«sharq» na sh riyo t-m atbaa a k siyado rlik kom paniyasi bosh tahririyati


«...Musulmonning ishqi kofirga tushdi-ey



Yüklə 6,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix20.11.2023
ölçüsü6,29 Mb.
#165695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kecha va kunduz

«...Musulmonning ishqi kofirga tushdi-ey,
Yor, yorlarim...»
XI
Kun botishga borayotgan vaqtda «otaxon» bilan «bo- 
laxon» katta darvozadan kirib bordilar. Ayvonda ag‘nab 
yotgan Hakim jon mingboshini qo‘yib Miryoqubga arz 
qildi:
179


— Yurtda hali-hozir tinchlik. Unaqa zo‘r degunday 
ish yo'q. M ayda-chuyda arizalar ko'p, albatta. Ularning 
ko'pini o'zim to'g'rilab yubordim. B esh-to'rtta kattaroq 
arizalar bor, ularni o'zim cha hal qilishga botinolmadim.
Ichkarida ahvol tuzukka o'xshaydi. Yangi kelinning 
otasi ikki kecha yotib, bugun sahar jo ‘nab ketdi. Qizi, af- 
tidan, ancha yumshargan, shekilli: katta kundoshlari 
tom onidan ham harakat katta... Har kun qorilar kelishib, 
«chillayosin» o'qilib turadi... Xo'jayin ketganlaridan beri 
kelinchak o 'zi ham tinchib qolganga o'xshaydi. Tutqaloq 
tutm as emish. Bilmadim, xo'jayin keldilar, yana bosh- 
lanmasa... Kunduz kunlari kulib, dutorni sayratib, ashu- 
lani baland qo'yarmishlar.
A ytgancha, xo'jayinning u chinchi xotinlari — 
Sultonxon ham otasinikidan kelib qolibdi. «H am m a 
baloni o'sha qildi», derdilar, o 'zi ham juda bo'g'ilib, ni­
ma qilishini bilmay, o'tiradigan joy topolm ay yurar 
ekanmish. Endi birdaniga juda boshqacha bo'lib kelibdi. 
«Hamma hayron», deydi. Katta kundoshlari uning bu 
xilda o'zgarishiga sabab topolm asdan hayron bo'lishar 
emish. Darvozadan xuddi yaqin o'rto g 'in i ko'rgali kelgan 
qizday kulib va quvnab kirib, to 'p p a -to 'g 'ri kichik kelin­
ning yoniga kirgan emish. Kechagina qarg'ab, so'kib 
«o'ldirsam!» deb yurgan kundoshini o'pib, quchoqlab, 
silab-siypab bir nafasda ikkalasi «qalin do'st» bo'lgan 
emishlar. Endi kichik kelin ham tez-tez «Sultonxon 
ayam qanilar?» deb so'rab turarmish. Bu kichik kelinning 
kelishi o 'sh a Sultonxonning boshida bo'layotgan 
nayranglar em asm i? Nega bu xotin bunday qiladi? 
Hayronm an, M iryoqub aka!
— Hayron bo'lm ay qo'ya qol! — dedi Miryoqub. — 
Xotin kishining ko'nglini xudodan boshqa hech kim bil­
maydi. Birdaniga bunday o'zgargan bo'lsa, tagida bir gap 
bor. Ishqilib bundan qo'rqqulik!..
— Shunga hayronman-da! — dedi yana Hakimjon.
— M en boshqa narsaga hayronm an, — dedi M ir­
yoqub.— M en H akim jonning mingboshi dodhoga 
beshinchi xotin bo'lib tegmaganiga hayronman.
— Tilingiz qursin, Miryoqub aka! Shu ham gap mi en ­
di?
180


— Qayerdan bilding bo'lm asa bunday ikir-chikirni? 
Bu hammasi xotin kishi biladigan gaplar.
— E, Miryoqub aka! Siz xo'jayin bilan birga yurasiz 
shaharm a-shahar, qishloqm a-qishloq — kayf qilib! M en 
bo'lsam , qoqqan qoziqdek shu joydan bir qarich jilol- 
mayman. Ish bo'lsa, ham shu yerdam an, ish bo'lm asa 
ham. Bo'sh vaqtim ko'p... zerikaman. O 'tgan-ketgan 
xotin-xalaj, qiz bolalam i to'xtatib, gapga solaman. «Birga 
ming qo'shib» uzatishadi. Avniqsa, mening bir do'stim
bor: Umrinisabibi degan. Bahrining onasi bor-ku? K o'p 
gapni o'shandan eshitdim.
— Q o'y endi, kechqurunning maslahatini qilaylik. 
Bugun kechqurun kuyovni bir ish qilib suyganiga 
qovushtirmasak bo'lm aydi. Juda alangasi osmonga chiqib 
ketdi! O 'zi ham xunuk ish bo'ldi. El og'ziga tushsa, 
yom on bo'ladi.
— Albatta. Hali ham uncha-m uncha gap-so'z yo'q 
emas. Yangi kelinni ancha bo'shashib qolgan, deyishadi. 
Xadicha xolam bilan gaplashib ko'ring.
M iryoqub darvoza oldiga borib, X adichaxonni 
chaqirdi. X adichaxonning aytgan gaplari H akim jon 
bergan m a’lum otning ayni o 'zi edi. Miryoqub kulib 
qo'ydi... M iryoqubning fikricha, endi nozli kelinga — 
mingboshining shaharda izhor qilgan fikrini, ya’ni uning 
faqat dutor va ashulaga oshiq bo'lganini, itlik tuyg'ulari 
to 'g 'risig a kelganda, ularni astoydil niqtalashga bel 
bog'laganini eshittirilsa, balki qiz ham «yo'q» demasdi, 
birinchi uchrashuv tutqaloqsiz o'tib olsa, undan keyin 
oson bo'lardi. Bu m ulohazani Xadichaxonga eshitirdi. 
Buni eshitgach, Xadichaxon uzil-kesil o 'z fikrini bildira 
qo'ydi:
— U nday bo'lsa ish jo 'n , — dedi. — H ozir kirib 
gaplashaman. Kechgacha xayriyatlik xabarini eshitdirar- 
man. Siz ayvonga, kuyovning yonlariga boring: jindek 
ovqat boridi, hozir chiqaraman.
O 'rnidan turgach, bir ko'zining bir chekkasi bilan 
Miryoqubga qaradi:
— Sizga javr bo'ldi, Miryoqub! — dedi. — Mingboshi 
dodho xuddi bir go'dak bola; siz — ona... Siz bo'lm asan- 
giz, ochidan o'ladi u kishi...
181


O vqatdan so‘ng bir-ikki choynak choy ichildi. 
Hakimjon bir-ikkita ariza ko‘tarib kelib, mingboshidan 
fikr so‘radi.
— Sira esing kirm adi-da, Hakimjon! — dedi m ing­
boshi. — Shu topda ariza quloqqa kiradimi? Q ulog'im — 
ichkarida! Ertagacha tura tur, bir-ikki kun kechiksa, 
hech balo b o ‘lmas! Juda shoshilsang, ana u betavfiqdan 
so‘ray qol!
Xadichaxonning chaqirishi bilan eshik oldiga borib 
bir nafasda yana qaytgan M iryoqub m ingboshining 
yelkasiga qoqdi. Mingboshining ikki ko‘zi undan uzil- 
masdi.
— Suyunchi bering, xo'jayin! Bugun, mana, ashula 
eshitasiz.
— Shukur-ey! Shukur-ey! — dedi kuyov. — Og'zing- 
ga qantu now at!
— Bilib qo'ying, xo'jayin, — dedi Miryoqub jiddiy bir 
chehra bilan: — Menga bergan va’dangiz bora-a! D utor, 
ashula! Itlikni tashqarida qoldirib kirasiz...
So'ngra ovozini pasaytirdi va muloyim qilib, dedi:
— Rost aytaman, xo'jayin. Dastlabdanoq cho'chitib 
qo'ymang... Yosh narsa.
M iryoqub uyiga ketdi. Mingboshi, kech kirguncha 
o'tadigan «bir necha yillik» vaqtni qisqartmoq uchun 
qorong'i mehmonxonaga kirib, ko'zini yumdi.
* * *
Miryoqub to 'p p a-to 'g 'ri o'z uyiga borib, zarur bir ish 
bilan ikki oylik safarga chiqayotganini aytganidan keyin, 
xotinining qo'liga yetarlik pul berdi. Ba’zi bir gaplarni 
tayinladi. Guzarga chiqib, o'ziga qarashli baqqolga uyidan 
xabar olib turish vazifasini yukladi. U yoq bu yoqqa borib, 
o'zining xususiy ishlarini to'g'riladi. Xufton paytlarida 
mingboshinikiga kelib, ahvoldan xabar oldi. Kuyovning 
ichkarida ekanini, birinchi ko'rishuv tutqaloqsiz o'tgani- 
ni, lekin hali hozircha dutor va ashula ovozi eshitilma- 
ganini aytdilar. Bu to'g'rida ham ko'ngli joyiga tushdi. 
Hakimjonga mingboshi dodhoning mansabiga oid b a’zi 
ishlarni tayinlagach, ertaga erta bilan yana shaharga tushib 
chiqmoqchi bo'lganini aytib, u yerdan chiqdi.
182


Ichkarida xotini yig'lab o ‘tirardi. Bolalari uxlagan 
edilar. Tovoqdagi oshning ko'pi yeyilmay qolganligi 
ko‘rilardi. Dasturxon ustida guruch donalari ko'p edi. 
D em ak, oshni bolalar o ‘zlarigina yeganlar. O nalari 
yemagan...
— Nimaga yig‘laysan? — dedi Miryoqub.
— Shahardan bugun keldingiz. Endi ikki oyga keta­
m an, deysiz... Yosh-yosh bolalaringiz bo'lm asa ham 
mayliydi...
— Bolalarimga yetarli pul qoldirdim. Baqqolga ta- 
yinlab qo‘ydim, nima desang, berib turadi. Ikki oy uzoq- 
mi? Lahzada o‘tadi-ketadi. Ish bo'lm asa, yurmas edim, 
ish bor, nochor-noiloj yuraman. «Ish qilma, pul topma!» 
de, ishni sen qil, pulni sen top, men uyda o ‘tiray, jon 
deyman...
Xotini jim bo‘ldi. Faqat yig'idan tiyilmagan edi.
— Gugurt ber. M ehm onxonaning chirog‘ini yoqay.
— M en sizga ana u so‘riga joy qilib q o ‘ydim. 
Ketadigan kuningiz bolalaringiz bilan birga yoting endi.
— Sen o'zing bilasanki, men ichkarida yotolmayman. 
Ichkarida yotsam, kechasi bilan ko'zimga uyqu kelmay- 
di. Gugurtni ber, chiqib tashqarida, ayvonchada yotay. 
Tinch uxlasam, sahar turib, jo 'n ab ketaman.
Xotin gugurtni uzatdi.
— Tur, o ‘rta eshikni zanjirlab ol.
Xotin indamasdan o'rnidan turdi va uzun yengi bilan 
ko'z yoshlarini arta-arta erining orqasidan darvozagacha 
keldi.
— Q achon uyg'otay? Yo'lga nimalarni tugib qo'yay? — 
deb so'radi xotin xo'rlikdan ovozi tutilgan holda.
— Hech narsa kerak emas. O 'zim uyg'onaman.
O 'rta eshik juda ohistalik bilan yopildi. So'ngra yana
o'shanday ohistalik bilan zanjir solindi. U ndan keyin, 
ayvonchaga yetib qolgan Miryoqubning quloqlariga yana 
o'sha tom ondan ho'ngrab yig'lagan bir ovoz eshitildi...
M ehm onxona eshigini ochib, gugurtni chaqqan 
vaqtida m ehmonxonaning o'rtasida ikki qulochini keng 
yozib... Poshshaxon turardi!
Bu d a f’a Miryoqub, bir tom ondan, nomerda qolgan 
oltin sochli dilbarni o'ylab, yana, bir tom ondan, mud-
183


hish sudning so'roqlarini eslab, Poshshaxonga sovuq 
muomala qildi. Uni hali vaqt o ‘tm asdan uyiga qaytib 
ketishga qistadi. Nasihat qilgan bo'ldi...
Faqat u nasihatlardan hech narsa chiqmadi. Hayotida 
shu nomashru erdan boshqa hech bir yupanchi bo'lm a- 
gan yosh xotin uning bo'yniga mahkam osildi, shu qadar 
hirs bilan osildiki, M iryoqub uning irodasiga bo'yin 
egishga majbur bo'ldi.
«Bu foniy dunyoda mashru yo'l bilan bitadigan biror 
narsa bormi o'zi» — dedi Miryoqub o'z-o'ziga.
XII
Miryoqub ertalab uyqudan ko'zini ochgan vaqtida al­
laqaysi stansiyadan jo 'nag an poezd u izdan-bu izga 
do'qillab o'tm oqqa edi. Vaqt hali erta bo'lganligidan bi­
rinchi klass vagonning yumshoq yo'lagi tom onidan hech 
qanday oyoq tovushi eshitilmadi. D em ak hali ham m a 
yo'lchilar uyquda. Ehtiyot bilan bosib o'tgan bir oyoq 
sharpasi bir nafasgina eshitilib, so'ngra uzun yo'lakning 
chuqurliklariga botib, yo'q bo'ldi...
Poezd stansiya chegarasidan o'tib, ekin dalalari orasi- 
ga kirgan edi. Bir terilgan paxtalar yana cham an-cham an 
ochilib yotardilar. Allaqayda bir sigirning m ung'ayib 
m a’rashi eshitildi. Eshak mingan bir yo'lchi stansiyaga 
tom on nam langan tuproq ustida, bolalarning olma parra 
kegaychalari singari, ko'zga ilashar-ilashmas qimirlardi- 
lar. U ndan keyin orqalarida chang bulutlarini qoldirib, 
otliqlar o'tdilar. So'ngra aravalar, piyodalar, yana eshak, 
yana otlar bir-birini ta ’qib etdi.
Erta bilanning sovuq shabadasi sur tuproq changlari- 
ni asta-sekin vagon derazasi orqali ichkariga tom on sura 
boshladi.
Miryoqub bir nafasga ko'zini yumdi. Poezd keskin 
burilish bilan chapga qayrildi, chang bulutlariga ko'm il- 
gan qishloq ko'chasi o'ng tom onda qolib ketdi. Olisdagi 
tog'larning nil rangli suratlari gavdalandi. Baland-past 
daraxtlarning uchlarida ham da keng dalaning bir qismi- 
da ertalabki quyoshning parchavaga o'xshab yoyilgan 
shu'lasi ko'rindi. Qalin daraxt oralaridagi n om a’lum
184


qishloqlardan k o ‘tarilgan tu tu n ustunlari u joylarda 
odam lar yashaganini ko‘rsatardi. Poezd chapga burilgan- 
dan keyin sovuq shamol dalalarning xush yoqadigan 
salqinini olib kelib, yuzlarga urdi...
Shu topda ko‘zlar ixtiyorsiz pastga qaraydi...
0 ‘z yozmishini begona bir osiyolikning qo‘liga top- 
shirib qo'ygan va mashru nomi tashlanib, qalbaki nom 
berilganiga xursand bo‘lgan moviy ko‘zli go‘zal yumshoq 
o ‘rinda silkina-silkina uxlamoqda edi. Shu kecha ayniqsa 
baxtli bo‘lganmi bu juvon yoki shirin tushlarning sehrli 
quchog‘ida suzadimi — nima b o ‘lsa b o is in — shu topda 
muloyim kulimsirab, juda chiroylik uxlaydi. Bu uxlash- 
ning chiroyliligini Miryoqub tushunolm aydi, albatta!
Bu xotin butun kecha b o ‘yi juda tinch va xotirjam 
uxlaganga o ‘xshaydi. Bir oyog‘i tizzadan quyisi bukilib, 
so‘richadan pastga osilibdi, bir oyog‘i unisini quvlab 
borib so‘richaning qirg‘og‘ida uxlab qolibdi. U zun 
ko‘ylagi butun badanini kam -ko‘stsiz yopib turadi. Faqat 
bir yengi tirsakkacha shimarilib qolgan... Oppoq q o ilari 
va bilaklari o ‘z yonida — o ‘z onasining to'qlisiday — bir 
chiroylik uxlaydi. Miryoqub undan ko‘zini ololmaydi. 
Yuqoridan turib, shu bir siqim vujudni tom osha qiladi. 
«Meniki, shu go‘zal maxluq meniki, butun meniki», dey­
di va quvonadi. Faqat qulog‘i ostida кара tikib yotgan 
tergovchi darrov o ‘z borligini bildiradi:
— 
«Miryoqub! Qaysi ko‘zing bilan shu chiroylik man- 
zaraga qaraysan? Haqqing bormi unga bu xilda quvonib 
qarashga? Sen bilan k o ‘rishganidan beri, bu juvon 
boshqa har narsani unutdi. Berlindagi sevimli akasi ham 
esiga kelmaydi. Bilasanmi, tushida ham seni ko‘rayotir u! 
Sen nonko‘rni! Sen bevafo d o ‘stini! Sen usta savdogar- 
san, bilamiz, hurmatlaymiz! Sen pulni o'ynatasan, pul 
bilan o ‘ynashasan! U sening q o iin g d an keladi, ortig‘i bi­
lan keladi! Pul bilan o ‘ynashsang, pulni o ‘ynatsang, 
yaxshi b o ia rid i. 
Sen chakki — m unaqa go‘zal 
maxluqlarning ko‘ngli bilan — o ‘ynasha boshlading 
G o ‘zal xotinlarning ko‘ngli jonon piyolaga o ‘xshaydi, 
sendek q o ‘pol kishilar uning jaranglaganini eshitmasdan 
turib sindiradilar... Singandan so‘ng ulardan ayanch 
narsa qolmaydi dunyoda!»
185


— «Meni behuda ayblaysiz. M en uni iflos joylardan 
o ‘g ‘irlab olib chiqdim. Endi hech bir harom qo‘l, no- 
mahram qo‘l tegolmaydi unga! U hozir nomusli bir 
erkakning nomusli xotiniday toza...»
— «Sen o ‘zing-chi? Sen o ‘zing? Endigina qilingan 
yangi gunohlaring bilan?»
— «Yangi gunoh qilganim yo‘q. Hali ham eski 
gunohlarim ketimdan quvalab yuribdi. 0 ‘shalardan qutu- 
lay, deb qochdim. Qochib ketayotirman. Bas endi m un­
cha ta ’na».
— «Har, nim a desang, de, ikki kun aw al noyib 
to ‘raning xotini, bir kun aw al mingboshi dodhoning xo­
tini sening q o ‘yningda edi. Endi bugun-erta bu oq 
ko‘ngil maxluqqa ham chang solasanmi? Qanday botina 
olasan?»
— «Men munga tegmoqchi emasman, tegmayman 
ham. Siz bilmaysiz, shu xotin bilan ko‘rishganimdan beri 
o ‘z -o ‘zimni taniy olmay qoldim!»
M iryoqubning bu so‘zlari to ‘g‘ri edi. U , chinakam, 
ham m a vaqt bu xotinning yonida o ‘tirib, u bilan bir xo- 
nada yotib borishga majbur bo‘lsa ham , unga qo‘1 uzatish 
degan vasvasali fikr bilan doim kurashib kelardi. Belgisiz 
bir joyda, belgisiz bir zam onda, belgisiz shartlar ichida 
ular ikkalasi, o ‘z-o ‘zlaridan qo'shilib qolishlari kerak edi. 
Xotin ham shu xilda o'ylab, shu xilda tushungani uchun 
o ‘zini ona qo'ynida ketayotgan kabi sezardi. Shu uchun 
bo‘lsa kerak, Miryoqubning m um kin qadar o ‘zini chetga 
tortishga urinishlarini anglayolmasdi.
Hayfki, ular ikkalasi bir-birining tilini yaxshi angla- 
yolmaganlari uchun yo‘l bo‘yi o ‘ylab va o'ylanib borish­
ga majbur bo‘lsalar-da, har kungi o ‘ylari va ishtibohlarini 
bir daftarchaga yozib borishni eslariga keltirmadilar. Ular 
ikkovi bittadan «kundalik daftarcha» yuritgan bo‘lsalar, 
mana bunga o ‘xshagan yaxshigina sarguzashtnoma hosil 
b o ‘laridi.
J a k o b .

Yüklə 6,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin