20-rasm
12.5.2 Yelkadan oshirib tashlash
Raqib oldinga enkaygan yoki kurashchiga qarab harakatlangan
paytda bu usulni bajarish qulaydir (21-rasm).
DH – kurashchining olishuvni boshlash holati. Ushlashlar chap
yoki o‘ng yeng va yoqa qaytarmasidan.
1- chap oyoq bilan raqibga yarim qadam yaqinlashish va tovonini
ichkariga burish.
2-3- raqibni siltab oldinga tortib, muvozanatini chap oyog‘i uchiga
keltirish, bir paytning o‘zida chap oyoqda aylanib, raqib gavdasi ostiga
bir oz o‘tirish.
4- raqibni oldinga tortishni davom ettirib, gavda ostida
cho‘nqayish.
5-6- oldinga egilgan holda va qo‘llar bilan raqibni yoniga va ostiga
burab, uni yelkasi bilan gilamga uloqtirish.
166
21-rasm
12.5.3 Ikki yengidan ushlagan holda yelkadan oshirib uloqtirish
Raqib tik turib ikki qo‘lini oldinga cho‘zgan paytda bu usulni
bajarish qulay (22-rasm).
DH – raqibning olishuvini boshlash holati. Ushlashlar raqibning
chap yoki o‘ng yenglaridan.
1- raqib tomonga o‘ng oyoq bilan bir qadam qo‘yish.
2-3-4- o‘ng oyoq ustidan o‘ng tomonga buralib, o‘ng qo‘lini siltab
yuqoriga - oldinga ko‘tarib, raqib gavdasi ostiga tizzalari bukilgan holda
tos bilan kirib yaqinlashib kelish.
5-6- qo‘llar bilan oldinga - yuqoriga tortishni davom ettirib, gavda
bilan oldinga enkayib, tizzalar birdaniga to‘g‘rilanib, tos bilan gilamga
uloqtiriladi.
167
22-rasm
12.5.4 Qarama - qarshi ushlash bilan orqadan oshirib tashlash
Raqib bir qo‘lini oldinga cho‘zgan paytda bu usulni bajarish qulay
(23-rasm).
DH – raqibning olishuvni boshlash holati. Ushlashlar raqibning
chap yoki o‘ng yengi va yoqa qaytarmasidan teskari tartibda.
1- chap oyoq bilan raqib tomonga yarim qadam yaqinlashib, oyoq
yuzini tashqariga burish.
2- o‘ng qo‘l bilan raqibning chap yengidan ushlab, chap oyoqdan
burilib va o‘ng oyog‘i bilan raqibning ikki oyog‘i o‘rtasiga tos bilan
kirish.
3-4- qo‘l bilan raqibni oldinga - yuqoriga torta turib chap oyoqni
uning o‘ng oyog‘i oldiga qo‘yish va raqib gavdasi ostiga tizzalarini
bukib, bir oz pasayish.
5-6- qo‘l bilan raqibni tortishni davom ettirib, gavda bilan burulib
va tos bilan raqib gavdasini urib yuborib, uni yelkasi bilan gilamga
uloqtirish.
|