«sharq» na sh riyo t-m atbaa a k siyado rlik kom paniyasi bosh tahririyati



Yüklə 6,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix20.11.2023
ölçüsü6,29 Mb.
#165695
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kecha va kunduz

— Xatni o ‘qidingizmi?
— Ha... o ‘qidim...
— Achchig‘ingiz kelmadimi?
— Nega, nega... xursand bo id im ...
— Xursand boldingizm i? Rostdan-a?
Shu onda hovuz b o ‘yidan kundoshlarning baland 
qahqahalari eshitildi.
— Boshim osmonga yetdi.
— Nechaga kirdingiz? — dedi birdaniga Sultonxon. 
Yana ko'rinish berdi.
Bu kutilmagan savolga Hakimjon hayron b o id i.
— Yigirma to ‘rtga? Yosh ekansiz... M uncha qochasiz 
odam dan? N im adan qo‘rqasiz? Beriroq kelsangiz-chi...
Hakimjon bir-ikki qadam oldinga bosib, ko‘zlarini 
yerdan ololmay to ‘xtadi. Sultonxon boshini chiqara 
tushib Hakimjonga tikildi. Suzilgan va maylli ko‘zlari 
o ‘tdek yonardi. Sekingina bir «uh» tortdi. «Qip-qizil 
ch o 'g ’...», dedi o ‘ziga-o‘zi.
— Shunaqa uyatchangmisiz?
— U yalg'anim yo‘q...
— H a, yolg‘onchi! N im aga, b o lm a s a , qip-qizil 
cho‘qqa aylanib ketibsiz?
— Bilmasam... Xatga achchig'ingiz kelgani yo‘qm i?— 
deb yana so‘radi Sultonxon.
— Yo‘q... nega? Juda xursand bo id im ...
— Kichkina hujrada kecha-kunduz bir o ‘zingiz zerik- 
maysizmi?
Hakimjon angladi.
— Zeriksam qandoq qilay? Xudo, ovunchoq berib 
qolar...
218


— 
Astoydil tilab tursangiz, ajab emas. Ha, boring en­
di, sizni qiynab qo'ydim ...
Hakimjon o ‘m idan jilolmay qoldi. Hovuz b o ‘yidan 
yana qahqaha yuksaldi. Sultonxon qizarib turgan yosh 
yigitga oxirgi m arta tashna nazarlarini tashlab, asta-sekin 
yiroqlashdi...
* * *
Sultonxon yaqindagina mingboshining yosh va se- 
vimli xotini boiganligidan ichkaridagi uylarning eng kat­
ta, yasogiiq va savlatlisi unga berilgan edi. Ichkarining 
etagida bir yangi 
hovuz oldidagi 
m aydonchaga 
yopishadigan bu sirkorlik uy ichkaridagi boshqa uylar­
ning har biridan bir, bir yarim baravar zo‘r keladi. 
Poshshaxon bilan Xadichaxonni o ‘rtagan alamlarning 
biri shu uy emasmikin? Ajab emas: eng yaxshi uy eng se- 
vimli xotinniki boiadi-da!
Zebining 
to ‘yiga 
ikki-uch 
kun 
qolganda 
Sultonxonning yo‘qligidan foydalanib, ikkala katta kun­
dosh u katta uyni bo ‘shatdilar: Sultonxonning uncha 
ko'p bo'lm agan ro‘zg‘or va kiyim-kechaklarini bevosita 
tashqariga yopishadigan kichkinagina, pastgina, taxta 
shiftli va oddiy ganchli, bir uychaga ko‘chirib q o ‘ydilar. 
«Ortiqcha haqorat b o iib ketmasin», degan m ulohaza bi­
lan Xadichaxon o ‘zi Sultonxonning ham m a bisotini 
kichkina uyga chiroylik qilib joylab ham qo‘ydi. Hatto 
katta uyda yetimdek ko‘rinadigan bir siqim ro ‘zg‘or va 
kiyim-kechak kichkina uychani kemtiksiz to id ird i, katta 
uyning bir chekkasida na u yoqqa va bu yoqqa qarashini 
bilmay sargardon b o ig a n chiroyli qashqar gilami bu 
kichkina uyga juda choq keldi. Shunday qilib, bu majbu- 
riy ko‘chirish Sultonxonga chigilingina va soiim gina bir 
uycha baxsh etdi. U kichkina uychaning ichkari tom on 
yonboshida, Xadichaxonning dahlizi bilan bir qatorda, 
kichkina bir ganjinacha b o iib , unda qish ichi m eva-che- 
va va qovun-tarvuz saqlanar, bir-ikkita semiz oshqovoq- 
lar chirib tam om boig un ch a, o ‘sha q o ro n g i ganjinada 
qolardilar. Ganjinaning o ‘ng tom onida bo‘rgarlik obrez 
yonida tashlangan bir o ‘choq, necha yildan beri yotgan 
bir quchoq o'tin , devorda sirkadan bo‘shalgan bir-ikkita
219


qovoq... Ganjinaning butun borligi shundan iborat! Chap 
tom onda esa bir odam ning yarim bo‘yi qadar keladigan 
tor va kichkina daricha. Bino b o ‘lganidan beri ko‘p 
bo‘lsa ikki-uch marta ochilgan, ichkaridagilardan hech 
birining esida va xayolida ham qolmagan bu darichadan 
oshib o'tsangiz, qator-qator uylarning ketidagi kattakon 
va tartibsiz o ‘stirilgan boqchaga tushasiz. Darichaning 
chap tom onida — besh qadam narida ichkari boqchasi 
bilan tashqari boqchasini bir-biridan ayirgan besh paxsali 
eski devor. Devorning uylarga yaqin bir yerida — bu ham 
o ‘ng qadam dan oshmaydi — ichkariga ochiladigan bir 
qanotli eski eshik, ichkaridan zanjirlanadi. Eshikdan u 
yoqqa o'tsangiz, tashqarining cho‘ziq, ensiz boqchasi. 
Unga faqat mirzaxonadan bir deraza va bir eshik ochila- 
di. Deraza oldida Hakimjonning ish stoli. M irzaxona­
dan 
bir 
eshik 
dahlizga 
ochiladi, 
bir 
eshikcha 
H akim jonning kichkinagina hujrasiga olib kiradi. 
Ichkaridagi uylarning boshqa hech biridan boqcha 
tom onga na deraza bor va na eshik. Chunki boqcha 
ko‘cha demak, ko‘chada nom ahram bo'ladi, nom ahram
nazaridan o ‘z nomusli xotinini saqlash har bir musul- 
monning vazifasi!
Q at'iy qarorini berib, miyada chala-chulpa ishlangan 
planlar bilan erinikiga qaytgan Sultonxon bu majburiy 
ko‘chirishdan xursand va o ‘z kundoshlarini ko'ngildan- 
gina olqishlagan edi.
Hovuz b o'yida kundoshlari bilan o'ynab-kulib 
nonushta qilgandan keyin, ichkarining keng sahni 
o'rtasida — shaftoli tagidagi so'richada yig‘ishtirilmasdan 
turgan o 'rin larin i yig‘ishtirdi, asta-sekin uychasiga 
tashimoqqa boshladi.
— Hay, qishga bir talay bor, halitdan uyga ko'cha- 
yotirsizmi? — dedi Xadichaxon sahndan o ‘ta turib.
— Eri yo'q; sovuq qotib qolgandir, sho'rlik, — deb 
kesatdi naridan Poshshaxon.
— Erdan um idni uzganman erta qachon! — dedi ba- 
land ovoz bilan Sultonxon. Keyin o'ziga tom on kelayot- 
gan Zebiga qarab izoh berdi: — Tunov kun m ana bu ki- 
gizning tagidan kattakon bir chayon topib o'ldirdim ... 
U ndan keyin xuddi yong'oqday bitta buzoqboshini
220


o idirdim . Shundan beri kechalari uxlayolmay chiqa- 
man. Tushimga kiradi, bosinqirayman... Uy yaxshi, jo n - 
ginam.
— Qirov ham tushib qoldi o ‘zi. Yaxshi qilasiz, jo- 
nim ni qoqay! — dedi Zebi.
Shu «jonimni qoqay» so‘zi Sultonxonning qulog‘iga 
allaqanday shirin eshitilib 
ketdi. 
Zebining chin 
ko'ngildan chiqarib aytgan bu so'zi uning xitoy chinni- 
day jaranglagan ovoziga burinib, dutorning «g‘o ‘ng- 
g‘o ‘ng»i singari mayin va yum shoq un bergan edi. 
Sultonxon o ‘z kundoshini mahkam quchoqlab o ‘pdi.
U yoqda mingboshi shahardan yangi gaplar topib kel­
gan edi. Tashqaridan uning so'zlangani eshitilgach, shorn 
chog‘ida xotinlar eshik oldiga bordilar.
— Shunday nozik vaqtda M iryoqub noinsofning 
o ‘ynagani ketganini aytm aysanm i? — M ingboshi 
Hakimjonga qarab so'zlardi. — Bitta o '
ris
xotin bilan 
Sevastopolga ketibdi... — M ingboshi xoxolab kuldi, 
ichkarida 
Poshshaxon 
ko'kragini 
g‘ijim lardi. 
— 
Bachchag‘ardi bolasi-yey! Juda tannoz narsani topibdi, 
deydi. Ikki oygacha o ‘ynatarm ish... T o‘ralarimizning 
qovog‘idan qor yog'adi... Yaqin borib boim aydi. H ar bir 
mingboshiga o ‘ntadan, har bir aminga ikkitadan, har bir 
ellikboshiga bittadan yaroqlik yigit beradigan bo‘lishibdi. 
Yarim sarfi — g‘aznadan, yarim sarfi yurtdan! Endi 
odam daraklash kerak. Mingboshilarga hokim to ‘ra o ‘zi 
va’z qildi. «M ahkam bo‘l hammang! Tog‘dagi gaplar 
b o ‘la ko'rmasin», dedi.
— Aytgancha, tog‘da nima gap bo'ldi?
— Tog'da olom on xuruj qilipti. Bir mingboshini 
o id irip ti. 
Ikki 
am in 
z o ‘rg‘a 
qochib 
qutulibdi. 
Ellikboshilar qo‘rqqanidan olom onga q o ‘shilib ketibdi... 
M ahkamalarga o ‘t qo‘yishibdi. Bir-ikkita sudxo‘r boyni 
d o ‘pposlashibdi. Bizning Yodgor echkilar ham eshitib 
qo'ysa b o iard i. O rtiqcha hovliqadi, qiztaloqlar!
— Xayr, tog‘dan gapiring, xo'jayin!
— Bizning noyib to ‘ra 150 ta soldat bilan chiqib, 
to ‘polonni bosib keldi. Ikki qishloqni teptekis qiliptilar. 
B a’zi qishloqlarda b a‘zi birovlarnikiga soldatlar o ‘t 
qo‘yibdi. Chopish ham bo'pti... U ch -to 'rt yuz odam qi-
221


rilganga o'xshaydi. 137 kishini shaharga olib kelib 
qamaptilar. Yaqinda katta sud bo'ladi, deydi. Noyib 
to'raning gapiga qaraganda, sud juda shoshilinch bo'ladi- 
ganga o'xshaydi. Bir nafasda hukm qilib ota beradi, dey- 
di-ku! Soldatlardan ham to'rt-besh kishi o'lipti. Yarador 
yigirmatacha bor, deydi. Aytishlaridan, o'rus soldatlari 
qishloqlarda musulmon ayollariga ham daxl qilganga 
o'xshaydi... Xunuk gaplar bor, ishqilib.
— Biz nim a qilamiz, xo'jayin?
— N im a qilardik. Yana yettita yigit qilamiz. Hushyor 
bo'lam iz. — Mingboshi bir oz o'ylandi. — E, bizning 
yurtlar tinch. Fuqarolarimiz ham masi yuvosh, qo'yday. 
M en bo'lsam ularning otaxoniman... Qattiq gapirmay- 
man. Jabr qilmayman... Nimaga to 'p o lo n qilsin? Uxlay 
ber, bemalol! Mening soyai davlatimda, xohlasang, boq- 
qa chiqib yot! Ha!
O 'zidan xursand, kula-kula ichkariga qarab yurdi. 
Xotinlar chekildilar. U ch -to 'rt qadam bosib, yana to'xta- 
di:
— Aytgancha, Absamat yom on xijolat bo'ldi, lekin!
— X o'sh, xo'sh? — dedi Hakimjon.
— H am m a mingboshining oldida hokim to 'ra undan 
koyib berdi. Uyiga allaqanday bir n o'g'oy xotinni oldirib, 
yangicha maktab ochgan ekan: erkak bolalarga ham 
yangicha maktab ochm oqchi bo'lib, Toshkentdan bir 
po'rim maktabdorni chaqirtirgan ekan. Shularni aytib 
koyidi. Bir nima balo, dedi... Ha, yosh sartlarga ergash- 
mang, dedi... U lar yosh turklardan o'rgangan, dedi. U
nim a degani bo'lsaykin... «Yosh sartlar»i nimasi?» «Yosh 
turklar»i nimasi? N im ani o'rgatadi ular? Bilolmadim. 
Miryoqub bo'lsaydi kovlab topardi, betavfiq! Xayr, yot 
endi! Rohat qil!
Bir ozdan so'ng katta uydan Zebining bidratma du- 
tori va shirin ashulasi eshitildi. Kundoshlar so'rilarga 
chiqib yotdilar. Sultonxon, negadir, uyg'oq: uyiga kir- 
m asdan, 
sahnda 
— 
ayvon chekkasida o 'tirard i. 
N ihoyat, ham m a uxlab ketdi. Shundan keyin Zebining 
ashulasi tindi. Yana bir oz keyin dutor tovushi ham 
allanechuk birdaniga uzilib qoldi. Bu uzilishda alla­
qanday bir zarda qilish, birdaniga dutorni irg'itib tash-


lash boridi... Shu bilan u katta uyga ham bir nafasda 
jimlik cho‘kdi.
Yerga tushgan u ch -to ‘rtta xazon yaproqlari kuz ke- 
chasining sovuq shabadasi bilan yer betida shitir-shitir 
surinardilar. Uzoq-yaqindagi itlarning hurishi va yaproq- 
chalarning shitirlashidan boshqa un qolmadi.
Shundan so‘ng Sultonxon sekingina uyiga kirdi. 
Yuragi bir oz o ‘ynagani uchun bir piyola sovuq suv 
ichdi. Derazaning bir qanotini ochiq qoldirib, eshigi­
ni ichidan berkitdi va qorong‘i uyda jim ib yo‘q 
b o id i...
K o‘ziga uyqu kelmagan Hakimjon yarim kechaga 
yaqin mirzaxona derazasining ohistagina chertilganini 
eshitdi. Tashqarida o ‘zidan boshqa hech kim yo‘q edi: 
mirshablar — darvozaxonada va otxona tom ida uxlardi- 
lar. Yuragi o ‘ynashini arang bosib, shu tobda o ‘zidan 
boshqa kimsa yo‘qligini bilganligidan dadil yurib, mirza- 
xonaga chiqdi va tovush chiqmasin, deb eshigini emas, 
past supali derazani ochdi.
Derazani yana berkitib, bu bem ahal mehm onning 
orqasidan ohistagina o ‘z hujrasiga qaytdi: uyatchang 
ko‘zlarini yerdan sira uzib ololmasidi. Faqat u — yosh va 
zoriqqan xotin chidayolmadi: o ‘zicha otilgan o ‘q singari 
to m o g id an ixtiyorsiz otilib chiqqan kuchli va intiq ovoz 
bilan:
— Berahm... — deb qichqirdi...
Va o ‘zini uning quchogiga otdi.
XIV
Mingboshi shahardan tegishli dasturlarni olib qayt- 
gach, boshqa ham m a mingboshilar kabi to ‘xtovsiz ishga 
kirishdi. 0 ‘z q o i ostidagi ham ma am in va ellikboshilarni 
o ‘z mahkamasiga chaqirib, bir kun ertadan kechgacha 
behuda intizor qilgandan keyin, nihoyat, ayvonda choy 
ichib o ‘tirib, «kengash majlisi»ni ochdi. Poyma-poy va 
bir-biriga 
qovushm agan 
gaplar 
bilan 
«zam ona 
ahvoli»dan, tog1 voqealaridan va uning natijalaridan 
daromad qilgach, maqsadga o ‘tdi:
— Shunaqa, yaxshilar, — dedi u, — endi mening uch
223


yigitimga yana yetti yigit q o ‘shildi. A minlar ikkitadan, 
ellikboshilar bittadan olishadi. Yigitlarning hammasiga 
soldat beshotari beriladi. O tadigan azam at topi- 
larmikin?..
Hech kim javob bermadi. H amm a jim edi.
— Nega indamaysanJar? Og'zingga paxta tiqdingmi 
hammang? Gapir, Matxoliq!
— Ishqilib... kattalarimiz bir ish qilsa, bilib qiladi, — 
dedi Matxoliq amin.
— Ha, albatta, bilib qiladi, — dedi bir ellikboshi.
— Biz nima derdik? M a’qul maslahat, — dedi yana 
birov. 
So‘ngra 
yonidagilarga 
qarab, 
so‘radi: 
— 
Shundaymasmi, yaxshilar?
— Ha, shunday, shunday! — deb shovqin soldi har 
kim har joydan.
— Senlar aytmasanglar ham maslahat m a’qul, — de­
di mingboshi ovozini ko‘tara tushib. — U ni bilaman. 
Soldat beshotarini otadigan azamatlar topiladimi, deb 
so‘rayman. Munga javob ber!
— Yurt emasmi, chiqib qolar, — dedi Matxoliq 
amin.
— Bilmasa o ‘rganar, — dedi bir chekkada turgan 
Hakimjon. — Ishni to'xtatish kerak emas. Yigitlarni ola 
beraylik, bilmaganiga shahardan odam chaqirib, o'rgat- 
dirarmiz.
— M a’qul, — dedi mingboshi. Kuldi. — Ham m ang- 
ning aqling shu tirranchaning aqlicha bo‘lm adi-ya, hayf 
senlarga.
Amaldorlar jim qoldilar.
Mingboshi davom qildi:
— B oim asa, maslahat shuki, har am in o ‘ziga kerakli 
ikki yigitni topib, indingacha menga bildiradi.
— Ro'yxatini topshiradi, — dedi Hakimjon.
— Ha, ro'yxatini topshiradi, — deya takror qildi 
mingboshi. — M undan tashqari, har amin menga ham 
bittadan yigit topib beradi. Qolganini o'zim shu qishloq- 
dan olaman. U ndan keyin am inlarning o ‘zlari qishloq- 
m a-qishloq yurib, yurtga eshittiradi.
M ingboshi to ‘xtadi, sham asini kam tushirishga 
harakat qilib, choynakdan piyolaga choy quya boshladi.


0 4 irg an lar bir-birovlariga qaradilar: «Nimani eshitti- 
ramiz?» degan shivirlashlar boshlandi. Mingboshi so‘zini 
tugatmagan edi, Hakimjon so‘radi:
— N im ani eshittiradi bular?
— Ha, aytgancha, — dedi mingboshi, — esimdan 
chiqipti: yigit olishni eshittiradi, undan keyin pul 
to'g'risini.
0 ‘tirganlar bir seskanib oldilar.
— Qanaqa pul, taqsir? — dedi Matxoliq amin.
H am m aning ko‘zi uning og'ziga tikilgan edi, undan
keyin ham m a ko‘zlar birdaniga mingboshi tom onga 
burilib, uning og'ziga osildilar. K o'plar og'izlari bilan 
ham tinglardilar.
Mingboshi kuldi:
— Qanaqa pul bo'lardi! Yigitlarning yarim oyligi 
g'aznadan, yarmi yurtdan.
O'tirganlarning og'zidan xor bilan aytilganday yaxlit 
va besaranjom bir ovoz chiqdi: g‘u-v-v!.. Xuddi «dod-d» 
deganday... Z o 'r hovlining keng sahniga go'riston jimligi 
cho'kkan edi. H akim jon ohistagina bir «uh» tortib, 
o'rnidan turdi, ayvon ustuniga chig'anog'i bilan bir-ikki 
urgach, bitta-bitta bosib, jam oatga yaqin keldi. Shu top­
da uning juda ehtiyot bilan — hech bir sharpa chiqar- 
may — bosgan qadamlarining bo'shang shitirlashi ham 
o'tirganlarga malol kelgan kabi edi.
H am m a ko 'zini yerga tikib, uzun yakandozning 
m ag'izi bilan o'ynardi...
— Nimaga imoning o'chdi birdaniga? — deb qichqir- 
di mingboshi haybatli ovoz bilan.
— Yarim puli qancha bo'ladi, taqsir? — dedi yana 
Matxoliq. — O'zingizga beriladigan yetti yigitning besh- 
tasiga ham yurt to'laydim i, dodho?
— Ha, b o im asa men yonim dan to'laym anm i? — de­
di mingboshi dag'allik bilan.
Yana jimlik cho'kdi. Mingboshi davom etdi:
— U ch kun orasida yurtga eshittirib, bo'lgan gapni 
menga m a’lum qilasanlar.
— X o'p, taqsir! — dedi Matxoliq.
Boshqalar jim qoldilar. Mingboshi qichqirdi:
— Nega boshqalaring indamaysan? Qanjiqsan ham -
8
-
3084
225


mang! Senlardi amin qilib, qo'lingga amal bergandan 
xafa boidim -ku!
— Bekor qilib qo‘ysangiz ham tuzuk edi, taqsir, — 
dedi bir amin.
H am m a unga tom on o ‘girildi.
— Seni bekor qilmasdan burun otxonaga qamab 
kaltaklataman... Shoshmay tur!
— Taqsir, taqsir, taqsir! — degan ovozlar yuksaldi har 
tom ondan.
— Bo‘lar ish bo‘ldi, yaxshilar, — dedi Matxoliq 
jam oatga yuzlanib. — Yurtning katta-kattasini chaqira- 
m iz-u, «buyruq shu» deb eshittiramiz. Bizning ishimiz 
shu. Yurt «yo‘q», desa, kattalarim iz biror maslahat 
ko‘rsatar.
— «Yo‘q», deb ko‘rsin qani? — dedi mingboshi. — 
Oq podshoning o ‘z buyrug‘i bu! «Yo'q», deb ko‘rsin!
— Shu choqqacha «yo‘q», dem agan, endi ham
«yo‘q», demas, — dedi Hakimjon.
— Rost aytasan, mirza, — dedi mingboshi. U bu 
so‘zning aw algi hijjasini qalin qilib aytardi. — «Yo‘q», 
deydigan topilmaydi.
— Rost aytasiz, taqsir, — dedi Matxoliq, — «Yo'q», 
demasa kerak. A m mo-lekin podsholikning pastarin bir iti 
b o ‘lganim dan ko'rgan, bilganim ni aytib q o ‘ymasam, 
bo'lmaydi.
— Ayt, aytma, degan odam bormi?
H am m a Matxoliqqa tikildi.
— Yurtning vajohati buzuq, taqsir. G ap ko‘tarmay 
qoldi. Asad oyida ro ‘za tutgan bangiga o'xshaydi, taqsir... 
Endi, yurt — ko‘pchilik, ehtiyot kerak, deymiz-da.
H am m a birdaniga tasdiqladi:
— Rost, taqsir, rost!
— Rost b o ‘lsa rostdir, yolg‘on degan odam yo‘q. 
Am mo-lekin «Kim katta — yurtmi, oq podshomi?» deb 
so‘raganda, nima deysanlar? Qani?
H ech kim og‘iz ochmadi. Yana Matxoliq gapirdi:
— Albatta, «oq podsho», deymiz, taqsir!
— U nday bo isa, gap tamom. Omin ollohu akbar! 
Bora ber ham mang o ‘z ishingga...
Ellikboshilar o ‘rinlaridan turib, u yoq-bu yoqqa
226


yoyilgan, mingboshi Matxoliqni chaqirib oldi. U ning bir 
qulog'ini qo‘li bilan yaqin keltirib, dedi:
— A bsam atni yiqitsam , seni mingboshi qilib 
qo'yardim . Abjirsan, bachchag'ar!
Matxoliq kuldi.
— Q ulluq, taqsir, xizm atingizni qilsam, bo'ldi. 
Shunga xursandman.
Mingboshi uning boshini yana ham o'ziga yaqinroq 
tortdi:
— Bu qish ichi na bitta qovunim bor, na bir dona 
tarvuzim. U ch -to 'rt aravagina eplagin, hissasini chiqa- 
rib beraman.
— X o'p, xo'jayin, jonim bilan.
Matxoliq uzoqlasha boshlagan edi, yana chaqirdi:
— Aytgancha, esimdan chiqibdi. Bularingga ayt: yurt- 
ni namozga ko'proq haydab turishsin. Buyruq shu!
Matxoliq ham m ani chaqirib olib, baland ovoz bilan 
bu yangi buyruqni ham eshittirdi. Shu bilan tarqalishdi- 
lar.
* * *
Kengash majlisini o'tkazgandan keyin mingboshi 
darhol o'ziga yigit to'plashga kirishdi. Yetti kishi o'rniga 
yigirm a-o'ttiz talabgor bir qishloqning o'zidan chiqdi.
Hakimjon muni mingboshiga arz qilib turib, dedi:
— Ishlar yaxshi, taqsir, yettita desak, o'ttiztasi kelib 
o'tiripti.
Hakimjonning birinchi jumlasida sezilarlik darajada 
ochiq bir piching bor edi. Lekin u pichingni mingboshi 
dodho payqayolmadi.
— Bekorchi ko'p qishloqda, bekorchi! — dedi ming­
boshi.
— Y o'q, xo'jayin. M en gaplashib ko'rdim . Hammasi 
chorikor bolalar. «Jonimizdan to'ydik, bola-chaqamiz 
och...», deydi.
Mingboshi birdaniga qo'pol bir ovoz bilan kulib 
yubordi. H akim jon bu nogahon kulishning sababini 
bilolmay hayron edi. Keyin mingboshi o'zi anglatdi:
— Jonidan to'ygan bo'lsa yaxshi! — dedi u. — 
Jonidan to'yganlar yaxshi so'qishadi. Oq podsho «vay-
227


na»da' qiynalib qolsa, qishloqning ham m asini yig‘ib 
jo ‘nataman! Ish yirik, mirza.
Yana o ‘sha xunuk ovoz bilan kula-kula ichkariga 
kirib ketdi.
Hali qorong‘i tushib, palovga dasturxon yozilgan yo‘q 
ediki, tashqariga bir m ehm on kirib keldi. Hakimjon uni 
kular yuz bilan, sevinib qarshi oldi. Bir oz keyin ichkari- 
dan chiqqan mingboshi ham unga nisbatan bir qadar 
mulozimat bilan muomila qildi. Lekin bu m ulozim at- 
ning yasamaligi shu qadar ochiq ediki, mehm onning 
ko‘zlari Hakimjonning ko‘zlarini to ‘g‘ri keltirib turib, u 
to ‘g‘rida bir himo qilib o ‘tdi. Hakimjon ham ko‘z qorasi 
bilan m ehm ondan uzr so‘radi. M ehmon esa «muning 
o ‘zi nim a-yu, muomilasi nima bo‘lardi?» degan m a’noda 
kulib qo‘ydi, xolos.
Palov yeyilib b o lg ach, ko‘k choyni ichib o ‘tirib, ular 
uchovi suhbatga tushdilar. M ehm on Hasanov degan bir 
tatar yigiti bo‘lib, qishloq qarz shirkatlarining inspektori 
edi.
— U rushdan gapiring, abziy! Urush nim a bo'lyapti?
— Urushni siz bilasiz, mingboshi. Sizdan eshitay- 
lik, — dedi Hasanov.
— M en urushni qaydan bilay? G azit o ‘qimasam?
— Siz, axir, bir bo‘lusning kattasisiz.
— E, kattaligi qursin! Kerak b o isa , oling shu katta- 
likni!
M ingboshi bu so‘zlarni jiddiyat bilan aytardi. 
M ehmon kuldi:
— Zerikdingizmi, xo'jayin? D arhaqiqat, bu nozik za- 
monda katta amal ham zeriktiradi.
Hakim jon o ‘z xo‘jayinining ta ’bi bir oz olinganini 
payqadi shekilli, uning yordamiga yetishmoqchi bo‘ldi:
— Chinakam , — dedi u, — shu zam onda am aldor 
odamga juda qiyin... Siz bilmaysiz. M en, mana, doim 
xo‘jayinning q o ‘ltig‘idam an. Yaxshi bilam an. Juda 
qiyin...
— Bilaman, juda yaxshi bilaman, — dedi Hasanov.— 
Albatta, oson emas.
1 V о у n a — urush.
228


Mingboshi hali jim edi. U qo'lidagi bo'sh piyolani ay- 
lantirib o ‘ynardi. Hakimjon davom etdi:
— Zam on nozik bo im asa, mingboshilaming yigitlari 
ortdirilarmidi?
— Shunday gap bormi? — deb so'radi Hasanov.
— G ap bor emas. Buyruq bor. Biz odam chaqirdik. 
U chta yigitimizga yettita qo'shiladi...
M ana shu joyda m ingboshi ham birdan gapga 
aralashdi:
— 
H am m asiga 
soldat 
beshotari 
berm oqchi... 
Soldatlikka mashq qildirmoqchi... M unga nim a deysan?
— Juda soz! — dedi Hasanov. Papirosini uzun so'rib 
tortgan holda o'ylab ketdi.
— Nimasi soz? — dedi mingboshi q o ‘pol bir xitob bi­
lan.
— Juda soz, mingboshi afandi. Faqat... men ishon- 
mayman munga...
— Nimasiga ishonmaysan? — dedi mingboshi yana 
o'sha qo'pollik bilan.
— Bizning m usulm on-turk yigitlarining qo'liga rus 
hukum ati 
beshotar 
miltiq 
berib 
qo'yarm idi? 
Hukumatning esi bor.
Mingboshi hayron bo'lib qoldi. Bu yetti uxlab bir 
tushiga kirmagan fikr edi. K o'zini keng-keng ochib, 
mehmonga qaradi. Bu qarashda ham hayrat bor edi, ham 
qo'rquv...
— Nega bermasin? O 'zi buyurib o'tiripti-ku?
— Bitta-yarimta esi pastrog'i buyurgandir, taqsir. Esi 
borlari munga yo'l qo'ymaydi!
Mingboshi indamadi. Hakimjon butun borlig'i bir 
diqqatga aylanib, ikki ko'zini m ehmonga tikkan edi. 
M ehm on davom etdi:
— M usulmonning qo'liga yaroq bermaydi bu huku- 
mat. Biz, musulm onlar, turk bolalari, o'zim iz yaroq ol- 
tnasak, dushmanlarimiz o'zi o 'z qo'li bilan bermaydi.
— Kim dushman? — dedi mingboshi.
Bu savolda endi po'pisa asari boridi. M ehm on sira 
shoshmasdan, bemalol javob berdi:
— Sizning dushmaningizni aytayotganim yo'q, dodho 
afandi. Turk-islom xalqining dushmanlarini aytaman...
229


— G erm onni aytasanmi?
Hakimjon birdaniga kulib yuborishdan o ‘zini zo ‘rg‘a 
to ‘xtatib qoldi.
— Shunday, taqsir! G erm onni aytaman. Turk millati- 
ga yarog‘ berib qo‘ymaydi u! U , turk millatlarining jo n va 
qon dushmani!
— Unday bo‘lsa... butun qishloqni yig'ib, q o ‘liga 
beshotar berib, G erm on bilan urushgani jo ‘natm oqchi 
bo ‘lganimga nim a deysan?
M ingboshi bu so‘zlarni g ‘urur bilan kulib turib 
so‘zlardi.
— N im a derdim? Unday qilsangiz, sizni «g‘oziy», 
derdim... Islom millati sizning bu xizmatingizni hech bir 
unutm as edi...
— Millating bilan ishim yo'q. Turkingni ham bilmay­
m an men. M ana bu mirza aytadiki, qishloqda jonidan 
to ‘ygan ko‘p. Shularning ham masini G erm on urushiga 
jo ‘natsam — oq podshoning qo‘li yuqori keladi, bu 
qishloqlar yalangoyoq, bezorilarning kasofatidan qutula- 
di!
— Hay, hay! — dedi mehmon. — M uning savobiga 
kim yetsin! Juda zo‘r xizmat qilasiz, dodho! Favqulodda 
buyuk xizmat!..
Shu suhbatdan keyin Hakim jonda mingboshiga nis- 
batan bir qarash tug‘ildi. U qarashda ixlos va hurm atdan 
boshqa ham m a narsa boridi. Bu qarashni o ‘sha kechasi 
mingboshi yotgani kirib ketgandan keyin H akim jon 
mehm onning o ‘ziga ham bir oz izhor qildi. M ehm on 
Hakimjonning e ’tirofini eshitgandan keyin juda o 't olib, 
qizib gapirdi:
— Bizning butun fojiamiz shundaki, — dedi u, — 
d o ‘stim iz bilan dushm anim izni ajrata olm aymiz. 
Eshitdingizmi uning gaplarini? Bizning dindoshim iz, 
millatdoshimiz b o ‘lgan Turkiya bilan bir safda urusha- 
yotgan G erm aniya bizga, biz Turkiston turklariga dush- 
man emish...
M ehm on bir oz to ‘xtadi. Papirosini qattiq-qattiq to r­
tib, og‘ir-og‘ir bosh tebratdi.
— Bular barchasi ilmsizlik kasofati, Hakimjon! 
N odonlik mevasi. Bu yo‘g ‘o n sallali, b o ‘sh kallali
230


hayvonlar, Buxoroi sharifni spekulyatsiya qilib, islom 
millatini zaharlovchi mikroblar bizni shu holga keltirdi- 
lar... Eh... eh... eh!..
Astoydil kuyib gapirayotgan m ehm on Hakimjonning 
ko‘zi uyquga ketgandan keyingina so‘zdan to ‘xtadi.
Ikkalasi so ‘riga joy qilib uzalgan vaqtlarida, 
Hakimjonning yana uyqusi qochgan, birinchi xo'rozlar 
unda-m unda qichqira boshlagan edilar.
Bular ikkalasi ko‘rpaga uzalgandan keyin ham an- 
chagina gaplashib, mingboshidan, um um an zamonning 
ham m a am aldorlari, hukum at va idora usullaridan 
shikoyat qilishdilar. M ehm on bir vaqtlar noyib to'raning 
Miryoqubga aytgan gaplarini yana ko‘proq tafsilot bilan 
Hakimjonga aytib berdi. 0 ‘z mingboshisining ishlariga 
qarab ham m a mingboshilar va um um an shu zam on 
hokimiyati to'g'risida ko'p ham yaxshi fikrda b oim ag an 
Hakimjon shu suhbatdan so'ng o'zining xom va chu- 
valashgan fikrlarini pishitdi, bir oraga yig'di, boshidagi 
fikrlar bir tartib doirasiga tushib, yangi-yangi pardalarni 
uning miyasidan sidira boshlagach, o'zida allaqanday bir 
o'zgarish bo'layotganini o'zi ham sezdi: o'sha kundan 
boshlab uning ham m a narsaga qarashi boshqa bo'ldi! 
Mingboshi — burungi mingboshi emas, farsaxlarcha 
yiroqlarda. Y aqinlashib kelganda ham xuddi buni 
o'ldirgani kelayotganday... Miryoqub, uning ishbilar- 
monligi, epchilligi, ziyrakligi... «U agar haq yo'lni topsa 
bormi, noyob odam bo'ladi». H ar bir katta sallalik dom- 
la — bemorga zahar berayotgan tabib... H ar bir boshini 
quyi solgan eshon — odam larning kissalariga yashirincha 
qo'l uzatgan kisaw ur... Abdisamat mingboshi, — uni 
o'ylaganda, Hakimjonga jo n kiradi! «Uni ko'rsa tikilib, 
ko'zini olmay, uzoq-uzoq qarab tursa, ziyorat qilib qo'li- 
ni o'psa, nim a buyursa, shuni qilsa!..»
Hasanovning fikrlari, ayniqsa yangi olinadigan yigit- 
lar to'g'risidagi fikri mingboshiga ham ta ’sirsiz qolmagan 
edi. Mingboshi, Hasanovdan bir oz qo'rqqan va shu 
uchun unga sovuq qaragan b o isa-d a, uning o'sha yigit- 
lar to'g'risidagi fikriga qarshi kelmasdi. U ham ichkariga 
kirib, joyiga cho'zilgach, u to'g 'rida anchagina o'ylab 
yotdi.
231


«Bu 
bachchag‘arning 
gapi 
qursin! 
N im aga 
bo‘lsaykin, uning gaplarini eshitganda odam cho‘chib 
tushadi. Xuddi... oq podshoni so‘kib yuboradiganday? 
Xuddi uning so'kkanini birov eshitib qolib, Yodgor 
echki yo Umarali puchuqqa yetkazadiganday? Ular 
bo‘lsa, oqizmay-tomizmay, hokim to ‘raga chaqadigan- 
day? Boz ustiga ular — «oq podshoni so‘kib turgan 
vaqtida Akbarali mingboshi «ha, ha» deb turgan edi!» 
deyishdan ham toymaydiganday! So‘ngra hokim to ‘ra 
chaqirib olib, g ‘azabiga oladiganday! 
M ingboshi- 
likni tortib olib, el ko‘zida tam om sharm anda qiladi- 
ganday! A bdisam at bilan Y odgor echki, U m arali 
puchuqlar yana qo‘sh karnayi bilan jar soladigan- 
day!»
— «Lekin, bachchag‘ar kofir, bir narsani bilmasdan 
aytmaydi. Nimaga desangiz, u «zakon» kitobini ko‘p 
o ‘qigan, ham m a vaqt o ‘risning ichida qaynaydi, o ‘ris tili- 
ni suv qilib ichib yuborgan... Kattalarimiz o ‘rus-da, axir! 
0 ‘ris b o ‘lganidan keyin musulmonga yon bosmaydi. Bu 
rost! Shu yerda Hasan abziy bilib aytadi! M usulmonning 
qo‘liga yaxshi beshotarni berib q o ‘yarmidi? Y o‘q! Agar 
m en o 'ru s b o ‘lsam (astog‘furullo!), m usulm onning 
qo‘liga aslo yarog‘ bermasidim! Aslo! Abziy rost aytadi. 
Abziy, abziy, abziy!..
M ana shunday o ‘ylar bilan mingboshi zo‘rg‘a uxlab 
ketdi.
Erta bilan uyqudan uyg'ongach, yana o ‘sha — yi­
git masalasini o ‘yladi. Yigitlarning uchta yo o ‘nta 
bo‘lishi mingboshi uchun barobar edi. «Ko‘p b o ‘lsa, 
g‘alvasi ham ko'proq bo ‘ladi», deb o ‘ylardi u. Faqat... 
faqat...
— 0 ‘nta yaxshi yigitga yaxshi ot, yaxshi sarpo, yaxshi 
yarog‘-aslaha berib, o ‘z m ahkum im ni bir aylansam, iloji 
bo'lsa, Abdisamat turadigan qishloqdan bir ot choptirib 
o‘tib qo‘ysam... bas! Shundan keyin kattalar uch yigitni 
bittaga qoldirsalar ham mayli edi!..
Bu o ‘yning natijasi shu b o ‘ldiki, ertasi kuniyoq 
qishloqdan odam ola boshlab 2—3 kunda yettita nav- 
qiron yigitni chertib-chertib mirshablikka qabul qildi. 
U ndan-bundan so‘rab, so‘ratib, iloji b o ‘lmaganda...
232


tortib olib b o isa-d a, ham m asini yaxshi otga mindirdi, 
allaqaylardan ov m iltiqlari topib, o ‘novini yaroq- 
lantirdi, ust-boshlarini tekisladi, o ‘zi ham eng yaxshi 
zar choponini kiyib, tilla kam arini b o g ia b , uzun 
qilichini osib, saman yo‘rg‘ani minib, y o ig a chiqdi.
XV
Ikki kun burun Qumariq qishlog‘iga yettita yigiti bi­
lan mingboshi kelib ketgan edi. U ning bu kelishi qiziq 
b o id i. H ech kimga hech narsa dem asdan, to 'p p a-to 'g 'ri 
machitga tushib, dom lani yo‘qlatdi. 0 ‘zlari xabar topib 
machitga kelgan am in va ellikboshilar hayron bo idilar. 
«Nimaga bizga hech narsa demaydi mingboshi dodho?» 
deb bir-birlaridan so'rashdilar.
E llikboshilardan biri yugurganicha borib dom la- 
imomga xabar berdi. D om la-im om yaqindagina uylan- 
gan yoshroq bir mullavachcha boiganligidan «Mingboshi 
chaqirayotir», degach, ancha tashvishga tushdi. Salla- 
choponini kiyib, m achitga tom on borarkan, o'yladi: 
«Nima uchun yo‘qlatgan boisa?»
M ingboshining uni izlatishga zohiriy bir sabab yo'q 
edi. Shuning uchun turli xayollarga borib ko'rdi:
«Tunov kun, shaharga tushganimda, mudarris dom - 
laning o ‘g‘illariga qattiqroq tegishib qo'yuvdim... O'zi 
ham, bachchag'ar, ipak sallani cham barak qilib o'rab, 
yom on ko'zga ilashadigan b o ‘pti-da! U stim dan arz qil­
gan b o isa-y a, haromibachcha?»
«Yo... burungi im om at qilgan joyim da vahiy1 yerni 
Sadriddin boy bilan chiqishib, ikki-uch yil o'zim yolg'iz 
tasarruf qilib edim. M ahalladan bitta-yarim tasi shuni 
qo'zg'adim ikin».
«Yo bo'lm asa, o'tgan hafta qovun sayilida yangicha 
maktab ochgan toshkentlik no'g'oy domlaga yoiiqib 
qolib, an ch a qattiq so'kib edim. U ning m aktabini 
A bdisamat m ingboshi ochib bergan ekan, m en uni 
bilmabman... Bu bizning mingboshiga Abdisamat m ing­
boshi itob qilib yozdimikin? Keyin maktabning asl sohibi

Yüklə 6,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin