25-rasm
12.7 Yonbosh usullari
Kurashchi raqib yaktagining qulay joyidan ushlab, uni
muvozanatdan chiqarib, o‘ziga ishonch xosil qilib, yonbosh tarafidan
kirib, raqibni oyog‘i bilan ko‘tarib yiqitadigan barcha usullar “Yonbosh”
deb nomlanadi.
16
12.7.1 Yondan yonbosh
Raqib yon tomoniga o‘tgan paytda bu usulni qo‘llash qulayroq
(26-rasm).
DH – kurashchilarning olishuvni boshlash holati. Ushlashlar
raqibining qo‘lidan va yaktakning orqa qismidan.
1-2- o‘ng oyoq bilan yon tomonga qadam qo‘yib, raqibning
og‘irlik tayanchini chap oyog‘iga o‘tkazib, harakatini davom ettirib
tovonidan tashqaridan ko‘tarish.
16
K.Yusupov. Kurash Xalqaro qoidalari, texnikasi va taktikasi. 2005 y.
171
3-4- gavda bilan harakatni davom ettirib, raqib e’tiborini jalb qilish
va chap oyoqni, raqibning chap oyog‘i yoniga qo‘yish.
5-6- raqibni qo‘llar yordamida aylana shaklida oldinga - pastga,
yonga aylantirib yelkasi bilan gilamga uloqtirish.
26-rasm
12.7.2 Orqadan yonbosh
Raqib tik turib orqaga siljiyotgan yoki o‘ziga tortayotgan vaqtida
paytda bu usulni bajarish qulay (27-rasm).
DH – kurashchilarning olishuvni boshlash holati. Ushlashlar
raqibining yengi va yoqasidan.
1-2- o‘ng oyoq bilan raqib yonidan orqasiga qarab qadam qo‘yib,
raqibni tayanch nuqtasini chap tovonining tashqari qismiga o‘tkazishga
majbur qilish.
3- qo‘llar va gavda harakati bilan raqibni yiqilishga majburlagan
holda chap oyoqni raqibning chap yoki o‘ng oyog‘i orqasidan ko‘tarish.
4-5-6- qo‘llar bilan gavdani aylana bo‘yicha pastga - yonga burib,
raqibni yelkalari bilan gilamga uloqtirish.
|