«sharq» na sh riyo t-m atbaa a k siyado rlik kom paniyasi bosh tahririyati



Yüklə 6,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix20.11.2023
ölçüsü6,29 Mb.
#165695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kecha va kunduz

Q o lg a n la r i 
narigi nomerga kirib, biz­
ning xo'jayinga ko'rinib chiqsinlar.
M iryoqubning haligi ikki xonali uydan boshqa o'ziga 
xos alohida bir xonasi bor edi. Uning ichki ziynati oldi­
da narigi ikki xonali uy ip esholmasa, bunga taajjub qilib 
bo'lm aydi. Chunki M iryoqub — Miryoqub, mingboshi 
esa — bir Akbarali, xolos... Akbarali degan bir odam ning 
yonida hukum at m uhridan, zoti past bir itlikdan boshqa 
narsasi yo'q. Miryoqubning kattakon miyasi, o'tkir aqli 
bor! Mingboshi o'ylaydiki, Miryoqub uning quyrug'i... 
Miryoqub ishonadiki, mingboshi — tuya, burniga ip 
o'tkazilgan, ipning uchi — sarbonda, ya’ni tuyachida, 
sarbonning nom ini Miryoqub qo'yganlar... Ana, Akbarali 
degan odam mingboshi bo'la turib, arzimas xotinlar 
orasida itlik rolini o'ynab yotadi. Shu topda yurt kuysa, 
ishi yo'q, parvoyi falagiga! Miryoqub degan kishi ming-
128


boshi ham emas, savdogar ham emas, dehqon ham emas, 
shunday bekorchi bir odam — o 'n bittaning eng a ’losini 
tanlab qo'yib, o'zi mingboshilikning ishlari, ya’ni yurt 
qayg'usi bilan piyoda halloslab noyib to ‘ranikiga ketib 
boradi. Miryoqubga m a'qul bo'lm agan o 'n ta xotin kirib 
mingboshining tevaragini o'raydi... Mingboshi odam
shaklidagi it bo'lgani uchun birdan hammasiga chang so- 
ladi, hammasini birdan changallari orasiga olmoqchi 
bo'ladi, quturib terisiga sig'magan sherday, hammasini 
baravar parchalam oq istaydi... N ihoyat, mastlik bilan va 
ham o ‘taketkan hayvonlardagina b o ia d ig an olchoq, 
ochko‘z, mechkay va yamlovchi his bilan ko'zi k o'r 
b o iib , hushyor vaqtda qarasang, ko'ngil aynaydigan bit- 
tasini ilintiradi-da, o'zi iflos, changallaridagi ovi iflos, ik­
ki iflos bir-biriga suykanib, tagsiz botqoq ichiga botib 
ketishadi! Mastlikda xotin tanlab b o ‘ladimi? Mastning 
ko‘ziga mushuk — fil, fil — mushuk bo'lib ko'rinadi... 
Kampirni — pari qiz qilib ko'rsatadigan tilsimli oyna 
ichkilikdan boshqa narsa emas! Miryoqub — it emas, 
odam! U yosh bir xotinni bazzoz do'konidan o'ziga toza 
ko'ylaklik tanlaganday qilib tanladi. Yettinchisi chakki 
emas... yuzining tozaligi birinchi qarashdayoq barq urib 
turadi. Miryoqubning o'sha tanlash chog'ida elektrni 
o'ch irtirib qo'yishi va nam oyishni deraza yoniga 
keltirishi hikm atdan xoli emas. Buni — belida kumush 
kamari borlargina tushunolmasligi mumkin!
N om er egasi Miryoqubni yaxshi taniydi, uning juda 
mulkilpisand gumashta, injiq xaridor, zavqi qayralgan 
shinavanda ekanini yaxshi biladi. Shu uchun yettin- 
chisini tanlaganini k o'rib , oshnasi M iryoqubning 
yelkasiga qoqdi va «O'lma, Miryoqub! Sart bolasi — 
fransuz...», deb qo'ydi. Chunki o 'n bir xotin orasida yet­
tinchisi bo'lib qo'lga kirgan Mariya Ostrova hali yosh... 
Y aqindagina yaxshi va najib bir oilaning erka qizi 
bo'lgan... Xo'jayinning aytishicha, bir xiyonat uni bu 
ko'ylarga keltirgan... Xo'jayin ham uni ko'z qorasiday 
saqlaydi... Miryoqubga ko'rsatdi, boshqa ancha-m uncha 
odamga ko'rsatmaydi... Xotin o 'zi odam tanlaydi... Y o'q, 
odam emas, pul tanlaydi! Unga bir yarim ming so'm pul 
kerak, shuni topadi, so'ngra yiroq bir mamlakatga keta-
5
-
3084
129


di. U yerda turm ushini boshqa asoslarda quradi. 
Gunohlariga achchiq-achchiq yig'laydi. H ozir m o'ljal- 
langan summaning yarmidan ko‘pi bor. Uch kishi bilan 
«ko'rishib» sakkiz yuz so'm topoldi. Biror hafta-o‘n kun- 
dan so'ng mo'ljallangan summa qo'lga kirajak va yosh 
xotin yangi turmushga qarab yo‘l solajak!
— Ana, oshnang vannaga ketayotir! — dedi xo'jayin 
ayvondan o'tayotgan yosh xotinni ko'rsatib.
— Bitta yaxshi oqsochni tayin qil, yuvintirsin.
— Xotirjam bo'l, Miryoqub, uning o ‘z xizmatchisi 
bor.
— M en sendan xafaman...
— Yo‘g‘-e!
— Xafaman...
— Rost aytasanmi, Miryoqub?
— Rost...
— Sababi?
— O'zing bilasanki, bunaqa xotinga pul ayamayman.
— Bilaman.
— Bilsang, nega boshqa xotinlarga qo'shib ko'rsat- 
ding? H atto ularning orasiga qo'yibsan...
Xo'jayin xoxolab kuldi:
— Zavqingni sinamoqchi edim, jinni! — dedi. — 
O'zim bilardimki, o'shani tanlaysan!
Miryoqubning menlik hissi qongan edi. Kuldi.
— Sakkiz yuz so'm ishladi, degin?
— Sakkiz yuz so'm!
— Sen qancha ishlading?
— M en bir oz ortiqroq...
Miryoqubning miyasiga bir fikr kelgan edi. Bir nafas 
to'xtab o'yladi va darhol qarorini berdi.
— Chakki emas... U bir yarim ming so'm ishlaganda, 
sen ikki mingga yetkizmoqchisan. Insof ham kerak!
— Insof kerak-ku-ya. Lekin, bunaqa fursatlar ham 
kam uchraydi. Bizning kasbimiz shu, fursatni qo'ldan 
chiqarish o'z kasbiga xiyonat qilish, demak...
— M endan qancha olasan?
— Sendan yuz ellik so'm , xolos!
— U nga qanchasini berasan? Ellik so'm inim i?
— Yo'q! Unga o'zing bilib berasan.
130


Miryoqub o ‘rnidan turdi. D o'stining yelkasiga qoqdi.
— Shaytonsan, do‘stim, shayton! Yetti do'zaxga kun- 
da bo'ladigansan!.. — dedi va tez-tez qadam qo‘yib, 
ko‘chaga chiqdi.
Noyib to ‘ra M iryoqubdan uzr so'radi.
— M eni hokim to ‘ra chaqirayotir. Hozir bormasam 
bo‘lmaydi. Kechroq uyga kelsang, yaxshi bo'lardi.
— X o'p bo'ladi. Ortiqcha ishim ham yo‘q. Q og'oz- 
m og'oz bo'lsa, ola ketay, deb edim. U ndan keyin, sizga 
bir narsa topib keldim.
Yonidan gazetga o'ralgan bir narsa oldi.
— Juda yaxshi, juda soz! — dedi to'ra. — Uyda be- 
rarsan. Akbarali qayerda?
Miryoqub haligi narsani yana qaytib qo'yniga so- 
larkan, javob qildi:
— Shu yerda.
— Shaharda?
— Ha, shaharda.
Telefon jiringladi. Noyib telefon qulog'ini oldi:
— Men, m enm an, Aleksandr Vasilevich. Hozir bora- 
man... hozir...
Telefon qulog'ini yana joyiga qo'ydi.
— Shaharda, degin? N im a qilib yuribdi?
— G ap ko'p, to'ra.
— Yaxshi, uni ham uyda aytib berarsan. Xayr, hozir- 
cha.
Eshikni ochib, sarkotibni chaqirdi:
— Ignatyuk! Akbaraliga tegishli qog'ozlar bo'lsa, 
berib yubor!
Noyib shoshilib chiqib, foytunga o'tirdi. Miryoqub 
qog'ozlarni olgandan so'ng bitta-bitta bosib, hammomga 
ketdi.
Yuvinib, soqol-mo'ylovlarini «fason» qilib oldirib, 
nomerga qaytgan vaqtida mingboshi ichkari uyda o'zi 
yolg'iz uxlab yotardi. Stol usti, yerlar — egasi ko'chgan 
uydan nishon berardi. Uyning havosi ham buzila tush­
gan...
U yerdan chiqib, nom er xo'jayiniga uchradi.
— Mingboshiga ovqat berildimi?
— Haligacha berilgani yo'q.
131


— Xayr, mayli. 0 ‘zi uyg‘onib so ‘rasa, berarsiz. 
Ammo uyni yig‘ishtirmasang b o ‘lmaydi. Odam buyur!
U o ‘z xonasining eshigini sekingina ochib kirgan 
vaqtida yosh juvon kiyimlarini yechgan, kartda uxlab 
yotardi... Boshi yostiqdan tushgan, sochlari tarqalgan...
Miryoqub yana sekingina qaytib chiqib, xo'jayinning 
yoniga kirdi.
— Borib uyg‘ot, do‘stim. Turib, yuvinib, kiyimlarini 
kiysin. Men u bilan to ‘p p a-to ‘g1ri kartda uchrashm oqchi 
emasman...
— Senga nim a bo'ldi, Miryoqub? — dedi xo‘jayin, 
kuldi.
— Menga hech narsa b o ‘lgani yo‘q. M ening odatim 
shu... men oshnachilikni kartdan boshlamayman...
X o‘jayin kula-kula chiqdi. Xotinning bezanishi bir 
soatga yaqin ch o ‘zildi. Bu orada Miryoqub bardosh qilib 
o ‘tirsa ham, xo‘jayin tajanglanib besh-o‘n m arta borib 
keldi.
Nihoyat, Miryoqub o ‘z xonasining eshigini ikkinchi 
marta ochib kirdi. Yosh juvon harir va chiroylik kiyimlari 
bilan yuvinib-taranib uyning o ‘rtasida turardi. Elektrik- 
ning bilinar-bilinmas qaltirovchi o ‘tkir yorug'ida uning 
oq yuzlari, ayniqsa, porloq ko‘rinardi. Miryoqub kirgan 
ham on salom qildi va xuddi eski bir oshnasi bilan 
ko‘rishayotganday kulib turib ko'rishdi. Xotinning qo‘l 
berishida shu xil xotinlarda b o ‘ladigan bir loqaydlik bori- 
di. Sovuq qo ‘l sovuqlik bilan uzaladi: «Ha, eski tanim - 
ning yangi xaridori», deganday... Miryoqubning odatda 
ham m a q o ‘lni mahkam siqib ko‘rishadigan q o ‘llari bu 
kichkinagina, oppoq va yumshoq qo‘llarni ham kuch 
boricha siqdilar. Faqat bu qisishlar ham olovsiz va haro- 
ratsiz edilar: «Ha, chuqur c h o ‘ntagim ning o ch k o ‘z 
mehmoni!» deganday... Butun bu ko'rishuvlar, q o i
siqishuvlar va ko‘z tutuvlarda, shuningdek, bu ko‘rishuv- 
ni o ‘rab turgan sharoitda m a’ni degan narsa topilmasdi. 
Bu ikkala «savdogar»dan bir m a’ni izlash, ayniqsa, shu 
topda behuda urinish b o ‘ladi. Faqat ikkalasining ikki juft 
ko‘zi bundan mustasno... Xotinning qovoqlariga og‘ir bir 
alam va iztirobning ko‘lagasi tushgani holda yoshlik va 
juvonlikning kuchi bilan berishmay, bo‘sh kelmay tur-


gan, yoz osmoni kabi tiniq va toza moviy ko‘zlarida 
kuchli bir savol alomati boridi, «Boshqalariga o'xsham a- 
gan xaridor, kimsan va nim a qilmoqchisan?» deganday... 
Miryoqubning har qanday xotinni loqaydlik holatidan 
chiqara oladigan qop-qora va dum aloq ko'zlarida esa bir 
andisha va o ‘ylanish hokim edi; «Tili ko'nglidan judo 
bo‘lgan maxluq, nega sen bu yerdasan?» deganday... 
Miryoqub fonarni o ‘chirib, uning qarshisiga kelganda va 
ikkalasi bir-biriga havoning tabiiy yorug'ida indamasdan- 
gina bir-ikki m inut tikilishganda, ikkala tom on ham bir- 
birining ko‘zida haligi m a’nini ravshan ko‘rdi va o'qidi. 
Miryoqub hali boya nom er egasining uyida bergan qaro- 
rini quw atlash uchun xotinning moviy ko'zlaridan quv- 
vatli dalillar topgan edi. Xotin esa hozirga qadar qilgan 
ishlari va muomilalari bilan o'zga «xaridorlar»ga ko‘p-da 
o ‘xshamagan bu Osiyo odamining, o ‘z aqidasicha, ayyor 
ko'zlarida oddiy «xaridorlik» doirasidan chekkaroq 
chiqadigan alomatlarni m ushohada etardi: «Bu odam 
ham, — deb o ‘yladi xotin, — boshqalar kabi cho'ntagi- 
ning kuchi bilan meni olayotir... Bu ham boshqalar kabi 
yosh gulbundan bir gulni sotib olib, darhol uzajak, uzgan 
ham on yana o'sha gulbunning oyoqlari ostiga — chang 
va tuproqqa tashlayajak, so‘ngra sovuq qo'lini uzatib, lo- 
qayd xayrlashajak, balki xayrlashib ham o ‘tirmasdan, 
burilib ketajak. Bir um r uchrashmaslik uchun ketajak!.. 
Chunki... Lodzli voyajer kabi...» Shundan so‘ng, bir on- 
da, o ‘tgan haftadagi uchrashuvni ko‘z oldidan kechirib 
oldi.
Shu nom erning shu xo‘jayini kechasi soat ikkilarda 
buning eshigini chertib ochtirdi. Bu yechinib yotgan edi. 
«Turing, M ariya Stepanovna, — dedi, — uchinchi 
nomerga kiring. Tez! Aytgan summangizni tez to'latadi- 
gan bir olijanob kishi bor. Sizni kutib yotibdi!» «Xo‘p, 
hozir kiyinib-taranib boraman». «Yo‘q, — dedi x o '­
jayin, — yo‘q! Ayvonda hech kim yo'q. Choyshabni 
yopinib o ‘ta bering. Kiyimsiz ham go‘zalsiz!» Kuldi va 
hayron b o ‘lib turgan xotinning yelkasiga kartdagi 
choyshabni tashladi-da, quchoqlab ayvonga olib chiqdi. 
Yangi «kasb»ning m unaqa dag'al talablariga o ‘rganma- 
gan yosh juvon o ‘shanda butun tanining dir-dir qaltirab
133


borganini sezdi. Uning yosh va tarovatli tanidan hali 
sofligini saqlagan, yeyilmagan ruhidan norozilik faryod- 
lari 
yuksalar-di. 
«Uvishdingizmi?» 
dedi 
xo'jayin 
mahkam roq quchoqlab! «Yo'q, — dedi yosh juvon, 
lablari titragan holda. — K o‘nglim ayniydi! Bu qadar ol- 
choqlik!..» Xo'jayin darrov to'xtadi, ayvon ustunidagi xi- 
ra chiroqning shu’lasida yosh juvonning ko'ziga tikildi. 
«Olchoqlik? — deb takror qildi xo'jayin. — M ehnatsiz, 
oson pul topm oqchi bo'lganlar m enlik hislarini o 'z 
oyoqlari bilan tepkilashga majburlar... Dunyoning ustu- 
ni — pul, pul topish — qiyin! Oson pul topish olchoqlik 
bo'lsa, mardikorlik qilishga nafsingiz ko'nadim i? Ana, 
ko'chada Tursunboy degan sart qorovul bor, hali ham 
ko'cha supurib yuradi. Olti so'm oylik oladi... O'shaning 
ishini qilishga o'zingizni ko'ndira olasizmi? Xursand! 
Vaqti chog’! Qachon ko'rsangiz, ashula aytadi. Mening 
oqsoch 
xotinlarim
bilan 
o'ynashadi. 
Topganini 
o'shalarga sarf qiladi. O 'zi doim och...» Yosh juvon 
boshini quyi egib, yuzini chapga burgan va borgan sari 
qaltirashi kuchaygan lablarini o'tk ir va oppoq tishlari 
o'rtasida qisardi... «Behuda gaplarni tashlang! Yarim 
soatdan so'ng qoiingizda bankning ko'p summali cheki 
bo'ladi. O 'shani so'rib-so'rib o'pingiz (orqa tom onini 
o'ping, yo'qsa nomeri o'chib ketmagi mumkin)! Ona — 
bolasini, oshiq — m a'shuqini, bulbul — gulni, bada- 
viy — tevasini, sarlashkar — qilichini o'pganday o 'p in ­
giz! Negakim, ham m a gap — o'sha chekda, chekbanka- 
da, banka — pulning markazi, pul, agar haqiqatga tobin- 
giz bo'lsa, «olloh! Qoziyul hojat!..»
Eshikni ochib, bu yosh xotinni hatto bir daraja 
q o 'p o llik bilan uchinchi nom erga kiritib yuborib, 
xo'jayin eshikni astagina yopdi-da, «Shunaqa xotinlarni 
qashqarlik m ardikorlar bilan birga g 'o 'z a chopig'iga 
yuborsang, ayni saraton issig'ida!» deb g'udurandi...
Bu xotin shu topda faqat bir narsaga muhtoj edi— 
isinish! Yozning dim va iliq kechasida paydo bo'lgan bu 
g'ayritabiiy titram ani to'xtatish! Bu — bir. Ikkinchidan, 
uhdaga tushgan «vazifani» naridan-beri bajarish... Bu 
yerda, «vazifa»ning go'zalligi, muloyimligi va yoqimligi- 
ni surishtirib turadilarmi? Bu yerning qonuni qattiq,
134


unga e ‘tiroz qiladigan, gap qaytaradigan kishilarni u o ‘z 
doirasiga olmaydi. «Kirdingmi, b o ‘ysunsun!» deydi va 
o ‘zicha u ham — haqli!
Ko'ngilni g'ash bosadigan kichkina va yalang'och xo- 
naning fonari o ‘chirilgan, hech narsa ko‘rinm aydi. 
«Qanday yaxshi! Kechaning bitta fazilati, qorong'ilikning 
bir yaxshiligi shu!» Ayvondagi xira fonardan bir siqimgina 
xira shu’la tushib, eski va bo‘yog‘i o'chgan kartni, kart 
yonidagi kursini, kursi ustidagi bosma ayilli — tasmali 
sh im n i1, kursi oyog‘idagi bir juft rangi belgisiz yarim 
botinkani zo‘rg‘a-zo ‘rg‘a yoritardi. Eshik ochilishi bilan 
kartda yalang’och yotgan erkak boshini ko'tardi, bir qi- 
mirladi, yonidanjoy b o ‘shatgan bo‘lsa kerak... Yosh xotin 
kartni ko‘rgan ham on hech o'ylab turm asdan choyshabni 
yerga irg‘itib yot erkakning begona qo‘yniga kirdi.
— Buncha sovuqsiz! — dedi erkak xirqiroq ovoz bi­
lan. — Xuddi muz!
Xotin indamadi. U hali ham lablarini tishlardi...
Tong otib, uy ichi yorishganda, xotin o'rnidan turdi 
va darrov choyshabini yopinib, orqasiga qayrildi-da, usti 
ochilib yotgan erkakka ko‘z tashladi: tarvuz singari yum- 
yumaloq, semiz qorni solinib tushgan, ikki beti se- 
go‘sht — bo'rtm a, kichkina va m a’nosiz ko‘zlarga ega 
bir maxluq! Pishillab nafas oladi, xurrak tortib uxlaydi! 
Ana, u ham uyg'ondi, joyidan turm asdan, boshini bir oz 
ko'tardi. Kuldi. Buncha xunuk kuladi! Ikkita tilla tishi 
o ‘chayotgan ch o ‘qqa o ‘xshaydi. Juda siyrak bo‘lgan 
sochlari chala o ‘rilgan ekinzor kabi...
«Nechuk men butun bir kechani shu bilan o ‘tkaza 
oldim?..» dedi xotin o ‘z-o ‘ziga, yana lablarini tishladi.
— Beriroq kelchi! — dedi erkak.
Xotin qon chiqar darajada shiddat bilan lablarini tish- 
lagani holda, o'ylab o ‘tirmasdan, qo‘mondaga itoat qil- 
gan soldatday, kartga yaqin bordi.
— Egil bir oz!
Xotin egildi.
— Chakki emas! — dedi erkak, xursand bo'lib kuldi. 
So‘ngra q o ‘li bilan deraza tokchasiga ishorat qilib:
1 Bosnia ayilli shim — tasm ali (podtyajkali) shum .
135


— Ana, chek! — dedi. Yana boshini yostiqqa q o ‘ydi.
Xotin tezgina chekni olib, xayrlashmasdanoq uydan
chiqdi.
0 ‘z uyiga kelganidan so'ng darhol oynaga qaradi, o ‘z 
aftidan qo‘rqib ketdimi, bilmadim — o ‘zini kartga tash- 
lab, h o ‘n g u r-h o ‘ngur yig‘lashga tushdi... U ch yuz 
so‘mlik chek q o iid a n tushib, allaqaylarda to ‘ntarilib 
yotardi...
Shu uchun Miryoqubga boshqa «xaridorlar» kabi 
qarayolmasligini bu yosh xotin o ‘zi ham bildi. «Bu, hech 
b o im a s a , olgan m olini qadrlay oladigan savdogar 
muomilasini qildi-ku, — deb o'yladi u. — Xotin kishiga 
nozik tarbiyali bir fransuz kabi yaqinlasha bildi-ku! 
Koshki ham m a xaridor shunday boisa!» Bu xotin 
o ‘zicha haqli, albatta. Qullarini urmasdan yaxshi gapirib 
ishlatadigan, urganlar kunda o ‘n besh soat ishlatsa, 
yaxshi gapirib kunda yigirma soat ishlatadigan xo‘jalar 
ham b oiad i-k u ...
— 0 ‘tir! — dedi Miryoqub sensirab. Fonarni yana 
yoqdi. Stolning past tom oniga o ‘zi o ‘tirib, to ‘r tom o- 
nidan unga joy ko‘rsatdi.
0 ‘tirdilar. Xotin o ‘z «vazifa»sini yaxshi. bilganligidan, 
shu topda gap emas, «ish» kutardi va bu tahqirlanishning 
sababini anglayolmasdi... «Har qanday orginal tip b o is a
ham, maqsadi belgili. Bu joyda o ‘zga maqsad b o iish i 
mumkin emas!» deb o ‘ylardi u. Miryoqub b o isa , nima 
deyishga hayron b o iib , boshi qotib o ‘tirardi. Bu odam
xalq orasida zakonchi hisoblangani bilan rus tilini 
maqsad anglatarlik bilmaydi. Qarshisida — Osiyo bilan 
yaqinda tanishgan bir nozik rus xotin, Osiyo bilan yaxshi 
tanishganda ham sart tilini o ‘rganishga tanaffur qiladimi? 
Zohirda bu narsaga dalolat qiladigan hech bir asar yo‘q! 
«Bu xotin, men bilan fransuzcha gaplashsa gaplashadiki, 
sartcha bir so‘z ham bilmaydi», dedi o ‘z - o ‘ziga 
Miryoqub... Holbuki, aytadigan ancha so‘zlar, so‘ray- 
digan ancha gaplari bor. Bu xotinga boshqa shu xil xotin- 
larga qaragan singari qarayolmasligiga uning o ‘zi ham is- 
honib qolgan. Boshida boshqacha planlar aylanadi...
N ihoyat, shirin maydan bir qadahchaga to id irib , 
uning oldiga q o ‘ydi. O 'zi yarim qadah aroq quydi.
136


— Ich! — dedi Miryoqub yana sensirashida davom 
etib.
Birinchi marta sensiraganida, negadir qunt qilmagan 
xotin bu safar hayrat aralash ranjib qo‘ydi. «Bu osiyoli 
ham «sen» bilan boshladi», dedi o'z-o'ziga. C ho‘qishtirib 
ichdilar. Miryoqub endi bir ish qilib maqsadini anglatish- 
ga bel bog‘ladi. Ruschaga sira o ‘xshamagan bir til bilan, 
ko‘proq q o ‘llariga va yuz-ko'zlarga zo‘r berib, maqsadini 
anglatishga kirishdi. X otin qotib-qotib kular, yuzlari 
cho'g'day yonib qizarar, M iryoqubning qistovi bilan 
shirin maydan bir oz bir oz h o ‘plab qo‘yib, so‘z tinglar- 
di. So'zlar boshda M iryoqubning g‘alati savollaridan ibo- 
rat bo‘ldi:
— Qachon jo ‘naysan? — dedi u.
Bu birinchi aytilgan so‘z edi.
X otin 
anglam adi. 
Boshini 
chayqadi. 
So'ngra 
Miryoqub qo‘l ishoratlari bilan birga haligi so‘zni yana 
takror qildi.
— Qayerga? — dedi xotin.
— Men bilmayman. O 'zing bilasan.
Bu narsa xotinni butunlay gangratib qo'ydi. «Nima 
dem oqchi bu sevimli aziat?» Miryoqub maqsadini angla- 
tolmasdan, savolni boshqacha qilib berdi:
— Bir yarim mingga yetdimi? Yo hali ham sakkiz 
yuzmi?
Xotin tushundi, u shoshib qoldi. «Nimalar deydi bu 
g'alati aziat? Menga bir yarim ming so'm pul kerakligini
hozir faqat sakkiz yuz so'm yig'ilganini qaydan biladi? 
M uam m o, muammo!..»
B ora-bora kerakli so 'zlar osonroq topiladigan, 
boshqacharoq so'zlar bilan aytilgan mavhumlar ham ikki 
tom onga anglashiladigan, qo'l va yuz-ko'z harakatlari 
ko'zga tanish k o'rinadigan bo'lib qoldi. X otinning 
yoqimli jaranglab chiqadigan quvnoq ovozi M iryoqub­
ning tanlariga igna botganday botar, lekin nihoyat dara- 
jada kayfini keltirardi.
Miryoqub nom er xo'jayinining uyida bergan qarorini 
mustahkamladi, ya’ni bu juvonni o 'zi bilan birga, bir- 
ikki oy o'ynatib, kelish uchun Qrimga olib ketadigan 
bo'ldi. Qrimdan so'ng qo'liga ikki ming so'm pul beradi
137


va m um kin bo‘lsa, Petrogradgacha olib borib qo‘yadi. 
U ndan nari bu xotin haligi pulning kuchi bilan 
Germaniyaga (dushman mamlakatiga!) qochadi va unda 
badavlat akasiga qovushadi. Bu sirlarni u Miryoqubga 
«ko‘nglining yaqinligidan» aytdi va — «sirlarning 
ochilishi uning halokatiga sabab bo'lishini» ham qayd 
qilib o ‘tdi. Miryoqub deraza tokchasidan eski bir kulgili 
jurnalni olib, undan tuya suratini topdi va «Tuya ko'r- 
dingmi? Yo'q!» degan chuchm al maqolni anglatmoqchi 
bo'ldi shekilli:
— K o'rdingm i? Yo'q! — dedi xotinga. Bu so'z 
ruschada «Videl? Net?» shaklida chiqqanligidan xotin:
— K o'rganm an (videla)! — deb javob berdi.
Xotin uning jon kuydirib gapirgan gapini anglamagan 
edi. Miryoqub qizidi, barm og'i bilan tuya suratini bir 
necha marta turtib, yana o'sha savolni takrorladi. Xotin 
bu d a f’a:
— Ha, ha, ko'rib turibm an (viju), ko'rib turibman! — 
deb javob berdi.
Miryoqub tajang bo'lib o'rnidan turdi, tezgina xotin­
ning yoniga o'tib, tuya suratini yana qattiqroq turtib 
ko'rsatdi, barm og'ini og'ziga qo'ydi, bir oz shu ko'yicha 
jim qolgach, yana o'sha savolni takrorladi.
Xotin Miryoqubning shu qadar zo 'r berishlari ila 
maqolning mazmunini anglayolmasa-da, uning nima de- 
moqchi bo'lganini anglagan edi: «Ayyor, lekin, bu azi­
at! 
— deb o'yladi u. — Demak, sirni hech kimga ayt- 
maydi. Tuya kabi doim jim qoladi». Shu uchun o'tirgan 
joyida boshini ko'tarib M iryoqubga qaradi, ko'zlari 
o'ynagan va muloyim kulgan holda:
— Tushundim , tushundim. Rahmat sizga! — dedi.
Shu bilan Miryoqub ham tinchlanib, yana o'z joyiga
o'tirdi.
Bu xotin o'zi yosh bo'lsa ham esi joyida edi. K o'p 
erkaklarning shirin tillari... birinchi yotoqqacha qaldira- 
ganini, yotoqdan turar-turm as yuzlari burishib, haligi 
tilning aksiga aylana boshlashini yaxshi bilardi. 
Gimnaziyaning so'ng sinfini bitirolmay qolgan bu qiz 
gimnaziyada fransuz tilini tuzuk-quruq o'rganib, han- 
dasani durustgina o'zlashtirib chiqm agan b o 'lsa-d a,
138
ishqiy rom anlarni ko'p o'qigan edi. Arsibashyevning1
taraqlagan davrlarida o'rtoqlari bilan birga butun kecha 
uxlamay, o'sha «sevimli» yozuvchini o 'q ir va kechalari 
poytaxtning keng parklarida har bir uchragan erkakni bir 
«oshiq» xayol qilib, har bir — ona suti og'zidan ketma- 
gan tentak gimnazistni bir «ozitqi» deb bilardi... «Bu 
yana tag'in, yowoyi bir aziat... Buning gapi, va’dasi bor­
mi? Ertaga unutadi! Ertagayoq o'zining qirqta (!) xotin- 
dan iborat ichkarisiga (o'zicha aytsak, «garemiga») kira- 
di-ketadi! Topib bo'ladim i uni nom i yo'q va nomeri 
yo'q, bir-biriga o'xshagan ilang-pilang ko'chalarda?» deb 
o'ylardi xotin. Bir ozdan so'ng bu fikrga o'zi qarshi 
bo'lardi: «Buning maqsadi kart bo'lsa, ana — kart, 
men — amriga hozir, nim a uchun so'z qiladi-yu, «ish» 
qilmaydimi? Y o'q, bu boshqa erkaklarga o'xshamaydi!» 
Shunday bo'lsa ham qo'lda bir dastak bo'lishi kerak. 
Xotin o'yladi va dedi:
— Sizning bu yaxshi gaplaringiz meni qondirdi. Faqat 
bu gaplarning ertaga erta bilanoq kul bo'lib uchmasligi 
uchun birorta dastak bormi?
— Dastakmi? Bilmadim... Siz ko'rsating, men yo 
«хо'р», yo «yo'q» deyman?
— Gaplaringiz rost bo'lsa, meni ishontirguncha... 
menga tegmaysiz!
— Boshqalarning ham tegmasligi sharti bilan!
Xotin «Ming bir kecha»dagi zolim hukmdorlarga
o'xshagan bu «mutaasib musulmon»ning shu qo'ygan 
shartidan shu topda juda rozi edi. Faqat bu joyda, bu 
binoda u shartni bajarish mumkin emas.
Shu uchun u ertasi kuni — Miryoqub hisobiga — sha- 
harning eng a ’lo nomeriga ko'chadigan bo'ldi. Miryoqub 
qattiq va’da oldi, o'zi ham qattiq va'da berdi. Bir hafta- 
ga qolmay, jo 'n ab ketishga jazm qildilar.
* * *
Kech kirgan edi.' K o'cha fonarlari yoqila boshlagan, 
uylariga qaytayotgan izvoshchilar charchagan otlarini
■ A r s i b a s h y e v M. (1878— 1927) — XX asr bo sh larid a axloqiy buzuqlik 
tashviq etilgan asarlari bilan m a sh h u r b o 'lg a n rus yozuvchisi.
139


erinibgina qam chUardilar, otlar ham quruq aravani 
shoshmasdan asta-sekin g‘ildiratardilar... Miryoqub bit- 
ta-bitta qadam bosib, noyib to ‘raning uyiga tom on yurdi. 
Uning miyasida allaqanday besaranjom fikrlar aylanardi.
«Miryoqub — burungi Miryoqub emas, nega bu qadar 
sekin yuradi? U ning shu choqqacha sanab qadam
bosganini koVrgan odam borm i dunyoda? N im a b o id i 
o ‘zi unga? 0 ‘zi ham hayron! Akbarali mingboshida 
b o ig a n itlik bunda yo'qm idi? Bu quturm aganmi? Bu 
suvdan ham muloyim, sutdan ham oq, chum olidan ham 
beozor, m usichadan ham soTimi?»
«Yo‘q! Bu ham Akbaraliga o ‘xshagan minglarcha it- 
larning biri! Faqat bu bilan Akbarali mingboshi o ‘rtasida- 
gi farq shuki, bu o ^ in i undan yuqori oladi. Shu yuqori- 
lik hissi, shu g 'u ru r — uning o ‘zidan itlikni to‘sib turadi, 
o ‘ziga ko‘rsatm aydi5 uning o ‘zini aldaydi...»
«Yo‘q! Bu bilan Akbarali o ‘rtasida tog‘ qadar farq 
bor! Ana, Petrograddan kelgan moviy ko‘zli dilbar bunga 
guvoh! M iryoqub, Akbaraliga qaraganda, farishta! Buni 
Petrograd g o ‘zali 
ham tili bilan 
tasdiq 
qiladi. 
M iryoqubda itlik y o ‘q!... Bo‘lmasa, shu topda hech narsa 
qolmadi... Ham m asini ana u moviy ko‘zli go‘zalning bi- 
linmas kuchi yulib tashladi, tag-tom iri bilan yulib tashla- 
di!..»
«Yulib tashladirni? Tag-tom iri bilan yula oldimi? 
Yo‘q! Bekor gap! N echa yillardan beri ildiz yoygan, shox 
tarqatgan, qulochlab o ‘sgan narsani bir qarashda yuladi- 
gan 
kuch 
yo‘q 
va 
topilm aydi! 
U ning 
ildizlari 
M iryoqubning badanida hali juda kuchli! Ana o ‘sha kuch 
emasmiki, uni ket^yotgan y o iid a birdaniga to'xtatdi. 
To'xtagan joyida bir uyning zinasiga o ‘tirishga majbur 
qildi. «Itlik» bosh k o ‘tarib kelardi...»
«Nima behudagarchilik bu? M ashhur bir nom erda 
m a’lum «kasb» bilan shug'ullanadigan bir xotinga yo‘liq- 
di. Ori rost: bu o ‘sha joydagi o ‘zi singari xotinlarga 
o ‘xshamasdi. Boshqacha ko‘rinardi. Yosh, tarovatli va 
toza edi. N im a bo'p ti? H ar qancha tannoz b o ‘lsa ham — 
yana o ‘sha joyning o ‘shanaqa xotini. Buning uyiga nega 
kirdi? Nega kirgani m a’lum. Bu kelganda, yechingan 
ko‘yi muning karticia yotishi — nega kirganini ko‘rsatib
140


turadi. Ochiq ko‘z bilan o ‘ylaganda, bunga nima qilish 
kerak? Belgili, borib eshikni ochib kirib, fonarni o ‘chirib, 
indamasdan kartga tortish... U o'zi ham erta bilandan 
beri shuni kutib o ‘tirmaydimi? Shu uchun yuvinib-taran- 
madimi? U — Layli, bu M ajnunmidiki, «oh, oh» deb 
tog'-toshlarda, vahshiy hayvonlar bilan ulfat bo‘lib yura 
bersa? Tog‘-tosh qani? Bu — shahar... Madaniylashgan, 
«evropalashgan» shahar. H ar burchakdan — har m inutda 
bir tannoz buriladi va suzgun ko‘zlari bilan yegunday 
bo‘lib odamga qaraydi! Shu zam onda majnun b o iam an
deganlarni o'lganlaridan keyin tug' ko‘tarib m ozor qil- 
maydilar. «Jinni edi, o ‘lib qolibdi», deydilar va bir kulib 
qo'yib, o'taveradilar; o ‘ligi ham ko'chalarda qolib ketadi. 
O'ligini itlar yesa, egasi xursand bo'ladi. Bekor chirib, 
sasib yotgandan ko'ra...»
Itlikning shu xilda osiy o'ylari bilan Miryoqub qanday 
qilib o'rnidan turganini va nom er zinasidan shoshilib 
yuqoriga chiqayotganini o ‘zi bilm ay qoldi. Yuzlari, 
ko'zlari kulardi va bu kulish qondirilmagan nafsning bir­
daniga xuruj qiladigan sho'xliklaridan o'zga emasdi. O 'z 
xonasiga yaqin yetgan, derazadan yupqa to 'r parda orqali 
ayvonga tushib turgan muloyim shu’lani ko'rganidan 
keyin negadir yuragi o'ynab, qadam bosishini birdaniga 
susaytirdi. Itlik fikrlari yana orqaga tisarila boshlagan 
kabi bo'ldi. Eshik oldiga yetgach, qabzaga qo'l uzatol- 
masdan, to'xtaldi... Ichkaridan yosh xotinning shirali bir 
ovoz bilan ohistagina aytayotgan ashulasi eshitilardi. Bu 
xotinning gapirganida jaranglab chiqadigan shirin ovozi 
endi ashula aytarkan, cholg'u toriday darrov ko'ngilga 
ta'sir qildi.
«Bu qanday ovoz? «Itlik» asari bormi shu ovozda? 
Shu 
ovoz 
bilan 
karavotga 
chaqirib 
bo'ladim i? 
O'xsham aydi-ku sira! Boyagi bir tush edi... bir bosiriq 
kelib kechdi... U og'ir bosinqirashdan uyg'onm oq uchun 
shu qushchaning sayrashiga ehtiyoj bor ekan! Ana, 
sayrayotir! O 'zi bilgan, o'zi tanigan, o'ziga yoqqan ovoz! 
O'ziga yoqqani uchun va'da berib, va’da olgan!..»
«Hay, ket! Ket, shaytoni m al’un! Men Akbarali emas- 
man! Mening kumush kamarim, podshohlik muhrim 
yo'q! Men — M iryoqubman, Miryoqub!..»
141


«Hay, Miryoqub! Pismiq Miryoqub! Ayyor Miryoqub! 
Tulki Miryoqub! Shayton Miryoqub! Nafsining bandasi, 
buzuq, sharmanda Miryoqub! U mringda bir marta salgi- 
na, pichagina, qittakkina itlikni tashlash, odam bo‘lish 
fursati topilibdi-yu, shunda ham mag‘rur bo'yningni jin- 
dakkina egging kelmaydimi? Shunda ham-a! Sen it 
bo‘lsang, shoshma, itlik qilishga hali ulgurasan! Itlik — 
topiladigan narsa. Pul bo'lsa — bo'ldi! Pul har qayda har 
qancha, har qanday itlikni amringga omada qilib bera 
oladi. Puling bo'lsa, butun umringni itliklarning bir-biri- 
ga ulanib ketgan zanjiriga aylantirish hech gap emas!..»
«Ettinchi seniki, axir! Seniki! Sendan boshqaga yo'q 
endi u muloyim maxluq! Seniki u xotin! Hech bo'lm a- 
ganda, shu bittani fohisha kabi tasarruf qilma! Hech 
bo'lm asa, uning ko'nglini o'ldirma! Umidini sindirma. U 
senga odam, deb qaraydi, «xaridor» degan fikrini tashla- 
di, tashlata olding. Ovozini eshitasanm i? Bu ovoz 
cho'ntagida puli bor xaridorni kutgan buzuq xotinning 
o'z yozmishini qarg'ab aytadigan alamlik ashulasidagi 
ovoz emas! Bu ovoz buzuqligidan zavq oladigan xotin­
ning aynima qo'shig'i emas! Bu, oqshom chog'i kuyovi- 
ni kutib yotgan, yosh kelinchakning m a’sum ashulasi! 
Sevganiga qovushgan yosh maxluqning sevinch qo'shig'i! 
Jufti uyasiga qaytgan ona qushning shukrona kuyi! 
Miryoqub! Miryoqub! Miryoqub!..»
Miryoqub ikkita edi: biri qochdi, biri quvladi, shu 
qochish va quvalash sur’ati bilan noyib to'raning uyiga 
yetib borib, jing'iroqning tugmasini bosgan vaqtida... 
cho'zib-cho'zib, hansirab-hansirab nafas olardi...
* * *
Uy bekasi — xonim yo'q edilar. Katta zalda noyib- 
ning o'zi ovqat stoli ketida choy ichib va gazet ko'rib 
o'tirardi.
— Ha, keldingmi, Miryoqub? Marhamat!
— Keldim, to'ra. Qalaysiz! Omonmisiz? Bola-chaqa?
— Shukur. Yomon emas. Qani, o'tir! M ana, choy, 
marhamat qilib o'zing quyib ich. N ondan ol. Mana, 
saryog', nonga qo'shib ye. Konfet, shirin kulcha... bular- 
dan ol. O 'z uying, taklifni kutma.
142


— Qulluq, to 'ra, — dedi Miryoqub o'tirarkan. — 
O 'zim quyib ichaman. Yangi gaplar, yangi xabarlardan 
gapirib bering bizga. Kattakon gazetlarni o'qiysiz...
T o'ra ko'zidan tilla oynagini olib, stol ustiga qo'ydi 
va o'z tizzasi bilan stol o'rtasida yoyilib yotgan gazetaga 
qarab, dedi:
— Katta gazetlarda katta xabarlar bor, bir-biridan 
yomon...
Miryoqub kursini yaqinroq jildirdi, chiroyli bir chi- 
nayoqqa1 samovardan quyuqqina choy quygach, chi- 
nayoq likopchasiga ikkita konfet olib qo'ydi. So'ngra, 
qo'ynidan gazetga o'ralgan narsani olib, ocha boshladi.
— N im a u? — dedi to'ra. — Boya m ahkamada ayt- 
gan narsangmi?
— Ha, to 'rt xat forscha bayt ekan. Shahobiddin dom- 
laga ko'rsatib edim, Umarxon zam onida qozi bo'lib 
o'tgan Ado degan bir shoirning bayti, o'z qo'li bilan 
yozilgan, deydi.
— Unday bo'lsa, ko'p ham eski narsa emas, — dedi 
to 'ra qo'lyozm ani olib turib. — Lekin chinakam
mavlono Adoning xati bo'lsa, tabarruk narsa. Rahmat 
senga, Miryoqub.
T o'ra yana ko'z oynagini kiydi.
— «Limuharririhu...» Chiroylik xat... Mavlono Ado 
shuncha xushxat ekanm i? Sharqda, islom Sharqida 
suratkashlik din tom onidan man qilingani uchun rivoj 
topm asdan, din tom onidan tarvij etilgan bu xattotlik 
san’ati yaxshi taraqqiy qilgan edi. X o'p, qani... o'qib 
ko'raylik...
«Gul rangli ko'z yoshlari va sarg'aygan yuzlar ajib 
go'zal bo'ladilar, xuddi zar yurgizilgan yoqut kabi go'zal 
bo'ladilar. Sen agar bodom singari boshdan-oyoq 
k o 'zd an iborat bo'lsang, hech narsa ko'rolm aysan, 
am mo sevgi surmasi ila ochilgan ko'z ravshan bo'ladi».
T o'ra yerli xalqning til va adabiyotini juda yaxshi bi- 
ladigan m a’murlardan edi. Ayniqsa, fors tili va adabiyoti­
ni yaxshi bilar, Turkiston tarixiga oid qo'lyozm a asarlarni 
har yo'l bilan qo'lga tushirishga tirishardi. Uning bu
1 C h i n a y o q — c h ash k a, likopchali krujka.
143


havasini bilgandan keyin M iryoqub har qayerdan qo'l- 
yozma asarlar topib keltiradigan bo‘ldi. O 'zining yaqin 
oshnasi b o ‘lgan Shahobiddin mudarris orqali u ch -to ‘rtta 
qim m atbaho 
narsalar 
topib 
berdi. 
N oyib 
to 'ra
M iryoqubning bu xizm atlarini sira unutm aydi. Buni 
Miryoqub o ‘zi ham yaxshi biladi. Ikkovi ham biri-biri- 
ning katta-kichik iltimoslari bo'lsa, qo'ldan kelgan qadar 
bajaradilar. Shuning uchun sovg'a-salom, tansiq qo'lyoz- 
ma asarlar va b a’zan o z -k o ‘p pul xususida to ‘ra 
Miryoqubga m innatdor bo'lib turadi, am aldorning qo'li- 
dan keladigan ba’zi bir xil himoyat ishlari to'g'risida 
Miryoqub to'raga m innatdor bo'lib turadi. Ishqilib qars 
ikki qo'ldan chiqadi va ham m a ish go'zallik bilan bitib 
boradi. «D unyoda ham m a odam bolalari bizning 
ikkimizdek bo'lsalar, dunyo jannat bo'lardi», deb o'ylay- 
di to'ra. Miryoqub ham shunday o'ylasa kerak: ikkovi bir 
jon, bir tan emasmi, axir!
— Mavlono Adoning bu baytiga hech qayda duch 
kelmagan ekanmiz. Bu jihatdan ham bu yozmaning qim- 
m ati bor.
— Baytning m a’nosi nim a, to'ra?
T o'ra tushuntirib berdi.
— G o'zal she’r... U m um an, U m arxon, eslik podsho 
bo'lgan edi. Mulla odam, o'zi ham shoir. Vazirlari ham 
shoir edilar. U ndan keyingilarning mazasi bo'lm adi... 
Shahobiddin mudarris buning mavlono Adodan bo'lga- 
nini qaydan bilgan bo'lsa?
— Tagida qozining muhri bor, deydi. O 'sha mavlono 
Ado ekan...
— E, darvoqe bunda m uhr ham bor... shoshma... ha, 
m ana, mana: «Qozi Abdillatif... Sayyid al-m uslum in 
Amir Umar»... Chinakam , bu xat U m arxon davrining 
asari ekani m a’lum bo'ldi. Ammo buni yozgan Ado 
bo'lm asa kerak. M avlono Adoning nom i Sultonxon 
bo'lsa kerak... M en o 'q ib edim . A bdillatif emas. 
Shahobiddin xato qilibdi. Sizning domlalaringiz m unaqa 
narsalami yaxshi bilishmaydi...
— M en bilmadim, to'ra. Shahobiddin maxsum shun­
day dedilar. M en yana surishtirib yuribman, topsam olib 
kelib beraman.
144


— Hali ham ko‘p qim m atbaho narsalarni berding, 
Miryoqub. Sening madaniyatga xizmating katta... 0 ‘tgan 
yil bir tarix kitobi bergan eding, u to ‘g'rida Petro- 
graddagi kattakon m ajm ualarga m aqolalar yozdim. 
Sening nomingni ham ko'rsatdim . Hozir u kitob to ‘g‘ri- 
sida Angliston, Farangiston va Lamsa (nemis) m am- 
lakatlarida kattakon majmualarga ko‘p narsalar yozildi. 
Rahmat senga, Miryoqub! Katta xizmat qilding.
Ikkovi ham jim bo‘lishdi. Bir ozdan so‘ng Miryoqub 
gap ochdi:
— Gazet xabarlaridan gapirib bering, to ‘ra.
T o'raning bu choqqacha kulib turgan basharasiga bir­
daniga g'am ch o ‘kdi. Qovoqlari solindi, lablari bezgak- 
day, yengilgina qaltirab uchdilar. Q o'lyozm ani stolga 
qo‘ydi.
— Shunaqa, do'stim , ishlar yomon. Bizning, adadi 
ham m anikidan ko‘p bo‘lgan mudhish o ‘rdumiz bir-bir 
ustun yengilayotir... Eng usta va eslik qo'm ondonlari- 
mizning butun tadbirlari natijasiz qolayotir... M ustahkam 
qal'alar bir-bir ketin dushm an qo liga o ‘tm oqda, qancha 
viloyatlar, o'lkalar, shaharlam i dushm an egalladi...
— Oq podsho qayerdalar? Bir chora ko‘rmaydilarmi? 
H amm amiz sevgan oq podsho...
— Bu savolni, Miryoqub, biz ham mamiz bir-birimiz- 
dan so‘raymiz. H ech qaysimiz javob topolmaymiz. 0 ‘z- 
o ’zimizdan so'raymiz. Tajanglanib, xafa bo‘lib, qizib 
so‘raymiz, shoshilmay, taam m ul bilan, o ‘ylanib turib 
so‘raymiz. N a o'zim izdan javob bor, na boshqadan! 
Bu — m aFun savol. Miryoqub!
— U naqa demang, to ‘ra... Biz, sartiya xalqi, xudodan 
keyin oq podshoga ishonamiz.
— Ishonganlaring yaxshi. Biz ham ham m am iz sizlar 
singari ishonamiz, faqat... og‘zingga ehtiyot bo'I... fa­
qat... ishonish boshqa, ish, amal, voqea — yana boshqa. 
Bir-biriga zid! Bilasanmi, Miryoqub, rus xalqining o ‘qi- 
ganlari orasida m a’yuslik bor, og‘ir bir m a’yuslik bor. 
Ular butun bu baxtsizliklarni oq podshoning o'zidan 
ko‘radilar...
— Oq podshodan? H ech bir podsho o ‘z yurtini yov- 
ga bergisi keladimi?
145


— Senlarning xonlaring bilan bizlarning podsho- 
him iz yurtlariga ko 'p ham achinm aydilar, shekilli... 
Senlarning Xudoyorxoningga «O'ruslar Oqmachitni olib 
qo'ydi», deganlar. Xudoyorxon «U yurtim necha kunlik 
yo'lda?» deb so'ragan, «Bir oylik yo'lda», deganlar. 
«Unday bo'lsa, menga unaqa olis joydagi yurtning kera- 
gi yo'q. Olsa ola bersin!» degan... Bizniki ham, vallohi 
a ’lam, undan qolishmas.
Miryoqub nima deyishini bilmay qoldi. Bunaqa 
siyosatlarga sira aralashmagan va bu to 'g 'rid a shu 
choqqacha hech bir bosh qotirmagan kishi bunday 
katta siyosiy masalalar oldida birdaniga shoshmasdan 
iloji ham yo'q edi. Quruq bo'lm asin, deb gapga arala- 
shib qo'ydi:
— Ilgari bir oylik yo'l bo'lsa, endi poezd bilan uch 
kunlik yo'l bo'lib qoldi...
— Havo kemasi bilan ertaga uch soatlik yo'l bo'ladi. 
U m um an, ertaga — masofaning aham iyati qolm aydi, 
Miryoqub. Bizning kattalarim iz asrning sur’atini ang- 
lam oq istam aydilar. «Shoshilm asang yetasan» degan 
maqol boshimizga bir balo bo'ldi. G erm aniya nega kuch- 
lik?
— Siz bilasiz, to'ra.
— M en, albatta, bilam an, sen ham bilib qo'y. 
Germaniya sur’at bilan yutadi. Sur’at mashina bilan hosil 
bo'ladi. Germaniya bizdan necha barobar kichik, odami 
bizning uchdan birimizcha ham kelmaydi! Ammo bir 
qarich yeri tem ir yo'lsiz, tosh yo'lsiz emas. Bugun, ay- 
taylik, Samarqandda bo'lgan askarini ertaga Oqmachitga 
olib borib to 'k a oladi. Biznikilar bir izlik tem ir yo'l bilan 
sudralib borguncha ish tam om bo'ladi... Nimaga ger- 
manlar Farangistonda qarishlab oldinga jiladilar? Chunki 
Farangiston ham Germaniya singari sur’at degan narsani 
biladi. Texnikaga boy. Bizning shaldirama aravamiz, 
sizning 
anovi 
devsifat aravalaringiz b u tu n -b u tu n
xalqlarni uxlatadigan narsa...
— Chora nima, to'ra?
— Chorani o'ylashga ham qo'rqam an, Miryoqub, 
shoshma bittadan ichib olaylik.
T o 'ra o'rnidan turib, jovonga tom on bora boshladi.
146


Shundagi oyoq bosishidan Miryoqub uning bir oz shi- 
rakayf ekanini angladi. 
D em ak, bu qadar zo ‘r 
masalalarni hech o ‘ylab o ‘tirm asdan, og‘iz yeli bilan 
chiqarishi ichkilik ta ’siri bilan edi.
— Kel, ichaylik, Miryoqub. Biz, ruslar, aroq ichishni 
ham m adan yaxshi bilamiz... Senlar ham iste’dodli xalq 
ekansan, bizdan o 4tkaza boshlading...
C ho‘qishtirdilar. T o‘ra allanarsaning sogiigiga ko‘- 
tardi. F aqat M iryoqub «...sogiigiga» deganinigina 
anglab qoldi. So‘zning bosh qismi, g‘oliban, ichda aytil- 
gan edi.
— Sen chora nima, deb so‘raysan, — deya boyagi 
so‘zini davom ettirdi to ‘ra. — Chorasini topishdan biz, 
amaldorlar, ojizmiz. Durust, ichimizdagi dushmanga, 
qora xalqqa qarshi b o is a — tadbir oson. Qozoq 
o'risim iz, mirshabimiz, jandarm am iz, askarimiz bor... 
fyusht!.. Xorijdan kelayotgan yovga biz ojizmiz, nima qil- 
ishimizni bilmaymiz. Biz bilan birga bizning tom ondan 
jang maydoniga tushgan qironlar ham bizga ishonmay 
boshladilar. Bu — yom on, bu ju d a yom on hoi, 
Miryoqub. Kel, yana bitta ichaylik...
— Chorani aytmadingiz, to ‘ra. «Chorasiz dard yo'q», 
deydi bizning hakimlar... « O iim bilan ishqdan boshqa 
ham m a dardning chorasi bor» deydilar.
— Safsata hammasi, safsata... Chorani bizning ichki 
dushmanlarimiz, ya’ni inqilobiyun degan toifa ko'rsata- 
di. Lekin o'zicha ko'rsatadi...
— Qani, nim a deydi u toifa?
— Podshoni ham hayda, am aldorni ham hayda. 
Mirshablarni yo'qot, jandarm larni o id ir, urushni to'xtat, 
boylardan yer-suvni, fabrikachilardan fabrikalami, za- 
vodchilardan zavodlarni tortib olib, xalqqa ber, — deydi. 
Ularning «xalq» degani — qora xalq, yalang-oyoqlar... 
Yurtni o ‘shalar so'rasin, deydi.
Miryoqub xoxolab kuldi.
— N o m a’qul otning tezagini yepti o ‘shalar! Savodi 
yo‘q, omi bir yalangoyoq kelsinu so'rasin em ish... 
Boylardan yerni tortib olib, kambag‘al ekar emish... 
Kambag‘al shuncha so‘kib urishsangiz ham yeringizga 
bunday bir hafsala qilib ishlamaydi-yu... xo'jayin b o i-
147


masa, ishlar emishmi? 0 ‘sha urushni to ‘xtatsin, degani 
durust... Urush chiqqandan beri yurt qim matchilik bo‘lib 
ketdi. 0 ‘ziga yarasha davlati, savdo-sotig‘i bor odam larni 
jin ham urgani yo'qku-ya... qayta, m ollam ing narxi 
oshib, biri besh b o ‘ldi. A m m o, shu qim m atchilik 
bo'lgandan beri odamlarning ko‘ziga qarasangiz, q o ‘rqib 
ketasiz, to ‘ra.
— Habbarakallo! Bizning ham m a xavfimiz o ‘sha 
«ko‘zlar»dan... U ko'zlar ko‘p xunuk qaraylar. U ko'zlar- 
ning soni-sanog‘i y o ‘q. G erm ann i yengsak, k o 'zlar 
yuvoshlanadi. Xudo saqlasin, agar shu xilda keta ber- 
sak — u ko'zlar bizni yeb tashlashi mumkin...
T o‘ra jim b o ‘ldi. Miryoqub ham jim qolib, unga tikil- 
gan edi. T o 'ra olis xayollarga ketib turib, boshini chayqa- 
di. So'ngra boshini og‘ir-og‘ir tebratib turib, dedi:
— Xullasayn kalom, bu ulug' kema... bu ulug‘ kema... 
bu buyuk «imperiya» dahshatli to ‘lqinlar ichida zulmat- 
ga, belgisizlikka, yo'qlikka qarab ketayotir. U ni to ‘xtata 
oladigan va qutqarib qoladigan hech bir kuch ko'rin- 
maydi... Balki, unday kuch aslida yo‘qdir o ‘zi...
— Bir so‘z aytdingiz, to'ra... «imperi»mi, nimaydi?
— Ha, imperiya, imperiya.
— U nimasi, to ‘ra?
T o 'ra bir oz o'ylab turgach, podshoning devordagi 
suratini, so'ngra o'zining yelkasidagi pogonini ko'rsatdi.
— M ana shu imperiya...
Miryoqub hech narsa anglamadi. So'ngra to 'ra og'ir 
bir nafas olgandan keyin:
— Menga qara, Miryoqub, — dedi, — qo'y endi bu 
gaplarni!
— Ha, qo'ying, to 'ra, odam ni xafa qiladigan gaplarni 
gapirmaylik. «Ertaning g'am ini eshak yeydi». Ertaga xu­
do poshsho egam...
— Hali «Akbarali shu yerda», deding. Uylanganiga 
bir hafta bo'lm ay turib nega tushdi? Bironta ish bilan- 
mi?
Shundan keyin Miryoqub o'zining g'am xo'r otaxoni- 
ga butun voqeani gapirib berdi:
— Eh-he, hali shunaqa degin!
— H a, shunaqa, to'ra.
— Akbarali ahmoq! Eshshak!
— Rost aytasiz, to 'ra, bir oz esi pastroq...
— Sizning shariatingiz to 'rt xotin olishga yo'l qo'ya- 
di. Bu qonun, aslida, chakki qonun emas... H ar bir erkak 
buni biladi... Faqat, u bundan yuz yil, ellik yil burun du­
rust edi, zam on ko'tarardi. Endi zam onlar boshqa, 
Miryoqub. H ozir to 'rt xotin olib, to 'rt tashvishni yelkaga 
ortishning nim a hojati bor. O dam degani, albatta, bitta- 
ga qanoat qilolmaydi... bu m a’lum. Lekin buning uchun 
uylanib 
o 'tirish
kerakm i? 
Bekorchi 
xarxashani 
ko'paytirib nim a qiladi kishi?
T o'ra ovozini pasaytira tushdi:
— Hay-havas uchun mutloq uylanib o'tirish shart 
emas. Sen o'zim iznikisan, senga ishonib aytganda, 
mening bir oshnam bor: urushga ketgan ofitserning xoti­
ni. Yosh, chiroyli narsa. Yaqinda, ziyofatda, bir savdogar 
boyning xotini bilan tanishdim... bu oqshom o'shanikiga 
borm oqchim an... ochiq, dilkash narsa. M ana xolos! 
Ahmoq. Akbarali ahmoq!..
— Rost aytasiz, to 'ra, rost. M ana, men ham bittaga 
«qanoat» qilib o'tayotirm an-ku... hay-havaslarim qolib 
ketayotgani yo'q...
— Habbarakalla, — dedi to'ra. — Xotinning bitta, 
ayshing joyida...
Keyin barm og'i bilan «hap seni» qilib turib:
— Sen, Miryoqub, yomonsan lekin... — dedi.
M iryoqub aw al bir oz qizarindi, so'ngra kulimsirab
to'raga qaragach, javob berdi:
— Xudovandi Karimning rahm at daryosi keng, dey- 
dilar, to'ra. Shunga ishonib, uncha-inuncha erkalik qila- 
miz-da. U ncha-m uncha...
— Tog'day-tog'day gunohlar ham uncha-m uncha 
b o 'lar ekan-da!
Miryoqub xoxolab kuldi:
— Tog'day-tog'dayini endi sizdan o'rganam iz, to 'ra, 
xudo xohlasa... Siz, axir, mulla odamsiz...
T o 'ra ham «qah-qah» solib kuldi. So'ngra devordagi 
soatga qaradi. 8 dan 15 minut o'tgan edi. O 'rnidan turdi.
— Sen o'tirib tur, men kiyinib olay. Birgalashib 
chiqamiz.
149
148


T o ‘ra kiyinib chiqqandan keyin M iryoqub ham 
o ‘rnidan turdi.
— Qani, yur buyoqqa. Boqcha tom ondan chiqaylik. 
X onim kelmagan, kampir uxlab qolibdi. Eshikni berkitib 
oladigan kishi yo‘q.
Ayvonga chiqdilar. Sahnga tushgach, to ‘ra to ‘xtadi.
— M iryoqub, yangi gapdan xabaring bormi?
— Yo‘q, to ‘ra.
— Tog' tom ondan olom on qo‘zg‘alon ko‘tarib, bir- 
ikkita amaldornikiga o ‘t qo‘yibdi. Ertaga tushdan keyin, 
yonimga askar olib, chiqib ketayotirman. Bugun ham o ‘n 
yetti kishini ushlab keltirdilar. Olomon quturgan, deydi.
— Q achon kelasiz?
— Ikki-uch kun qolsam kerak. Sen Akbaraliga ayt, 
tezroq joyiga borsin.
— X o‘p, jonim bilan. Biz ham ertaga chiqib bo­
ra rmiz.
— H ozir har bir mingboshiga yana yettidan yigit 
berish masalasini ko‘tardik, ehtimol yaqinda ruxsat b o iib
qolsa.
— Yaxshi bo‘lardi.
Bularning ovozini eshitib, oshxona tom ondan to ‘ra- 
ning oshpazi Z unnun keldi. Miryoqub bilan ko'rishdi.
— Miryoqub aka, chiqib ketayotirsizmi? Biznikiga bir 
kirib chiqing. Bitta choy damlab beray. Sizga bir gapim 
boridi...
Miryoqub to'raga qaradi.
— Juda yaxshi! Bir oz choy ichib, gaplashib borarsan. 
Zunnunboy zerikkandir.
T o‘ra kumush boshli hassasini yerga ura-ura panjara 
eshikdan chiqib ketdi. Bular oshxona tom onga buril- 
dilar.
* * *
Z unnun akaning uyi oshxona bilan don omborining 
o ‘rtasida edi. Bu bir qavatli, tor derazali, xom g‘ishtdan 
yopilgan bostirm alar esa, sahnning to ‘g‘risida, noyib 
to ‘raning o ‘z uylari o ‘rnashgan pishiq g‘ishtli yaxshi bi- 
noning qarshisida bo‘linardi. Bu bostirmalarning keti 
boqcha va gulzor. Oshxonaning derazasi sahnga — oldin-
150


ga qaragani holda, Z unnun aka turadigan uyning faqat 
boqcha tom ondan bir kichkina deraza va eshigi boridi. U 
uyga oshxona orqali o'tsa ham bo'lardi. Oshxonadan 
ham sahn, ham boqcha tomonga eshik ochilardi.
Z u nn un akaning uyiga kirm asdan, gulzorda bir 
skameykaga o'tirdilar. Miryoqub tezroq borib o ‘zining 
yangi yulduzini yana bir ko'rm oqchi va o ‘z boshiga 
yolg'iz qoldirilgan mingboshidan ham xabar olmoqchi 
edi. Mingboshi boladay narsa... uni ko'p ham yolg'iz 
qoldirib bo‘lmaydi. Shu uchun Miryoqub choy qo'ym oq 
uchun turayotgan oshpazni to ‘xtatdi:
— Zunnun, men shoshilib turibman. Gapingni ayt. 
Tezroq bormasam bo‘lmaydi.
M iryoqubning ovozida allaqanday besaranjomlik ham 
yo'q emasidi. Buni Z unnun payqadi.
— N im a bo'ldi sizga, Miryoqub aka! Ovozingizda bir 
bezovtalik bor...
— Hech narsa bo'lgapi yo'q, shoshilib turibman.
— Unday demang. Baribir, men bilaman. Bizning 
to 'ra ham juda xafa. Xonim bo'lsalar tez-tez «Rusiyaga 
ko'chib ketsakmikan?» deb qo'yadi. «Sen ham ketasan- 
mi?» deb so'raydi. Ular dunyoning ham m a holu ahvoli- 
ni bilib turadigan odamlar, bir narsani sezishgandir-da, 
m en bu yerda har xil o 'ru slar bilan gaplasham an. 
Hammasi har narsa deydi. O'ylab ko'rsangiz, hammasi- 
ning gapi bor: «Bir balo bo'ladiganga o'xshaydi».
Miryoqub boshini ko'tardi.
— O 'ruslar shunaqa deydimi? Qani, gapir, yana nima 
deyishadi?
— Aytdim-ku, ham ma har xil gapiradi. Lekin gapning 
tagi bir joydan borib chiqadi: «Bir balo bo'ladiganga 
o'xshaydi». N im a balo ekan, bizning aqlimiz yetmaydi. 
H ar qalay, bir balosi bor.
M iryoqub ahvoldan bu daraja xabardor bo'lgan 
odam dan sir yashirishni lozim ko'rmadi:
— Rost aytasan, — dedi. — T o 'ra menga ko'p 
gaplarni aytdi. Biri-biridan vahimalik... Uning gaplarini 
eshitib, men o'z-o'zim ga «Zamona oxir bo'pti. Qiyomat 
yaqin shekilli», dedim...
— Shuning uchun men sizni chaqirib edim.
151


Z unnun Miryoqubning yonginasiga o'tirdi.
— Men qirqqa borib qoldim. Haligacha bitta boshim 
ikkita bo'lgani yo‘q. Keng ko'rpada yolg'iz o ‘zim qaltirab 
yotaman... Mening ham orzu-havasim bor. Uylansam, 
bola-chaqa ko'rsam , deyman.
— Juda yaxshi. 0 ‘zingga loyiq bir qiz topiladi, albat­
ta.
— Qiz tayyor... qishloqda mening bir xolam bor, 
o ‘sha darak solib topgan ekan. Endi qistab yotibdi.
— Uylana ber, nimasi bor? Taraddudingni qila ber, 
to'yni birgalashib o'tkazamiz.
— M en xo'jayinning oldidan bir o ‘tib qo'ysam m ikan, 
deb edim.
— T o‘g‘ri, sening otaxoning bo'lib qoldi. So'raganing 
yaxshi.
— Shuni aytaman.
Z unnun kuldi. Miryoqubga tom on yana ham yaqin- 
roq burildi.
— Shu to'g'rida xo'jayin bilan gaplashib bersangiz, 
deb edim...
— O 'zing-chi?
— O 'zim ... betlayolmayman.
— Nega? Ayta ber.
— Siz aytsangiz, deyman.
— Yaxshi, men aytay.
M iryoqub birdan suhbatdoshiga tom on burildi:
— Xonim bilan qalaysan?
— Juda qalin...
— Bo'lmasa, unga ayt, eriga o'zi aytadi.
Zunnun kulib yuborib, o'rnidan turdi, ikki qo'lini 
chakkasiga qo'yib, suhbatdoshidan besh-olti qadam
yiroqlashdi. Unga orqasini o'gurgan holda quyigaroq 
etilgan boshini qattiq-qattiq chayqab, so'ngra birdaniga 
yugurib Miryoqubning yoniga keldi. H am on qizarib kuli- 
shini davom ettirgani holda, Miryoqubga egilib, dedi:
— Siz bilmaysiz, xo'jayin!
— Albatta, bilmayman. Sening ko'nglingni men qay- 
dan bilay? Gapir!
M iryoqubning bu so'zlarida bir oz qattiqlik asari bori- 
di. U , g'oliban, o'ziga teng bo'lm agan bir kishi bilan or-


I
tiqcha bachkanalanishni istam as edi. 
V aholanki, 
Zunnunning qiliqlari bachkanalikka qarab ketdi. Zunnun 
suhbatdoshining ovozidagi o ‘zgarishni payqadi va darhol 
uning yoniga o'tirdi.
— H am m a balo xonimda-da! — dedi u.
Miryoqubning ko‘zlari olaydi. Yana suhbatdoshiga
tom on burildi.
— N im alar deyayotirsan?
— Xonim bo'lm asalar, erta qachon uylanib olardim, 
aka!
— Obbo xudo urdi! — dedi Miryoqub, irg'ib o'rnidan 
turdi. Boshini chayqadi: ikkala qo'lini Z unnunning 
yelkasiga qo'ydi. — N im a balo, senga ko'ngli tushib qol- 
ganmi?
Z unnun zo 'r berib kulardi.
— Hoy, tentak, gapir, deyman! N im a balo bor 
o ‘rtangizda?
Z unnun hali ham kulardi.
Shu onda birdaniga hovli tom ondan xotin kishining 
chorlash ovozi eshitildi: «Zunnun! Zunnun!..» Bu xo- 
nim ning ovozi edi.
Z unnun irg‘ib o 'rnidan turdi.
— Turing, derrov mening uyimga kiring! Chirog'ni 
yoqmasdan deraza oldidan tom osha qiling...
Nafas o'tm ay, Miryoqub deraza oldida o'tirib, tash- 
qarini kuzata boshladi. Z unnun gulzor o'rtasidagi elek- 
trik fonarni o 'ch ird i, o 'zi yugurib oshxonaga kirdi. 
Oshxonadagi yorug' fonarning shu’lasi eshik tirqishidan 
uy ichiga tushib turardi. Tashqarida — gulzor tom onda 
esa ola qorong'ilik hukm surardi. Miryoqubning o'tkir 
quloqlari oshxona tom onni tinglarkan, ikki kishining 
pichirlashib gaplashganini aniq eshitdi, yuragi objuvoz 
likopiday ura boshladi:
— Shoshma, Zunnun, shoshma, Zunnun, deyman! 
Bu yerda yaxshi emas...
— Bu yerda yaxshi emas, deysiz... Uyimga kirgali 
unamaysiz.
Xonim sekin javob qildi:
— M endan uni kutma! U to 'g'rid a gapirma ham! — 
So'ngra ovozini bir oz pastlab dedi: — O'zing bir yaxshi
153


mening uyimga kela bilasan... Shoshm a, Zunnun! 
Sursan! Shoshma, deyman senga! X o‘jayining qani?
— Birjoyga ketdi. Kech kelam an, dedi. Zarurishi bor 
ekan...
— Bas, deyman! Karmisan? Vaqti bor har narsaning! 
Xafa b o lam an bekor! Yana yarim kecha — saharlarda 
keladi, desang-chi! Oh, bu erlar!..
— Ha, kechroq kelaman, dedi.
— Buncha sur b o lding? M astm isan, nima balo? Yur, 
boqchaga o ‘taylik. Darranda...
Birdan oshxonadagi fonar o ‘chdi.
— O'chirma! Zunnun, yoqib qo'y, jonim ... Yoq, dey­
man!
A w al «cho‘lp» etgan kuchli bir o'pish eshitildi. 
So‘ngra fonar yondi. U ndan keyin oy qorong‘isida 
qo'ltiqlashgan ikJki kishi deraza oldidan bir-ikki marta u 
yoq-bu yoqqa o'tdilar. So‘zlari eshitilmasdi. Zunnun o ‘z 
hunarini ko'rsatm oqchi b o ‘ldi, shekilli xuddi deraza 
qarshisiga kelganlarida, xonim ni mahkam quchoqladi- 
da, derazaning pastgina supachasiga o'tqizdi. Miryoqub 
ichkarida yuragini hovuchladi: to'raning xotini lablarini 
oshpaz Zunnunning lablariga q o ‘yib, uning quchog‘ida 
hansirardi...
Biror m inutdan so'ng xonim irg‘ib o'rnidan turdi, shu 
onda oshxonaning eshigi ochildi. So'ngra oshxonaning 
hovli tomonidagi eshigi oldidan xonimning so'zlagani 
eshitildi:
— O 'zim aytaman... m ana shu vaqtlarda... o'zing bi- 
lasan-ku...
Oshxonaning u eshigi ham yopildi. Bir ozdan so'ng 
Z unnun kirib, o'z uyining fonarini yoqdi. Miryoqubning 
rangi o'chgan edi...
— Toza bo'lgan ekan bo'lgulik! — dedi u. — Hali gap 
shu degin?
— Bir-ikki yildan beri ahvol shu... Qani, yuring, gul- 
zorga chiqaylik.
Gulzorga chiqib, yana skameykaga o'tirgach, Zunnun 
davom etdi:
— M ana shu ahvol. G apini eshitdingiz-a? Bugun 
xo'jayinning chiqib ketganini bilmay qoldi, o'zi uyda


yo 'q edi. O 'zi uyda bo'lsa, bunday hollarda, xo'jayindan 
so'raydi: «Qachon kelasan?» deydi. «Yana yarim kecha- 
saharlarda 
kelarm ikansan? 
Kutib 
o'tiraylikm i? 
Samovarga bir qop ko'm ir tashlaylikmi?» deb o'shqirib 
ham oladi. Xo'jayin — «Bugun ish juda muhim. G arni- 
zon boshlig'i ishtirok etadi. Shuning uchun kech kelsam 
kerak. Soat 2 dan aw al kela olmasman... Sizlar, bemalol 
yota beringlar», deydi. Xotinidan uzr so'raydi, bechora! 
U ketgan ham on xonim meni chaqirtiradi. Onasi oldida 
buyruq qiladi: «Xo'jayining kelguncha zalda o 'tir. 
K elganda chiqib eshikni och. Sekin yur! Bizning 
uyqumizga xalaqit berma!» deydi. «Хо'р», deb zalda qo- 
laman. Zalning bir yonidagi eshik xonimning uylariga 
ochiladi, bir yonidagisi yo'lakka, yo'lakdan — ko'cha 
eshigiga. Onasi 
bo'lsa, bola bilan birga, ho'... narigi 
chekkadagi uyda yotadi. U m ana bu vaqtlarda dang qotib 
uxlab qoladi. Bola ham yuvosh, mo'm ingina... M en zal­
da qolaman. Zal bilan yotoq uyi o'rtasidagi eshikning bir 
qanoti ochiq... Xullas, xo'jayin chang'iroq chalgan-da, 
sekingina o 'rta eshikni yopib, yo'lakka chiqam anu, 
uyqusirab, esnab, paypaslanib, eshikni ocham an. 
X o'jayin aksari mast keladi, hech narsani bilmaydi. 
Hushyor kelganda, «Bor, endi, joyingga chiqib yot! Sekin 
yur, xonimni uyg'otasan. Shu choqqacha taxtalik polda 
yurishni bilmaysan. Ho'kiz!» deydi...
Miryoqub hayratlar ichida qolgan edi. Shuncha gap­
ni eshitishga vaqti bo'lm asa ham shoshilganini unutib, 
diqqat bilan quloq soldi va birushta boshini chayqab 
o'tirdi. Bir oz o'ylanib turganidan so'ng boshini uzun- 
uzun chayqab:
— Imperiyasi tag'in ham botmasinmi? — dedi u. — 
N echa ming, necha lak fuqaroning joni shularning qo'li- 
da. Bularning joni esa m ana shunaqa manjalaqilar qo'li- 
da ekan!..
— N im a deysiz endi, Miryoqub aka?
— Qaysi to'g'rida? Sening uylanishing to'g'risidam i?
— Ha.
Xayoli boshqa tom onda bo'lgan Miryoqub:
— Yaxshi, uylan! — dedi. — Qayliq olish yaxshi 
narsa.
155


— U ni bilaman. Xo'jayinga aytish maslahatini so'rab 
yotirman.
— Ha, u to'g'rini aytasanmi? Yaxshi. O 'zim gaplashib 
beraman. Lekin hali emas, bir-ikki oydan keyin...
— Ungacha qish kelib qoladi-da?
— Xotin degan qishda kerak-da. Yozda xotinsiz ham 
issiq o ‘zi...
— Bor bo'ling, topdingiz! M en sizga ishonib tura- 
m an, b o ‘lmasa.
— Ertagayoq so‘rab berardim. Tushdan keyin xo'ja- 
yining tog‘ tom onga chiqib ketar ekan. Ikki-uch kunsiz 
kelolmayman, deydi. U ndan keyin biror hafta o ‘tkazib, 
o'zim ham Qrimga jo ‘nayman. T o ‘yni bizsiz o ‘tkazma, 
Zunnun!
— Ha, albatta, albatta! Mingboshi tog‘am bilan siz 
ikkovingiz bo'lm asangiz, to 'y tatiydimi?
— Bo'pti.
Z unnun yana kuldi.
— Ertaga xo‘jayin uyda bo‘lmas ekanmi?
— Shunday dedi.
— Menga qarang, Miryoqub aka.
Miryoqub burildi. Z unnun egilib turib, so‘radi:
— Bizning xonim qalaylar? Tobingiz bormi shu kishi-
ga?
Miryoqub birdaniga javob bermadi. O'ylanib qoldi.
— Ayta bering, aka. Men o 'z kishingizman...
— O 'zi qalay, deb so'rasang, chakki emas, semizgina, 
lo'ppigina, badani oppoq, tarovatini saqlagan, ancha 
yosh ko'rinadi... 0 ‘zi ham, 27—28 dan nari emasdir?
— 27 da bo'lsa kerak.
— H a, men adashmayman. Endi «tobingiz bormi?» 
deb so'raysan. N im a deyishga hayronm an... Biz erkak 
xalqini o'zing bilasan. Itmiz! Shayton ham m a vaqt yelka- 
mizda... Tizginni doim chapga burib turadi... Lekin, 
Zunnunboy, ikkovingiz ham yetib ortasiz bechoraga...
— Nega ikki kishi bo'lsin? Bir kishi, xolos...
— N im a demoqchisan?
— Eri — nomiga er. U boshqa xotinlar bilan yuradi. 
Uning o'ynashlari ko'p.
— Sen qaydan bilasan?


— M en ham m asini bilaman. Ba’zi birlarini o 'z xotini 
ham biladi. Uning menga buncha osilishi ham besabab 
emas. Ikki kishi demang, bir kishi. M enm an, xolos! 
Ehtimol, tashqarida b o ‘lsa... Y o'q, agar bo‘lsa sezardim, 
albatta. Siz menga qarang, ertaga xo'jayin uyda 
bo'lm asa, kechlatib keling. Allaqaysi bir mingboshi to 'ra- 
ga bir to'qqiz ilvarsin yuborgan ekan. Uchtasini alohida 
tuzlab qo'ydim . Yaxshi palov qilaman. X onim ham 
bo'ladi. Tobingiz bo'lsa, u yog'i oson...
Miryoqub indam asdan o'rnidan turdi. Yonidan pul 
olib Zunnunga uzatdi.
— Yaxshi. Shom dan keyin kelaman. M ana bu pulga 
ichkilik ol... Ko'ramiz.
Z u n nun
pulni 
olm oq 
istam asa-da, 
M iryoqub 
qo'ym aganidan keyin, noiloj olib, stol ustiga tashladi va 
o'sha m aqtanchoq kulishi bilan kulib turib:
— Ertaga kutam an, — dedi.
— X o'p, — dedi Miryoqub. Yana boyag'iday bosh 
chayqab uydan chiqdi.
Nomerga qaytib borarkan, ham on boshini chayqab 
o'z-o'ziga so'zlanardi:
«Imperisi chiribdi... Yiqilsa ham hech kim tankir qol- 
maydi. M ening m iyam da shu bugun g 'alati fikrlar 
qo'zg'aldi. Nimaligini o'zim ham bilmayman... Ilgari 
hech bunaqa gaplar y o 'q edi. Allakimdan allanimalarni 
so'ragim, bilgim, o'rgangim keladi. Bir pirni topib — 
tariqat so'rasam m i? Bir zakonchini topib — zakon 
so'rasammi? Yo bir muallimni topib — masala so'rasam ­
mi? Hayronman...»
«Imperiyani kemaga o'xshaydi, deydi... Yo'q, kema, 
deydi, kema... Nimaligini bilsam edi! Imperiya, nima de- 
sam, oq podshoni, o'zini, pogonini ko'rsatdi. Oq pod- 
shoning nimaligini o 'zi aytib berdi, o'zining kimligini 
o'zim bilaman, bugun yana ham ochiqroq bildim, ertaga 
juda ravshan bilsam kerak... Endi, yelkasidagi pogoni 
qoldi. U bir latta, zardan tikilgan bo'lsa hamki, bir lat- 
ta... M ashinachi tikadi. «Eshagiga yarasha tushovi», de­
gan gap bor. Egasiga yarasha — pogoni... Demak, im ­
periya botishga boradi».
«Biz nim a bo'lam iz? Fuqaro nim a bo'ladi? Bizning
157


topgan-tutganlarim iz, ortdirgan davlatimiz nima bo‘ladi? 
Azbaroyi xudo, kimdan so‘rasam? Shoshma, yangi osh- 
nam dan, m eni zanjirsiz bog‘lab q o ‘ygan ayyordan 
so‘rayman! U , har holda, o ‘rus-ku... o ‘qigan-ku, biladi. 
Y o‘q, shoshma, u o ‘zi nim a b o ‘ladi? 0 ‘zi? Shunday kat­
ta imperiya botadi-yu, u sog1 qoladimi? N im a, azbaroyi 
xudo, bu imperiya? Kimdan so‘rayman endi? Kimdan?!»
* * *
Soat o ‘n birlarda nomerga kelib, mingboshining yoni­
ga kirdi. U ikki xotinni yoniga olib, ikkalasining bo‘yni- 
ga baravar qo‘l tashlab, mudram oqda edi... Kirgan ha- 
mon baland ovoz bilan qichqirdi:
— Turing, dodho! Xirmonga o ‘t ketdi!!!
Mingboshi seskanib uyg'ondi, irg'ib o ‘rnidan turdi.
— Qayerda qolding, noinsof? Meni yolg'iz tashlab?
— Kim noinsof? Ikki tannozning o ‘rtasida o ‘tiribsiz- 
ku, yana yolg‘izman, deysiz...
— Zerikdim bularingdan... ko‘nglimga urdi. Yur, ke­
taylik!
— Q ulluq b o ‘lsin, itlikning yo'qolishi! Xudoga 
shukur, ming qatla shukur, odam bo'libsiz.
— 0 ‘tir! — deb baqirdi mingboshi.
Ikkala xotin cho‘chib tushdi. Miryoqub yoyilib-yoyi- 
lib kuldi.
— Qayerda qolding?
— Nimaga?
— Imperiyaga o ‘t ketgan ekan. 0 ‘chirishgali borib 
edim...
— Nimaga?
— Imperiyaga... Imperiya...
Xotinlarning biri uning yoniga o ‘tdi.
— Siz imperiya dedingizmi? — deya gap boshladi 
xotin. — Bizning shahrim izda «Imperial» degan bir 
nom er bor edi. Tog'ning shundoqqina tepasida, pastda— 
daryo. N om erning oldi — bog1, bog‘ning oldi — pastlik, 
jar...
— Im periya o ‘zi ham ja r b o ‘yiga kelib qolgan 
emish, — dedi Miryoqub.
Xotin uning yoniga suqilib kirib:
158


— N im a dedingiz? Anglamadim, — dedi va qo'lini 
Miryoqubning yelkasiga tashladi. Miryoqub uning q o 'li­
ni muloyimlik bilan o ‘z yelkasidan olib qo‘vib, o'rnidan 
turdi-da, mingboshiga yuzlandi:
— M en ketaman! Eski shaharda ishim bor.
— Shoshma! — deb baqirdi mingboshi. — M en ham 
birga ketaman!
— Siz buguncha shu yerga yota turing. Qorningiz 
to'qdir, albatta?
— Q ornim to 'q , ammo zerikdim. Qachon ketamiz?
— Indinga erta bilan, sahar, xudo xohlasa. Zerikkan 
bo'lsangiz, ertaga boshqa nomerga ko'chiram an. U yer— 
yaxshi.
— Indinga ketadigan bo'lsak, menga bir dutor chalib, 
ashula aytadiganini topib ber. Bu — til bilmaslaring bilan 
zerikib ketdim...
— X o'p, xo'jayin. Ertaga kunduzi hammasi bo'ladi. 
Indingacha imperiyani bostiramiz...
— U nim a deganing?

«Itlikni o'ldiramiz!» deganim... Yaxshi tush ko'rib 
yoting, xo'jayin! Xayr endi, xonimlar!
Tez-tez hatlab tashqariga chiqdi. Ayvonga o'tishi bi­
lan o 'z uyidagi qizil fonarning shu’lasi ko'rindi. «Demak, 
mening uyimda».
Eshikni sekingina ochdi. Yosh xotin stul ketida kitob 
o'qib o'tirardi... Miryoqubni ko'rgach, o'rnidan turib joy 
bo'shatdi va to'rga taklif qildi. Miryoqub soddagina 
ko'rishib, to'rga uni o'tqazdi va o'zi pastga o'tirdi. A w al 
yosh xotinning ko'zlariga qaradi: horg'inligi, uyqusira- 
ganligi ochiq ko'rinib turardi. Kartga qaradi: odam yot- 
gani bilinmaydi. Shundan so'ng ko'nglida bir sevinch 
qo'zg'aldi, butun badanini bir zavq o'rab oldi... Yana 
yosh xotinga tikildi: u bir bet qolgan kitobni oxiriga 
yetkazmoq uchun urinardi. Bu d af’a Miryoqub xuddi 
o'zining necha yillik sinoqta xotinini ko'rganday bo'ldi. 
Bu xotin go'yo necha yildan beri har kun shu ravishda 
buni kutib um r o'tkazgan... Imperiya esidan chiqdi. 
Xotin kitobni bitirguncha, ehtiyot bilangina esnab oldi­
da, so'ngra bu ishdan o 'zi uyaldi shekilli, yuzini qo'li bi­
lan to'sib kuldi. Yumshoqqina kuldi... Betlariga qizil qon
159


oqinlari yugurgan edi. M iryoqub ham kuldi va sekingina 
o'rnidan turdi.
— X o'p, yotib uxla, bo‘lmasa, men Eski shaharga 
tushib ketayotirman.
— Yaxshi, bora bering. Bugun xo'jayin eshikni cher- 
tib kelgan edi, «tobim yo‘q», deb kiritmadim.
— N im a deydi?
— «Bir sart boyvachcha keldi. Besh yuzdan kam ol- 
maysiz. Maqsadingizga yetdingiz... O 'zi ham yosh, chi- 
roylik, original...», deydi. «Yaxshi, indinga kelsin. Tobim 
qochib turibdi, vannada sovuq oldiribman...», dedim. 
«Attang, attang...», deb qaytib ketdi.
O'zi xohlamasdan, bo'lib-bo'lib, oddiy ovoz bilan bu 
voqeani so'zlab bergan xotin endi bu safar xuddi yolvo- 
rishga yaqin bir ovoz bilan dedi:
— Ertaga shu yerdan ketarmikanmiz?
— Albatta, erta bilan kelib o'zim to'g'rilaym an.
— Narsalarni qanday qilamiz?
— Narsalaring ko'pm i?
Xotin kuldi.
— Bir cham adon, xalos.
— Oson ekan. Ertalab shu uyga chiqarib qo'yalasan- 
mi?
— Ertalab bo'lm asa, kechasi bir ish qilib eplarman.
— U nday bo'lsa, xotirjam sen kiyim ingni kiyib 
chiqaverasan, tamom!
Miryoqub chiqib ketishga mo'ljallay boshladi.
— Y o'q, shoshmang! — dedi xotin. M en bu pas- 
portim bilan u yerda turolmasman...
— Obbo! — dedi Miryoqub. — Hali bu masala ham 
bor ekan.
— N im a qilamiz? — deb so'radi xotin.
Miryoqub o'ylanib turib, dedi:
— Bir yo'lini toparm iz... shoshma.
Bir ozdan so'ng yuzlari kulib, keskinlik bilan dedi:
— Xotiijam bo'l, pasport topam an. Ertaga erta bilan 
qo'lingda bo'ladi.
— Tashakkur etaman.
Miryoqub tashakkurga javob qaytarishni bilmasdi... 
Lekin u, shu topda negadir o'zi ham xursand bo'lib al-
160


lanechuk charaqlab ochilib ketdi. «Miryoqub epaqa har 
ishni eplaydi», degan xayolga bordim i yo boshqa bir 
yoqimli xayolga bordimi, har qalay ta ’bining chog'ligi- 
dan bo 'lsa kerak, yosh xotinning yoniga borib, 
peshanasidan bir o ‘pib olmoqchi bo'ldi. Faqat yana dar­
rov o ‘zini to'xtatdi: «Yo‘q, qizigan olovmiz ikkovimiz 
ham... Q ancha yiroq bo‘lsam, shuncha yaxshi...», dedi 
o ‘z-o'ziga.
— X o‘p, yot, orom ol, bo im asa. Eshikni ichidan 
berkitib yot!
Miryoqub o ‘rnidan turdi.
— Tabiiy, — dedi xotin, u ham sekingina o ‘rnidan 
turib, eshik tom onga yurdi.
M iryoqub ayvonga chiqqach, ichkaridan kalitning 
shiriqlagani eshitildi. «M en uchun ochiladigan eshik 
boshqalar uchun yopildi!» dedi u o'z-o'ziga. Xursand, 
ko‘ngli ochilgan, allanechuk yengillagan ko‘zlari, yuzlari, 
butun borlig'i bilan kulgani holda ildam-ildam bosib, 
ko‘chaga chiqdi.
Muyulishda uxlab yotgan izvoshchini uyg‘otib, ikki 
otni choptirganicha yarim kechada, noyib to 'ra mahka- 
masining kotibi Ignatyukni qidirib ketdi.
* * *
Kecha kechasi ko'cha eshigi zinasida Ignatyukning 
quruq changaliga qistirilgan o ‘n so'm lik qog'oz o 'z vazi- 
fasini bajargan edi: ertalab soat 10 da mahkamaga kelib 
kirgan M iryoqubning qo'liga Ignatyuk bir yangi pasport 
uzatdi, 24 yashar Yevdokiya Zaxarovna Kobilina nomiga 
yozilgan bu muddatsiz pasport yosh xotinning kechagi 
tashvishini tam om an bartaraf qila olardi. U yozlik kiyi- 
mini kiyib chiqib, to 'p p a-to 'g 'ri birinchi klass nomerga 
bordi va o'zi uchun ajratilgan kichkinagina chiroylik va 
soz uyiga o'rn ash di. Bir soat o 'ta r-o 'tm a s , narigi 
nomerning y o 'g 'o n gavdali, devsifat, uzun soqol xiz- 
matchisi bir qop ichiga solib, xotinning cham adonini 
keltirib berdi. U ning narigi nomerdagi xonasida endi 
hech narsadan xabari yo'q xizmatchi xotindan boshqa 
hech kimsa qolmagan edi...
M iryoqub mingboshini ham boshqa bir nomerga
6
-
3084
161


ko‘chirgandan keyin, o 'z nomerining hisoblarini tam om - 
lab, nomer egasi d o ‘stiga qo‘l uzatdi:
— Xayr endi, m en qishloqqa jo ‘nayman.
— Xayr, Miryoqub, kelib tur, do‘stim. Xotin qalay?
— So'ram a. Bir-ikki kundan keyin yana kelaman...
— Arziydi... arziydi, chyort vozmi! — dedi xo‘jayin. 
0 ‘zidan xursand bo'lib kuldi. So‘ngra so‘radi: — Q ancha 
berding?
— Ishing nima?
— Ayta ber... him m atingni bilayin, deym an. 
Kechadan beri o ‘zi ham senikidan chiqmaydi.
— M enikidan chiqmagani rost, faqat notob o ‘zi...
— Sen uni sovuqqa oldirib qo‘ygansan. Kecha bir 
boyvachcha kelgan edi. «Notobman», deb chiqmadi. Sen 
menga katta zarar keltirding. Vagonchi boyning o ‘g ‘li 
edi... Vahob... Bilasanmi? Ana, pul degan narsa o'shan- 
da! Bir quchoq!
— Bu xotin shu yerda bo'lsa, vagonchi boyvachchalar 
ko‘p keladi hali... Shoshma!
— Albatta, albatta! H ar holda qancha berding? Ayt!
— Ko‘p emas, faqat... ming so'm!
— Ming so'm ? Rostmi?
— Nega yolg'on bo'lsin? Ming so'm lik chek berdim. 
Bankaga ketdi.
— Chyort vozmi! Bir yarim mingdan oshib ketibdi... 
«ketaman», deb qolmasin.
— Pul shirin... Q ancha ko'paysa, yana shuncha 
ko‘paytirgisi keladi.
— Rost aytasan. Bir ish qilib yana bir-ikki hafta olib 
qolaman. Q o'yam anm i men?
— Sen qo'ymaysan, bilaman. Xayr endi!
— Yaxshi bor!
Miryoqub o'z do'stining ahmoqligidan kulib, ko'cha- 
ga chiqdi.
— Ertaga erta bilan qishloqqa jo'naym an, — dedi u 
ko'ngli ilingan xotinga. — K o'p bo'lsa, besh kun turib 
qaytaman. O 'sha kuni jo 'n ab ketishimiz kerak.
— M en sizga ko'p tashakkur qilaman, aziz do'stim . 
Siz chinakam aziz do'stim bo'ldingiz. Keling, men sizni 
bir singil sifatida o'pib qo'yay...


M iryoqub bu so‘zlarning m a’nisiga tushunguncha 
yosh xotin kelib peshonasidan o ‘pdi. Bu o ‘pish har qan­
day yaramas hisdan uzoq va ehtiyotli bo‘lsa-da, xotin 
kishining bu qadar yaqinlashib kelishi M iryoqubni dir-dir 
titrashga majbur qildi. U nga nisbatan xotin juda tinch va 
loqayd edi. 0 ‘pib b o ‘lgandan so‘ng, M iryoqubning 
yonidan uncha uzoqlashm asdan, uning qop-qora va 
besaranjom ko‘zlariga tikilib turgan xotin, g ‘oliban, 
uning shu topda kechirayotgan talvasalaridan xabardor 
emasdi. Miryoqub bir-ikki qadam orqaga chekin-di.
— Eski pasport qani?
— N om erda qoldi.
— U kerak emasmi?
— Yo‘q, yo‘q, yo‘q! Yaxshi b o ‘ldi, juda yaxshi bo ‘ldi. 
M en butun qora kechm ishim dan qutuldim. Rahm at siz­
ga, men, bundan so‘ng, Mariya Stepanovna Ostrova 
emasman, Yevdokiya Zaxarovna Kobilinaman. Xunuk 
nom , xunuk familiya... o ‘zim yoqtirm aym an. Lekin 
menga bundan nari shu nom dan qadrli narsa b o ‘lmaya- 
jak! Yo‘q, kechiringiz, bu nom ni menga bergan kishi, al­
batta, undan qadrliroq! Rahm at sizga, aziz do'stim ,
Yana kelib, Miryoqubning bir qo‘lini ikkala qo‘li 
orasiga oldi va silkitib- silkitib siqdi. «Qanday qizg‘in va 
yoqimli qo‘llari!..»
— Rahm at, aziz d o ‘stim!
«Arzimaydi», deb qo‘yishni bilmaydigan bu go‘l «azi- 
at» butun vujudi bilan yana qaltiray boshlagan edi. Tag‘in 
ikki qadam orqaga chekildi. Eshik oldiga yetib oldilar. 
Buni payqagan xotin orqasiga qaytdi va uni o ‘tirishga 
taklif qildi.
— Yo‘q, m en ketaman. Eshikni ichidan berkitib o ‘tir, 
tashqariga chiqa ko‘rma... — dedi Miryoqub.
Orqasi bilan eshikni ochib yo‘lakka chiqdi. Eshik 
yana ichidan berkitildi... «Boshqalar uchun yopildi, m en 
uchungina ochiladi bu eshik!» deb o ‘yladi Miryoqub 
yana. O lzida yo‘q xursand yugurgani-cha zinadan tusha 
boshladi.
Ichkarida o ‘z ixtiyori bilan qamalgan yosh juvonning 
ko‘zlari shu topda sevinch yoshlari bilan h o ‘llangan edi...
163


* * *
— Keling, Miryoqub aka. Kechikib qoldingiz?
— Ha, ertaga ertalab qishloqqa jo'naym iz. Ishlarni 
bitirishim kerak edi.
Oshxonadan uyga o ‘tdilar. Z unnunning uyi juda chi- 
royli qilinib yig‘ishtirilgan edi. Yerda katta yangi gilam, 
devorlarda suratlar, o'rtada katta stol, oppoq dasturxon, 
stol to ‘la n o z -n e ’m at, ichkilik... D erazada chiroylik 
to ‘rpardalar. Stol tevaragi to 'la kursi.
— Uyingni tanib bo‘lmaydi, Zunnun.
Z unnun o ‘sha burungi kulishi bilan kuldi.
— Hamm asi xonimning ishlari...
— Bo‘lmasa, sen uylanib nim a qilasan?
— Bola-chaqa, ro‘zg‘or ko‘rgim keladi.
— Bolasi yo‘qlar bolaga qiziqadi. Lekin bolaning «ba­
lo» bo‘lgani ham bor...
— Yo‘q, Miryoqub aka. M en bolani yaxshi ko‘raman!
— Xo‘p. M en kurortdan kelay, darrov to'yingni qi­
lamiz.
— Tezroq keling ishqilib...
— Qani, hech kim yo'q-ku?
— Kelishadi. Xonim keladilar...
— Boshqa?
— Boshqa yo'q. Xo'jayin jo ‘nab ketdi. U ni ham
chaqirib edim, uzr aytdi. «Bizning kichkinagina bir 
hayitchamiz bor, xo'jayin, M iryoqub akam lar keladilar», 
dedim; «Mening o'rnim ga xonim borib, bir piyola cho- 
yingni ichib, Miryoqub bilan gaplashib keladi», dedi. 
Xonimga mening o 'z oldimda tayinladi. Xonim, men 
sizga aytsam , erining oldida noz qilgan bo'ldi. 
Peshonasini uqalab, bo'shashgan bo'lib, «Boshim og'rib 
turibdi...», deydi. «Boshing og'risa, piram idon ichib, jin- 
dak uxla, kechgacha yozilib ketasan. Zunnunni o'ksit- 
ma!» dedi xo'jayin. Bo'lmasa, undan ilgari xonim bilan 
gaplashib, gapni bir joyga qo'yganmiz...
— Shoshma, — dedi Miryoqub, — seni u yaxshi 
ko'radi... seniki bo'lib qolgan. M en nim a qilaman bu 
yerda?
— Qiziq ekansiz, M iryoqub aka. Meni sevsa, erim 
deb sevarmidi? Yo men o'sha bilan um r o'tkazarm idim ?
164


Shunchalik gap-da... ermak... Ana, kelayotir. Jindak kayf 
qilgandan keyin yoniga o ‘tib, dadil-dadil tegisha bering. 
Bu kecha men bu yerda yo‘qman! Tuzukmi? — dedi 
Zunnun.
Chopib chiqib ketdi. Xonim, uning bolasini ko‘tar- 
gani hoida onasi kirib keldilar. Deraza, eshiklarning 
ohistagina taraqlab yopilgani eshitildi.
H am m alari Z u n nu nn i qutladilar va stol atrofiga 
o ‘tirib, uning sog‘lig‘iga qadah ko‘tardilar. Xo‘jayinning 
yo'qligiga achindilar. «Unday olijanob va ko'ngilchan 
kishining bu zam onda kamyob ekanini» so‘zlab o ‘tdilar. 
Xonim ikki gapning birida o ‘z oilasi a ’zolarining odam 
bolalariga mehribon va ulfat bo‘lganini qayd etib o ‘tdilar.
Xonim hirsli va maylli ko‘zlarini suza-suza Zunnunga 
qarab olib:
— Biz ham m am iz Z unnunni yaxshi ko‘ramiz, — de­
di. — Bu bizning oilada eng qadrli kishi. Bizning hov- 
limizga kelgan vaqtida 12—13 yashar bola ekan. Endi, 
mana, kap-katta kishi bo'ldi. Yaqinda uylab qo‘ymoq- 
chimiz... Shunday-a, Zunnun, azizim?
Zunnun uyalib qizardi.
— Valya, uyaltirma Zunnunni, — dedi onasi.
Zunnun tez-tez ichkilik quyib, ularni ichishga qistar-
di.
Xonim stol ustidagi bir chiroylik shishani Miryoqubga 
ko‘rsatib:
— Eng sevgan likyorim, — dedi. — Mast b o ‘lguncha 
icha beraman... Juda nafis narsa.
— Ataylab siz uchun oldim! — dedi Zunnun.
— Z unnun mening zavqimni yaxshi biladi...
Xonim katta bir sir aytganday qilib, tog‘ voqeasini
aytdi:
— 
Bilasizmi, 
biz bunda 
ichishib 
o ‘tiribm iz. 
Xursandmiz. Yaxshi d o ‘stlar to ‘planishganmiz. Fedya 
sho‘rlik nim a holdaykin? Bilasizmi, yuz ellikta soldat b i­
lan, to ‘p -to ‘pxonalar bilan ketdi. Tog‘ odamlari juda 
mergan keladi. M ening Fedyam, siz bilmaysiz, juda 
dovyurak narsa. Soldatlardan oldinda o ‘zi chopib keta­
di... qilichini sug‘urib! Birorta sartiya qirg‘iz mergani otib 
qo‘ymasin, deb qo‘rqaman. Xotya sartlar uni yaxshi
165


ko‘rishadi... 0 ‘zingiz bilasiz, tilni juda yaxshi biladi. Sart 
kitoblarini o'qiydi. Sartcha yozadi. Sartlar uni «Parpi 
to ‘ra» deyishadi... Bilasizmi, u o ‘zi ham sartlarni juda 
yaxshi ko‘radi. Yuvosh, qo‘yday xalq, deydi. Q ancha jabr 
ko‘rsa, qiynalsa ham «xudo» deb tura beradi, deydi. 
Sartlarning shu dindorligini, ayniqsa, yaxshi ko‘radi...
Z unnun xo‘jayinning sog‘ligiga ko‘tardi. Qadahlar- 
ning jaranglashidan m ukam m al bir sim foniya hosil 
b o ‘ldi.
— Ilohim , eson-om on qaytib kelsin... Ilohim . 
Yuragim uzilib ketayotir... Bilasizmi, sartlar ham endi 
aynib qolishdi. Ko‘p ichkilik ichishadi. Mastlik qilisha- 
di. Yangi shahar buzuqxonalarida bir-biriga pichoq sol- 
ganlari ko‘p b o ‘lar ekan. Mast b o ‘lib qolsa, sart juda 
yom on y o w o y i b o ‘larm ish... Q ani, k o ‘taring, M ir­
yoqub, sartlarning sog‘ligiga...
Ichdilar. Xonim bir oz aljiy boshladi.
Biror soat o ‘tgach, xonimning onasi o ‘rnidan turdi.
— Bola uxlab qoldi, endi m en ketay. Yaxshi qoling- 
lar! — dedi.
Xonim ham turdi:
— Endi men ham boray. Kunduzi ko‘p yurib char- 
chabm an... Kechir, Zunnun!
Zunnun «yo‘q, yo‘q» degan m a’noda q o iin i chaypi- 
di: — Sizga javob yo‘q, xonim! Siz xo‘jayin tom onidan 
vakilsiz. 0 ‘tirasiz bir oz. Hali ko‘p gaplashamiz. Ertaga 
kunduzi uxlarsiz.
— H a, shunday b o ‘lsin! — dedi Miryoqub.
Kampir qizga yuzlandi:
— Sen o ‘tir, Valya, gaplashib borarsan. Vaqt hali er­
ta, uyga borganing bilan uyqung kelmaydi. 0 ‘zing yolg'iz 
zerikasan.
— Xayr, mayli, — dedi xonim , — b o ‘lmasa, besh 
minutga ruxsat beringlar. Uylarni berkitib, eshiklarni 
qarab kelay.
Chiqdilar.
— Buncha sergap ekan bu xotin? — dedi M iryo­
qub. — Gramafon-a!
— Endi bildingizmi? Juda ochiqko‘ngil narsa. Ichib 
qizigandan keyin o ‘zi ham ochilib ketdi...
166


Miryoqubga yaqin keldi:
— Uyni berkitib kelaman, dedimi — bo‘ldi? Endi 
ham ma gap o ‘zingizda!
Miryoqub ham aroq quw ati bilan qizisha boshlagan 
edi...
Xonim kelib kirib, uyning kalitini deraza tokchasi- 
ga qo‘yganda, ikkala erkak uni chapak bilan olqish- 
ladilar.
Yana ichish boshlandi. Mastlik avj olardi. Xonim bir 
to ‘xtamay gapirardi. M iryoqub o'ziga tanish «im pe­
riya»™ yana necha marta eshitdi. Faqat endi undan 
osonroq b o ‘lgan gapni ham anglaydigan holda emasdi. 
Ko‘zlari cho‘qqa aylangandi. Xonimning ko‘zlari esa 
suzilib yumila boshlagan edilar. Faqat ayyor Z unnun 
boshqalam i ko‘proq ichirib, o ‘zi kamroq ichar, hushyor- 
ligini qo‘ldan bermasidi.
— Turing o ‘rningizdan, Miryoqub aka! — dedi u. — 
Xonimnnig yonlariga o ‘ting. Zerikmasinlar...
Miryoqub bir oz dovdiranib xonimning yoniga o ‘tdi.
— M umkinmi, xonim?
Xonim ko‘zi bilan yonidan joy ko'rsatdi!
— Pojalyusta...
Miryoqub o ‘tirar-o ‘tirmas qo‘lini xonimning yelkasi- 
ga tashladi. Xonim og‘irlashgan boshini burib, mast 
ko‘zlari bilan eshik tom onga qaradi. Z unnun uyda emas­
di. Shundan so'ng yana Miryoqub tom oniga burilib, 
q o lin i uning yelkasiga tashladi. Yana ichdilar... Xonim, 
ham on so‘zlardi. Faqat so‘zlari, tom chilab tomizilayot- 
gan dori singari, bitta-bitta to ‘kilib borardi. Xonim ta- 
mom mast b o lg an ko‘zlari bilan goh-goh eshik tomonga 
qarar. Zunnunning kirishini kutardi. Z unnun kirmadi. 
Yana ichdilar... Yana ichdilar...
Miryoqub sharpa sezib ko‘zini ochgan vaqtida, xonim 
oyna qarshisida sochlarini tuzatm oqda edi. Miryoqub 
o'rnidan turm oqchi b o iib yostiqdan boshini k o lard i. 
Xonim darrov orqasiga burilib uni ko'rgach... qizarib 
kuldi.
— Shoshmay tur, Miryoqub, azizim, — dedi. — Men 
chiqib ketay, so‘ngra turarsan. Qarama menga...
So‘ngra sekin kelib, kartga o ‘tirdi:
167


— Endi m en uyga boray. K o‘p ichib q o ‘yibmiz, 
boshim og‘rib yotir... — deya labini Miryoqubga uzat- 
di.
— Ko‘rishib turaylik, — dedi Miryoqub.
Xonim ochilib kuldi:
— Jonim bilan... — dedi eshikdan chiqa turib.
Miryoqub kiyinib tashqariga chiqqan vaqtida tong
yorishib kelardi. Oshxonadan Zunnunning besaranjom 
xurragi, yiroqlardan xo ‘rozlarning c h o ‘z ib -c h o ‘zib 
chaqirishlari, hovli tom ondan ochilayotgan eshikning 
shaфasi eshitilardi...
H am m a uyquda...
* * *
Miryoqub ko‘chaga chiqdi. D oim bir-ikkita izvosh 
to ‘xtaydigan joyga — uezd mahkamasining narigi muyul- 
ishiga bordi. 0 ‘ndan ortiq izvoshchilarning qator-qator 
chizilib turganlarini k o ‘rdi. T o ‘g‘ri bittasiga chiqdi. 
Izvoshchi unga tom on burilib:
— Tushing, aka, biz bandm iz, — dedi.
N aridan rus mirshab qichqirdi:
— Kim u? Tush aravadan!
Miryoqub izvoshdan tushdi. Hayron b o ‘lib u yoq-bu 
yoqqa qaradi. Mirshab yetib kelib, izvosh fonarining 
mazasiz yorug‘ida uning yuziga qaradi. Tanigan bo‘lsa 
kerak, sizlab gapirdi:
— Bu yerda turm ang, aka. Bu izvoshlar band. 
Yarador soldatlarni lazaretga olib borishadi.
Miryoqub boshini chayqay-chayqay, Eski shaharga — 
ham momga tom on piyoda yo‘l soldi. Boshi og‘irlashgan, 
garang, qovoqlari toshday qotib ketgan, tizzalari o ‘z- 
o'zidan bukilib borardi. Uning miyasida yana ikkita 
Miryoqub paydo b o ‘ldi: biri — tergovchi, yana biri — 
javobgar.
Eski shahar bilan Yangi shaharning orasi yiroq edi. 
Uyushgan majolsiz va bo‘shang oyoqlarini sudrab, eng 
yaqin ham m om ga yetib borguncha tong otib, ko‘cha- 
ko‘yda odam lar o ‘rmalasha boshladilar. Lekin qancha 
ezilgan bo'lsa ham Miryoqub yo‘lning uzoqligini sez- 
madi. C hunki miyasi ajib bir q u w at bilan harakatga
168


kelgan va zolim tergovchi borgan sari zabtini oshirib 
tergardi:
— «Xo‘sh, Miryoqub, kayfrng qalay?»
— «Joyida... Kayfim joyida...».
— «Yolg'on gapirma, Miryoqub. Sen tergovchi qoshi- 
dasan. Biz ko'nglingda yozilganlarni barala o ‘qib turib- 
miz. Veksildan yo yer vasiqasidan sen qanday kopiya 
olsang, biz ham sening ko‘nglingdan o ‘shanaqa kopiya 
olganmiz. Shuning uchun rostini ayta bersang, o ‘z 
hayriyating. Bari bir, bizni yolg'on gapga ishontirol- 
maysan. Xo‘sh, gapir: kayfing qalay?».
— «Kayfim uncha joyida emas...»
— «Habbarakalla, gapir, gapir!»
— «Ta‘bim kir, k o ‘nglim aynigan, allanarsadan 
jirkangan kabiman...»
— «Allanarsadanmi? Yo allakimdanmi?»
— «Bilolmadim».
— «Yaxshiroq o ‘yla. Allakimdan boim asin?»
— «Allakimdan desam ham bo‘ladi. Lekin kimligini 
bilolmayman».
— «Bilmasang biz yordamlashamiz. Menga qara, 
kimdan jirkanasan? M iryoqubdan emasmi? Nega in- 
damaysan? Nega darning chiqmay ketdi? Biz to 'g ‘ri ayt- 
gan ekanmiz, bo‘lmasa? Shundaymi?»
— «To'g‘ri aytdingiz, M iryoqubdan jirkanaman...»
— «Haqqing bor, haqqing bor! Miryoqub, qancha ba- 
landparvoz bo‘lgani bilan, o ‘z b o ‘yidan ortiq ko‘tarilol- 
maydi. Chunki, u bir it! Olchoq va ayanch bir it! U o ‘z- 
o ‘zini goh arslon rangiga, goh qoplon rangiga, goh sher 
va goh er bo ‘yoqlariga b o ‘yab ko‘rsatadi. Faqat ohakka 
ag‘anab, kaptarlar orasiga kirgach, yana o ‘z ovozi bilan 
«g‘o-og‘, g‘o-og‘!» deb yuborgan go‘ng qarg‘a singari 
uning asil itligi barala ko‘rinib turadi. Doim ko‘rinib tu- 
radi. M iryoqub Akbarali mingboshini haqir ko‘radi, 
xo‘rlaydi, 
uning 
itlanishidan 
kuladi. 
Uyalm aydi 
Miryoqub, xijolatidan yetti qat yer ostiga kirib ketmaydi. 
A... uni yer ham o ‘zining mahram qo'yniga olishdan 
tortinadi, chekinadi!..»
— «M en o ‘zimni tergovchi oldida deb bilib, faqat, 
savollarga javob berishga tayyorlangan edim. Endi ko‘ra- 
manki, o ‘sha tergovchining o ‘zi qoralovchi sifatida chiqa
169


boshladi. M en nim a qildim endi? Qaysi biriga nim a de- 
dim?»
— «Sen jim tur, Miryoqub! Biz kerak bo'lganda, 
so‘roq so'raymiz, kerak bo'lganda qoralash nutqi bilan 
o ‘rtaga chiqamiz. Sen chidab tur, Miryoqub! Senga 
Miryoqubni himoya qilishga yo‘l qo'yiladi. Sen, hali so‘z 
olasan, gapirasan. Shoshilma! Shoshma! Vaqtini, soatini 
kut! H ar narsaning vaqti bor!!!»
— «Men bunday tergovchi va bunday qoralovchiga 
javob bermaslikka o ‘zimni haqli sanayman!»
— «Nima deding, qahram on Miryoqub? Hali ter­
govchi bilan qoralovchiga e ’tirozing, noroziliging ham 
bormi? Sabab?»
— «Ko‘p odamlar, ot bilan xachirni ajrata olmaydilar. 
Bunga hech narsa deb bo‘lmaydi. Bu m um kin, chunki 
ular bir-birlariga o ‘xshab ketadilar».
— «Xo'sh, xo‘sh? Qani, gapir-chi!»
— «Ammo ot bilan eshakni ajratmaydigan odam lar 
adolat mansabiga o ‘tirib, birovni tergamasin va qorala- 
masinlar. Bunga ularning haqlari yo'q!»
— Xo'sh, Miryoqub, gapir! Bu xilda gapirishing bizga 
yoqadi... Xo‘sh, nim a demoq istaysan?»
— «Akbarali mingboshi bilan tenglashtiriluvimga, 
hatto u bilan — qay darajada b o ‘lsa ham muqoyasa qi- 
linuvimga qattiq norozilik bildiram an! H aqorat bu, 
so‘roq emas!..»
— «Ko'nglingni to 'q tut, azizim: Miryoqub bilan 
Akbarali mingboshi o ‘rtasida yer bilan osmon qadar farq 
borligiga biz qattiq ishonamiz! Akbarali boshqa odam. 
Miryoqub butunlay boshqacha odam...»
— «Bu izohdan so‘ng men qoniqdim. So‘rog‘ingizda 
davom etingiz!»
— «Sen qoniqqan bo'lsang, u — o ‘z ishing. Qoni- 
quvingda b o ‘l! Ammo biz hali qoniqqanimiz yo'q».
— «Ya’ni?»
— «Biz Akbarali mingboshini Miryoqubdan ko'ra 
odamroq deb bilamiz...»
— «Nima, nima?!» — M iryoqubning nafasi bo'g'ziga 
kelib tiqildi.
— «Afsuslar bo'lsinki, bu — shunday!»
170


— «Nega shunday bo ‘ladi! Nega!» — Miryoqub sher- 
day o ‘kirardi.
«Miryoqub! Sen shu kechani qayda va kim ning 
qo‘ynida o ‘tkazding?»
«Miryoqub tutilib qoldi. Qizardi, bo‘zardi... qochm oq 
istardi. 0 ‘zidan-o‘zi qochib ketmoqchi b o ‘lardi... Y o‘q, 
kishi o ‘zidan yiroqlasholmaydi!
— «Gapir, Miryoqub! K o‘nglingdan olingan kopiya 
ko‘z oldimizda... Gapirganing, iqror qilganing yaxshi!»
— «... M en bu kechani noyib to ‘raning hovlisida 
o 'tkazdim ... U ning oshpazi Z u nn u n aka ziyofatga 
chaqirib edi».
— «Shu xolosmi? Yo yana bormi?»
— «Shu xolos... ertalab mahkam a oldiga chiqsam, 
tog‘ tom ondan yarador saldatlar kelganini aytdilar...»
— «Rahmat, Miryoqub! Shu xabarni biz hali eshitish- 
ga ulgurganimiz yo‘q edi... Rahm at senga. Faqat, sen 
bizga aytib ber: kechani kimning qo‘ynida o ‘tkazding?»
— «M en anglayolm adim ... Tong yorishganda, 
uyqudan ko‘zimni ochsam... 0 ‘zim kartdaydim, yaqi- 
nim da noyib to ‘raning xotini turgan edi. Kechasi ko‘p 
ichgan edik, nim a b o ‘lganini bilmayman...»
— «Sen dem oqchi b o ‘lasanki, u ishlar ham masi ixti­
yorsiz b o ‘ldi, sen o ‘zing istaganing yo‘q. Shundaymi?»
— «Shunday!»
— «Seni — qilich yalang‘ochlagan mirshablar o ‘rab 
kelib, o ‘sha xotinning qo‘yniga tashlab yubordilarmi? 
Bechora Miryoqub! Senga jabr bo‘libdi. Zindonga tash- 
labdilar seni! Shundaymi?!»
— «Yo‘q! 0 ‘zim — o ‘z oyog‘im bilan keldim... 0 ‘zim 
istab otildim u xotinning quchog‘iga!»
— «Ichkilik olish uchun pul ham berding?»
— «Berdim!»
— «Xotin kiyinib chiqib ketarkan, «Ko‘rishib turay- 
lik», degan kim edi? Bilmaysanmi?»
— «Men edim».
— «Xotin «Jonim bilan» deganda, sevingan kim edi?»
— «Men edim».
— «Miryoqub! Adolat tilida shu fe’lni «bosqinchilik» 
deb ta ’rif qiladilar; «o‘zga kishining xotiniga bosqinchilik
171


qilish!» Akbarali mingboshi butun umrida shunday bir 
ish qilganmi? Bilmaysanmi!?»
— «Qilmagan bo'lsa kerak. Bilmayman...»
— «Barakalla! Akbarali mingboshi senga kim b o 'la­
di?!»
— «Otaxon. Valine’mat...»
— « 0 ‘shaning orqasida katta davlatga erishdingmi? 
K o‘nglingdan olingan kopiya qo‘limizda, gapir!»
— «Erishdim».
— «Xo‘p. Poshshaxon degan nom ni eshitganmisan?»
— Bilmayman. Yo‘q!»
— «Yaxshilab o ‘yla. Juda yaxshi bilasan!»
— «Ha, bilaman!»
— «Kim u?»
— «Akbarali mingboshining, agar yanglishmasam, 
ikkinchi xotini».
— «To‘g‘ri aytasan. Endi sendan eshitmoqchimiz: u 
ham birovning xotini edi, uning eri, o ‘z iqroringcha, hat- 
to otaxoning, valine’mating edi. U ni nega yo’ldan ur- 
ding?»
— «Siz menga tuhm at qilasiz! M en uni yo‘ldan ur- 
ganim yo‘q!»
— Qizimay gapir. Biz senga quloq beramiz. N echuk 
sen uni yo‘ldan urmading? Sen bilan o ‘ynashib yur- 
ganidan tonasanmi?»
— «Tonmayman. H aqiqatda meni yo‘ldan urgan u 
o ‘zi b o ‘ldi...»
— «Nechik?»
— «Ruxsat etsangiz, m en birinchi voqeani aytib 
bersam».
— «Bizga haqiqatni bilish kerak. Bo‘lgan gapni aytib 
ber!»
M iryoqub bir-ikki yo‘taldi, u yoq-bu yoqqa qarab ol­
di, so‘ngra so‘zga boshladi:
«...Mingboshining boshqa ham m a xotinlari kabi, u 
ham mening oilam bilan borish-kelish qilib yurardi. 
0 ‘zimizning sartiya rasmi b o ‘yicha, har bir zarurat 
ko‘rilganda, dasturxon qilib kelib, bir-birlarini yo‘qlab 
turardilar.
172


Bundan, chamalab aytganda, to ‘rt-besh oy burun, er­
ta bahor fasli edi, shekilli, xotinim menga — «Mingboshi 
dodhoning ikkinchi xotinlari Poshshaxon buncha yaxshi 
juvon ekan! Bizga shunday mehribonki, sira qo‘ya qo­
ling. Tez-tez dasturxon qilib keladi. 0 ‘tirib, gaplashib, 
b a’zi kunlari yotib ketadi», dedi. Men «Mingboshi dod- 
ho bu bechoraga javr qildi. Yosh narsa, eri hech xabar ol- 
masa... zerikib siqilganidan keladi-da»,— dedim . 
Xotinim bu fikrimni to ‘g‘ri topdi.
Bir kun kech payt — shomga yaqin, boshida dastur­
xon, darvozadan kirib keldi. M en tashqarida — 
m ehm onxona ichida b o ‘lganim dan tezgina derazaga 
yaqin kelib qaradim. Paranjisidan va yurishidan bildimki, 
o ‘sha edi. M en kavishimni kiyib, tashqariga chiqqunim - 
cha, u ichkariga o ‘tib ketdi. Orqasidan dum m a-dum
kirdim. Ichkarida hech kim yo‘q edi. U yoq-bu yoqni 
qaradi.
— Voy, hech kim yo‘q-ku! Bular qayerga ketishib 
qoldilar ekan? — dedi.
— Bolalarini olib onasinikiga ketdi, — dedim men.
— Voy, o ‘la qolay, sizmisiz? M en bilmabm an, bir 
borib, gaplashib yotib kelay, debman. Esizgina...
Tashqariga tom on chiqa boshladi. M en ham orqam - 
ga burilib, undan burunroq, tashqariga chiqdim va 
ayvoncha oldida to ‘xtadim. U ham tashqariga chiqib,' 
devorga yaqin bir joyda to ‘xtadi.
— Esizgina... G aplashib yotib kelay, deb kelib 
edim ,— dedi yana. — Zerikdim... Aytgancha, qachon 
kelishadi? Endiyoq kelishib qolmasmikan?
— Kelsa, ertaga kechqurun keladi. U ndan burun kel- 
maydi.
— Q achon ketib edi?
— Kecha kechqurun...
— Tovba! Bilmabman... attang... Yana qaytib, o ‘sha 
o'yga boram an ekan-da. 0 ‘la qolsin...
U yoq-bu yoqqa qaradi.
— Voy, o ‘la qolay, qorong‘i tushib qoldi. Endi qan- 
doq qilib uyga ketam an ekan? Yolg‘iz o ‘zim qo'rqib 
o ‘laman...
— M en birga olib borib qo‘ysam bolm aydim i?
173


— Voy! K o‘cha-ko‘yda ko‘rganlar nim a deydi?
S hundan keyin bu xotinning to ‘g ‘ri niyat bilan
mening uyimga kelganiga gumonsirab qoldim. Shu gu- 
m on menga dadillik berdi. Endi gap boshlayman, deb 
edim, u o ‘zi so‘rab qoldi:
— 0 ‘zingiz yolg‘iz qoldingizmi?
— Qandoq qilaylik?..
— Bechora... Yolg‘izlik qursin! 0 ‘zingiz bilasiz, bo- 
shimdan o ‘tgani uchun aytaman.
— Dasturxoningizda nima bor?
— Jindak m anti qilib kelib edim.
Bu xotinning bir g‘arazi borligiga borgan sari ishon- 
chim ortdi. M en ham o ‘zlaringga o ‘xshagan odam m an... 
itligim qo‘zg‘aldi.
— M antiga juda ustasizlar... bilaman. Attang biz 
yeyolmas ekanm iz-da, — dedim men.
— Nimaga yeyolmaysiz? Mang, mehmonxonangizga 
olib kirib yeng. Osh bo‘lsin! Sizga deb pishirganman...
Dasturxonni olay deb unga tom on bora boshladim. 
Birdan:
— Voy o ‘la qolay! — dedi. — Darvozangiz kap-katta 
ochiq! Ko‘chadan o ‘tganlar gaplashganimizni shundoq- 
qina ko'rishib turibdi. Berkitib q o ‘ysangiz b o ‘lmay- 
dimi?
Holbuki, uni darvozaning bir qanoti to ‘sib turar, 
ko‘chadan o ‘tganlar faqat m enigina k o ‘ra olardilar. 
Bundan tashqari, o ‘sha paytda ko‘chadan ham hech kim 
o ‘tgani yo‘q. M en ko‘rib turibman.
Shu gap, shu m uom ila, shu him olardan keyin 
m aqom iga yarasha javob qilm asam ... yo farishta 
b o lard im , yo jinni! Darvozaning narigi qanotini ham 
yopib, ichidan zanjirlab q o ‘ydim. Shaytonning ham
qo'lidan kelmaydigan bir kulish bilan kuldi:
— Voy, o ‘la qolay, qamalib qoldim-ku... — dedi.
Boshidan dasturxonni oldim.
— Qani, yuring, — dedim, — charchagandirsiz... jin ­
dak dam oling. Ovqatni birgalashib yeylik. U ndan keyin 
biror maslahat topilib qolar...
Bir-ikki qadam bosib, to ‘xtadi.
— Hay, shoshmang. 0 ‘zingiz yolg‘izmisiz?
174


— Ha, yolg'izman.
— Rostdan-a?
— N on ursin!
— Qarg'anmang... yomon bo‘ladi. Yolg'iz bo‘lsangiz, 
sizga bir-ikki gapim ham bor edi... Otaxoningizdan dod 
dem oqchi edim...
Dadil bosib orqam dan kirdi. M ehm onxonada chirog1, 
yoqilmagan, qorong'i edi. Eshikdan kirgach, to ‘xtadi.
Dasturxonni tokchaga qo‘yib:
— Qani, o ‘tiring! — dedim.
— Voy, o ‘la qolay! Eshigingiz, derazangiz katta 
ochiq... o'tirib bo‘ladimi bu yerda?
Darrov borib derazani berkitdim. M ehm onxona eshi- 
gini ham ichidan zanjirladim.
Chirog‘ni yoqib edim, yana qichqirdi:
— Xotiningiz xotin emas ekan! — dedi. — Deraza de­
gan pardasiz b o ‘ladimi? Shunday ko‘rinib turibdi...
Derazaga parda to ‘sdim.
— M ana, endi o ‘tiring!
— M ana endi... Endi... endi...
Shu so‘zni c h o ‘z ib -c h o ‘zib uch m arta qaytardi, 
so'ngra birdaniga:
— Siz o ‘z akamsiz-ku! — dedi. — Sizdan qochib 
o'tiram anm i?
Toza paranjisini iflos obrezga irg‘itdi.
Ertasi kuni tushga yaqin dasturxonni ko‘tarib, mening 
m ehm onxonam dan chiqib ketdi».
— «Poshshaxonning m en bilan birinchi uchrashuvi 
shu xilda bo‘ldi. M en b o ‘lgan gapni gapirdim».
— «Bu hikoyada yolg'oni yo‘q. Biz unga ishonamiz. 
Biz...»
Bu «biz» so‘zi tergovning boshidan beri juda ko‘p 
takrorlandi. Bu hoi natijasida Miryoqub o ‘zini chinakam 
sud so‘rog‘i oldida to ‘xtaganday seza boshladi. Uning 
hum or bilan kuyib yongan miyasi, shoshilish poezdning 
o ‘txonasiday, tez va, soat mexanizmiday, muntazam ish- 
lardi. Sud oldida to'xtaganiga o ‘zi ishongan va sudning 
har holda o ‘ziga hayrixoh kishilardan, ya’ni badavlat 
odam lardan iborat bo'lganini bilgan Miryoqub endi
175


dadillandi, har bir savolga ochiq va o ‘zicha to ‘g‘ri 
javoblar bera boshladi. Badavlatlar sudi bunga yom on 
ko‘z bilan qaram asligi m a ’lum , negakim badavlat 
odam lar qancha ko‘p davlatga ega b o ‘lsalar ham yana 
pul-davlat degan narsaga loqayd qarayolmaydilar. Pul 
degan narsa Miryoqubda oz emas. Hali bu tergovchilar- 
da har bir bandada bo'ladigan «muhabbat» (mullajiring 
muhabbati) yo‘q, deb kim ayta oladi?
— «Biz Poshshaxon voqeasida, shu birinchi ko‘ri- 
shuvning hozirlanishi va yuzaga chiqishi ustida seni ayb- 
lamaymiz. Xuddi shu bir parcha voqeada sening aybing 
yo‘q! Ammo-lekin biz Poshshaxonni ham ayblamoqchi 
emasmiz. U shunday qilishga majbur edi. Boshqa ilojini 
topolm ay u yosh juvon... senga kelmasa, boshqa birovga 
borar edi. Holbuki, senga kelish osonroq... Bu yerda ayb 
boshlicha mingboshiga tushadi. Shu bilan birga Posh­
shaxon ishida biz seni butunlay ayblamasdan o ‘tol- 
maymiz...»
— «Nima, nima?»
— «Tinch bo'l, Miryoqub! A w alo, sen mingboshiga, 
uning m ashru’ xotiniga xiyonat qilgan bo'lm asang, har 
holda, o ‘z xotiningga xiyonat qilgansan...
— «Bu foniy dunyoda o ‘z xotiniga xiyonat qilmagan 
erkak bormi o ‘zi? Bizning sartiya o'rtasida o ‘z xotini, 
hatto ikki-uch xotini ustiga «bola» asraganlar kammi? 
Xotinimga xiyonat — birinchi emas, minginchi!.. Ko‘ng- 
limning kopiyasini yaxshiroq o ‘qingiz!»
— «Yaxshi, u jihatga ham ko'z yumaylik. U to ‘g‘rida 
hech birim izning peshonam iz oq em as... F aqat, 
Poshshaxonni o ‘sha nom ash ru ’ m unosabat y o ‘lidan 
to 'x tatib qolish, unga, m ingboshidan chiqib ketib, 
boshqa — o ‘zi teng bir erga tegib, rohat yashov imkoni- 
ni berish sening qo ling dan kelardi... Sen shuni qilma- 
ding! Sen...»
— «Shoshmang, taqsir, shoshmang! N echik mening 
qo‘limdan kelardi?»
— «Bizning savollarimizga kalta-kalta va to ‘glri javob 
bersang, masala o ‘z -o ‘zidan ochiladi. Butun dunyoda 
mingboshiga gapi o ‘tadigan bir kishi b o ‘lsa, u ham sen- 
san, deb o'ylaym iz biz. To'g'rim i?»
176


— «To'g'ri!»
— «Poshshaxon bir odam orqali mingboshiga yolvor- 
di: «Menga javob bering, boshqa er qilay. Hali yoshman, 
ko'nglim da orzu-havaslarim bor. Qolgan um rim xazon 
bo'lmasin!» dedi. 0 ‘sha odam shu gapni mingboshiga 
eshittirganda, sen ham bor eding. Yolg‘onmi?»
— «Rost!»
— « 0 ‘shanda mingboshi nim a dedi?»
— «Esimda yo‘q!»
— «Ko'nglingda yozilgan gaplarni eshit boim asa: 
mingboshi juda keskin javob berdi: «Menga xotin bo'lgan 
kishi boshqa birovga ham xotin bo'lsa, men el-xalq 
orasida qanday boshimni ko'tarib yuraman? Mening 
qo'lim ga tushibdi, taqdirga tan berib o'tirsin. M endan 
javob yo'q! M endan bejavob ketib ko'rsin, qani?» 
Javobini tugatar-tugatm as kelgan odam ni haydab chiqar- 
di. Yolg'onmi?»
— «Rost!»
— «Sen o'shanda biror og'iz bir narsa dedingmi? 
Desang, mingboshi ko'narmidi?»
— «Demadim, ehtimol ko'nardi...»
— «Nega demading?»
— «Ochiq ayta beraymi?»
— «Albatta!»
— «Poshshaxon bilan tanishganim dan keyin men uni 
mingboshidan chiqmaslikka ko'ndirgan edim...»
— «Albatta, loaqal haftada bir marta ko'rishib turar 
edingiz. U sendan xursand edi. Faqat sen nima uchun 
uni mingboshidan chiqmaslikka ko'ndirding? Maqsading 
nim a edi?»
— «O taxonim ning k o 'p uzoq yashayolm asligini 
yaxshi bilardim. Yuragida kasali bor... So'ng vaqtlarda 
qiynalibroq nafas oladi...»
— «Bilamiz, bilamiz. So'zingni kalta qil!»
— «Qazo yetib o 'la qolsa, Poshshaxonga uylanmoq- 
chi edim ... chunki, m ingboshidan tegadigan meros 
chakana bo'lmasidi...»
— «Yaxshi, juda yaxshi... Katta merosga ega bo'lish- 
ni ham m am iz ham istaymiz... Bu m ashru’ niyat. Faqat 
m ingboshining u katta davlatiga, h ar holda, besh
177


m erosxo‘r bor. Birgina Poshshaxonga tekkani seni 
qanoat qildirarmidi? Sen, axir, o'zing ham badavlat 
odamsan!»
— «Mening hech bir kasbim bo'lm asa, savdo-sotiq 
qilmasam, qizil qog‘oz olgan bo‘lmasam... ozgina yer- 
suv bilan nechik badavlat bo‘layin?»
— «Bizni aldayolmaysan, Miryoqub! Biz seni nihoyat 
darajada hurmat qilamiz. Bugun huzurimizga olib kelib 
so‘roq qilganimiz uchun sendan kechirim so‘rashgacha 
boramiz. Sen — bizning olamimizda ulkan kishilar- 
dansan. 0 ‘rislar senga o'xshaganlarni kitoblarda maqtay- 
dilar. Sening ham ma hunaring, yeng ichida ish ko'rib, 
shuncha pul topishingda. Sen zavod parraklarini aylanti- 
rayotgan kishisan. Faqat bir joyga bir chaqa soliq 
to ‘lamaysan. Shunday bo‘lgandan keyin, senday ulug‘ bir 
odam bir ishni chuqur o ‘ylamasdan qilmaydi. Haligi 
masalada bizga haqiqiy planingni aytib ber!»
— «...Nim a desam? H ayronm an... Boringki, ming­
boshi o iish ig a yaqin uning Poshshaxondan boshqa 
merosxo‘ri qolmasligi kerak edi. Yo bo'lm asa, vasiyatno- 
ma bo‘yicha ham m a narsa o'shaning nomiga yozilardi...»
— «Biz ishonamizki, bu narsa sening qo‘lingdan ke­
lardi! Yaxshi, Poshshaxon masalasida biz seni ayblashdan 
voz kechdik. Bizning olamda shunday dadil niyatlarni 
qoralash emas, oqlash kerak!»
— «Rahmat! Endi menga ruxsatmi?»
— «Yo‘q. Jindak shoshma! Biz seni noyib to ‘raning 
xotini to ‘g‘risida chinakamiga ayblamoqchimiz! Biz...»
— «Yo'q, taqsir! Poshshaxon masalasida meni oqla- 
gan mahkama bu masalada qoralayolmaydi. M antiq de­
gan narsa bor...»
— «Xo‘sh, gapir!»
— «Poshshaxon masalasida xiyonatim katta edi, ham 
mingboshiga, ham uning to ‘rt merosxo‘riga... U nut- 
m angizki, shu to 'rt kishi ichida Fazilatoy singari 
balog‘atga yetmagan qiz bola, um r bo'yi mingboshiga 
xizmat qilib o ‘tgan Xadichaxon bor... Bu katta xiyonat 
edi! Bu ishda meni oqladingizmi?»
— «Oqladik!»
— «Unday bo'lsa ikkinchi ish to 'g ‘risida bir emas,
178


ming m arta oqlashingiz kerak! N ega desangiz, im ­
periya— oq podshodan, noyib to ‘radan va uning pogo- 
nidan iborat ekan. Shuncha ming fuqaroning va ham biz 
singari bebizat bechoralarning ixtiyori, o ‘zingiz bilasizki, 
noyib to ‘rada, ya’ni «pogon» egalarida, ularning butun 
inon-ixtiyori esa — xotinlari q o ‘lida b o ‘lar ekan. 
Poshshaxon — katta merosga ega bo'lish uchun bir qurol 
edi, meros — davlat dem ak, davlat— pul demak. 
Imperiya — «pogon» demak, «pogon» shunday narsaki, 
doim «pul, pul!» deb turadi. Ko‘plar uning so‘raganini, 
ya’ni pulni beradilar, qaytib hech narsa olmaydilar. 
Holbuki, ish bilgan kishi pogon «pul» deganda besh so‘m 
berib, uni — o ‘sha pogon yordami bilan — besh yuz so‘m 
qilib oladi. M en shunaqa ishlarga o ‘zimni epchil, deb 
bilaman... Kecha kechasi noyib to ‘ra xotinining mast 
lablariga qo‘ndirilgan mast o ‘pishning yolg'iz birgina 
m a’nosi bor edi: pul! Taqsirlar, m en noyib to'raning xo­
tini bilan ayshu ishrat qilmadim, o ‘lay agar! U, bizning 
ish ustidagi birinchi uchrashuvimiz, o ‘z tilimizda aytsak, 
birinchi «bay ochishimiz» edi!..»
Shu so'zlardan so‘ng boyagi tergovchi va so'roqchilar 
go‘yo o ‘z-o ‘zlaridan erib, yo‘q bo‘ldilar. Sud zali bo‘shab 
qoldi. Miryoqub ko‘zini ochdi:
H am m om miyon xonasining yon gumbazlaridan biri. 
Xodimgaming bo‘z lungisi tanga dag‘al-dag‘al urinadi... 
Boshida mushtday qattiq lungi-yostiqcha... Yonida bir 
choynak ko‘k choy... Miyada sud majlisi, noyib to ‘ra xo­
tini, nom erda kutib yotgan moviy ko‘zli dilbar...
Allaqayda mungli, hasratli bir ashula ovozi ham m om
aksi sadosi bilan jaranglab eshitiladi:

Yüklə 6,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin