Amir Temur 
davrida ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi yuksalish XV asrda siyosiy 
hokimiyat uchun keskin kurash sharoitida davom etdi. Shohruh (1405-1447), Mirzo 
Ulug‘bek (1409-1449), Sulton Husayn (Boyqaro) (1469-1506), Sulton Abu Said 
(1451-1469) davrlarida fan va madaniyat yuksalib, Movarounnahr va Xuroson yirik 
madaniy markaz sifatidagi ahamiyatini saqlab qoldi. Temuriylar davrida 
me’morchilik mamlakat qudratini namoyish qilish vositasiga aylandi. Amir Temur 
saltanat tarkibiga kiritilgan yurtlardan mashhur usta va hunarmandlarni 
Movarounnahrga olib kelgan. Mahalliy va bu yerga ko‘chirib keltirilgan hunarmand 
va ustalarning mehnati bilan Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv, Binokat kabi 
shaharlar qayta tiklandi. Yangi shahar va qishloqlar qurildi. Shahrisabzdagi Oq 
saroy me’moriy majmuasi, Samarqanddagi Bibi xonim masjidi, Go‘r amir 


maqbarasi, Shohizinda me’moriy majmuasi, Ko‘ksaroy, Bo‘stonsaroy obidalari,
Turkistondagi Ahmad Yassaviy maqbarasi va boshqa inshootlar Amir Temur 
davrida bunyod etildi. Shohruh Hirot shahrini qayta qurish ishlarini amalga oshirdi. 
Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davrida Buxoro va Samarqandda yirik me’moriy 
yodgorliklar bunyod etildi. Buxoro, G‘ijduvon va Samarqandda madrasalar qurildi. 
Amir Temur davrida Samarqandda nihoyasiga yetkazilmagan me’moriy inshootlar 
qurilishi yakunlangan. Ulug‘bek rasadxonasi o‘z davrining eng zamonaviy inshooti 
edi. Unda mashhur mutafakkirlar ijod qilgan. Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga 
ko‘ra, Samarqandda 100 dan ortiq olimlar fanning turli sohalarida ajoyib yutuqlarga 
erishgan. Ular orasida Taftazoniy, Mavlono Ahmad, mavlono Ali Qushchi, o‘z 
zamonasining «Aflotuni» deb nom olgan Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Koshiy, 
Muhammad Hafoviy va boshqa taniqli zotlar ham bor edi. Samarqandda faoliyat 
ko‘rsatgan madaniy markaz keyinchalik «Ulug‘bek akademiyasi» nomini oladi. 
Ulug‘bek akademiyasi Markaziy Osiyo tarixida ikkinchi akademiya sifatida tarixda 
qoldi. Mirzo Ulug‘bekning merosi mustaqillikdan keyin munosib baholandi. Islom 
Karimov Mirzo Ulug‘bekning ilmiy jasoratini yuksak baholadi. «Buyuk Amir 
Temurning nabirasi, benazir alloma Mirzo Ulug‘bekning O‘rta asrlar sharoitida 
namoyon etgan ilmiy jasorati bugungi kun olimlarini ham hayratga solmasdan 
qo‘ymaydi» . 1994-yili Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bek 
tavalludining 600 yilligi keng nishonlandi. Qator ko‘cha, tuman, shahar, inshootlar 
va muassasalarga Ulug‘bek nomi berildi. Ulug‘bek vafotidan so‘ng madaniy markaz 
Xurosonning poytaxti Hirotga ko‘chdi. Hirotda Shohruhning o‘g‘li Boysunqur 
noyob qo‘lyozma kitoblari bilan mashhur kutubxona tashkil etadi. Mirak naqqosh 
boshchiligidagi sharq miniatura san’ati ham o‘z faoliyatini shu yerdan boshlagan 
edi. Hirot madaniy va ilmiy markazining shakllanishida Xuroson hukmdori Sulton 
Husayn (Boyqaro) (1469-1506) va ayniqsa buyuk shoir va mutafakkir Alisher 
Navoiyning (1441-1501) xizmati katta bo‘ldi, Alisher Navoiy vazirlik lavozimida 
ishlaganida Hirotda «Ixlosiya», «Shifoiya» majmualari, Tus viloyatidagi Turuqband 
suv ombori va kanali, Hirot va Mashhaddagi sug‘orish inshootlari, Astroboddagi 
saroy va masjid, Marvdagi madrasa va boshqa inshootlar qurilgan. Shaxsan uning 
mablag‘lari hisobidan 52 ta rabot, 19 ta hovuz, 16 ta ko‘prik, 9 ta hammom va 
boshqalar qurilgan. Alisher Navoiy o‘z davrining ko‘plab fan, san’at va adabiyot 
namoyandalarishga homiylik qilgan. Jumladan, misol tariqasida Kamoliddin 
Behzod, Sulton Ali Mashhadiy, Husayn Uddiy, Kamoliddin Binoiy, Davlatshoh 
Samarqandiy, Husayn Voiz Koshifiy, Mirxond, Zayniddin Vosifiy va boshqalarni 
qayd etishimiz mumkin. Alisher Navoiy ilk bor turkiy tilda 1483-1485-yillarda 
«Xamsa» asarini yozdi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan 1991-yili Alisher 
Navoiyning 560 yilligi tantanali nishonlandi. Toshkent shahrida shoirning haykali 
o‘rnatilgan milliy bog‘ ochildi. XV asrning atoqli o‘zbek shoirlari qatoriga yana 
Lutfiy, Durbek, Sakkokiy, Gadoiy, Atoiy, taniqli allomalar faylasuf Ali ibn 
Muhammad Jurjoniy, tabib Mavlono Nafis, shoir Xayoliy Buxoriy va boshqalarni 
kiritish mumkin. Temuriylar davrida tarixnavislik ilmi rivojlandi. XV asrdagi taniqli 
tarixchilar, Nizomiddin Shomiy «Zafarnoma» asarini, Hofizi Abro‘ «Majmua at-
tavorixi sultoniya», «Zubdat ut tavorixi Boysunquriy» («Boysunquriy tarixlarining 
yuqori qismi») asarlarini, Sharafiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» asarini, Fasih 


Havofiy «Majmuai tarixi Fasihiy» («Fasihiyning tarixlar majmuasi») asrini, 
Abdurazzoq Samarqandiy «Matlai sa’dayin va majmai bahrayn» («Ikki dengizning 
qo‘shilishi va ikki saodatli yulduzning bolqishi») asarini, Ibn Arabshoh «Ajoib ul-
maqdur fi axbori Teymur» («Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari») 
Mirxond «Ravzat us-safo fi sayratul-anbiyo val-mulk val-xulafo» («Payg‘ambarlar, 
podsholar va xalifalarning tarjimai holi haqida jannat bog‘i»), Xondamir «Habib us-
siyar fi axbor afrod ul-bashar» («Inson zoti xabarlari va do‘stining tarjimai holi») va 
boshqa qator asarlarini yaratdilar. XV asrning so‘nggi choragida Temuriylar davlati 
hokimiyat uchun kurash, ichki nizolar va iqtisodiyotning tanazzulga uchrashi 
oqibatida zaiflashdi. Markazlashgan davlat mustaqil bekliklarga parchalanib ketishi 
oqibatida tashqi tahdidlarga qarshi kurash layoqatini yo‘qotdi. Qulay vaziyatdan 
foydalangan Dashti qipchoqdagi turkiy qabilalar Shayboniyxon boshchiligida 1499-
yildan Movarounnahrga bostirib kirdi. Temuriylar orasida Shayboniyxonga 
qarshilik ko‘rsata oladigan hukmdor Muhammad Bobur edi. Lekin temuriylar uni 
qo‘llab-quvvatlash, atrofida birlashish o‘rniga dushmanga taslim bo‘lishni afzal 
ko‘rdilar. 1506-yilgacha Shayboniyxon Xorazm va Movarounnahrni to‘liq egalladi. 
1507-yilda Xurosonda Badiuzzamon Mirzo va Muzaffar Mirzolar tor-mor 
etilganidan keyin Xurosonni taslim etdi. Shunday qilib, deyarli bir yarim asr mavjud 
bo‘lgan Temuriylar saltanati Movarounnahrda va Hurosonda barham topdi. Faqat 
Zahiriddin Muhammad Bobur Xurosonning bir qismida hokimiyatni saqlab qolgan 
edi. Uning Shayboniylarga qarshi uzoq vaqt davomida olib borgan kurashi natijasiz 
yakunlanganidan keyin, Shimoliy Hindistonga yurish qilib, u yerda Buyuk 
Boburiylar saltanatini tuzadi. Boburiylar sulolasi Hindistonda deyarli uch asr 
mobaynida hukmronlik qilib, temuriylarning shon-shuhratini bu yerda tiklashga 
muvaffaq bo‘ladi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin