Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar
Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlarida, davlat
muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan
ishlash tartibi to‘g‘risida namunaviy nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 7-son qarori
bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida namunaviy nizom”, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining
2014-yil 30-dekabrdagi 311-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2646, 30.12.2014-y.) bilan tasdiqlangan
“Notarial idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi
to‘g‘risidagi nizom”.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ariza
—
huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam
ko‘rsatish to‘g‘risidagi
iltimos bayon etilgan murojaat;
taklif
— davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan
murojaat;
shikoyat
— buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va
qonuniy manfaatlarni himoya
qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat;
Dostları ilə paylaş: