N. A. Egamberdieva



Yüklə 6,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/68
tarix20.11.2023
ölçüsü6,31 Mb.
#165799
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68
portal.guldu.uz-Arxeologiya

urug‘chilik jamoasi 
davri boshlangan. Urug'ni boshqaruv 
ayollar qoMida boMgan, chunki ular uy yumushi bilan band 
boMganliklari sababli oilani boshqarish zimmasida boMgan, erkaklar 
esa, doimo ovda boMganlar. Bunday davr tarixda 
matriarxat, 
ya’ni 
onalar hukmronligi davri deb ataladi.
So'nggi 
paleolit 
davrida 
hozirgi 
zamon 
odami 
qiyofasiga 
o ‘xshash-kromanon 
odami 
yashagan. Kromanon 
odami 
suyak 
qoldiqlari 
dastlab 
Fransiyaning 
Kromanon makonidan 
topilgani 
uchun shunday nom olgan. Olimlar bu davr odamini homo 
sapiens-aql-idrokli odam deb ham ataydilar.
So'nggi paleolit davri yodgorliklari 0 ‘zbekiston hududida o‘rta 
paleolitga nisbatan kam topilgan. Bunga asosiy sabab, 
muzliklar 
eriy boshlagach, odamlar vodiy va daryo bo‘ylarida chayla, ertoMa 
va yarim 
ertoMalarda yashay 
boshlaganlar. 
Chayla va yarim 
ertoMalar vaqt oMishi bilan shamol, yomgMr, insonlar tomonidan 
erlarning o‘zlashtirilishi natijasida yo‘q boMib ketgan. ErtoMalami 
topish esa, qiyin. Shu sababli so‘nggi paleolit davri makonlarining 
ko‘pchiligi tasodifiy ravishda topilgan.
So‘nggi paleolit davri odamlari xo‘jaligining asosini ovchilik 
tashkil etgan. Asosan bug‘u, yovvoyi ot, sirtlon, arhar, qulon, tuya 
kabi yirik hayvonlar ovlangan. Daraxt mevalari, don va ildiz 
mevali o‘simliklarni ham ovqat sifatida ishlatganlar. Baliqchilikning 
ham dastlabki kurtaklari paydo boMgan.
Tosh qurollari ishlash uslubi o'zgargan. Yorma texnika usuli ilk 
bosqichda keng qoMlanilgan boMsa, keyingi bosqichlarda 
retushlash
usuli ixtiro qilingan. Bu qurollar turini ko‘paytiribgina qolmay, 
ularning mayda, ya’ni ixchamlashtirishga olib kelgan. Retushlash


deganda chaqmoqtosh qurolni suyakdan yasalgan ingichka va uzun 
tayoq bilan bir necha ming marta urib yupqa tosh paraqalar 
uchirib, kerakli shaklga keltirish tushuniladi. Bu usul juda murakkab 
boMib, salgina ehtiyotsizlik qilinsa, qurol sinib ketgan. 
Retush- 
langan nukleuslar to‘g‘ri pichoqsimon shaklga kirgan va yupqa- 
lashgan. Tosh pichoqlar paydo bo‘lgan. Bu davrda eng muhim 
mehnat qurollari tosh kesgich va tosh qirg‘ich boMgan. Tosh 
kesgich qattiq materiallami ishlashda foydalanilgan. Tosh qirgMch 
uzunchoq parrakcha boMib, bir uchi yoysimon tig1 boMgan, muste 
davridagi 
qirgMchdan 
ancha 
farq 
qilgan, 
undan 
yumshoq 
materiallami ishlashda foydalanganlar. Asosiy ov quroli chaqmoq- 
toshdan yasalgan nayza boMgan.
Ajdodlarimiz yog‘och va hayvon suyaklaridan ham ko‘plab 
qurollar yasaganlar. Suyakdan garpunlar, nayzalar, nayza otqichlar, 
shuningdek, terini tikish uchun ignalar va bigizlar yasashgan. 
Suyakdan 
qurollar 
yasash 
yuqori 
paleolit 
davrining 
so‘ngi 
bosqichlarida ko‘paygan. Bu bosqich jahon arxeologiyasida Madlen 
bosqichi deb (20 ming— 13 ming yil oldin) ajratiladi.
So‘nggi paleolit davrida qarindosh urug‘chilik munosabatlarining 
tartibga solinishi natijasida kishilaming jismoniy va aqliy rivoj- 
lanishida o‘zgarishlar yuz berdi. Insonlaming tashqi ko'rinishida 
o‘zgarish yuz berishi bilan birga ularning tabiiy -geografik sharoitga 
moslashishi natijasida irqlar vujudga keldi - evropoid, mongoloid, 
negroid. Evropoid irqi fanda kromanon odami nomini olgan. 
0 ‘zbekistonning ham Samarqand makonidan kromanon odamning 
qoldiqlari topilgan.
So‘nggi paleolit davrida yuz bergan muhim o‘zgarishlardan yana 
biri, bu san’atning kashf etilishidir. San’atning vujudga kelishi 
o‘sha davr odamlarining diniy qarashlari bilan bogMiq boMsa-da, 
ular qoldirgan ona haykalchalari va qoya tosh suratlari o‘sha davr 
ijtimoiy 
hayoti 
haqida bizga 
ko‘p 
m a’lumotlar beradi. 0 ‘rta 
Osiyoning ko‘pchilik joyidan qoyatosh suratlari topilgan.
So‘nggi 
paleolit davriga oid yodgorliklar kam 
topilganiga 
qaramasdan, ulardagi madaniy qatlamlaming yaxshi saqlanishi yuqori 
paleolit davri taraqqiyotining o'ziga xos tomonlarini ochishga imkon 
berdi. Hozirgi kunda 0 ‘rta Osiyoda yuqori paleolit davriga oid 30 
ortiq yodgorlik topib o‘rganilgan boMsa, shulardan 10 tasi 0 ‘zbe- 
kistondan topilgan. Ulardan Zarafshon vohasida topilgan Samarqand, 
Siyobcha, Xo'jamazgii makonlari yaxshi o‘rganilgan. KoMbuloq


Bo‘zsuv, Takalisoy, Tuyabo‘g‘iz makonlaridan ham yuqori paleolit 
davri izlari topilgan.

Yüklə 6,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin